Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Megasef 750 in'ektsion eritma tayyorlash uchun kukun 6 ml
Megasef 750 in'ektsion eritma tayyorlash uchun kukun 6 ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Цефуроксим
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
750 мг
Производитель
Nobel-Pharmsanoat,ИП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Порошок для приготовления раствора для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
Preparatning savdo nomi
Megasef®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Sefuroksim (tsefuroksim natriyli tuzi ko‘rinishida).
Dori shakli
In'ektsion eritma tayyorlash uchun kukun.
Tarkibi
Sefuroksimning natriyli tuzi (250, 750 mg sefuroksimga ekvivalent bo‘lgan (amorf)).
Ta'rifi Kuchsiz gigroskopik, oq yoki deyarli oq rangli kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
Antibiotik (tsefalosporinlar guruhi).
Kod ATX J01DA06
Farmakologik xususiyatlari
Sefalosporin antibiotiklarining II avlodiga mansub bo‘lib, bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi, bakteriyalarning hujayrasi devori sintezini buzadi. Keng ta'sir doirasiga ega. Ko‘pchilik beta–laktamazalarning ta'siriga chidamli.
Aerob grammusbat bakteriyalarga Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis (shu jumladan penitsillinlarga chidamli, ammo metitsillinga – rezistent shtammlaridan tashqari shtammlari) Streptococcus pyohenes (va boshqa V-gemolitik streptokokklar), Streptococcus pneumonaiae, Streptococcus V guruhi (Streptococcus agalactiae), Streptococcus mitis (viridans guruhi) Bordetella pertusis; aerob grammanfiy bakteriyalar Escherichia coli, Klebsiella spp., Proteus mirabilis, Providencia spp., Proteus rettgeri, Haemopilus influenzae (shu jumladan ampitsillin – rezistenst shtammlari), Haemophilus patainfluenzae (ampitsillin – rezistent shtammlari Moraxella (Branhamella) catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae, (shu jumladan penitsillinaza ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan shtammlar), Neisseria meningitides, Salmonella spp; anaerob grammanfiy bakteriyalar Bacteroides spp., Fusobacterium spp; anaerob grammusbat bakteriyalar Peptococcus spp, Peptostreptococcus spp, Clostridium spp., xamda Borellia burgdorferi ga nisbatan yuqori faol.
Quyidagi mikrob turlarining ayrim shtammlari sefuroksimga chidamli Streptococcus (Enterococcus) faecalis, Morganella morganii, Ptoteus vulgaris, Enterobacter spp, Cutrobacter spp, Serratia spp., Bacterioidies fragilis.
Farmakokinetikasi
Preparat mushak orasiga yuborilganida qonda faol moddaning maksimal kontsentratsiyasiga in'ektsiya qilinganidan keyin 30-45 minut o‘tgach erishiladi.
Organizmning to‘qima va suyuqliklarida taqsimlanadi. Orqa miya suyuqligida faqat meningitda terapevtik kontsentratsiyasiga erishiladi. Sefuroksim gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tadi.
Sefuroksimning yarim chiqarilish davri ham mushak ichiga (m/i) yuborilganida, ham vena ichiga (v/i) yuborilganida taxminan 70 minutni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi 50% ni tashkil qiladi. Sefuroksim siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion – yallig‘lanish kasalliklarini davolash
-nafas yo‘llarining infektsiyalari (shu jumladan o‘tkir va surunkali bronxit, bakterial pnevmoniya), o‘pka abstsessi, infektsiyalangan bronxoektazlar, ko‘krak qafasining operatsiyadan keyingi infektsiyalari;
-quloq, tomoq, burun infektsiyalari (shu jumladan sinusit, tonzillit, faringit, o‘tkir o‘rta otit);
-siydik–jinsiy soxasining infektsiyalari (shu jumladan o‘tkir va surunkali piyelonefrit, sistit, uretrit, asimptomatik bakteriuriya);
-teri, yumshoq to‘qimalarining infektsiyalari (shu jumladan furunkulez, piodermiya, impetigo);
-septitsemiya, meningit;
-gonoreya (shu jumladan gonokokkli uretrit va servitsit);
-turli operatsiyalarda infektsiya rivojlanishini xavfini oldini olish.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga m/i va v/i 0,75-1,5 g dan, sutkada 3 marta buyuriladi.
