Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Baktrim ichga qabul qilish uchun suspenziya 200/40 mg 5 ml 100 ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Сульфаметоксазол, триметоприм
Страна производитель
Франция
Дозировка
240 мг/5 мл
Производитель
F.Hoffmann-La Roche Ltd, Швейцария произведено: Cenexi SAS
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Порошок для приготовления суспензии для приёма внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Baktrim®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Ko-trimoksazol
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun suspenziya
Tarkibi
5 ml (1 o‘lchov qoshiq) ichga qabul qilish uchun suspenziya quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar ko-trimoksazol - 240 mg (200 mg sulfametoksazol va 40 mg trimetoprimga to‘g‘ri keladi);
yordamchi moddalar dispersiyalanuvchi sellyuloza - 80,0 mg, metilparagidroksibenzoat - 2,5 mg, propilparagidroksibenzoat - 0,5 mg, sorbitol - 4500,0 mg, polisorbat 80 - 10,0 mg, vanil aromatizatori - 10,0 mg, banan aromatizatori - 25,0 mg, 5,0 ml gacha tozalangan suv.
Ta'rifi sarg‘ish-oqdan to to‘q sariq ranggacha bo‘lgan meva xidli bir xil suspenziya.
Farmakoterapevtik guruhi
mikroblarga qarshi majmuaviy vosita.
ATX kodi J01EE01
Farmakologik ta'siri
Farmakodinamika
si
Majmuaviy bakteritsid ximioterapevtik vosita
Baktrim® preparati tarkibida ikki faol modda saqlaydi, ular mikroorganizmlarda folin kislotasi biosintezini ketma-ket kechuvchi bosqichlarini katalizatsiya qiladigan ikki fermentni bloklab, sinergik ta'sir ko‘rsatadi. Shu mexanizmi tufayli, in vitro sharoitlarida bakteritsid ta'sirga preparatning alohida komponentlari faqat bakteriostatik ko‘rsatuvchi kontsentratsiyalarida erishiladi. Shu bilan birga Baktrim® preparati ko‘pincha, uning komponentlaridan biriga chidamli qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan samarali bo‘ladi.
In vitro sharoitlarida Baktrim® preparatining antibakterial ta'siri, garchi sezuvchanlik geografik xududga bog‘liq bo‘lsada, grammusbat va grammanfiy patogen mikroorganizmlarning keng doirasini qamrab oladi.
Odatdagi sezgir qo‘zg‘atuvchilar (sulfametoksazol bo‘yicha minimal bostiruvchi kontsentratsiya (MBK) ≤80 mg/l).
Kokklar Branhamella catarrhalis.
Grammanfiy mikroorganizmlar Haemophilus influenze (β-laktamaza hosil qiluvchi va β-laktamaza hosil qilmaydigan shtammlari), Haemophilus parainfluenzae, E. Coli, Citrobacter greundii, Citrobacter ning boshqa turlari, Klebsiella pneumoniae, Klebsiella oxytoca ning boshqa turlari, Enterobacter cloaceae, Enterobacter aerogenes, Hafnia alvei, Serratia marcetcens, Serratis liquefaciens, Serratia ning boshqa turlari, Proneus mirabilis, Proneus vulgaris, Morganella morganii, Shigella spp., Yersinia enterocolitica, Yersinia ning boshqa turlari, Vibrio cholerae.
Turli grammanfiy mikroorganizmlar Edwardsiella tarda, Alcaligenes faecalis, Paeudomonas cepacia, Burkholderia (Pseudomonas) pseudomallei.
Klinik tajriba Brucella, Listeria monocytogenea, Nocardia asteroides, Pneumocystis jirovecii, Cyclospora cayetanensis lar ham sezgir bo‘lishlari mumkinligini ko‘rsatadi.
Qisman sezgir qo‘zg‘atuvchilar (sulfometoksazol bo‘yicha MBK=80-160 mg/l).
Kokklar Staphylococcus aureus (metitsillinga sezgir va metitsillinga chidamli shtammlari), Staphylococcus spp. (koagulazamanfiy), Streptococcus pneumoniae(penitsillinga sezgir va penitsillinga chidamli shtammlari).
Grammanfiy tayoqchalar Hemophilus ducreyi, Providensia rettegri, Providensia ning boshqa turlari, Salmonella typhi, Salmonella enteritides, Stenotrophomonas maltophilia (ilgari Xanthomonas maltophilia deb nomlangan).
Turli grammanfiy mikroorganizmlar Acinetobacter lwoffi, Acinetobacter anitratus (asosan, A. baumanii), Aeromonas hydrophilia.
Chidamli qo‘zg‘atuvchilar (sulfometoksazol bo‘yicha MBK≥160 mg/l).
Mycoplasma spp., Mycobacterium tuberculosis, Treponema pallidum.
Agar Baktrim® empirik ravishda buyuriladigan bo‘lsa, aniq infektsion kasallikka mumkin bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilarning Baktrim® preparatiga chidamliligini maxalliy xususiyatlarini hisobga olish kerak.
Qisman sezgir mikroorganizmlar chaqirishi mumkin bo‘lgan infektsiyalarda, qo‘zg‘atuvchiga chidamlilikni istisno qilish uchun, sezuvchanlikka sinama o‘tkazish tavsiya etiladi.
Baktrim® preparatiga sezuvchanlikni standart usullar, masalan Klinik va laborator standartlar instituti (KLSI) tavsiya etgan disklar usuli yoki suyultirish usuli bilan aniqlash mumkin.
