Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Seftriakson-KMP 1g №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Страна производитель
Украина
Дозировка
1 г
Производитель
Киевмедпрепарат,ОАО,Украина
Форма выпуска
Флакон
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Seftriakson
Ta'sir etuvchi modda (XPN) seftriakson
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma uchun kukun
Tarkibi
Faol modda seftriakson;
1 flakon seftriaksonga qayta hisoblanganda 0,5 g yoki 1 g steril seftriaksonning natriyli tuzini saqlaydi.
Ta'rifi deyarli oq yoki sarg‘imtir rangli kristall, biroz gigroskopik kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
Tizimli qo‘llash uchun antibakterial vositalar. Sefalosporinlar. Seftriakson.
ATX kodi J01DD04.
Farmakologik xususiyatlari
Seftriakson – parenteral yuboriladigan ta'siri uzaytirilgan III avlod sefalosporin antibiotigidir.
Seftriaksonning bakteritsid faolligi hujayra membranalari sintezini susaytirishi bilan bog‘liq. Seftriakson in vitro sharoitida ko‘pchilik grammanfiy va grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan faol. Seftriakson grammusbat va grammanfiy bakteriyalarning ko‘pchilik β-laktamazlariga (penitsillinazalarga ham, sefalosporinazalarga ham) nisbatan juda yuqori chidamliligi bilan xarakterlanadi. Seftriakson in vitro sharoitida quyidagi mikroorganizmlarga va klinik infektsiyalarga (“Qo‘llanishi” bo‘limiga qarang) nisbatan faol.
Grammusbat aeroblar. Staphylococcus aureus (metitsillinga sezuvchan), koagulazo manfiy stafilokokklar, Streptococcus pyogenes (β-gemolitik, A guruhi), Streptococcus agalactie (β-gemologik, V guruhi), β-gemolitik streptokokklar (A guruhi ham, B guruhi ham emas), Streptococcus viridans, Streptococcus pneumoniae.
Izoh. Metitsillinga chidamli Staphylococcus spp. sefalosporinlarga, shu jumladan seftriaksonga rezistentdir. Shuningdek, Enterococcus faecalis, Enterococcus faecium va Listeria monocytogenes larning seftriaksonga chidamliligi aniqlangan.
Grammanfiy aeroblar. Acinetobacter lwoffi, Acinetobacter anitratus (asosan A.baumanii)*, Aeromonas hydrophila, Alcaligenes faecalis, Alcaligenes odorans, alkagensimon o‘xshash bakteriyalar, Borrelia burgdorferi, Capnocytophaga spp., Citrobacter diversus shu jumladan (C.amalonaticus), Cirobacter freundii*, Escherichia coli, Enterobacter aerogenes*, Enterobacter cloacae*, Enterobacter spp. (boshqalar)*, Haemophilus ducreyi, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Hafnia alvei, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae**, Moraxella catarrhalis (ilgari Branhamella catarrhalis deb nomlangan), Moraxella osloensis, Moraxella spp. (boshqalar), Morganella morganii, Neisseria gonorrhoea, Neisseria meningitides, Pasteuarella multocida, Plesiomonas shigelloides, Proteus mirabilis, Proteus penneri*, Proteus vulgaris*, Pseudomonas fluorescens*, Pseudomonas spp. (boshqalar)*, Providentia rettgeri*, Providentia spp. (boshqalar)*, Salmonella typhi, Salmonella spp. (netifoidli) Serratia marcescens*, Serratia spp. (boshqalar)*, Shigella spp., Vibrio spp., Yersinia enterocolitica, Yersinia spp. (boshqalar).
* Bu turlarning ayrim izolyatlari asosan xromosomalar tomonidan kodlanuvchi β-laktamazalarni hosil bo‘lishi tufayli seftriaksonga nisbatan chidamlidir.
**Bu turlarning ayrim izolyatlari qator plazmidlar yordamidagi β-laktamazalarni hosil bo‘lishi tufayli seftriaksonga nisbatan chidamlidir.
Izoh. Yuqorida eslatilgan aminopenitsillinlar va ureidopenitsillinlar, birinchi va ikkinchi avlod sefalosporinlari, aminoglikozidlar kabi antibiotiklarga yuqori chidamlilikka ega mikroorganizmlarning shtammlaridan ko‘pchiligi seftriaksonga nisbatan sezuvchan hisoblanadi. Treponema pallidum in vitro sharoitida va hayvonlardagi tajribalarda seftriaksonga nisbatan sezuvchandir. Klinik sinovlar seftriakson, seftriaksonga chidamli P. aeruginosa ning klinik shtammlaridan tashqari, birlamchi va ikkilamchi sifilisni davolash uchun samarali ekanligini ko‘rsatadi.
