Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
| Nomi | Narx | |||||
| Тиоцетам р-р д/ин. 5 мл амп. № 10 (80723##2 265) |
UZS 87 200
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Морфолиниевая соль тиазотнои кислоты
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Ukraina
Dozasi
5 мл
Производитель
Галичфарм АО
Chiqarillish shakli
Раствор для инъекций
Tiotsetam in'ektsiya uchun eritma 5 ml ampulasi № 10 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tiotsetam
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) tiazot kislotasining morfoliniyli tuzi, piratsetam
Chiqarilish shakli
in'ektsiya uchun eritma.
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 100% moddaga qayta hisoblangan tiazot kislotasining morfoliniyli tuzi - 25 mg, bu 16,6 mg tiazot kislotasiga ekvivalentdir, piratsetam - 100 mg;
yordamchi moddalar in'ektsiya uchun suv – 1 ml gacha.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish tusli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Psixoanaleptiklar. Psixostimulyatorlar va nootrop vositalar.
ATX kodi N06BX.
Farmakologik xususiyatlari
Tiotsetam serebrofaol vositalari guruhiga mansub, nootrop, ishemiyaga qarshi, antioksidant va membranani barqarorlashtiruvchi xususiyatlarni namoyon etadi. Preparatning farmakologik samarasi tiotriazolin va piratsetamning o‘zaro potentsiyalovchi ta'siri bilan bog‘liq.
Tiotsetam aerob va anaerob oksidlanish reaktsiyalarida glyukozani utilizatsiyasini tezlashtiradi, bioenergetik jarayonlarni me'yorlashtiradi, miya to‘qimalarida metabolizmini barqarorlashtiradi va organizmning gipoksiyaga bo‘lgan chidamliligini oshiradi.
Preparat kislorodning faol shakllarini hosil bo‘lish yo‘llarini tormozlaydi, fermentativ antioksidant tizimining faolligini tiklaydi, ayniqsa superoksiddismutazani, ishemiyada miya to‘qimalarida erkin radikal jarayonlarni tormozlaydi, qonning reologik xususiyatlarini fibrinolitik tizimini faollashishi hisobiga yaxshilaydi va muvofiq nekroz va ishemiya sohalarini barqarorlashtiradi va kamaytiradi.
Tiotsetam metabolik GAMK – shuntini ishlash jadalligini va GAMK ni ishemiyaga uchragan to‘qimalardagi kontsentratsiyasini oshiradi.
Tiotsetam miyaning integrativ va kognitiv faoliyatini yaxshilaydi, o‘rganish jarayoniga yordam beradi, amneziyani bartaraf qiladi, qisqa muddatli va uzoq muddatli xotiraning ko‘rsatkichlarini oshiradi. Tiotsetam stress oqibatlarini (xavotirlik xissi, fobiyalar, depressiyalar, uyquni buzilishi) bartaraf etadi, chala tug‘ilgan bolalarda jismoniy va aqliy rivojlanishini orqada qolishini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
O‘rganilmagan.
Qo‘llanilishi
Ishemik insultni va uning nutqni buzilishi, ruxiy va somatik buzilishlar, faollikni pasayishi, emotsional sohani buzilishi kabi oqibatlarini davolash; qon tomir patologiyasi oqibatidagi, toksik va travmatik entsefalopatiyani (tiklanish davrida) davolash; alkogolli intoksikatsiyada abstinent sindromni bartaraf etish, diabetik entsefalopatiyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ishemik insultda va uning oqibatlarini davolash uchun oldindan 0,9% li natriy xloridi eritmasining 100-150 ml da suyultirilgan 20-30 ml preparat buyuriladi va vena ichiga tomchilab sutkada bir marta yuboriladi. Davolash kursi 2 haftani tashkil qiladi.
Entsefalopatiyani davolash va alkogolli intoksikatsiyada abstinent sindromini bartaraf etish uchun mushak ichiga 5 ml preparat sutkada bir marta 10-15 sutka davomida buyuriladi.
Diabetik entsefalopatiyada 5 ml dan mushak ichiga sutkada bir marta 10 kun davomida yuboriladi, keyinchalik Tiotsetam preparatini 1 tabletka (400 mg/100 mg) dan sutkada 3 marta 45 kun davomida ovqat qabul qilishdan 30 minut oldin buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Tiotsetam in'ektsiya uchun eritma preparati klinik qo‘llanganida nojo‘ya reaktsiyalarning quyidagi hollari kuzatilishi mumkin
markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, umumiy holsizlik;
ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynish, qusish;
immun tizimi tomonidan allergik reaktsiyalar, shu jumladan toshma, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish, anafilaktik shok;
yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial bosimni pasayishi;
vestibulyar tizim tomonidan bosh aylanishi;
umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar teri giperemiyasi va yuborish joyida qichishish.
