Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Benzilpenitsillin in'ektsion eritma tayyorlash uchun kukun 1 mln birlik №10 MR
Benzilpenitsillin in'ektsion eritma tayyorlash uchun kukun 1 mln birlik №10 MR
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бензилпенициллин
Страна производитель
Китай
Дозировка
1 млн ЕД
Производитель
North China Pharmaceutical Co., Ltd NCPC International Corp.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Порошок для приготовления раствора для в/м введения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Benzilpenitsillin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) benzilpenitsillin
Dori shakli
in'ektsion eritma tayyorlash uchun kukun.
Tarkibi
1 flakon quyidagilarni saqlaydi
1000000 TB benzilpenitsillin natriy tuzi
Ta'rifi oq mayda kristallik kukun o‘ziga xos kuchsiz hidli.
Farmakoterapevtik guruhi
Antibiotik (penitsillinlar guruhi).
ATX kodi J01CE01
Farmakologik xususiyatlari
Biosintetik penitsillinlar guruhining antibiotikidir. Mikroorganizmlarning hujayra devori sintezini susaytirishi hisobiga bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi.
Grammusbat bakteriyalar Staphylococcus spp., Streptococcus spp. (shu jumladan Streptococcus pneumoniae), Corynebacterium diphtheriae, Bacillus anthracis; grammanfiy bakteriyalar Neisseria meningitides, Neisseria gonorrhoeae; anaerob spora hosil qiluvchi tayoqchalar, shuningdek Actinomyces spp., Spirochaetaceae ga nisbatan faol.
Penitsillinazani ishlab chiqaruvchi Staphylococcus spp. shtammlari benzilpenitsillinning ta'siriga chidamlidir.
Benzilpenitsillinning natriyli tuzi kaliyli tuziga nisbatan ta'sirining uzoq davomliligi bilan xarakterlanadi.
Farmakokinetikasi
Mushak ichiga yuborilganidan so‘ng in'ektsiya qilingan joydan tez so‘riladi. Organizmning to‘qimalari va suyuqliklarida keng taqsimlanadi. Benzilpenitsillin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali yaxshi o‘tadi. Bosh miya pardalari yallig‘lanishida gematoentsefalik to‘siq orqali yaxshi o‘tadi. Yarim chiqarilish davri (T½) - 30 minutni tashkil qiladi. Siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Benzilpenitsillinga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan kasalliklar krupoz va o‘choqli pnevmoniya, plevra empiyemasi, sepsis, septitsemiya, piyemiya, o‘tkir va o‘tkir osti septik endokardit, meningit, o‘tkir surunkali osteomiyelit, siydik chiqarish va o‘t yo‘llarining infektsiyalari, angina; teri, yumshoq to‘qimalar va shilliq qavatlarning yiringli infektsiyalari, saramas, difteriya (bo‘g‘ma), qizilcha, kuydirgi (sibirskaya yazva), aktinomikozni davolashda, akusherlik-ginekologiya amaliyotidagi yiringliyallig‘lanish kasalliklar, LOR–kasalliklari, ko‘z kasalliklarini davolashda, gonoreya, blennoreya, sifilisda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Infektsiyalarni o‘rtacha og‘irlikda kechishida mushak ichiga va vena ichiga 250000-500000 TB dozada yuboriladi; sutkalik dozalar 1000000–2000000 TB ni tashkil qiladi.
Og‘ir infektsiyalarda (sepsis, septik endokardit, meningit) sutkada 10000000–20000000 TB gacha; gazli gangrenada 40000000–60000000 TB gacha yuboriladi.
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tana vaznining har kg ga 50000–100000 TB sutkalik dozalarda, 1 yoshdan oshgan bolalarga 50000 TB/(kg/sut) dan buyuriladi. Og‘ir infektsiyalarda (meningit, sepsis, o‘tkir pnevmoniyaning og‘ir shakllarida) sutkalik dozani 200000–300000 TB/kg gacha; hayotiy zarurat tug‘ilganda 500000 TB/kg gacha oshirish mumkin.