Anaeroblar. Bacteroides spp. (safroga sezuvchan)*, Clostridium spp. (C.difficile dan tashqari), Fusobacterium nucleatum, Fusobacterium spp. (boshqalar), Gaffkia anaerobica (ilgari Peptococcus deb nomlangan), Peptostreptococcus spp.
*Bu turlarning ayrim izolyatlari β-laktamazalarni hosil bo‘lishi tufayli seftriaksonga chidamlidir.
Izoh. Β-laktamazani ishlab chiqaruvchi (xususun B.fragilis) Bacteroides spp. ning shtammlarining ko‘pchiligi seftriaksonga chidamli. Clostrdium difficile ham chidamli.
Seftriaksonga sezuvchanlikni disklar yordamida yoki agar muhitida yoki bulonda seriyali suyultirish usuli, klinik laborator standartlar Milliy qo‘mitasi (KLSMQ) tavsiya qilgan usulga o‘xshash standart uslublarni qo‘llash yordamida aniqlash mumkin. KLSMQ seftriakson uchun sinov natijalarini baholashning quyidagi mezonlarini belgilagan
SezgirO‘rtacha sezuvchanChidamli
Suyultirish usuli susaytiruvchi (ingibirlovchi) kontsentratsiya mg/l
=8
16-32
=64
Disklar usuli
(30 mkg seftriaksonli disk)
O‘sishni susaytirish sohasi diametri, mm
=21
20-14
=13
Mikroorganizmlarni sezuvchanligini aniqlash uchun seftriaksonli diskni ishlatish lozim, chunki seftriakson sefalosporinlarning hamma guruhi uchun mo‘ljallangan disklarni ishlatishda chidamli bo‘lgan alohida shtammlarga nisbatan faol. KLSMQ standartlari o‘rniga mikroorganizmlarni sezuvchanligini aniqlash uchun boshqa yaxshi standartlashtirilgan normativlarni, masalan, sezuvchanlikni darajasini adekvat baholash imkonini beruvchi DIN va ICS larni ishlatish mumkin.
Farmakokinetikasi
Seftriaksonning farmakokinetikasi bir tekis xarakterga ega emas. Preparatning yarim chiqarilish davridan tashqari, umumiy kontsentratsiyalariga asoslangan barcha farmakokinetik parametrlari dozaga bog‘liq.
So‘rilishi. 1 g preparatni bir marta mushak ichiga yuborilgandan keyin qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi 81 mg/l ni tashkil qiladi va unga yuborilgandan so‘ng 2-3 soatdan keyin erishiladi. Vena ichiga yuborilgandan keyin kontsentratsiyasini egri chiziq ostidagi maydoni, mushak ichiga yuborilgandan keyingi kontsentratsiyasi bilan tenglashadi. Bu mushak ichiga yuborilgandan keyin seftriaksonni biokiraolishligini 100% ni tashkil qilishini bildiradi.
Taqsimlanishi. Seftriaksonning taqsimlanish hajmi 7-12 l ni tashkil qiladi. 1-2 g dozada yuborilgandan keyin seftriakson organizmning to‘qima, suyuqliklariga yaxshi kiradi. 24 soatdan ortiq vaqt davomida uning kontsentratsiyasi 60 dan ortiq to‘qima va suyuqliklarida (shu jumladan o‘pka, yurak, o‘t chiqarilish yo‘llari, jigar, bodomsimon bez, o‘rta quloq va burunning shilliq qavati, suyaklar, shuningdek orqa miya, plevral va sinovial suyuqliklarida, prostata bezi sekretida) ko‘pchilik infektsiya qo‘zg‘atuvchilari uchun minimal bostiruvchi kontsentratsiyalaridan ancha yuqori bo‘ladi.
Vena ichiga yuborilgandan keyin seftriakson orqa miya suyuqligiga tez kiradi, u yerda sezgir mikroorganizmlarga nisbatan bakteritsid kontsentratsiyalari 24 soat davomida saqlanadi.
Oqsillar bilan bog‘lanishi. Seftriakson albuminlar bilan qaytuvchan bog‘lanadi, bunda bog‘lanish darajasi kontsentratsiyani oshishi bilan kamayadi, masalan, qon plazmasidagi kontsentratsiyasi 100 mg/l dan kamligida 95% ni tashkil qilsa, 300 mg/l kontsentratsiyada 85% gacha pasayadi. To‘qima suyuqligida albuminni juda past kontsentratsiyasi tufayli, erkin seftriaksonning undagi kontsentratsiyasi qon plazmasiga qaraganda yuqoriroq bo‘ladi.