Bemorlarda preparatning alohida komponentlari bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanishi mumkin
- piratsetam bilan bog‘liq
qon va limfa tomonidan gemorragik buzilishilar;
immun tizimi tomonidan o‘ta yuqori sezuvchanlik, anafilaktoid reaktsiyalar;
ruhiy buzilishlar asabiylik, depressiya, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, xavotrlik, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar;
nerv tizimi tomonidan giperkineziya, uyquchanlik, ataksiya, muvozanatni buzilishi, tutqanoq xurujlari sonini oshishi, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, tremor;
eshitish a'zolari va labirint tomonidan bosh aylanishi;
ovqat hazm qilish tizimi tomonidan abdominal og‘riq, qorinning yuqori qismida og‘riq, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish;
teri va teri osti to‘qimalari tomonidan angionevrotik shish, dermatitlar, toshma, eshakemi, qichishish;
reproduktiv tizim tomonidan jinsiy faollikni oshishi;
qon tomirlari tomonidan buzilishlar gippotenziya, tromboflebit;
umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar asteniya, yuborish joyida og‘riq, isitma, tana vaznini oshishi;
- tiazot kislotasi bilan bog‘liq
patsiyentlarda, asosan keksa yoshli patsiyentlarda, xususan boshqa preparatlarni qabul qilish fonida quyidagi holatlari ta'riflangan
allergik reaktsiyalar teri giperemiyasi, isitma;
markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, quloqlarni shang‘illashi;
yurak-qon tomir tizimi tomonidan taxikardiya, arterial bosimni oshishi;
me'da-ichak yo‘llari tomonidan og‘izni qurishi, qorinni dam bo‘lishi;
nafas tizimi tomonidan hansirash, bo‘g‘ilish (nafas siqish) xurujlari.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Piratsetamga yoki tiazot kislotasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
- buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi;
- Xantington xoreyasi;
- bosh miyada qon aylanishining gemorragik tipdagi o‘tkir buzilishida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tiotsetam ni kislotali rN muhitiga ega bo‘lgan preparatlar bilan buyurish mumkin emas.
Tireoid gormonlar. Tireoid gormonlar bilan majmuada qo‘llanganda kuchli jizzakilik, dezoriyentatsiya va uyquni buzilishi yuz berishi mumkin.
Atsenokumarol. Qaytalanuvchi trombozni og‘ir kechishi bilan xastalangan bemorlarda piratsetamni yuqori dozalarda (sutkada 9,6 g) qo‘llanilishi atsenokumarolning protrombin vaqti qiymatini 2,5-3,5 ga erishish uchun kerak bo‘lgan dozasiga ta'sir qilmagan, lekin uni bir vaqtda qo‘llanganda trombotsitlar agregatsiyasi darajasi, fibrinogen, Villebrand faktorlarining darajasini (koagulyatsion faollik (VIII S); ristotsetin ko-faktori (VIII vW Rco) va qon plazmasi proteini (VIII vW Ag)), qon va plazmani qovushqoqligini ancha pasayishi aniqlangan.
Farmakokinetik o‘zaro ta'sirlar. Piratsetamning farmakodinamikasini boshqa preparatlarning ta'siri ostida o‘zgarish ehtimoli past, chunki preparatning 90% o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi.
In vitro sharoitida o‘tkazilgan tajribalarda piratsetam sitoxrom R450 ning CYP1A2, 2B6, 2C8, 2C9, 2C19, 2D6, 2E1 va 4A9/11 izoformalarini 142, 426, 1422 mkg/ml kontsentratsiyalarda susaytirmaydi. 1422 mkg/ml kontsentratsiyada CYP2A6 ni (21% ga) va 3A4/5 ni (11% ga) biroz susayishi aniqlangan. Shuning uchun shu fermentlar tomonidan biotransformatsiyaga uchraydigan preparatlar bilan o‘zaro ta'sir ehtimoli kam.
Tutqanoqqa qarshi vositalar. Piratsetamni sutkada 20 mg dozada 4 hafta davomida va undan ortiq qo‘llanganda tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda qon zardobidagi tutqanoqqa qarshi preparatlarning (karbamazepin, fenitoin, fenobarbital, natriy valьproati) kontsentratsiyasi darajasining egri chizig‘i va maksimal kontsentratsiyasini o‘zgartirmagan.
Alkogol. Alkogol bilan birga qabul qilish piratsetamning qon zardobidagi kontsentratsiyasi darajasiga ta'sir qilmagan va 1,6 g piratsetam qabul qilinganda alkogolning qon zardobidagi kontsentratsiyasi o‘zgarmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Preparatni keksa yoshli yurak-qon tomir patologiyasi bo‘lgan shaxslarga yuqorida ta'riflangan nojo‘ya reaktsiyalarni bu guruh bemorlarida ko‘proq aniqlanishi tufayli, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Allergiyaga moyilligi bo‘lgan shaxslarda allergik reaktsiyalar ko‘proq uchraydi.
Piratsetam trombotsitlar agregatsiyasini susaytirgani tufayli, uni gemostazni buzilishi, qon ketishlari bilan kechuvchi holatlari (me'da-ichak yo‘llari yaralari) bo‘lgan bemorlarga, katta jarrohlik operatsiyalarida (shu jumladan stomatologik aralashuvlarida), og‘ir qon ketishlari simptomlari bo‘lgan bemorlarga yoki anamnezida gemorragik insulьt bo‘lgan bemorlarga; antikoagulyantlarni, trombotsitar antiagregantlarni, shu jumladan atsetilsalitsil kislotasining past dozalarini qo‘llayotgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Keksa yoshdagi bemorlarda uzoq muddat davolashda buyrak faoliyati ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilib turish tavsitya qilinadi.
Bolalar.
Pediatriya amaliyotida qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.
Qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir etish xususiyati.
Hozirgi vaqtgacha bundan xabarlar yo‘q. Biroq Tiotsetam ni avtotransportni boshqarayotgan yoki xavfli mexanizmlar bilan ishlayotgan shaxslarda qo‘llanganida, nerv tizimi tomonidan mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalarni hisobga olib, ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari preparatning nojo‘ya ta'sir ko‘rinishlari kuchayadi.
Bunday hollarda preparatni qo‘llash to‘xtatiladi va simptomatik davolash buyuriladi.
Chiqarilish shakli
5 ml dan ampulada, 5 ampuladan plyonka bilan qoplangan kontur uyali o‘ramda, 2 kontur uyali o‘ramdan qutida.
10 ml dan ampulada, 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda, 2 kontur uyali o‘ramdan qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
“Galichfarm” JAJ.
Ukraina, 79024, Lьvov sh., Oprыshkovskaya ko‘ch., 6/8.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.