Sutkalik doza 46 marta qabul qilishga taqsimlanadi.
Vena ichiga oqim bilan yuborish uchun 1000000–2000000 TB 510 ml in'ektsiya uchun suvda yoki natriy xloridining izotonik eritmasida eritiladi, mushak ichiga in'ektsiyalar bilan birga sutkada 1-2 marta yuboriladi; vena ichiga tomchilab yuborish uchun 2000000–5000000 TB 100–200 ml natriy xloridining izotonik eritmasida yoki 510% li glyukoza eritmasida eritiladi.
Endolyumbal yuborish uchun kasallikning xarakteriga qarab, kattalarga 5000–10000 TB, bolalarga 2000 dan 5000 TB gacha yuboriladi. Preparat 1 ml ga 1000 TB hisobida eritiladi.
Teri ostiga infiltratlarni sanchib in'ektsiya qilish uchun qo‘llaniladi (100000-
200000 TB 1 mg 0,25-0,5% novokain eritmasida eritiladi).
Eritmalar, ularga boshqa dorilarni qo‘shishga yo‘l qo‘yilmay, tayyorlanishi bilan darhol qo‘llaniladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar tana haroratini oshishi, eshakemi, teri toshmasi, shilliq qavatlarda toshma, bo‘g‘imlarda og‘riqlar, eozinofiliya, angionevrotik shish bo‘lishi mumkin. O‘limga olib keluvchi anafilaktik shok holatlari kuzatilgan.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan diareya, ko‘ngil aynishi, qusish bo‘lishi mumkin.
Kimyoterapevtik ta'siri bilan bog‘liq samaralari qin kandidozi, og‘iz bo‘shlig‘ining kandidozi kuzatilishi mumkin.
Markaziy nerv tizimi tomonidan benzilpenitsillin yuqori dozalarda, ayniqsa endolyumbal qo‘llanganda neyrotoksik reaktsiyalar ko‘ngil aynishi, qusish, reflektor qo‘zg‘aluvchanlikni oshishi, meningizm simptomlari, tirishishlar, koma rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Benzilpenitsillin va boshqa penitsillin va sefalosporinlar guruhidagi preparatlarga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Tutqanoq bilan xastalangan patsiyentlarga endolyumbal yuborish mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Probenetsid benzilpenitsillinning buyrak naychalari orqali sekretsiyasini pasaytiradi, natijada uning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi oshadi, yarim chiqarilish davri uzayadi.
Bakteriostatik ta'sir etuvchi antibiotiklar (tetratsiklin) bilan bir vaqtda qo‘llanganda benzilpenitsillinning bakteritsid ta'siri pasayadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda, yurak yetishmovchiligida, allergik reaktsiyalarga moyillikda (ayniqsa dori vositalariga allergiya bo‘lganida), sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlikda (kesishgan allergiya rivojlanishi mumkinligi tufayli) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Agar preparatni qo‘llashni boshlagandan keyin 3-5 kundan keyin samara kuzatilmasa, boshqa antibiotiklarni qo‘llash yoki majmuaviy davolashga o‘tish kerak.
Zamburug‘li superinfektsiya rivojlanishi mumkinligi tufayli, benzilpenitsillin bilan davolashda zamburug‘larga qarshi preparatlarni buyurish maqsadida muvofiqdir.
Benzilpenitsillin subterapevtik dozalarda qo‘llanilishi yoki davolashni muddatidan avval to‘xtatish ko‘pincha qo‘zg‘atuvchilarning rezistent shtammlarini rivojlanishiga olib kelishi mumkinligini e'tiborga olish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlikda faqat kutilayotgan foyda, bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlardan ustun bo‘lsagina qo‘llash mumkin.
Laktatsiya davrida qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatishmasalasini xal qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
10 ta kukunli flakon kontur-uyali o‘ramlarda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«North China Pharmacuetical Co. LTD”, XXR
Qadoqlovchi
Dori vositalarini sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Samarkand England Eco-Medical» MChJ QK
O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand sh., Farxod sh.
Tel/Faks+998662307700
E-pochta info@seem.uz
www.seem.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.