Alohida to‘qimalarga kirishi. Seftriakson bolalarda, shu jumladan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yallig‘langan miya pardasi orqali o‘tadi. Seftriaksonni tana vazniga 50-100 mg/kg dozada (muvofiq ravishda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va go‘daklarga) vena ichiga yuborilgandan keyin 24 soatdan so‘ng, seftriaksonning orqa miya suyuqlikdagi kontsentratsiyasi 1,4 mg/l dan oshadi. Vena ichiga yuborilgandan keyin taxminan 4 soatdan so‘ng orqa miya suyuqligida maksimal kontsentratsiyasiga erishiladi va u o‘rtacha 18 ml/g ni tashkil qiladi. Bakterial meningitda seftriaksonning orqa miya suyuqligidagi o‘rtacha kontsentratsiyasi qon plazmasidagi kontsentratsiyasining 17% ni, aseptik meningitda - 4% ni tashkil qiladi. Meningiti bo‘lgan katta yoshdagi bemorlarda tana vazniga 50 mg/kg dozada yuborilgandan keyin 2-24 soatdan so‘ng, orqa miya suyuqligida seftriaksonning meningitning eng ko‘p tarqalgan qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan minimal ingibirlovchi kontsentratsiyalaridan ko‘p marta yuqori kontsentratsiyasiga erishiladi. Seftriakson yo‘ldosh to‘sig‘i orqali va kichik kontsentratsiyalarda - ko‘krak sutiga o‘tadi.
Metabolizmi. Seftriakson tizimli metabolizmga uchramaydi, ichak florasi ta'siri ostida nofaol metabolitlarga aylandi.
Chiqarilishi. Seftriaksonning umumiy plazmadagi klirensi minutiga 10-22 ml ni tashkil qiladi. Buyrak klirensi minutiga 5-12 ml ga teng. Seftriaksonning 50-60% o‘zgarmagan holda buyrak orqali va 40-50% safro bilan chiqariladi. Kattalarda seftriaksonning yarim chiqarilish davri taxminan 8 soatni tashkil qiladi.
Alohida klinik holatlardagi farmakokinetikasi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda buyrak orqali dozaning taxminan 70% chiqariladi. Bolalarda hayotining birinchi 8 kuni, shuningdek 75 yoshdan oshgan patsiyentlarda yarim chiqarilish davri katta yoshdagilarga qaraganda o‘rtacha 2-3 marta ortiqdir.
Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda seftriaksonning farmakokinetikasi biroz o‘zgaradi, faqat yarim chiqarilish davrini oz darajada oshishi aniqlanadi. Agar faqat buyrak faoliyati buzilgan bo‘lsa, safro bilan chiqarilishi oshadi, agar jigar faoliyati buzilgan bo‘lsa, buyrak orqali chiqarilishi oshadi.
Qo‘llanilishi
Preparatga sezuvchan mikroorganizmlar chaqirgan infektsiyalarni davolash, shu jumladan nafas yo‘llarining infektsiyalari (asosan pnevmoniya), LOR-a'zolarining infektsiyalari, buyrak va siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari, jinsiy a'zolarning infektsiyalari (shu jumladan gonoreya), teri va yumshoq to‘qimalarining infektsiyalari; qorin bo‘shlig‘i a'zolarining infektsiyalari (peritonit, o‘t chiqarish yo‘llari va ovqat hazm qilish yo‘llarining infektsiyalari); sepsis; suyak, bo‘g‘imlarning infektsiyalari, shuningdek jarohat infektsiyalari; immun himoyasi susaygan bemorlardagi infektsiyalar; meningit; disseminatsiyalangan Laym borelliozi (kasallikning ilk va kechki bosqichlari).
Ovqat hazm qilish yo‘llari, o‘t chiqarish yo‘llari, siydik chiqarish yo‘llarining a'zolarida jarrohlik aralashuvlarida va ginekologik muolajalar vaqtida, ammo faqat potentsial yoki ma'lum bo‘lgan kontaminatsiya holatlarida infektsiyalarning operatsiyadan oldingi profilaktikasida qo‘llaniladi.
Seftriakson buyurilganida antibiotikoterapiya bo‘yicha rasmiy tavsiyalarga va xususan, antibiotik – rezistentlik profilaktikasi bo‘yicha tavsiyalarga rioya qilish kerak.
Qo‘llash usuli va dozalari
Seftriaksonni mushak ichiga va vena ichiga qo‘llanadi. Seftriaksonni qo‘llash bilan davolashni boshlashdan oldin, teri sinamasini o‘tkazib, patsiyentda preparatni o‘zlashtiraolmaslikni borligini istisno qilish lozim.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar odatda 1-2 seftriaksonni sutkada 1 marta (har 12 soatda) buyuriladi. Og‘ir infektsiyalarda yoki seftriaksonga o‘rtacha sezuvchan bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar tomonidan chaqirilgan infektsiyalardagina sutkalik dozani 4 g gacha oshirish mumkin.
