Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Оксиматрин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Xitoy
Dozasi
600мг/2 мл
Производитель
Mu Lin Sen
Chiqarilish shakli
Inyeksiya uchun eritma
Liverin in'ektsiya uchun eritma 600mg/2ml № 7 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
Preparatning savdo nomi
Liverin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) oksimatrin
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
Har bir ampuladagi eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda oksimatrin – 0,6 g;
yordamchi moddalar dinatriy edetati, xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
gepatoprotektor
ATX kodi A05VA
Farmakologik hususiyatlari
Oksimatrin – kam uchraydigan tetratsikloxinolizidin alkaloididir. Oksimatrin tulkiquyruq Soforaning faol ingrediyenti bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi, antibakterial, allergiyaga qarshi, o‘smalarga qarshi, viruslarga qarshi (V gepatiti virusiga qarshi), fibrozga qarshi ta'sir ko‘rsatadi, yurak ritmini normallashtiradi, immunitet va oq qon tanachalarining darajasini oshiradi, jigarni himoyalaydi, detumestsentsiya va diurezni yaxshilaydi, biologik javob reaktsiyasini oshiradi.
Farmakodinamika
si
Oksimatrin viruslar replikatsiyasi (ko‘payishi) ni ingibitsiya qiladi, jigar hujayralarini parchalanishini kamaytiradi va jigarni fibrozlanishdan himoya qiladi, shuningdek safroni oqib chiqishiga yordam beradi.
Oksimatrin yurak qisqarishlarini boshqaradi, ko‘pchilik sabablar oqibatida rivojlangan aritmiyalarga qarshi ta'sir qiladi, koronar arteriyalarini kengaytiradi, qon oqimini yaxshilaydi va yurak hujayralariga kislorodni yetib kelishini yaxshilaydi, miokarditni chaqiradigan Koksaki virusiga qarshi ta'sir qiladi. Oksimatrin sitoplazmada erkin Sa2+ ionlarining darajasini oshiradi, shuningdek s-AMF (tsiklik adenozinmonofosfat) ni qisqartiradi, shunday qilib oksimatrin hujayra membranasiga ta'sir qilish va Sa2+ ionlari va s-AMF ning darajasini o‘zgartirish orqali immun tizimiga ta'sir ko‘rsatadi.
Oksimatrin o‘sma hujayralarini o‘sishini bevosita ingibitsiya qiladi.
Oksimatrin terining allergik kasalliklari va infektsiyani davolashda qo‘llanadi, uzluksiz ishlab chiqariladigan keratinotsit hujayralarni susaytiradi, o‘ziga xos tangachalarni ishlab chiqarib, psoriaz bo‘lgan sohalarni kamaytiradi.
Oksimatrin IgE antitelani shakllanishiga ta'sir ko‘rsatmaydi, biroq taloqning hujayralariga bevosita ta'sir qiladi. Allergenlar tomonidan ahamiyatli darajada chaqirilgan semiz hujayralarning degranulyatsiyasini ingibitsiya qiladi, shu bilan semiz hujayralarning ko‘chib yurishini pasaytirish orqali gistaminning ajralib chiqishini to‘xtatadi.
Farmakokinetikasi
Vena ichiga in'ektsiya qilinganidan so‘ng oksimatrinning zardobdagi kontsentratsiyasi ikki kamerali farmakokinetik modelga mos keladi. Preparat asosan o‘t pufagi, buyrak, jigar, va ichakka, so‘ngra esa suyak ko‘migi va taloqqa taqsimlanadi, preparat qonda uzoq vaqt davomida saqlanib turadi. Preparat asosan jigarda va buyrakda metabolizmga uchraydi va siydik va axlat bilan organizmdan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
• surunkali virusli gepatit V va surunkali virusli gepatit S;
• jigar fibrozi va sirrozi;
• radioterapiya va ximioterapiya ta'sirida chaqirilgan leykopeniya;
• oddiy psoriazda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mushak ichiga 0,6 g (1 ampula) dan kuniga bir marta yuboriladi.
Vena ichiga 0,6 g (1 ampula) 100-250 ml 5% li glyukoza eritmasi yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasida suyultiriladi. Vena ichiga tomchilab, minutiga 60 tomchi tezlik bilan kuniga bir marta yuboriladi.