Siydik–jinsiy yo‘llarining, pnevmoniyaning, terining asoratlanmagan infektsiyalarida, tarqalmagan gonokokk infektsiyasida 750 mg dozada xar 8 soatda buyuriladi.
Suyak va bo‘g‘imlarning infektsiyalarida, 1,5 g dozada, xar 8 soatda buyuriladi. Hayotga xavf tug‘dirish bilan bog‘liq bo‘lgan infektsiyalarda yoki chidamliroq qo‘zgatuvchilar chaqirgan infektsiyalarda, 1,5 g dan har 6 soatda buyuriladi.
Asoratlanmagan gonokokkli infektsiya holida tavsiya etiladigan doza (bir doza sifatida 2 turli joyga 1 g probenetsid bilan birga) mushak ichiga 1,5 g ni tashkil kiladi.
Profilaktika vositasi sifatida kuchsiz yoki potentsial xirurgik infektsiya hollarida, jarroxlik aralashuvlardan taxminan 1–1,5 soat oldin 1,5 g dozada v/i buyuriladi. Keyinchalik 750 mg dan v/i yoki m/i jarroxlik aralashuvdan keyin har 8 soatda buyuriladi.
Profilaktika vositasi sifatida ochiq yurakdagi operatsiyalarda narkozni yuborish bilan bir vaqtda 1,5 g dozada v/i buyuriladi. Keyin 750 mg dan sutkada 3 marta 24–48 soat davomida yuboriladi.
Buyrak yetishmovchiligida kamaytirilgan dozada buyuriladi.
Dozalash buyrak yetishmovchiligining darajasi va mikroorganizmlarning sezuvchanligidan kelib chiqqan xolda aniqlanishi kerak.
Kreatinin klirensi minutiga 20 ml darajasidan kamaymagunicha, dozani kamaytirishga zarurat yo‘q.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan kattalar uchun preparatning dozalari.
Kreatinin klirensiDozaTez-tezligi
(ml/min)(mg)(chastotasi)
>20750-1500har 8 soatda
10-20750har 12 soatda
<10750har 24 soatda
*TSefuroksim dializga uchrashi tufayli, gemodializ qilinayotgan bemorlarda keyingi doza dializ oxirida yuborilishi kerak.
3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 50 dan 100 mg/kg gacha bo‘lgan doza xar 6–8 soatda teng bo‘lingan dozalarda buyuriladi. Kuniga 100 mg/kg oshirilgan doza faqat juda jiddiy va kuchli infektsiyalarda buyuriladi.
Suyak yoki bo‘g‘im infektsiyalarida tavsiya qilinadigan doza 4 qabulga bo‘lingan 150 mg/kg ni tashkil qiladi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bolalarda dozani yuborish tezligi kattalar uchun tavsiya qilinadigan dozaga muvofiq hisoblanishi kerak.
Chaqaloqlarga kuniga 30-100 mg/kg, 3 teng qismga bo‘lingan dozada tavsiya qilinadi. Sefuroksimning qon plazmasidagi yarim chiqarilish davri kattalarga nisbatan 3–5 martagacha oshishi mumkin.
Parenteral yuborish uchun eritmalarni tayyorlash qoidasi
M/i yuborish uchun eritma tayyorlash uchun 250 mg Megasef® 250 ga 1 ml in'ektsiya uchun suv yoki 750 ml Megasef® 750 ga – 3 ml in'ektsiya uchun suv qo‘shiladi. Tiniq suspenziya xosil bo‘lgunicha ehtiyotkorlik bilan chayqatiladi.
V/i yuborish uchun eritma tayyorlash uchun 250 mg preparat 2 ml dan kam bo‘lmagan, 750 mg esa, 6 ml dan kam bo‘lmagan va 1,5 g ni – 15 ml in'ektsiya uchun suvda eritiladi.
Qisqa muddatli v/i quyishlar – infuziya uchun (masalan, 30 minutgacha) 1,5 g preparat 50 ml in'ektsiya uchun suvda eritiladi.
Bu eritmalarni bevosita venaga yoki bemor parenteral infuziyalarni olayotgan bo‘lsa, tomizgich nayi orqali yuborish mumkin.