KLSI sezuvchanlikning quyidagi mezonlarini tavsiya qiladi
Disklar usuli*, o‘sishni bostirish zonasi diametri (mm)Suyultirish usuli**, MBK (mkg/ml)
trimetoprimsulfametoksazol
EnterobacteriaceaeSezgir≥16≤2≤38
Qismansezgir11-15--
Chidamli≤10≥4≥76
Acinetobacter spp.Sezgir≥16≤2≤38
Qismansezgir11-15--
Chidamli≤10≥4≥76
Burkholderia cepaciaSezgir≥16≤2≤38
Qismansezgir11-15--
Chidamli≤10≥4≥76
Stenotrophomonas maltophiliaSezgir≥16≤2≤38
Qismansezgir11-15--
Chidamli≤10≥4≥76
Enterobacteriaceaedan tashqari boshqa bakteriyalar***Sezgir-≤ 2≤38
Qismansezgir---
Chidamli-≥4≥76
Staphylococcus spp.Sezgir≥16≤2≤38
Qismansezgir11-15--
Chidamli≤10≥4≥76
Enterococcus spp.Sezgir≥16≤0,5≤9,5
Qismansezgir11-151-219-38
Chidamli≤10≥4≥76
Streptococcus pneumoniaeSezgir≥19≤0.5≤9,5
Qismansezgir16-181-219-38
Chidamli≤15≥4≥76
Haemophilus influenzae &Haemophilus parainfluenzaeSezgir≥16≤0,5≤9,5
Qismansezgir11-151-219-38
Chidamli≤10≥4≥76
Neisseria meningitidisSezgir≥30≤0,12≤2,4
Qismansezgir26-290,254,75
Chidamli≤25≥0,5≥9,5
* Disk 1,25 mkg trimetoprimva 23,75 mkg sulfametoksazol.
** Trimetoprimvasulfametoksazol 119 nisbatda.
*** boshqa bakteriyalar Pseudomonasaeruginosa, Acinetobacterspp., Burkholderiacepacia i Stenotrophomonasmaltophiliadan tashqari Pseudomonasspp. vaboshqa avtotroflar, glyukozo-fermentlamaydigan va grammanfiy bakteriyalarni o‘z ichiga oladi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Og‘iz orqali qabul qilinganidan so‘ng trimetoprim va sulfametoksazol me'da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlarida tez va to‘liq so‘riladi. 160 mg trimetoprim + 180 mg sulfametoksazol bir marta qabul qilinganidan so‘ng 1-4 soat o‘tgach trimetoprimning plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi 1,5-3 mkg/ml, sulfametoksazolniki esa - 40-80 mkg/ml ni tashkil qiladi. 12 soatlik interval bilan ko‘p marta qabul qilinganida minimal muvozanat kontsentratsiyalari 2-3 kundan keyin trimetoprim uchun 1,3-2,8 mkg/ml va sulfametoksazol uchun 32-63 mkg/ml chegaralarida barqarorlanadi.
Biokiraolishligi
Trimetoprim va sulfametoksazolni so‘rilishi to‘liq hisoblanadi, peroral qo‘llanganda bu ikkala komponentlar uchun mutloq biokiraolishlik 100% ga to‘g‘ri keladi.
Taqsimlanishi
Trimetoprimning taqsimlanish hajmi taxminan 1,6 l/kg ni, sulfametoksazolniki - taxminan - 0,2 l/kg ni tashkil qiladi. Plazma oqsillarni bog‘lab olish xususiyati trimetoprim uchun 37% ga va sulfametoksazol uchun 62% yetadi. Trimetoprim sulfametoksazolga nisbatan prostata bezining yallig‘lanmagan to‘qimasiga, urug‘ suyuqligiga, qin sekretiga, so‘lakka, o‘pakning sog‘lom va yallig‘langan to‘qimasiga, safroga birmuncha yaxshiroq kiradi, shu vaqtning o‘zida orqa miya suyuqligiga va ko‘z suyuqligiga ikkala komponentlar bir xil darajada qiradi.
Trimetoprim katta miqdorda va sulfametoksazol birmuncha kamroq miqdorda qon oqimidan interstitsial va organizmning ekstravazal suyuqliklariga o‘tadi, bunda tirmetoprim va sulfametoksazolning kontsentratsiyalari ko‘pchilik sezgir mikroorganizmlar uchun minimal bostiruvchi kontsentratsiyadan yuqori bo‘ladi.
Odamda trimetoprim va sulfametoksazol yo‘ldoshda, kindik tasmasi qonida, homila oldi suyuqligida va homila to‘qimalarida (jigar, o‘pka) aniqlanadi, bu ikkala moddalarni yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tishini ko‘rsatadi. Odatda, trimetoprimning homiladagi kontsentratsiyasi onadagiga yaqin, sulfametoksazolning kontsentratsiyasi esa homilada onadagiga nisbatan past bo‘ladi.
Har ikkala modda ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Ko‘krak sutidagi kontsentratsiyasi ona plazmasidagiga yaqin (trimetoprim) yoki past (sulfametoksazol) bo‘ladi.
Metabolizmi
Trimetoprimning taxminan 30% dozasi metabolizmga uchraydi. Odam jigari mikrosomalari bilan o‘tkazilgan in vitro sharoitdagi tadqiqotlarga muvofiq trimetoprimning oksidlanuvchi metabolizmida CYP3A4, CYP1A2 va CYP2C9 izofermentlarining rolini inkor etib bo‘lmaydi.
Trimetoprimning asosiy metabolitlari 1- va 3-oksidlar va 3- va 4-gidroksi hosilalari hisoblanadi. Ayrim metabolitlari mikroblarga qarshi faollikka ega.
Sulfametoksazolning taxminan 80% dozasi jigarda asosan N4-atsetilizatsiya (taxminan 40%) va kamroq darajada glyukuron kislotasi bilan kon'yugatsiya yo‘li bilan metabolizmga uchraydi.
Sulfametoksazol oksidlanishi metabolizmga uchraydi. Gidroksilaminning hosilalarini hosil bo‘lishiga olib keluvchi birinchi oksidlanish bosqichi, CYP2C9 izofermenti tomonidan katalizatsiya qilinadi.
Chiqarilishi
Har ikkala komponentni yarim chiqarilish davri bir biriga juda yaqin (trimetoprim uchun o‘rtacha 10 soat va sulfametoksazol uchun 11 soat).
Ikkala moddalar, shuningdek ularning metabolitlari, deyarli asosan buyrak orqali ham kalavalar filtratsiyasi va ham naychalar sekretsiyasi yo‘li bilan chiqariladi, buning oqibatida xar ikkala faol moddalarning siydikdagi kontsentratsiyasi, qondagiga nisbatan yuqori bo‘ladi.