Bolalar
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (2 haftagacha) tana vazniga 20-50 mg/kg dan sutkada 1 marta buyuriladi. Sutkalik doza tana vazniga 50 mg/kg dan oshmasligi kerak. Muddatida va chala tug‘ilgan bolalar uchun preparatning dozasini aniqlashda farqlar yo‘q.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 15 kunlikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar tana vazniga 20-
80 mg/kg dozada sutkada 1 marta buyuriladi. Tana vazni 50 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga kattalar uchun dozada buyuriladi. Vena ichiga 50 mg/kg yoki undan yuqori dozalarni infuziya yo‘li bilan kamida 30 minut davomida yuborish lozim.
Keksa yoshdagi bemorlar
Keksa yoshdagi bemorlarga dozaga tuzatish kiritish kerak emas.
Davolash davomiyligi kasallikni kechishiga bog‘liq. Antibiotiklar bilan davolashda qabul qilinganidek, bemorlarga seftriaksonni harorat normallashgandan va tahlillar qo‘zg‘atuvchini yo‘qligini ko‘rsatgandan keyin yana kamida 48-72 soat qabul qilishni davom ettirish lozim.
Majmuaviy davolash. Ko‘pchilik grammanfiy bakteriyalarga nisbatan seftriakson va aminoglikozidlar o‘rtasida sinergizm mavjud. Bunday majmualarni yuqori samaradorligini har doim ham oldindan bilish mumkin emasligiga qaramay, uni og‘ir, hayot uchun xavf soluvchi Pseudomonas aeruginosa chaqirgan infektsiyalar bo‘lganda hisobga olish lozim. Seftriakson va aminoglikozidlarning o‘zaro fizik nomutanosibligi sababli, ularni tavsiya etilgan dozalarda, alohida yuborish kerak.
Alohida hollarda dozalash
Chaqaloqlarda va 15 kunlikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi bakterial meningitda davolash sutkada 1 marta 100 mg/kg (ammo 4 g dan ko‘p emas) dozadan boshlanadi. Qo‘zg‘atuvchi identifikatsiya qilingach va uning sezuvchanligi aniqlangach, dozani muvofiq ravishda kamaytirish mumkin. Eng yaxshi natijalarga davolashni shunday davomiyligida erishilgan.
Neisseria meningitidis4 kun
Haemophilus influenzae 6 kun
Streptococcus pneumonia 7 kun
Laym Borelliozi kattalarga va bolalarga – 50mg/kg (eng yuqori sutkalik doza - 2 g) sutkada 1 marta 14 kun davomida buyuriladi.
Gonoreyani davolash uchun (penitsillinazani ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan shtammlar chaqirgan) 1 martalik 25 mg dozani mushak ichiga buyurish tavsiya qilinadi.
Jarrohlikda operatsiyadan keyingi infektsiyalarni oldini olish uchun yuqish xavfini darajasiga ko‘ra, seftriaksonning 1−2 g 1 martalik dozasini operatsiya boshlanishidan 30−90 minut oldin yuborish tavsiya qilinadi. Yo‘g‘on va to‘g‘ri ichak operatsiyalarida bir vaqtda (ammo alohida) seftriaksonni va 5−nitroimidazollaridan birini masalan, ornidazolni yuborish o‘zini oqlagan.
Buyrak va jigar yetishmovchiligi. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarga, agar jigar faoliyati normada bo‘lsa, dozani kamaytirishga hojat yo‘q. Faqat preterminal bosqichidagi buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam bo‘lganida) sutkalik doza 2 g dan oshmasligi kerak. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarga, agar buyrak faoliyati normal bo‘lsa, dozani kamaytirishga hojat yo‘q. Bir vaqtda og‘ir buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lganida seftriaksonni qon plazmasidagi kontsentratsiyasini muntazam aniqlash va zarurat bo‘lganda dozaga tuzatish kiritish lozim. Gemodializda bo‘lgan bemorlar uchun dializdan keyin preparatni qo‘shimcha ravishda yuborishga ehtiyoj yo‘q. Ammo seftriaksonning qon zardobidagi kontsentratsiyasini, dozaga ehtimol tuzatish kiritish mumkinligi tufayli, nazorat qilish lozim, chunki bunday bemorlarda preparatni chiqarilish tezligi pasayishi mumkin. Gemodializda bo‘lgan bemorlar uchun seftriaksonning sutkalik dozasi 2 g dan oshmasligi kerak.
Eritmalarini tayyorlash.
