Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ontinon tab. 500mg/500mg №10
Ontinon tab. 500mg/500mg №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ципрофлоксацин, орнидазол
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
500мг/500мг
Производитель
Remedy Group,СП,ООО Узбекско-Британское,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Ontinon
Ta'sir qiluvchi moddalar (XPN) Neyrotrop va analgetik ta'sirga ega – V1, V6, V12 vitaminlarining majmuasi.
Tarkibi
Har bir 3 ml li ampula saqlaydi
Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini)- 150 mg
Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)- 100 mg
Sianokobalamin (V12 vitamini)- 1 mg
Chiqarilish shakli
3 ml dan eritma ampulalarda №3
Farmakoterapevtik guruhi
Vitaminlar
Farmakologik xususiyatlari
Ontinon V guruhi neyrotrop vitaminlarini saqlaydi, ular nevrologiyada ham yallig‘lanish, ham degenerativ nerv kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi.
Kichik dozalarda ular vitamin tanqisligini bartaraf etadi, katta dozalarda esa, ular buzilgan nerv tizimini normallashtiradi, analgetik ta'sir ko‘rsatadi va qon oqimini kuchaytiradi.
V1 vitamini (Tiamin xloridi) - organizmida fosforlanish jarayonlari natijasida ko‘pchilik ferment reaktsiyalarining koenzimi bo‘lgan, kokarboksilazaga aylanadi. Karbonsuvlar, oqsillar va yog‘larning almashinuvida, shuningdek sinapslarda nerv qo‘zg‘alishining o‘tkazilishi jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Membranalarni perekisli oksidlanish mahsulotlarining zaharli ta'siridan himoya qiladi.
V6 vitamini (Piridoksin gidroxloridi) - moddalar almashinuvida qatnashadi; markaziy va periferik nerv tizimining normal faoliyati uchun zarur. Organizmga tushgach, u fosforlanib, piridoksal-5-fosfatga aylanadi va aminokislotalarning dekarboksillanishini amalga oshiruvchi fermentlar tarkibiga kiradi. Triptofan, metionin, sistein, glutamin va boshqa aminokislotalarning almashinuvida qatnashadi, eritrotsitlarning hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi, ko‘pchilik neyromediatorlarning (dopamin, noradrenalin, adrenalin, gistamin, serotonin) biosintezida qatnashadi. Gistaminning almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Lipidlar almashinuvini normallashishiga yordam beradi. Piridoksinning alohida tanqisligi juda kam, asosan maxsus sun'iy ozuqlantirishda bo‘lgan bolalarda uchraydi (diareya, tirishishlar, anemiya bilan namoyon bo‘ladi, periferik nevropatiya rivojlanishi mumkin). Sianokobalamin bilan birga nerv to‘qimasidagi yallig‘lanish jarayonini yo‘qotadi va uning regeneratsiyasini tezlashtiradi.
V12 vitamini (TSianokobalamin) – metabolik, gemopoetik ta'sir ko‘rsatadi. Organizmda (asosan jigarda) koenzim shakli - V12 vitamining faol shakli bo‘lgan, adenozilkobalamin yoki kobamamidga aylanadi va ko‘psonli fermentlarning tarkibiga, shu jumladan folat kislotasini tetragidrofolat kislotasiga tiklovchi reduktazaning tarkibiga kiradi. Yuqori biologik faollikka ega. Kobamamid metal va boshqa bir karbonli fragmentlarning tashilishida qatnashadi, shuning uchun u dezoksiriboza va DNK, kreatinni, metall guruhlarning donori – metioninning hosil bo‘lishida, lipotrop omil – xolinning sintezida, metilmalon kislotasini miyelin tarkibiga kiruvchi qahrabo kislotasiga aylanishi uchun, propion kislotasining utilizatsiyasi uchun zarurdir. Normal qon yaratilishi uchun zarur – eritrotsitlarning yetilishiga yordam beradi. Eritrotsitlarda sulfgidril guruhlarni saqlovchi birikmalarning yig‘ilishiga yordam beradi. Qonning ivish tizimini faollashtiradi, yuqori dozalarda tromboplastik faollikni va protrombinning faolligini oshishini chaqiradi. Qonda xolesterinning kontsentratsiyasini kamaytiradi. Jigar va nerv tizimi faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. To‘qimalarning regeneratsiyaga bo‘lgan qobiliyatini oshiradi.
Qo‘llanishi
- V guruhi vitaminlarining gipo- va avitaminozi (davolash va profilaktika);
- turli genezli anemiyalar;
- nerv tizimining turli genezli kasalliklarini simptomatik davolash nevrit, nevralgiya, mialgiya, periferik parezlar va falajlar, retrobulbar nevrit, yuz nervining parezi, lyumbago, pleksitlar, yon amiotrofik sklerozi, bolalar serebral falaji, periferik nervlarning jarohatlari;
- cheklovchi parhezlarga rioya qilinganda, ovqatlanish disbalansida, isitmada, surunkali kasalliklarda, jadal jismoniy yuklamda va kuchli toliqishdagi vitaminlarning tanqisligi, operatsiyadan keyingi davr;
- Beri-beri kasalligi (quruqva nam);
- Gerpes Zoster;
- o‘rab oluvchi temiratki;
- Birmer kasalligi (pernitsioz anemiya);
Ontinon
- qandli diabetni (diabetik polinevropatiya, entsefalopatiya);
- surunkali alkogolizmning oqibatlarini (perifirik neyropatiya, entsefalopatiya, Vernika-Korsakovsindromi);
- toksikpolinevropatiyalarni (zaharli moddalar va dorilar chaqirgan);
- virusli gepatitni;
- tarqoq skleroznimajmuaviy davolashda ishlatiladi.
Ontinon shuningdek
- izoniazid qatori tuberkulezga qarshi preparatlarining;
- antibiotiklarning;
- nur bilan davolashning nojo‘ya ta'sirlarini tuzatuvchisi sifatida ham ishlatiladi.
Oftalmologiyada (katarakta, shox pardaning yarasi, irit, keratit, gemeralopiya, kon'yunktivitda ishlatiladi).
Qo‘llash usuli va dozalari
Kuniga bir ampuladan yoki shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ontinon ni V1, V6, V12 vitaminlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin emas.
Ko‘rsatilgan vitaminlarni yuqori sezuvchanligi bo‘lishi mumkin bo‘lgan patsiyentlarga buyurishdan oldin teri osti test sinamasini o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Saqlash sharoiti
250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
"REMEDY GROUP" MChJ O‘zbek-Buyuk Britaniya QK,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100034, Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko‘ch., 51. tel/faks (99871) 248 02 05
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.