Trimetoprimning dozasini taxminan uchdan ikki qismi va sulfametoksazolning dozasini beshdan bir qismi buyrak orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi. Trimetroprimning umumiy plazma klirensi minutiga 1,9 ml/kg, sulfametoksazolniki minutiga 0,32 ml/kg ni tashkil qiladi. Faol moddalarning katta bo‘lmagan qismi ichak orqali chiqariladi.
Patsiyentlarning alohida guruhidagi farmakokinetikasi
Bolalar
Trimetoprim va sulfametoksazolning farmakokinetikasi patsiyentning yoshiga bog‘liq (buyrak funktsiyasi normal bo‘lgan bolalardagi tadqiqot natijalariga muvofiq).
2 oylikkacha bo‘lgan bolalarda trimetoprim-sulfametoksazolni chiqarilish tezligini pasayishi kuzatiladi, lekin keyinchalik chiqarilish tezligi va umumiy klirensi oshadi, yarim chiqarilish davri esa qisqaradi. Farmakokinetikaning bunday o‘zgarishlari 1,7-24 oylikkacha bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda sezilarliroq va yosh o‘tgan sari kamayadi (agar 1 yoshdan 3,6 yoshgacha, 7,5 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar va katta patsiyentlarni solishtirsa).
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Trimetoprimni chiqarilishida buyrak klirensining muhimligini, shuningdek yosh o‘tgan sari kreatinin klirensini fiziologik pasayishini e'tiborga olib, keksa patsiyentlarda trimetoprimning buyrak klirensi va umumiy klirensini pasayishini kutish mumkin. Sulfametoksazolning farmakokinetikasi yoshga kamroq darajada bog‘liq, chunki sulfametoksazolning buyrak klirensi umumiy klirensining faqatgina 20% ni tashkil qiladi.
Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar
Buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 15-30 ml) bo‘lgan patsiyentlarda preparatning har ikkala komponentlarini yarim chiqarilish davri oshadi, bu dozaga tuzatish kiritishni talab etadi. Fraktsion va uzluksiz peritoneal dializ trimetoprim-sulfametoksazolni chiqarilishiga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmaydi. Gemodializ va gemofiltratsiya vaqtida qon plazmasidagi trimetoprim-sulfametoksazolning kontsentratsiyasi ahamiyatli darajada pasayadi.
Gemodializning har bir seansidan so‘ng trimetoprim-sulfametoksazolning dozasini 50% ga oshirish tavsiya etiladi.
Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan bolalarda (kreatinin klirensi <30 ml/min), trimetoprimning klirensi pasayadi, yarim chiqarilish davri esa uzayadi. Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan bolalarda trimetoprim-sulfametoksazolning dozasini buyrak funktsiyasiga muvofiq hisoblanishi kerak (“
Qo‘llash usuli va dozalari
” bo‘limi va “Ayrim hollarda dozalash” kichik bo‘limlariga qarang).
Jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar
Jigar funktsiyasini o‘rtacha va og‘ir darajali buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda trimetoprim va sulfametoksazolning farmakokinetikasi sog‘lom ko‘ngillilarnikidan ahamiyatli darajada farq qilmaydi.
Mukovistsidozi bo‘lgan patsiyentlar
Mukovistsidozi bo‘lgan patsiyentlarda trimetoprimning buyrak klirensini va sulfametoksazolning metabolik klirensini oshishi kuzatiladi. Preparatning ikkala komponentlarida umumiy plazma klirens oshadi va yarim chiqarilish davri pasayadi.
Qo‘llanilishi
Baktrim®ni faqat, shifokorning fikri bo‘yicha, bunday davolashning afzalligi, mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina buyurish kerak; bitta samarali antibakterial vositani qo‘llash bilan kifoyalanish mumkinligi haqidagi masalasini hal qilish, shuningdek antibakterial preparatlarni tegishli qo‘llash bo‘yicha rasmiy tavsiyalarni va antibakterial preparatlarga chidamlilikni mahalliy tarqalganligini e'tiborga olish kerak.
In vitro sharoitlarida bakteriyalarning antibiotiklarga sezuvchanligi turli geografik xududlarda va vaqtda o‘zgarishi tufayli, preparatni tanlashda bakterial sezuvchanlikning mahalliy xususiyatlarini hisobga olish kerak.
In vitro sharoitda bakteriyalarning antibiotiklarga chidamliligi geografik mintaqalar va vaqt bo‘yicha o‘zgarganligi tufayli, preparatni tanlaganda bakterial sezuvchanlikning mahalliy o‘ziga xosligini e'tiborga olish kerak. Baktrim® preparatini faqat preparatga ishonchli ravishda yoki yuqori ehtimollik bilan sezgir bakteriyalar yoki boshqa mikroorganizmlar chaqirgan infektsiyalarni davolash yoki profilaktika qilish uchun qo‘llash kerak. Bunday ma'lumot yo‘qligida tegishli antibakterial davolash epidemiologik holat va bakterial sezuvchanlikning mahalliy o‘ziga xosligiga muvofiq empirek tanlanishi kerak.
Nafas yo‘llari va LOR-a'zolarining infektsiyalari surunkali bronxitni zo‘rayishi, bolalarda o‘rta quloq otiti. Kattalar va bolalarda Pnemocystis jirovecii chaqirgan pnevmoniyani davolash va oldini olish (birlamchi va ikkilamchi) uchun qo‘llanadi.
Siydik-tanosil yo‘llarining infektsiyalari siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari, yumshoq shankr.
Me'da-ichak yo‘llarining infektsiyalari qorin tifi va paratif, shigellezlar (agar antibakterial davolash ko‘rsatilgan bo‘lsa Shigella flexneri va Shigella sonnei sezgir shtammlari chaqirgan), Escherichia coli enteropatogen shtammlari chaqirgan sayohatchilar diareyasi, vabo (suyuqlik va elektrolitlarni to‘ldirishga qo‘shimcha).
