Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Fosfomed ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun granulalangan kukun 3g №2
Fosfomed ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun granulalangan kukun 3g №2
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Фосфомицин
Страна производитель
Турция
Дозировка
3г
Производитель
World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Гранулированный порошок для приготовления раствора для приема внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Fosfomed
Ta'sir etuvchi modda (XPN) fosfomitsin
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun granulalangan kukun.
Tarkibi
1 paketcha quyidagilarni saqlaydi
faol modda 3,0 g fosfomitsin (fosfomitsin trometamoli shakli);
yordamchi moddalar saxaroza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, apelsin essentsiyasi, mandarin essentsiyasi, natriy saxarini.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli, apelsin-mandarin hidli granulalangan bir xil kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
tizimli qo‘llanadigan boshqa antibakterial preparatlar.
ATX kodi J01XX01
Farmakologik xususiyatlari
Fosfomitsin trometamoli – fosfonat kislotasining hosilasi bo‘lib, keng ta'sir doirasiga ega bo‘lgan antibiotikdir.
Fosfomed preparati bakteritsid ta'sirga ega. Ta'sir mexanizmi bakteriyalarning hujayra devori sintezining birinchi bosqichini susaytirishi bilan bog‘liq. Fosfoenol piruvatga struktur jihatdan o‘xshash bo‘lib, N-atsetil-glyukozamino-3-o-enolpiruvil-transferaza fermenti bilan raqobatli o‘zaro ta'sir qiladi, natijada bu fermentni o‘ziga xos, tanlab va qaytmas ingibitsiya bo‘lishi yuz beradi, bu holat antibiotiklarning boshqa sinflari bilan kesishgan rezistentlik bo‘lmasligini hamda boshqa antibiotiklar bilan sinergizm bo‘lishi mumkinligini ta'minlaydi (in vitro sharoitlarida amoksitsillin, sefaleksin, pipemidin kislotasi bilan sinergizm kuzatiladi). In vitro sharoitlarida fosfomitsin trometamolning antibakterial ta'sir doirasiga ko‘pchilik oddiy grammusbat qo‘zg‘atuvchilar (Enterococcus spp., Enterococcus faecalis, Staphylococcus aureus, Staphylococcus saprophyt., Staphylococcus spp.) va grammanfiy qo‘zg‘atuvchilar (E. coli, Citrobacter spp., Enterobacter spp., Klebsiella spp., Klebsiella pneumoniae, Morganella morganii, Proteus mirabilis, Pseudomonas spp., Serratia spp.) kiradi. In vitro sharoitlarida fosfomitsin trometamol qator bakteriyalarni siydik chiqarish yo‘llarining epiteliysiga adgeziyasini pasaytiradi.
Farmakokinetikasi
Preparat peroral qabul qilinganida me'da-ichak yo‘llari (MIY) dan tez so‘riladi.
Organizmda fosfomitsin va trometamolga dissotsiatsiya bo‘ladi. Trometamol antibakterial xususiyatlarga ega emas. 3 g dozasi ichga bir marta qabul qilinganida biokiraolishligi 34% dan 65% gacha bo‘lgan qiymatni tashkil etadi. Plazmada maksimal kontsentratsiyasi peroral qabul qilinganidan so‘ng 2-2,5 soatdan keyin kuzatiladi va 22-32 mg/l ni tashkil etadi. Plazmadan yarim chiqarilish davri 4 soatlarga teng.
Fosfomitsin plazma oqsillari bilan bog‘lanmaydi, metabolizmga uchramaydi, asosan siydikda to‘planadi. 3 g bir martalik dozasi peroral qabul qilinganida siydikda siydik chiqarish yo‘llarining ko‘pchilik odatdagi qo‘zg‘atuvchilari uchun 99% ga bakteritsid bo‘lgan yuqori kontsentratsiyasiga (1053 mg/l dan 4415 mg/l gacha) erishadi. Ushbu qo‘zg‘atuvchilar uchun preparatning minimal ingibitsiya qiluvchi kontsentratsiyasi 128 mg/l ni tashkil etadi. Bu kontsentratsiya siydikda 24-48 soat davomida saqlanib turadi, bu bir marta qabul qilish bilan davolash imkonini beradi. Siydikda fosfomedning Ye. coli uchun minimal bostiruvchi kontsentratsiyadan yuqori kontsentratsiyasi kamida 80 soat davomida saqlanib turadi.