Eritmalarni bevosita ularni qo‘llashdan oldin tayyorlash kerak. Yangi tayyorlangan eritmalar o‘zining fizik va kimyoviy barqarorligini xona haroratida 6 soat davomida (yoki 2−8oS haroratda 24 soat davomida) saqlaydi. Kontsentratsiyasi va saqlash davomiyligiga ko‘ra, eritmalarni rangi och−sariqdan qahrabo rangligacha o‘zgarib turishi mumkin. Faol moddaning bunday xususiyati preparatning samaradorligiga yoki o‘zlashtiraolinishiga ta'sir qilmaydi.
Mushak ichiga in'ektsiyasi uchun 1 g ni 1 % li lidokain eritmasining 3,5 ml da eritiladi; in'ektsiyani dumba mushagiga chuqur qilinadi. Bir dumbaga ko‘pi bilan 1 g yuborish tavsiya qilinadi.
Lidokain saqlagan eritmani vena ichiga yuborish mumkin emas.
Vena ichiga in'ektsiya uchun 1 g seftriaksonni 10 ml steril in'ektsiya uchun suvda eritiladi, vena ichiga sekin (2−4 minut) yuboriladi.
Vena ichiga quyish kamida 30 minut davom etishi kerak. Vena ichiga quyishda eritmani tayyorlash uchun 2 g seftriaksonni 40 ml quyidagi kaltsiy ionlaridan holi bo‘lgan infuzion eritmalardan birida eritiladi 0,9% natriy xloridi, 0,45% natriy xloridi+2,5% glyukoza, 5% li glyukoza, 10% li glyukoza, 6% dekstran 5% li glyukoza eritmasida, 6-10% gidroksietillangan kraxmal, in'ektsiya uchun suv. Mumkin bo‘lgan nomutanosiblikni hisobga olib, seftriakson saqlagan eritmalarni, boshqa antibiotiklarni saqlagan eritmalar bilan, tayyorlashda ham, yuborishda ham aralashtirish mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Odatda seftriakson yaxshi o‘zlashtiriladi. U qo‘llanganida spontan yoki bekor qilinganida susayadigan quyidagi nojo‘ya ta'sirlar bo‘lishi mumkin.
- infektsiyalar jinsiy yo‘llarni mikozi, ikkilamchi zamburug‘li infektsiyalar, rezistent mikroorganizmlar chaqirgan infektsiyalar;
- qon tizimi va limfatik tizim tomonidan eozinofiliya, leykopeniya, granulotsitopeniya, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, protrombin vaqtini oshishi; kam tarqalgan - qon zardobida kreatinin darajasini oshishi; koagulyatsiya buzilishlari. Juda kam, asosan 20 g yoki undan ortiq umumiy dozada qo‘llangandan keyin agranulotsitoz (<500/mm3), aniqlanadi. Uzoq muddat davolanganda qon manzarasini muntazam nazorat qilish lozim;
- ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, stomatit, glossit, pankreatit, ular o‘t chiqarish yo‘llarining obstruktsiyasi natijasida rivojlanishi mumkin bo‘lgan. Bu bemorlarni ko‘pchiligida o‘t chiqarish yo‘llarida dimlanish omillari, masalan, anamnezida davolanish, og‘ir kasalliklar va to‘liq parenteral oziqlanish bo‘lgan. Bunda pankreatitni rivojlanishida seftriaksonning ta'siri ostida o‘t chiqarish yo‘llarida hosil bo‘ladigan pretsipitatlarning rolini istisno qilish mumkin emas. Juda kam tarqalganlar - soxta membranoz enterokolit;
- gepatobiliar tizimi tomonidan bolalarda o‘t pufagida seftriaksonning kaltsiy tuzlarining muvofiq simptomatika bilan kechuvchi pretsipitatlari; bolalarda qaytuvchan xolelitiaz (ko‘rsatilgan holatlar bolalarda kam kuzatilgan); qon zardobida jigar fermentlari (AST, ALT, ishqoriy fosfatoza) darajasini oshishi;
- teri va teriosti kletchatkasi tomonidan toshma, allergik dermatit, qichishish, eshakemi, shishlar, ekzantema, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi);
- siydik chiqarish tizimi tomonidan oliguriya, gematuriya, glyukozuriya, preparatning katta sutkalik dozalarini (sutkada ≥80 mg/kg) yoki 10 g dan yuqori kumulyativ dozalarini olgan asosan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, shuningdek qo‘shimcha xavf omillari (suyuqlikni iste'mol qilishi cheklangan, yotoq tartib) bo‘lganida buyraklarda konkrementlarni hosil bo‘lishi. Buyrakda konkrementlarni hosil bo‘lishi simptomsiz kechishi mumkin yoki klinik namoyon bo‘lishi mumkin, seftriakson bilan davolanish to‘xtatilgandan keyinoq o‘tib ketuvchi buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin;