Boshqa infektsiyalar bir qator mikroorganizmlar chaqirgan infektsiyalar (boshqa antibiotiklar bilan birga qo‘llash mumkin), masalan brutsellez, o‘tkir va surunkali osteomiyelit, nokardioz, aktinomikoz, toksoplazmoz va janubiy amerika blastomikozida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan keyin yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi.
Standart dozalash
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar 12 soatlik interval bilan
Ichga qabul qilish uchun suspenziya, o‘lchov
qoshiqlar (ml)
ertalabkechqurun
Standart doza4 (20 ml)4 (20 ml)
Minimal doza va uzoq muddat (14 sutkadan ko‘proq) davolash uchun doza2 (10 ml)2 (10 ml)
Oshirilgan doza (juda og‘ir holatlarda)6 (30 ml)6 (30 ml)
Davolash davomiyligi
O‘tkir infektsiyalarda Baktrim® preparatini kamida 5 kun davomida yoki patsiyentdagi simptomlar 2 kun davomida kuzatilmagunicha buyurish kerak. Agar 7 kun davomida davolashdan so‘ng klinik yaxshilanish yuz bermasa, davolashga tuzatish kiritish uchun patsiyentning holatini takroran baholash kerak.
Ayrim hollarda dozalash
Yumshoq shankr
Suspenziya 4 o‘lchov qoshig‘idan sutkada ikki marta qabul qilinadi. Agar 7 kundan keyin teri elementini bitishi yuz bermasa, davolashni yana 7 kunga uzaytirish mumkin. Lekin samaraning bo‘lmasligi, qo‘zg‘atuvchining chidamliligidan dalolat berishi mumkinligini ko‘zda tutish kerak.
Siydik yo‘llarining o‘tkir asoratlanmagan infektsiyalari
Siydik yo‘llarining o‘tkir asoratlanmagan infektsiyalari bo‘lgan ayollarga suspenziyaning 8-12 o‘lchov qoshig‘ini bir marta qabul qilish tavsiya etiladi. Iloji boricha, ularni kechqurun ovqatdan keyin yoki uxlashdan oldin qabul qilish kerak.
Pneumocystis jirovecii chaqirgan pnevmoniya
1 kg tana vazniga sutkada 20 mg gacha trimetoprim va 100 mg gacha sulfametoksazol, teng dozalarga bo‘lingan, xar 6 soatda 14 kun davomida qabul qilinadi. Dozaning yuqori chegarasi quyidagi jadval bo‘yicha aniqlanadi
Tana vazni, kg6 soatlik interval bilan qabul qilinadigan dozalar,
o‘lchov qoshiqlari (ml)
81 (5 ml)
162 (10 ml)
243 (15 ml)
324 (20 ml)
405 (25 ml)
486 (30 ml)
648 (40 ml)
8010 (50 ml)
Pneumocystis jirovecii chaqirgan pnevmoniyani oldini olish uchun, kattalar va bolalarga
(12 yoshdan katta) suspenziyani sutkada 960 mg ko-trimoksazol (4 o‘lchov qoshiq preparat) buyurish tavsiya etiladi.
Pneumocystis jirovecii chaqirgan pnevmoniyani oldini olish uchun bolalarga (12 yoshgacha) trimetoprimning tavsiya etiladigan dozasi sutkada 150 mg/m2 va sulfametoksazolniki sutkada 750 mg/m2, ikkiga bo‘lingan xolda, xar haftadaketma-ket 3 kun davomida.
Yig‘indi sutkalik doza 320 mg trimetoprim va 1600 mg sulfametoksazoldan oshmasligi kerak. Bunda quyidagi ko‘rsatmalardan foydalanish mumkin
Tana yuzasining maydoni12 soatlik interval bilan qabul qilinadigan dozalar,
o‘lchov qoshiqlari (ml)
0,260,5 (2,5 ml)
0,531 (5 ml)
1,062 (10 ml)
6 haftalikdan 5 oylikkacha bo‘lgan bolalarga - ichga qabul qilish uchun suspenziya 0,5 o‘lchov qoshig‘idan sutkada ikki marta (ertalab va kechqurun), 6 oylikdan 5 yoshlikkacha bo‘lgan bolalarga- 1 o‘lchov qoshiqdan sutkada ikki marta, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga suspenziya - 2 o‘lchov qoshig‘idan sutkada ikki marta buyuriladi. Dozalashning bu tartibi kg tana vazniga taxminan 6 mg trimetoprim va 30 mg sulfametoksazol sutkalik dozasiga to‘g‘ri keladi. Og‘ir infektsiyalarda bolalar uchun dozani 50% ga oshirish mumkin.
Nokardioz
Kattalarga kuniga suspenziya 12-16 o‘lchov qoshig‘idan kamida 3 oy davomida buyuriladi. Patsiyentning yoshi, tana vazni, buyrak funktsiyasi va kasallikning og‘irligiga qarab dozaga tuzatish kiritish kerak. Ba'zan davolash 18 oygacha davom etadi.
Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar
Kreatinin klirensi >30 ml/min bo‘lganda odatdagi doza, kreatinin klirensi minutiga
15-30 ml bo‘lganda - odatdagi dozaning yarmi buyuriladi, kreatinin klirensi ≤15 ml/min bo‘lganda esa, Baktrim®preparatini qo‘llash mumkin emas.
Dializda bo‘lgan patsiyentlar gemodializda bo‘lgan patsiyentlarda trimetoprim-sulfametoksazolning odatdagi dozasini qo‘llash kerak. Gemodializning har bir seansidan keyin patsiyentlar standart dozaning yarmini tashkil etuvchi preparatning qo‘shimcha dozasini qabul qilishlari kerak.
Peritoneal dializda bo‘lgan patsiyentlarda trimetoprim-sulfametoksazolni qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki peritoneal dializda trimetoprim sulfametoksazolning minimal klirensi kuzatiladi.
Keksa va qari yoshdagi patsiyentlar
Buyrak funktsiyasi normal bo‘lganida kattalar uchun odatdagi doza buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Tavsiya etilgan dozalarda Baktrim® preparati odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta'sirlari teri toshmasi va me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar hisoblanadi.
