Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Chakanda moyi 50ml MR
Chakanda moyi 50ml MR
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Облепиховое масло
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
50 мл
Производитель
MERRYMED FARM, Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Раствор
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Chakanda moyi
Ta'sir etuvchi modda chakanda moyi
Dori shakli
moy
Tarkibi
faol modda chakanda moyi kontsentrati (karotinoidlar miqdori bilan 350 mg%) – 51,43mg;
yordamchi moddalar kungaboqar moyi – 100 mg gacha.
Ta'rifi to‘q sariq-qizg‘ish rangli, o‘ziga xos hidli, moyli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
To‘qimalar trofikasi va regeneratsiyasini rag‘batlantiruvchi vositalar.
Farmakologik xususiyatlari
O‘simlikdan olingan vosita, A, Ye, K vitaminlarining manbai.
Tarkibi
da tabiiy biologik faol moddalar bo‘lganligi tufayli, toksik moddalarni, perekislarni, boshqa agressiv omillarning shikastlovchi ta'sirlarini kamaytiradi va hujayra qobig‘ini, hujayra ichki strukturalarini himoya qiladi. Preparat teri qoplamalari va shilliq qavatlarining shikastlanishida bitish jarayonlarini rag‘batlantiradi, yallig‘lanishga qarshi, o‘rab oluvchi va safro haydovchi ta'sirlarni namoyon qiladi. Chakanda moyi hujayrani oziqlanish jarayonlariga, ovqat hazm qilish a'zolarining ishiga yaxshi ta'sir qiladi. Preparatning so‘rilishini jadalligi qo‘llash usuliga bog‘liq. Chakanda moyi ichga qo‘llanganida almashinuv mahsulotlari ahlat va siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Sirtga qo‘llaniladi. Kuyishlarni, yotoq yaralarni, teri va shilliq qavatlarini nur bilan shikastlanishini, ginekologik kasalliklarni (kolpitlar, endotservitsitlar, bachadon bo‘yni eroziyasi), proktologik patologiyani (to‘g‘ri ichakning eroziv-yarali, atrofik va boshqa patologiyalari, anus yorig‘i, gemorroy) davolashda qo‘llaniladi.
Preparat mahalliy bodomsimon bezlarini (tonzillitlar, anginalar), gaymorova bo‘shlig‘ini (gaymoritlar), ko‘zning shox qavatini (keratitlar), ko‘zning biriktiruvchi qavatlarini (kon'yunktvitlar) surunkali kasalliklarini va o‘tkir patologiyasidan keyingi tiklanish davrida davolash uchun, qovoqlarning chetlarini yallig‘lanishida (blefaritlar), ko‘z shox pardasini yaralarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Chakanda moyi sirtga va ichga qo‘llanadi.
Terining shikastlanishlarida moyli bog‘lovlar ko‘rinishida qo‘llanadi. Terining oldindan nekrotik to‘qimalardan tozalangan sohasiga chakanda moyi, so‘ngra paxta-dokali bog‘lov qo‘yiladi, u kunora almashtiriladi. Davolash granulyatsiyalar paydo bo‘lgunicha o‘tkaziladi.
Kolpitlarni, endotservitsitlarni, bachadon bo‘yni eroziyasini, gemorroyni, to‘g‘ri ichakning yoriqlarini davolashda, chakanda moyi yaxshilab shimdirilgan tamponlar ko‘rinishida qo‘llanadi. Davolash kursi kolpitlarda 10-15 muolaja, endotservitsitlarda, bachadon bo‘yni eroziyalarida 8-12 muolaja.To‘g‘ri ichak yoriqlari va gemorroyni davolashda davolash kursi 5-7 kunni tashkil qiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga shaxsiy yuqori sezuvchanlik, o‘t qopi, jigar, me'da osti bezining yallig‘lanish jarayonlari, o‘t-tosh kasalligi (preparatni ichga qabul qilinganida)da qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ammo og‘izda achchiq ta'm, ich ketishi, (ichga qabul qilinganida) allergik reaktsiyalar terini qichishi, qizarishi, shishishi, teri toshmalari, achishishni his qilish (sirtga qo‘llanganida), - kuzatilishi mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Odam organizmiga chakanda moyini boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sirlashganidagi patologik ta'siri ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
50 va 100 ml dan flakonlarda. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
1 yil 6 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
"MERRYMED FARM" MCHJ,
O‘zbekiston Respublikasi, 160602. Namangan viloyati, Namangan tumani, Bog‘ishamol QFY, Sherbuloq ko‘chasi, 1 uy.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.