Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Комбинированный препарат
Ishlab chiqarilgan mamlakat
O'zbekiston
Производитель
Likinterkaps
Chiqarillish shakli
Раствор
Xlorofillipt-LIK 1% spirtli eritma 90 ml haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Xlorofillipt-LIK
Dori shakli
1% spirtli eritma
Tarkibi
Faol modda Xlorofilliptning quyuq ekstrakti (100% quruq moddaga qayta hisoblanganda) – 1,0 g.
Yordamchi modda 96% etil spirti – 100 ml gacha.
Ta'rifi Tiniq, yashil rangli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Mahalliy yallig‘lanishga qarshi vosita.
ATX kodi D06BX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Preparat stafilokokklarga, shu jumladan antibiotiklarga chidamli shtammlariga nisbatan antibakterial faollikka ega.
Farmakokinetikasi
O‘rganilmagan.
Qo‘llanilishi
Stafilokokklarning antibiotiklarga chidamli shtammlari chaqirgan kasalliklarni davolashda, kuyish kasalligida, trofik yaralar va oyoqning bitmaydigan yaralarida, operatsiyadan keyingi, tug‘ruqdan keyingi va boshqa kelib chiqishga ega bo‘lgan septik holatlarda, ichakning stafilokokkli disbakteriozlarini davolashda va stafilokokk tashuvchilarni sanatsiyasida, bachadon bo‘ynining eroziyalarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga preparat ichga, mahalliy va xo‘qna ko‘rinishida buyuriladi.
Xlorofillipt ichga, ichakda stafilokokk tashuvchanlikda va operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish uchun qo‘llanadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 5 ml dan 1% spirtli eritmani 30 ml suvda suyultirib, har kuni ovqatdan 40 minut oldin, kuniga 3 marta qabul qiladilar. Davolash davomiyligini shifokor davolashni samaradorligi va kasallikni og‘irligiga qarab belgilaydi.
Ichakda stafilakokklarni tashuvchanlikni davolash uchun xlorofillipt, shuningdek xo‘qna ko‘rinishida (20 ml 1% eritma 1 l suvda suyultiriladi – bu bir xo‘qna uchun doza) buyuriladi. Preparat bilan xo‘qna har ikki kundan so‘ng qilinadi. Davolash kursi 10 muolajadan iborat.
Mahalliy qo‘llash uchun (kuyishlar va trofik yaralarni davolash uchun) 1% eritma novokainning 0,25% eritmasida 15 nisbatda suyultiriladi. Bachadon bo‘yni eroziyasini davolashda qin va bachadon bo‘yni qin qismining shilliq qavatini barcha burmalari oldin tampon bilan quritiladi va bachadon bo‘ynining nayiga xlorofilliptning 1% spirtli eritmasi surtiladi. Qinni yuvish uchun 15 ml 1% spirtli eritma 1 l suvda suyultiriladi.
Davolash kursining davomiyligi kasallikning kechishiga bog‘liq va shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar (lablar, tomoq shilliq qavatining shishi) paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik. Homiladorlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Noma'lum.
Maxsus ko‘rsatmalar
Xlorofilliptga sezuvchanlik aniqlanadi, buning uchun bemor 1 osh qoshiq suvda suyultirilgan preparatning 25 tomchisini ichadi. 6-8 soatdan so‘ng allergiya belgilari (lablar, burun, tomoqning shilliq qavatini shishi) bo‘lmasa, preparatni qo‘llash mumkin.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q, shuning uchun preparatni bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
50 ml, 100 ml dan polietilen tiqin bilan buraladigan plastmassa qopqoq bilan berkitilgan shishasimon flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20°C yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«LEKINTERKAPS» MChJ,
Toshkent vil., Zangiota tumani, Qizg‘aldoq QFY, Beruniy ko‘chasi 1 uy.
tel. (99895) 170 99 48.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.