Noxush reaktsiyalar tez-tezligini ta'riflash uchun quyidagi tasnif ishlatiladi juda tez-tez (≥10%), tez-tez (≥1% va ≤10%), tez tez emas (≥0,1% va ≤1%), kam hollarda (≥0,01% va ≤0,1%), juda kam hollarda (≤0,01%), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida aniqlab bo‘lmaydi).
Tizim /a'zo/sinfTez-tezTez-tez emasKam hollardaJuda kam hollardaTez-tezligi noma'lum
Infektsion va parazitarkasalliklarZamburug‘li infektsiyalar (kandidoz)
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlarLeykopeniya, granulotsitopeniya, trombotsitopeniya, anemiya (megaloblast, gemolitik/autoimmunyoki aplastik)Agranulotsitoz, metgemoglobinemiya, pantsitopeniya
Immun tizimi tomonidan buzilishlarO‘ta yuqori sezuvchanlik keaktsiyalari, allergik reaktsiyalar (tana haroratini oshishi, angionevrotik shish, anafilaktoidreaktsiyalar, zardob kasalligi)
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlarGipoglikemiya
Ruhiyatni buzilishlariGallyutsinatsiyalar
Nerv tizimi tomonidan buzilishlarTirishishlar Neyropatiya (shu jumladan periferik nevritlarvaparesteziyalar)Ataksiya, aseptik meningit/ meningeal simptomatikaSerebral vaskulit
Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlarUveit
Retinalvaskulit
Eshitish a'zosi tomonidan va labirint buzilishlarTizimli va tizimli bo‘lmagan bosh aylanishi
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlarAllergik miokardit, purpura, Shenleyn-Genox purpurasiVaskulit, nekrozlovchi vaskulit, poliangiit bilan kechuvchi granulematoz, tugunli periarteriit
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlarO‘pka infiltratlariO‘pka vaskuliti
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlarKo‘ngil aynini, qusishDiareya, soxtamembranoz enterokolitStomatit, glossitO‘tkir pankreatit
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar«jigar» transaminazalari faolligini oshishiGepatit, bilirubinkontsentratsiyasini oshishiXolestazJigar nekrozi«o‘t chiqarish yo‘lini yo‘qolishi»sindromi
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlarToshma, turg‘un dori eritemasi, eksfoliativ dermatit, makulopapuleztoshma, eritema, qichishish, qizamiqsimontoshmaEshakemi Fotosensibilizatsiya, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonsonsindromi, toksikepidermalnekroliz, eozinofiliya va tizimli ko‘rinishlar bilan kechuvchi dori toshmasi (DRESS sindrom)
Suyak-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlarRabdomiolizArtralgiya, mialgiya
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlarQonda azot kontsentratsiyasini oshishi, kreatinin darajasini oshishiBuyrak funktsiyasini buzilishiKristalluriyaInterstitsialnefrit, diurezni kuchayishi
Laborator ko‘rsatkichlarni o‘zgarishiGiperkaliyemiya, giponatriyemiya
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlarVenoz og‘riqva flebit
Alohida noxush ko‘rinishlarni ta'rifi
Qon tomonidan buzilishlar kuchsiz yaqqollikda bo‘ladi, simptomsiz kechadi va preparat bekor qilingandan keyin yo‘qoladi.
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda allergik reaktsiyalar yuzaga kelishi mumkin.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar odatda kuchsiz ifodalangan va preparat bekor qilingandan keyin tez yo‘qoladi.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar eozinofil yoki allergik alveolitda paydo bo‘ladigan o‘pka infiltratlari yo‘tal va hansirash bilan namoyon bo‘lishi mumkin.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar Pneumocystis jirovecii chaqirgan pnevmoniyani davolash uchun trimetoprimning yuqori dozalarini qo‘llash qon zardobida kaliyning kontsentratsiyasini avj oluvchi, lekin qaytuvchan oshishiga olib kelishi mumkin. Trimetoprimning hatto tavsiya etilgan dozalari qo‘llanilganda ham kaliy almashinuvini buzilishlari, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda yoki giperkaliyemiyaga olib keluvchi preparatlarni bir vaqtda qo‘llaganda giperkaliyemiyaga olib kelishi mumkin. Qandli diabeti bo‘lmagan va trimetoprim-sulfametoksazolni qabul qilayotgan patsiyentlarda odatda davolash boshlanganidan keyin bir necha kundan keyin gipoglikemiya holatlari kuzatilgan. Buyrak funktsiyasini buzilishi, jigar kasalliklari, yetarli darajada oziqlanmaydigan yoki trimetoprim-sulfametoksazolning yuqori dozalarini qabul qilayotgan patsiyentlarda gipoglikemiya xavfi yuqori.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Baktrim® preparati bilan davolash fonida o‘tkir pankreatit holatlari ta'riflangan.
OITV-infektsiyalangan patsiyentlardagi nojo‘ya reaktsiyalar
OITV-infektsiyalangan patsiyentlarda noxush ko‘rinishlar patsiyentlarning umumiy populyatsiyasidagi bilan bir xil, lekin ayrim noxush ko‘rinishlar ko‘proq kuzatilishi va klinik manzarasi bo‘yicha farq qilishi mumkin
Tizim/a'zo/sinfJuda tez-tezTez-tez emas
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlarLeykopeniya, granulotsitopeniya, trombotsitopeniya
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishiGipoglikemiya
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlarAnoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar«Jigar» transaminazalarini oshishi
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlarMakulopapuleztoshma, qichishish
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlarTana haroratini oshishi (odatdamakulopapuleztoshma bilan)
Laborator ko‘rsatkichlarni o‘zgarishiGiperkaliyemiyaGiponatriyemiya
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Anamnezda ko-trimoksazolga (sulfametoksazol+trimetoprim) va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; jigar parenximasini yaqqol shikastlanishi; og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi ≤ 15 ml/min), peritoneal dializ; qon kasalliklari (aplastik anemiya, V12-tanqisligi anemiyasi, agranulotsitoz, leykopeniya, folat kislotasi tanqisligi oqibatidagi megaloblast anemiya); dofetilid, paklitaksel va amiodaron bilan majmuada; 6 haftalik yoshgacha bo‘lgan bolalar; glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi; homiladorlikni III uch oyligi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas.