Preparatning 90% buyraklar orqali o‘zgarmagan holda siydikda yuqori kontsentratsiyalarni hosil qilib chiqariladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 10% ichak orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi. Buyrak faoliyati o‘rtacha darajada pasaygan (kreatinin klirensi < 80 ml/min) patsiyentlarda, shu jumladan keksa yoshdagi shaxslarda uni fiziologik pasayishida fosfomitsinning yarim chiqarilish davri biroz uzayadi, ammo siydikdagi kontsentratsiyasi terapevtik darajada qoladi.
Qo‘llanilishi
• o‘tkir bakterial sistit, qaytalanuvchi bakterial sistitning o‘tkir xurujlari;
• bakterial nospetsifik uretrit;
• homiladorlarda simptomsiz kechuvchi massiv bakteriuriya;
• siydik yo‘llarining operatsiyadan keyingi infektsiyalari;
• jarrohlik aralashuvida va transuretral diagnostik tekshiruvlarda siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyasini oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Fosfomed ichga qabul qilinadi. Granulalar 1/3 stakan suvda suyultiriladi. Preparat ichga sutkada bir marta och qoringa ovqatdan 2 soatdan oldin yoki 2 soat keyin qabul qilinadi, uyqudan oldin, qovuq bo‘shagandan keyin qabul qilgan afzal.
Kattalarga 1 paketchadan (3 g) kuniga 1 marta buyuriladi.
Jarrohlik aralashuvida, transuretral diagnostik muolajalar o‘tkazilganida siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalanishini oldini olish maqsadida 1 paketcha Fosfomed preparati aralashuvdan 3 soat oldin va ikkinchi paketcha aralashuvdan so‘ng 24 soatdan keyin qabul qilinadi.
5 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2 g dan kuniga 1 marta buyuriladi.
Davolash kursi 1 kunni tashkil etadi.
Og‘irroq holatlarda (keksa yoshdagi patsiyentlar, qaytalanuvchi infektsiyalar) 24 soatdan keyin yana 1 paketcha qabul qilinadi.
Buyrak yetishmovchiligida preparatning dozasi kamaytiriladi va qabul qilishlar o‘rtasidagi intervallar uzaytiriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, diareya), teri toshmalari, allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• fosfomitsin trometamolga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
• og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi < 10 ml/min);
• 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Metoklopramid bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak, chunki bu holat qon zardobi va siydikda fosfomitsinning kontsentratsiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish Fosfomedning so‘rilishini sekinlashtiradi, shuning uchun preparatni ovqatlanishdan 2 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilish kerak.
Qandli diabet bilan xastalangan bemorlarga buyurilganida, 3 g fosfomitsin saqlagan 1 paketchada 2,173 g saxaroza borligini inobatga olish kerak.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda preparat ona uchun davolashdan kutilgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan holatdagina buyuriladi.
Laktatsiya davrida preparatni buyurish zarurati bo‘lganida davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparatni 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga fosfomitsinning ta'sirini ko‘rsatuvchi ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari diareya. Kuchli diareya rivojlanganida simptomatik davolash tavsiya etiladi.
Dozani oshirib yuborilish havfi minimal darajada, chunki preparat 1 yoki 2 paketchali o‘ramda chiqariladi. Dozasi oshirib yuborilganida diurezni oshirish maqsadida ichga suyuqlik qabul qilish tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun granulalangan kukun paketchalarda.
1 yoki 2 paketcha qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
«Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.», Turkiya
(Bagdjыlar Ilchesi, Gyuneshli, Evren Maxallesi,
Djami Yolu Djad. №50 K. 1V Zemin 4-5-6, Istambul)
“World Medicine Ilaç San. ve Tic. A.Ş.”, Turkey
(Bağcılar İlçesi, Güneşli, Evren Mahallesi,
Cami Yolu Cad. No50 K. 1B Zemin 4-5-6, İstanbul).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.