- umumiy buzilishlar bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi, isitma, et uvishishi, shuningdek anafilaktik shok yoki anafilaktoid reaktsiyalar kuzatiladi. Yakka holatlarda vena devorining yallig‘lanish reaktsiyalari kuzatiladi. Ulardan in'ektsiyani sekin (2-4 minut) bajarib saqlanish mumkin. Mushak ichiga in'ektsiyasini lidokainni qo‘llamasdan yuborish og‘riqlidir;
- laboratoriya tahlili natijalariga ta'siri yakka hollarda seftriakson bilan davolangan bemorlarda Kumbs reaktsiyasining soxtamusbat natijalari aniqlanishi mumkin. Boshqa antibiotiklar kabi, seftriakson galaktozemiyani aniqlash sinamasining soxtamusbat natijalarini chaqirishi mumkin. Soxtamusbat natijalarini siydikda glyukozani aniqlanganda ham olish mumkin, shuning uchun seftriakson bilan davolash vaqtida glyukozuriyani zarurat bo‘lganida faqat fermentativ usul bilan aniqlash mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik (bemorda penitsillinga yuqori sezuvchanlik bo‘lganda, seftriaksonga kesishuvchan allergik reaktsiya bo‘lishi mumkinligini hisobga olish lozim);
- chala tug‘ilgan ≤ 41 haftalik bolalar, ona qornidagi muddatni (gestatsion yoshi + tug‘ilgandan keyingi yoshi) hisobga olgan holda;
- yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va chala tug‘ilganlarda giperbilirubinemiya (tseftriaksonni qon zardobida bilirubinni albumin bilan bog‘idan siqib chiqarish xususiyati mavjud bo‘lib, u bilirubin chaqirgan entsefalopatiyani rivojlanish xavfiga olib kelishi mumkin) qo‘llash mumkin emas.
Seftriakson ≤ 28 kunlik chaqaloqlarga seftriaksonni kaltsiy tuzlari pretsipitatlarini hosil bo‘lish xavfi sababli, vena ichiga kaltsiy saqlovchi eritmalarni qo‘llash, shu jumladan zarurat bo‘lganda (yoki kutilayotgan zaruratda), kaltsiy saqlovchi eritmalarni vena ichiga quyilishlar masalan, parenteral oziqlanish bilan davolash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Seftriaksonni har qanday holatda ham kaltsiy saqlovchi eritmalar (Ringer eritmasi va boshqalar) bilan qo‘llash mumkin emas! Kaltsiy saqlovchi eritmalarni seftriaksonni oxirgi marta yuborilgandan keyin 48 soatdavomida buyurish mumkin emas.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga va chala tug‘ilgan bolalarda seftriakson va kaltsiy preparatlari bir vaqtda yuborilganda o‘pka va buyrakda letal oqibatlarga olib keluvchi pretsipitatlarni hosil bo‘lish holatlari mavjud.
Seftriaksonning yuqori dozalarini va furosemid kabi kuchli ta'sir qiluvchi diuretiklarni bir vaqtda qo‘llanganda buyrak faoliyatini buzilishlari kuzatilmagan.
Seftriaksonni aminoglikozidlarni buyrakka nisbatan toksik ta'sirini oshirishi to‘g‘risida xabarlar yo‘q. Seftriaksonni qabul qilingandan so‘ng, darhol alkogolni qabul qilinganda disulfiramni (teturam) ta'siriga o‘xshash samaralar kuzatilmagan.
Seftriakson N-metiltiotetrazol guruhini saqlamaydi, bu etanolni o‘zlashtiraolmaslikni, shuningdek qon ketishini chaqirishi mumkin bo‘lib, bu ayrim sefalosporinlarga xosdir.
Probenetsid seftriaksonni chiqarilishiga ta'sir qilmaydi. Xloramfenikol va seftriakson o‘rtasida antagonizm mavjud.
Ringer eritmasi yoki Gartman eritmasi kabi, kaltsiy saqlovchi eritmalarni seftriaksonning kaltsiy tuzlarini pretsipitatlarini hosil bo‘lish ehtimoli sababli, flakondagi seftriaksonni eritishda yoki tiklangan eritmani vena ichiga yuborish uchun suyultirish uchun ishlatish mumkin emas. Seftriaksonni kaltsiy saqlovchi eritmalar bilan bir vena ichiga yuborish uchun infuzion tizimda aralashtirilganda ham seftriaksonning kaltsiy tuzlari pretsipitatlarini hosil bo‘lishi yuz berishi mumkin. Seftriaksonni kaltsiy saqlovchi eritmalar, shu jumladan uzoq vaqt yuboriladigan kaltsiy saqlovchi infuziyalar, masalan, parenteral oziqlanish preparatlari bilan vena ichiga bir vaqtda yuborish mumkin emas. Chaqaloqlarda seftriaksonni kaltsiy tuzlarini pretsipitatlarini hosil bo‘lish xavfi yuqori bo‘ladi.