Klozapin bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak, chunki klozapinning agranulotsitoz chaqirish qobiliyati ma'lum.
Ehtiyotkorlik bilan
Porfiriya, qalqonsimon bez funktsiyasini buzilishi, bronxial astma, folat kislotasi tanqisligi; asosan CYP2C8 va CYP2C9 izofermentlari tomonidan metabolizmga uchraydigan preparatlar bilan majmuada; AAF (angiotenzinga aylantiruvchi ferment) ingibitorlari, angiotenzin retseptorlari blokatorlari, kaliy tejovchi diuretiklar va prednizolon bilan bir vaqtda extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Farmakokinetik o‘zaro ta'sir
Trimetoprim organik kationlarning transporteri 2 ni (OST2) ingibitori, shuningdek CYP2C8 izofermentining kuchsiz ingibitori hisoblanadi. Sulfametoksazol CYP2C9 izofermentining kuchsiz ingibitori hisoblanadi.
OST2 tashiluvchi (masalan, dofetilid, amantadin, memantin va lamivudin) preparatlarining tizimli ekspozitsiyasi, trimetoprim va sulfametoksazol birga qo‘llanganida oshishi mumkin.
Trimetoprim-sulfametoksazol va dofetilidni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Trimetoprim dofetilidning buyrak ekskretsiyasini ingibitsiya qiladi, dofetilidning “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon AUC ni 103% ga va maksimal kontsentratsiyasini 93% ga oshiradi. Dofetilidning kontsentratsiyasini oshishi QT intervalini uzayishi bilan kechuvchi jiddiy qorinchalar aritmiyalari, shu jumladan torsades de pointes aritmiyasini chaqirishi mumkin.
Amantadin va memantin qabul qilayotgan patsiyentlarda nerv tizimi tomonidan noxush ko‘rinishlarni (deliriy va miokloniya kabi) rivojlanish xavfi oshadi.
Asosan CYP2C8 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydigan preparatlar (masalan, paklitaksel, amiodaron, dapson, repaglinid, rosigitazon va pioglitazon) ning tizimli ekspozitsiyasi, trimetoprim-sulfametoksazol birga qo‘llanganida oshishi mumkin.
Paklitaksel va amiodaron past terapevtik indeksga ega, ularni trimetoprim/sulfametoksazol bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Dapson va trimetoprim-sulfametoksazol metgemoglobinemiya rivojlanishini sababi bo‘lishi mumkin, chunki ularni farmakokinetik va farmakodinamik o‘zaro ta'sirlari uchun potentsial mavjud. Dapson va trimetoprim-sulfametoksazol qabul qilayotgan patsiyentlarda, metgemoglobinemiya rivojlanishi aniqlash uchun sinchiklab monitoring o‘tkazish kerak. Zarurat bo‘lganida muqobil davolash buyurish kerak. Repaglinid yoki pioglitazon qabul qilayotgan patsiyentlarda, gipokaliyemiyani rivojlanishini aniqlash uchun muntazam monitoring o‘tkazish kerak.
Asosan CYP2C9 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydigan (masalan, kumarinlar (varfarin, atsenokumarol), fenitoin va sulfonilmochevina hosilalari (glibenklamid, gliklizid va glipizid)) preparatlarning tizimli ekspozitsiyasi, trimetoprim-sulfametoksazol birga qo‘llanganida oshishi mumkin.
Kumarinlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda qon ivishini monitoring qilish kerak.
Baktrim® fenitoinning jigardagi metabolizmini susaytirishi mumkin. Trimetoprim va sulfametoksazolning standart dozalari buyurilganidan so‘ng fenitoinning yarim chiqarilish davri 39% ga oshishi va uning klirensi 27% ga kamayishi kuzatilgan. Fenitoin qabul qilayotgan patsiyentlarni, fenitoinning toksik ta'sirini aniqlash uchun monitoring o‘tkazishkerak. Sulfonilmochevina hosilalarini (glibenklamid, gliklazid va glipizid) qabul qilayotgan patsiyentlarda gipoglikemiya rivojlanishini aniqlash uchun monitoring o‘tkazishkerak.
Baktrim® preparati peroral kontratseptivlarning samaradorligini pasaytirish xususiyatiga ega. Baktrim® preparati bilan davolanish vaqtida ayollarga kontratseptsiyaning qo‘shimcha usullarini ishlatish tavsiya etiladi.
Trimetoprim-sulfametoksazol va indometatsinni bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida sulfametoksazolning kontsentratsiyasini oshishini sababi bo‘lishi mumkin.
Baktrim® preparati zardobdagi digoksinning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin, ayniqsa keksa patsiyentlarda, shuning uchun zardobda digoksinning kontsentratsiyasini monitoring qilish kerak.
Farmakodinamik o‘zaro ta'sir va mexanizmi noma'lum bo‘lgan o‘zaro ta'sir
Trimetoprim-sulfametoksazolni va miyelosupressiv ta'sirga ega yoki buyrak funktsiyasiga olib keluvchi boshqa preparatlarni (nukleozid analoglari, takrolimus, azatioprin yoki merkaptopurin) bir vaqtda qo‘llaganda miyelotoksik va nefrotoksik noxush ko‘rinishlarning rivojlanish tezligi va og‘irlik darajasi oshishi mumkin. Bunday preparatlarni trimetoprim-sulfametoksazol bilan bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarda gematologik va/yoki buyrak toksikligi rivojlanishi yuzasidan monitoring o‘tkazish kerak.
Klozapin bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak, chunki klozapinni agranulotsitozni chaqirish xususiyatiga ega ekanligi ma'lum.
Keksa va qari yoshdagi patsiyentlarda ayrim diuretiklar (asosan tiazid) bir vaqtda qo‘llanganida trombotsitopeniya hollari miqdorini oshishi kuzatilgan.
Diuretiklarni qabul qilayotgan patsiyentlarda, qonda trombotsitlarning darajasini muntazam ravishda monitoring o‘tkazish kerak.
