Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xlorofillipt spirtli eritma 1% 90ml /ZNF/ haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Xlorofillipt-ZNF 1% spirtli eritma
Dori shakli
Ichga qabul qilish va mahalliy qo‘llash uchun 1% li spirtli eritma.
Tarkibi
Xlorofillilt quyuk ekstrakti – 1,0 g
1 ml muxatdi 12,5 mkl konsentrasiyada
antibakterial faollik bilan
Etil spirti 96 % (etanol) – 100,0 ml gacha
Ta'rifi Tiniq yashil rangli o‘ziga xos hidli suyuqlik. Saqlash jarayonida tovlanish yoki cho‘kma tushishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
O‘simliklardan olingan mikroblarga qarshi vosita.
ATX kodi DO6BX
Farmakologik xususiyatlari
Xlorofillipt – evkalipt barglaridan olinadigan xlorofillar aralashmasidir. Preparat antibakterial (bakterial va bakteritsid) ta'sirga ega, ayniksa stafilokokklar, shu jumladan antibiotikga chidamli shtammlariga nisbatan ta'sirga ega.
Yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Stafilokokklar, shu jumladan antibiotiklarga rezistent shtammlari chaqirgan infektsion-yallig‘lanish kasalliklari; kuyishlar, qo‘l-oyoq hdagi uzok muddat bitmayotgan yaralar va trofik yaralar; bachadon bo‘yni eroziyasi; operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish uchun, shuningdek stafilokokk tashuvchanlikda ichak sanatsiyasi uchun qo‘llanadi.
Ko‘llash usuli va dozalari
Ichga va maxalliy ko‘llapadi.
Kattalarda ichga qo‘llanilganda 5 ml xlorofillipt 30 ml suvda suyultiriladi. Stafilokokk tashuvchanlikda ichak sanatsiyasida va operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olganda preparat kuniga 3 marta ovqatdan 40 minut oldin har kuni 2-3 xafta davomida buyuriladi. Ichak sanatsiyasida preparat ho‘qna ko‘rinishida yuboriladi – 20 ml
1% li spirtili eritma 1 l suvda (1 l ho‘kna uchun doza) suyultiriladi. Xlorofillipt saqlovchi ho‘kpapi har 2 kunda amalga oshiriladi. Davolash kursi 10 ta muolajadan iborat. Mahalliy ko‘llanilganda (kuyishlar, qo‘l-oyoqdagi uzoq muddat bitmayotgan yaralar va trofik yaralarni davolash) xlorofilliptning 1% li spirtli eritmasi 15 nisbatda 0,25% li novokain eritmasi bilan suyultiriladi va eritma bilan shimdirilgan marlili boylamlar ko‘rinishida ishlatiladi. Davolash kursi – 2-3 xafta.
Bachadon bo‘yni eroziyasini davolanganda kinning va bachadon bo‘ynining qin qismining butun shilliq qavati dastlab tamponlar bilan quritiladi va bachadon bo‘yni kanali 110 nisbatda suyultirilgan xlorofilliptning spirtli eritmasi bilan surtiladi. Muolaja 10 kun davomida har kuni amalga oshiriladi, undan keyin 2 xafta davomida bemor preparat eritmasi bilan sprintsovka (1 osh qoshiq xlorofilliptning 1% li spirtlizritmasi 1 l suvda) kilishi kerak. Eroziya to‘lik epitelizatsiya bo‘lmagan holatlarda davolash kursini takrorlash kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin.
Qullash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Ichga qabul qilganda 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Yarada vodorod perekisi qoldiqlari mavjud bo‘lganida xlorofillipt cho‘kmaga tushishini e'tiborga olish kerak. Shuning uchun yarani vodorod perekisi bilan yuvganidan keyin uning qoldiqlari natriy xloridning steril izotonik eritmasi bilan olib tashlanishi kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tanlangan qo‘llash usulidan qat'iy nazar xlorofilliptga sezuvchanlik aniqlanadi, buning uchun bemor 1 osh qoshiq suvda eritilgan 25 tomchi preparatni ichadi. 6-8 soatdan keyin allergiya belgilari (lablar, tomoq shilliq qavvatlarini shishi va boshqalar) kuzatilmasa preparatni qo‘llash mumkin.
Mahalliy qo‘llanilganda (kuyishlar, qo‘l-oyokdagi uzoq muddat bitmayotgan yaralar va trofik yaralarni, bachadon bo‘yni eroziyasini davolash) muolajalarni xlorofilliptning 2% li moyli eritmasini qo‘llash bilan navbatma-navbat ko‘llash mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davri. Maxsus o‘tkazilgan eksperimental tadqiqot natijalari xlorofillipt toksik emasligini va teratogen va embriotoksik xususiyatlarga ega emasligini namoyish qilgan. Homiladorlik va laktatsiya davrlarida, foyda va zarar nisbatini baholab, preparatpi qo‘llash mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Nojo‘ya ta'sirlar kuchayishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Ichga va mahalliy qo‘llash uchun 1% li spirtli eritma. 40, 50, 90, 100 ml dan to‘k-sariq rangli shisha flakonlarda yoki poliztilentereftalat flakonlarda. Har bir flakon ko‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylashtiriladi.
Saqlash sharoiti
Yerug‘likdan himoyalangan joyda, 20°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach ko‘shlanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
/O‘zbekiston Respublikasi xuxudida dori vositalarining sifati
bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«ZIYO NUR FARM» XK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yangixayot tum., Choshtepa ko‘ch, 410
Tel +998 (97) 770-17-06, +998 (71) 287-66-62; Fax 4998 (71) 287-62-22
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.