Seftriakson amzakrin, vankomitsin, flukonazol va aminoglikozidlar bilan nomutanosibdir.
Bakteriostatik vositalar sefalosporinlarning bakteritsid hususiyatiga ta'sir qilishi mumkin. Seftriakson peroral gormonal kontratseptivlarning samaradorligini kamaytirishi mumkin. Shu sababli, davolanish vaqtida va davolangandan keyin 1 oy davomida qo‘shimcha (gormonal bo‘lmagan) kontratseptsiya usullarini qo‘llash tavsiya qilinadi.
Seftriakson va peroral qabul uchun kaltsiy saqlovchi mahsulotlar orasidagi o‘zaro ta'sirlari va seftriaksonni mushak ichiga in'ektsiyasi va kaltsiy saqlovchi mahsulotlari (vena ichiga yoki peroral) o‘rtasidagi o‘zaro ta'sirlari to‘g‘risida xabarlar yo‘q.
Nomutanosiblik.
Seftriaksonni Ringer eritmasi yoki Gartman eritmasi kabi kaltsiy saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas. Amzakrin, vankomitsin, flukonazol va aminoglikozidlar bilan nomutanosib. “
Qo‘llash usuli va dozalari
” bo‘limida ko‘rsatilgandan boshqa erituvchilar bilan aralashtirish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Boshqa sefalosporinlar qo‘llanganida bo‘lgani kabi, seftriakson ham qo‘llanganida, xatto batafsil anamnezda muvofiq ko‘rsatmalar bo‘lmasada, o‘lim bilan yakunlangan anafilaktik reaktsiyalar yuz berishi mumkin. Allergik reaktsiyalar yuz berganida seftriaksonni darhol bekor qilish va muvofiq davolashni buyurish lozim.
Seftriakson protrombin vaqtini uzaytirishi mumkin. Shu boisdan, K vitaminining tanqisligiga shubha bo‘lganida protrombin vaqtini aniqlash kerak.
Deyarli hamma antibakterial preparatlarni, shu jumladan seftriaksonni ham qo‘llash fonida Clostridium difficile bilan assotsiatsiyalanadigan, yengil og‘irlik darajasidan o‘lim bilan tugallanadigan darajadagi kolitgacha rivojlanishi mumkin bo‘lgan diareya yuz berishi mumkin. Antibakterial preparatlar yo‘g‘on ichakning normal florasini o‘zgartirishi mumkin, bu Clostridium difficile ni haddan ziyod o‘sishiga olib keladi. Clostridium difficile Clostridium difficile bilan assotsiatsiyalanadigan diareyani rivojlanishiga yordam beradigan A va V toksinlarni ishlab chiqaradi. Clostridium difficile ni toksinlarni haddan ziyod ishlab chiqaradigan shtammlari yuqori kasallanishni va o‘limni chaqiradi, chunki bu infektsiyalar antimikrob vositalarga rezistent bo‘lishi va kolektomiyani talab qilishi mumkin. Hamma patsiyentlarda antibiotiklarni qo‘llash vaqtida Clostridium difficile bilan assotsiatsiyalanadigan diareyani istisno qilish kerak. To‘liq tibbiy anamnez to‘plash kerak, chunki Clostridium difficile bilan assotsiatsiyalanadigan diareya antibakterial vositalarni qo‘llash tugagandan keyin ikki oy davomida paydo bo‘lishi mumkin. Clostridium difficile bilan assotsiatsiyalanadigan diareyaga shubha bo‘lganida yoki tasdiqlanganda Clostridium difficile ga ta'sir qilmaydigan antibiotiklar bilan davolashni bekor qilish kerak. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha muvofiq miqdorda suyuqlik va elektrolitlarni, oqsil qo‘shimchalarni Clostridium difficile ga sezgir antibiotiklar bilan davolashni, va jarrohlik tekshiruvlarini buyurish lozim. Seftriaksonni uzoq vaqt davomida qo‘llanganda preparatga sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni nazorat qilishda qiyinchiliklar tug‘ilishi mumkin. Shu sababli patsiyentlarni sinchkov nazorati zarur. Superinfektsiya rivojlanganda muvofiq choralarni ko‘rish kerak.