Trimetoprim-sulfametoksazol va siklosporin qabul qilayotgan patsiyentlarda, buyrak ko‘chirib o‘tkazilganidan so‘ng, buyrak funktsiyasini qaytuvchan yomonlashishi kuzatilishi mumkin.
Sulfonamidlar, shu jumladan sulfametoksazol metotreksatning oqsillar bilan bog‘lanishi va buyrak orqali tashilishi uchun raqobatlashishi, shunday qilib, erkin metotreksatning kontsentratsiyasini va uning tizimli samarasini oshirishi mumkin.
Trimetoprim va metotreksat qabul qilayotgan patsiyentlarda, pantsitopeniya hollari ta'riflangan. Trimetoprim odamning degidrofolatreduktazasiga past affinlikka ega, biroq metotreksatning toksikligini, ayniqsa qarilik yoshi, gipoalbuminemiya, buyrak funktsiyasini buzilishi, suyak ko‘migi funktsiyasini susayishi kabi, xavf omillari bo‘lganida, shuningdek metotreksatning yuqori dozalarini qabul qilayotgan patsiyentlarda kuchaytirishi mumkin. Miyelosupressiyani oldini olish uchun bunday patsiyentlarga folat kislotasini yoki kaltsiy folinatini buyurish kerak.
Bezgakni oldini olish uchun haftada 25 mg dan ko‘proq dozalarda pirimetamin qabul qilayotgan patsiyentlarga trimetoprim-sulfametoksazol bir vaqtda buyurilganida, ularda megaloblast anemiya rivojlanishi mumkinligini taxmin qilish mumkin.
Trimetoprim-sulfametoksazol va qon zardobida kaliyning kontsentratsiyasini oshiruvchi preparatlar (AAF ingibitorlari, angiotenzin retseptorlarining blokatorlari, kaliy tejovchi diuretiklar va prednizolon kabilar) bir vaqtda qo‘llanganida, trimetoprim-sulfametoksazolning kaliyni tejovchi ta'siri hisobiga, extiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Laboratoriya tadqiqotlari
Trimetoprim-sulfametoksazol va xususan, uning tarkibiga kiruvchi trimetoprim zardobda, ligand sifatida bakterial digidrofolatreduktaza yordamida oqsillar bilan raqobatli bog‘lanish usuli bilan o‘tkaziladigan metotreksatning zardobidagi kontsentratsiyasini aniqlash natijalariga ta'sir qilishi mumkin. Lekin metotreksatni radioimmun usuli bilan aniqlaganda ta'sir qilmaydi.
Trimetoprim va sulfametoksazol shuningdek Yaffe reaktsiyasining (kreatininni ishqoriy muhitda pikrin kislotasi bilan reaktsiyasi bo‘yicha aniqlash) natijalariga ta'sir ko‘rsatishi mumkin, bunda normal qiymatlar doirasida natijalar taxminan 10% ga himoyalanadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
O‘ta yuqori sezuvchanlik va allergik reaktsiyalar teri toshmasi yoki har qanday boshqa og‘ir nojo‘ya reaktsiyasi birinchi marta paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish kerak. Allergik reaktsiyalarga moyilligi va bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlarga Baktrim® preparatini extiyotkorlik bilan buyurish kerak.
O‘pkadagi infiltratlar (eozinofil yoki allergik alveolit tipidagi) yo‘tal yoki hansirash kabi simptomlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatilgan simptomlar paydo bo‘lganida yoki to‘satdan avj olganida patsiyentni takroran ko‘rikdan o‘tkazish va Baktrim® preparati bilan davolashni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqish kerak.
Buyrak tomonidan buzilishlar sulfonilamidlar, shu jumladan Baktrim® preparatidiarezni kuchaytirishi mumkin, ayniqsa yurak yetishmovchiligi chaqirgan shishlari bo‘lgan patsiyentlarda. Baktrim® preparatining yuqori dozalarini qabul qilayotgan patsiyentlarda (shu jumladan P. jiroveciichaqirgan pnevmotsist pnevmoniyani davolaganda), shuningdek quyidagi patsiyentlar guruhida preparatning standart dozasini qabul qilayotgananamnezida kaliy metabolizmini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar; buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar; giperkaliyemiya rivojlanishiga olib keluvchi preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda buyrak funktsiyasi va zardobda kaliy kontsentratsiyasini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.
Jiddiy noxush reaktsiyalar qonning patologik o‘zgarishlari, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), eozinofiliya va tizimli ko‘rinishlar bilan kechuvchi dorilar oqibatidagi toshma (DRESS sindrom), va jigarni yashin tezligida kechuvchi nekrozi kabi nojo‘ya reaktsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan, garchi kamdan-kam bo‘lsa ham, o‘lim bilan tugagan holatlar haqida xabar berilgan.
Patsiyentlarning alohida guruhlari keksa va qari yoshli patsiyentlarda, shuningdek yondosh kasalliklari, masalan buyrak va/yoki jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda, yoki boshqa preparatlar bir vaqtda qabul qilinganida, og‘ir nojo‘ya reaktsiyalarni yuqori rivojlanishi xavfi bor; bunday hollarda rivojlanish xavfi doza va davolash davomiyligi bilan bog‘liq.
Baktrim® preparati bilan davolash davomiyligi, ayniqsa keksa va qari yoshdagi patsiyentlarda iloji boricha qisqaroq bo‘lishi kerak. Buyrak funktsiyasini buzilishida “
Qo‘llash usuli va dozalari
” bo‘limidagi “Ayrim holatlarda dozalash” kichik bo‘limidagi ko‘rsatmalarga muvofiq dozaga tuzatish kiritish kerak. Trimetoprim-sulfametoksazol qabul qilayotgan buyrak funktsiyasini og‘ir darajada buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 15-30 ml) bo‘lgan patsiyentlarda toksiklik simptomlari (ko‘ngil aynishi, qusish, giperkaliyemiya) rivojlanishi yuzasidan sinchkovlik bilan monitoring o‘tkazish kerak.
Og‘ir gematologik kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga Baktrim® preparatini faqat istisno sifatida buyurish mumkin.
