Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Furatsilin tab. 0.02g №10 (Tatximfarmpreparati)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Нитрофурал
Страна производитель
Россия
Дозировка
0,02 г
Производитель
Татхимфармпрепараты, Россия
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Furatsilin
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) nitrofural
Dori shakli
mahalliy qo‘llash uchun eritma tayyorlash uchun tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka saqlaydi
Faol modda 100% moddaga hisoblanganda nitrofural - 0,02 g.
Yordamchi moddalar natriy xloridi - 0,80 g.
Ta'rifi sariq yoki ko‘kish-sariq rangli, bir xil bo‘yalmagan yuzali, yassi silindrsimon shaklli, faska va riskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Antiseptik va dezinfektsiyalovchi vosita. Nitrofuran hosilalari.
ATX kodi D08AF01
Farmakologik xususiyatlari
Mikroblarga qarshi vosita, nitrofuran hosilasi. Bakterial flavoproteinlar 5-nitroguruhini kimyoviy jihatdan qaytarilishi natijasida, oqsillarni (shu jumladan ribosomal) va boshqa makromolekulalarni konformatsion o‘zgarishga olib keluvchi yuqori reaktiv aminli hosilalarni hosil qiladi va oqibatda bakterial hujayralarni nobud bo‘lishiga olib keladi.
Grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga nisbatan (shu jumladan Staphylococcus spp., Streptococcus spp., Escherichia coli, Clostridium perfringens) faol.
Chidamlilik asta-sekin rivojlanadi va yuqori darajaga yetadi.
Farmakokinetikasi
Qo‘llanganida ahamiyatsiz darajada so‘riladi. Gistogematik to‘siqlardan o‘tadi va suyulik va to‘qimalarda teng taqsimlanadi. Metabolizmining asosiy yo‘li nitroguruhni kimyoviy qaytarilishi bilan bog‘liq. Buyraklar orqali va qisman safro bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Blefarit, kon'yunktivit, osteomiyelit, burun yon bo‘shliqlari va plevra empiyemasi siydik-chiqarish yo‘llarining infektsiyalari - bo‘shliqlarni yuvish, o‘tkir tonzillit, stomatit, gingivit.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mahalliy.
Bo‘shliq ichiga (suvli eritma) burun yon bo‘shliqlarining empiyemasi (shu jumladan gaymoritda) bo‘shliqlarni yuvish, osteomiyelit operatsiyasidan keyin - bo‘shliqlarni yuvib, keyin nam bog‘lov qo‘yish, plevra empiyemasi - yiring olib tashlangandan keyin plevra bo‘shlig‘ini yuvish o‘tkaziladi va 20-100 ml suvli eritma yuboriladi. Siydik-chiqarish yo‘lini va qovuqni yuvish uchun suvli eritmani 20 minut davomida ekspozitsiya qilib qo‘llanadi.
Blefarit, kon'yunktivit – suvli eritmani kon'yunktiva bo‘shlig‘iga tomizish.
O‘tkir tonzillit, stomatit, gingivitda - og‘izni va tomoqni chayish uchun 20 mg (1 tabletka) ni 100 ml suvda eritiladi.
Furatsilinning 0,02% suvli eritmasini bevosita qo‘llashdan oldin tayyorlanadi 1 qism furatsilin 5000 qism 0,9% natriy xloridi yoki distillangan suvda eritiladi. Yanada tezroq eritish uchun qaynayotgan yoki issiq suv tavsiya qilinadi. Keyin eritmani xona haroratigacha sovutiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar (terini qichishishi, toshma).
Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralardan birontasi og‘irlashsa, yoki yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya samaralar aniqlansa, bu haqida shifokorga xabar qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlik, qon ketishlari, allergodermatozlar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
O‘rganilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlikda va emizish davrida faqat shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qo‘llash mumkin.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat maxsus e'tibor va tezkor reaktsiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlarini (avtomobillarni va boshqa transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash va shunga o‘xshashlar) bajarishga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
Mahalliy qo‘llash uchun eritma tayyorlash uchun tabletkalar 20 mg.
10 tabletkadan kontur uyasiz o‘ramda yoki kontur uyali o‘ramda.
1 yoki 2 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi. Teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalarni kontur uyali o‘ramlarning bevosita guruhlangan o‘ramiga joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Tatximfarmpreparati” OAJ, Rossiya,
420091, Qozon sh., Belomorskaya ko‘ch., 260.
(843) tel. 571-85-58; faks 571-85-38
E-mail marketing@tatpharm.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.