Surunkali virusli V va S gepatitlarini davolash kursi 24 hafta, jigar fibrozi va sirrozini davolash kursi 52 haftani tashkil etadi. Preparatni parenteral qo‘llash imkoni bo‘lmaganida, 8-12 haftalik davolash kursidan so‘ng preparatni peroral shaklda (Liverin kapsulalar) qo‘llashni davom ettiriladi.
To‘liq davolash kursi tugaganidan so‘ng patsiyentning holatini nazorat qilish va davolashni davom ettirish kerakligi haqidagi masalani xal qilish maqsadida mutaxassis ko‘ruvidan o‘tishi kerak.
Radioterapiya va ximioterapiya ta'sirida chaqirilgan leykopeniyani davolash ximio- yoki radioterapiya boshlanishidan 3 kun oldin, 0,6 g (1 ampula) mushak ichiga yoki vena ichiga tomchilab, 10 kun davomida yuboriladi. 10 kunlik davolash kursi tugaganidan so‘ng takroriy davolash kursini buyurish kerakligi xaqidagi masalani hal qilish uchun qon formulasi nazorat qilish va shifokorning maslahati kerak.
Oddiy psoriazda davolash kursi 1 oyni tashkil etadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Liverin in'ektsiya uchun eritmasi odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Noxush reaktsiyalarni rivojlanish tez-tezligi past. Ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izda achchiq ta'm, diareya, qorinning yuqori qismida diskomfort va og‘riq bo‘lishi mumkin. Kam hollarda teri toshmasi, ko‘krakda siqilish va qizib ketish rivojlanadi, ular qo‘shimcha davolashsiz o‘tib ketadi. In'ektsiya qilingan joyda qizarish yoki og‘riq kuzatilishi mumkin. Biroq bundan mushak ichiga chuqur yuborib saqlanish mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Liverin in'ektsiya uchun eritmani oksimatrin va preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Oksimatrin in'ektsiya uchun eritmani siklofosfamid bilan bir vaqtda qo‘llash Erlix o‘smasiga nisbatan sinergik davolovchi samara ko‘rsatadi va leykopeniyani bartaraf qiladi.
Liverin, IFN al'fa 2b va ribavirinni birga qo‘llash preparatlarning o‘zaro ta'sirini kuchaytiradi va nojo‘ya samaralarning namoyon bo‘lish tezligini pasaytiradi (viruslarga qarshi ta'sirini kuchaytiradi, nekrozni kamaytiradi va gepatotsitlarning tiklanishini rag‘batlantiradi, yallig‘lanishni pasaytiradi, immunitetni boshqaradi).
Maxsus ko‘rsatmalar
1. O‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
2. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga Liverin in'ektsiya uchun eritmasini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Liverin in'ektsiya uchun eritmani homiladorlik vaqtida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Liverin in'ektsiya uchun eritmasini ayollarga laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Bolalar
Bolalarda muvofiq nazoratli klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Dozasiga muvofiq ravishda tuzatish kiritish kerak.
Dori vositasini avtotransport va potentsial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilish hususiyati
Aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Liverin in'ektsiya uchun eritma yuqori dozalarda qo‘llanganida maxsus fizikaviy belgilar va klinik simptomlar rivojlanmagan. Liverin in'ektsiya uchun eritmaning yuqori dozalari bilan davolanayotgan patsiyentlar sinchkov kuzatuvda bo‘lishlari kerak.
Chiqarilish shakli
2 ml dan shisha ampulalarda.
7 ampuladan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Berish tartibi
Retsept buyicha.
Ishlab chiqaruvchi
Chia Tai Tianqing Pharmaceutical Group Co., Ltd, XXR
Manzili Jiangsu provintsiyasi, Lianyungang shahri, Haizhou iqtisodiy rivojlanish hududi, Yuzhou South ko‘ch., 369
O‘rta Osiyodagi rasmiy distri'yutor
«Mu Lin' Sen'» MChJ,
Toshkent sh., O‘zbekiston Respublikasi, Durmon yo‘li ko‘ch., 31-A.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.