Keksa va qari yoshli patsiyentlarda, shuningdek folat kislotasini tanqisligi yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda, folat kislotasi yetishmovchiligi uchun xarakterli bo‘lgan gematologik o‘zgarishlar paydo bo‘lishi mumkin. Ular folat kislotasi buyurilganidan keyin yo‘qoladi.
Gemoliz rivojlanishi mumkinligi tufayli, Baktrim® preparatini glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish mumkin emas, mutloq ko‘rsatmalar bo‘lgan holatlardan tashqari va faqat minimal dozalarda.
Har qanday sulfonamidlar buyurilganida bo‘lgani kabi porfiriyasi yoki qalqonsimon bez funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Moddalar almashinuvi uchun “sekin atsetilizatsiya” xarakterli bo‘lgan patsiyentlar, sulfonamidlarga idiosinkraziya rivojlanishiga moyilroq bo‘ladilar.
Uzoq vaqt davolash Baktrim® preparati uzoq muddat buyurilganida qonning shaklli elementlari sonini muntazam ravishda aniqlash kerak. Qonning xar qanday xujayralarini miqdori axamiyatli darajada pasayganida Baktrim®preparatini bekor qilish kerak.
Baktrim® preparati bilan uzoq vaqt davomida davolanayotgan patsiyentlarda (ayniqsa buyrak yetishmovchiligida), siydikning umumiy taxlili va buyrak funktsiyasini muntazam nazorat qilish kerak. Davolash vaqtida organizmga yetarli darajada suyuqlik tushishini va kristalluriyani oldini olish uchun adekvat diurezni ta'minlash kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik
Homiladorlikning erta muddatlarida Baktrim® preparatini qabul qilgan ayollarda homilaning tug‘ma nuqsonlari rivojlanishi xavfi isbotlanmagan.
Hayvonlarda trimetoprim va sulfametoksazolning juda katta dozalari, homilada folat kislotasining yetishmovchiligi uchun tipik bo‘lgan rivojlanishi nuqsonlarini chaqirgan.
Trimetoprim ham, sulfametoksazol ham yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tishi va, oqibatda, folat kislotasi almashinuviga ta'sir qilishi mumkinligi tufayli, homiladorlikda (I-II uch oylikda) Baktrim® ni faqat, uni qo‘llashdan kutilayotgan foyda homila uchun mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina buyurish kerak. Baktrim®bilan davolash jarayonida homilador ayollarga, shuningdek homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan ayollarga, sutkada 5 mg dan folat kislotasini buyurish tavsiya etiladi. Homiladorlikning kechki muddatlarida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda rivojlanishi mumkin bo‘lgan yadroli sariqlik borligi xavfi tufayli, Baktrim® preparatini qo‘llashdan saqlanish kerak.
Emizish davri
Trimetoprim ham, sulfametoksazol ham ko‘krak sutiga o‘tadi. Baktrim®preparatining oz miqdori ko‘krak suti bilan bolaga o‘tishiga qaramasdan, emizikli bola uchun mumkin bo‘lgan xavfni (yadroli sariqlik, o‘ta yuqori sezuvchanlik) ona uchun kutilayotgan terapevtik samara bilan solishtirish tavsiya etiladi.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Baktrim® preparati transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga bevosita ta'sir ko‘rsatmaydi. Shunga qaramasdan, rivojlangan preparatning nojo‘ya ta'siri (ayrim hollarda ahamiyatli) ushbu qobiliyatga ta'sir ko‘rsatishi mumkin (“Nojo‘ya ta'siri” bo‘limiga qarang).
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani o‘tkir oshirib yuborilishi simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, intellektual va ko‘rishni buzilishlar, og‘ir hollarda - kristalluriya, gematuriya va anuriya.
Dozani surunkali oshirib yuborilish simptomlari qon hosil bo‘lishini susayishi (trombotsitopeniya, leykopeniya), shuningdek folat kislotasini yetishmovchiligi oqibatida qon manzarasini boshqa patologik o‘zgarishlari.
Davolash (simptomatikasiga qarab) preparatni so‘rilishini oldini olish bo‘yicha choralar, jadallashtirilgan diurez yo‘li bilan buyrak ekskretsiyasini kuchaytirish (siydikning PN ni ishqoriy tomonga o‘zgartirish sulfametoksazolni chiqarilishiga yordam beradi), gemodializ (peritoneal dializ samarasiz). Qon manzarasi va elektrolitlarni nazorat qilish kerak. Qon manzarasini yaqqol patologik o‘zgarishlarida yoki sariqlikda spetsifik davolash buyuriladi. Qon hosil bo‘lishiga trimetoprimning ta'sirini yo‘qotish uchun folat kislotasi 3-6 mg dozada mushak ichiga 5-7 kun davomida buyuriladi.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun suspenziya 240 mg/5 ml
50 ml yoki 100 ml dan preparat birinchi marta ochish nazorati bo‘lgan, polipropilen buraluvchi qopqoqli jigarrang shisha flakonlarda.
1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va o‘lchov qoshig‘i bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Qayd etish guvohnomasining egasi
F. Xoffmann-Lya-Rosh Ltd., Shveytsariya
F. Hoffmann-La--Roche Ltd, Grenzacherstrasse 124, 4070 Basel, Switzerland
Ishlab chiqaruvchi
Seneksi SAS, Fransiya
Cenexi SAS, 52 rue Marcel et Jacques Gaucher, 94120 Fontenay-sous-Bois, France.
Iste'molchilarning e'tiirozlari "Rosh-Moskva” YoAJ kompaniyasiga quyidagi manzilga yuborilsin
107031, Rossiya, Moskva sh. Trubnaya maydoni, 2 uy
Tel. (495) 229 29 99, faks (495) 229 79 99
yoki quyidagi saytda teskari aloqa orqali
www.roche.ru
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
Medial D&P Ltd. kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi
F. Hoffmann-La Roche, Bazel, Shveytsariya
ro‘yhatdan o‘tkazilganlik guvoxnomasining egasi nomidan
Toshkent sh., Shayxontoxur tumani, Olmazor ko‘ch., 17A,
100011 O‘zbekiston
Tel. + 998 (71) 244 34 46
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.