Flakon ochilgani va suv bilan suyultirilgandan keyin uning ichidagisi darhol ishlatilishi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, vaqtinchalik jigar fermentlari ALT, ACT, LDG faolligi, bilirubin miqdorining oshishi, sariqlik kuzatilishi mumkin, psevdomembranoz kolit hollari ta'riflangan;
Qon yaratish a'zolari tomonidan gemolitik anemiya, eozinofiliya, leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya;
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, qichishish, eshakemi, haroratni ko‘tarilishi, multiformli eritema, Stivens–Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, yakka hollarda anafilaksiya kuzatilgan.
Markaziy nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i.
Boshqalar Kumbsning musbat reaktsiyasi bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Sefalosporin guruhi antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Sefuroksim ichak mikroflorasini bostirib, K vitamini sinteziga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun trombotsitlar agregatsiyasini susaytiruvchi preparatlar (nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, salitsilatlar, sulfinpirazon) bilan bir vaqtda buyurilganda qon ketishini rivojlanish xavfi oshadi. Xuddi shu sababli antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganida antikoagulyant ta'sirini kuchayishi aniqlanadi.
Xalqali diuretiklar bilan bir vaqtda buyurilganida nefrotoksik ta'sirni rivojlanish xavfi oshadi.
Preparat boshqa beta-laktam antibiotiklari kabi bir shpritsda yoki flakonda aminoglikozid-antibiotiklarining eritmalari bilan aralashtirilmasligi kerak.
Flakonlardagi preparat sovutgichda (2–8°S) 24 soat davomida quyidagi eritmalarda faolligini saqlaydi natriy xloridining 0,9% eritmasi (fiz. eritma), Ringer eritmasi, Ringer laktat eritmasi, 5% dekstroza (glyukoza) eritmasi va 0,9% natriy xloridi eritmasi, 5% dekstroza (glyukoza) eritmasi va 0,225% natriy xloridi eritmasi, 10% dekstroza (glyukoza) eritmasi, 0,18% natriy xloridi eritmasi va 5% dekstroza (glyukoza) eritmasi.
Preparatni geparinli infuzion eritmalarda (10 va 50 birl/ml) va natriy xloridining 0,9% eritmasi, shuningdek 0,9% natriy xloridi eritmasidagi kaliy xlorid eritmasida (10 va 40 mekv/l) aralashtirilganida, preparatning faolligi xona harorati 24 soat davomida saqlanib qolganligi aniqlangan.
Natriy bikarbonatining eritmalari preparatni suyultirish uchun tavsiya qilinmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni penitsillin qatori antibiotiklariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarga, alohida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi, chunki allergik reaktsiya hollari to‘g‘risida xabarlar bor.
Sefuroksim bilan davolash vaqtida patsiyentlarda qonda glyukozani aniqlash uchun glyukooksidazali usulni qo‘llash tavsiya qilinadi.
Uzoq vaqt qo‘llanganida chidamli mikroorganizmlar tez o‘sib ketishi mumkin (Candida, Enterococcus, Clostridum difficile), bu davolashni to‘xtatishni talab qilishi mumkin.
Laym kasalligini davolashda bakteritsid ta'sirning to‘g‘ridan to‘g‘ri oqibati hisoblangan Yarish–Gertsgeymer reaktsiyasi kuzatilishi mumkin. Bemorlarga bu odatda tez va o‘z-o‘zidan o‘tib ketadigan holatligini tushuntirish kerak.
Homiladorlikning I–trimestrida va emizayotgan ayollarda laktatsiya davrida extiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari markaziy nerv tizimi tomonidan, ular qo‘zg‘aluvchanlik va tirishishlar bilan namoyon bo‘ladi.
Davolash simptomatik davolash. Preparat gemodializ va peritoneal dializ orqali chiqariladi.
Chiqarilish shakli
«Megasef® 250», in'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun, 250 mgdan, flakonlarda, erituvchisi bilan birga komplektda.
«Megasef® 750», in'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun, 750 mgdan, flakonlarda, erituvchisi bilan birga komplektda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tirtibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
"Nobel Elaz Sanayii ve Ticaret A.Yu.", Turkiya
Qadoqlangan
"NOBEL PHARMSANOAT" CHEK
Dori vositasining sifati bo‘yicha iste'molchilarning fikr-mulohazalari, e'tirozlari va dori preparatining nojo‘ya ta'sirlari yoki samarasini yo‘qligi haqidagi xabarlarni quyidagi manzilga yuborish mumkin
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘chasi, 5"A"
Tel (99871) 265 90 99; Faks (99871) 265 91 99; E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.