Seftriaksonni tavsiya qilinadigan standart dozalardan oshadigan dozalarda qo‘llanganda, o‘t pufagini ultratovush tekshirilganda soyalar kuzatilishi mumkin bo‘lib, ularni tosh deb xato qabul qilish mumkin. Bu seftriaksonning kaltsiy tuzlarini pretsipitatlari bo‘lib, ular seftriakson bilan davolash tugaganda yoki to‘xtatilganda yo‘qoladi. Bunday o‘zgarishlar kam hollarda qandaydir simptomatika bilan kechishi mumkin. Ammo bunday hollarda faqat konservativ davolanish tavsiya qilinadi. Agar bu holatlar klinik simptomatika bilan kechsa, u holda shifokor preparatni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qiladi.
Seftriakson yuborilgan bemorlarda, o‘t chiqarish yo‘llarining obstruktsiyasi natijasida rivojlanadigan pankreatitning yagona hollari ta'riflangan. Bunday bemorlarning ko‘pchiligi o‘t chiqarish yo‘llarida dimlanib qolish xavfi omillariga, masalan, anamnezida davolanish, og‘ir kasalliklar va to‘liq parenteral oziqlanishga ega bo‘lgan. Bunda pankreatitni rivojlanishida seftriaksonni ta'siri ostida o‘t chiqarish yo‘larida hosil bo‘ladigan pretsipitatlarning rolini istisno qilish mumkin emas.
Seftriakson qon zardobida bilirubinni albumin bilan bo‘lgan bog‘idan siqib chiqarishi mumkin. Shu sababli seftriaksonni giperbilirubinemiyasi bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga qo‘llash mumkin emas (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” bo‘limiga qarang). Seftriaksonni aminoglikozidlarni va diuretiklarni bir vaqtda qabul qilayotgan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Seftriaksonni bir vaqtda kaltsiy saqlovchi eritmalar bilan, xatto preparatlarni turli infuzion sistemalari orqali yuborilganda ham, aralashtirish yoki buyurish mumkin emas. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va chala tug‘ilgan bolalarda seftriakson va kaltsiy preparatlarini bir vaqtda yuborilganda o‘pka va buyrakda letal oqibatlarni chaqiruvchi pretsipitatlarni hosil bo‘lish hollari ta'riflangan.
Boshqa yosh guruhi patsiyentlarda ham, seftriaksonni vena ichiga yuboriladigan kaltsiy saqlovchi eritmalari bilan bir vaqtda qo‘llangandan keyin tomir ichida pretsipitatlarni hosil bo‘lish hollari ma'lum. Shu sababli, vena ichiga yuborish uchun kaltsiy saqlovchi eritmalarini yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga va boshqa yosh guruhi patsiyentlarga uchun seftriaksonni oxirgi dozasini yuborgandan keyin kamida 48 soat davomida qo‘llash mumkin emas (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” bo‘limiga qarang).
Sefalosporinlarni, shu jumladan seftriaksonni olgan patsiyentlarga immun tizimi orqali bilvosita paydo bo‘ladigan gemolitik anemiya kuzatilgan. Kattalarda va bolalarda og‘ir, shu jumladan letal gemolitik anemiyani rivojlanish hollari ma'lum. Seftriaksonni qo‘llash vaqtida anemiya rivojlanganida seftriakson chaqirgan anemiyani istisno qilish va anemiyaning etiologiyasi aniqlanmagunicha preparatni bekor qilish kerak. Uzoq davolanish vaqtida qon manzarasini muntazam nazorat qilish lozim.
Seftriakson bilan davolanganda yakka hollarda bemorlarda Kumbs reaktsiyasini soxta musbat natijalari aniqlanishi mumkin. Boshqa antibiotiklari kabi seftriakson galaktozemiya sinamasini soxta musbat natijasini chaqirishi mumkin. Soxtamusbat natijalar siydikda glyukoza aniqlanganda ham olinishi mumkin, shuning uchun seftriakson bilan davolanish vaqtda glyukozuriyani faqat fermentativ usul bilan aniqlash lozim.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi.
Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Seftriaksonni ayollar uchun homiladorlik vaqtida qo‘llash xavfsizligi o‘rganilmagan. Seftriakson kichik kontsentratsiyalarda ko‘krak sutiga kiradi, shuning uchun seftriaksonni buyurilganda emizishni to‘xtatish kerak.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanzmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Seftriaksonni reaktsiya tezligiga ta'siri to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q, ammo bosh aylanishini paydo bo‘lishi mumkinligi sababli, seftriakson transport vositalarini boshqarish va murakkab mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish hollarida gemodializ yoki peritoneal dializ preparatni kontsentratsiyasini kamaytirmaydi. Maxsus antidoti yo‘q.
Dozani oshirib yuborilishi
ni davolash simptomatik olib boriladi.
Chiqarilish shakli
0,5 g yoki 1 g dan flakonlarda; 10 flakon qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ni nomi va manzili
“Kiyevmedpreparat” JAJ.
Ukraina, 01032, Kiyev shahri, Saksaganskiy ko‘chasi, 139.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.