Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
| Nomi | Narx | |||||
| Энтерожермина порошок для приёма внутрь 6 млрд/2г №9 (пакетики) (5I008##2 678) |
UZS 198 800
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
споры Bacillus clausii, устойчивые к полиантибиотикам
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Fransiya
Производитель
Sanofi Aventis
Chiqarillish shakli
Enterogermina peroral qabul qilish uchun kukun sashelarda 6 mlrd/2g, 9 ta paketcha haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Enterojermina
Ta’sir etuvchi modda (HPN) poliantibiotiklarga chidamli Bacillus clausii sporalari
Dori shakli
peroral qabul qilish uchun kukun sashelarda.
Tarkibi
2 g bitta sashe quyidagilarni saqlaydi Ta’sir etuvchi moddalar har bir sashe poliantibiotiklarga chidamli Bacillus clausii ning 6 milliard sporalarini saqlaydi;
Ta’rifi Oqdan sarg‘ish ranggacha bo‘lgan mayda kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
Diareyaga qarshi preparatlar. Diareyaga qarshi mikroorganizmlar.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Enterojermina – ichakda normal holatda mavjud bo‘lgan va patogen bo‘lmagan Bacillus clausii sporalarining 4 shtammlari (SIN, O/C, T, N/R) suspenziyasidan tashkil topgan preparat bo‘lib hisoblanadi.
Peroral yuborilganda Bacillus clausii ning kimyoviy va fizik agentlarga chidamliligi ularga me’daning kislotali to‘sig‘ini yengib o‘tish va shikastlanishsiz ichak yo‘llariga erishish imkonini beradi. Bu yerda ular metabolik faol vegetativ xujayralarga aylanadi.O‘zining tabiati tufayli sporalar qizdirish va me’da kislotalarining ta’siriga chidamlilikka ega. In vitro sharoitda tekshirilgan Bacillus clausii sporalari rag‘batlantirilgan me’da muhitida (pH 1,4-1,5) muhitida tirik qolgan (yashab qolish 96 %). Ichak muhitini imitatsiya qiluvchi modelda (safro va pankreatinning tuzli eritmasi - pH 8) Bacillus clausii sporalari inkubatsiyadan keyin 240 minutdan boshlab statistik ahamiyatli ravishda birlamchi miqdorga (109 dan 1012 gachaKHB – koloniya hosil qiluvchi birlik) nisbatan ko‘payishda davom etgan.
20 nafar tekshiriluvchilarda o‘tkazilgan tadqiqotda Bacillus clausii sporalari bir marta qabul qilingandan keyin 12 kungacha odam ichagida saqlanadi va axlatda aniqlanishi mumkinligi kuzatilan.
Enterojermina preparatini qabul qilish antibiotikoterapiyadan keyin yuzaga keluvchi va diareya, qorinda og‘riq va ichakda xavo miqdorini oshishi kabi me’da-ichak simptomlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan disbakterioz, shuningdek disbioz sifatida ma’lum bo‘lgan mikrob florasini o‘zgarishini tiklanishiga yordam beradi.
Antibiotiklar bilan davolash vaqtida va davolangandan keyin 7-10 kun o‘tgach qo‘llanilganda Enterojermina preparati antibiotiklar bilan davolash bilan bog‘liq qorinda og‘riq va diareya tez-tezligini pasaytirishi namoyish qilingan. Quyida keltirilgan ikkita asosiy mexanizmlar ichakning bakterial florasini tiklanishida Bacillus clausii ning ta’siriga yordam beradi.
Patogen bakteriyalar o‘sishini susaytirish
Qo‘llash taxmin qilingan B. Clausii ning uchta ta’sir mexanizmi quyidagilar
-Erkin ekologik bo‘shliqlar kolonizatsiyasi, ular boshqa mikroorganizmlarni o‘sishi uchun mavjud bo‘lmaydi;
-Epitelial xujayralarga adgeziya uchun raqobat, bu ayniqsa tarqalishning erta va oraliq bosqichlarida sporalar uchun dolzarb;
-Va ichak muhitida antibiotiklar va/yoki fermentlarni ishlab chiqarilishi.
In vitro sharoitdagi tadqiqotlarda Bacillus clausii sporalari Staphylococcus aureus, Clostridium difficile va Enterococcus faecium grammusbat bakteriyalarga qarshi antagonistik faollikka ega klauzin kabi bakteriotsin va antibiotiklar ishlab chiqarishi namoyish qilingan.
Immunomodulyatsiya qiluvchi faollik
In vitro va in vivo sharoitdagi sichqon modellarida Bacillus clausii sporalarini peroral qabul qilish interferon gammani ishlab chiqarilishini rag‘batlantirishini va TCD4+ limfotsitlar proliferatsiyasini oshirishini namoyish qilgan.
Bundan tashqari, Bacillus clausii V guruhining turli vitaminlarini ishlab chiqarish qobiliyatiga ega, bu ichak bakterial florasining disbalansi chaqirgan organizmda vitaminlar tanqisligini bartaraf etishga yordam beradi.
Antibiotiklarga sun’iy chaqirilgan geterologik chidamlilikning yuqori darajasi ham antibiotiklarning, ayniqsa keng ta’sir doirasiga ega antibiotiklarning tanlab ta’siridan keyin ichakning mikrob florasini o‘zgarishini oldini olish uchun yoki florani tiklash uchun terapevtik sharoitlar yaratadi.
Antibiotikorezistentlik tufayli, Enterojermina preparati antibiotiklarning ikkita ketma-ket dozalari o‘rtasida buyurilishi mumkin.
Antibiotikorezistentlikka quyidagilar kiradi penitsillinlar, agar ular beta-laktamazalar ingibitorlari bilan birga qo‘llanilmasa, sefalosporinlar (ko‘pgina holatlarda qisman chidamlilik), tetratsiklinlar, makrolidlar, aminoglikozidlar (gentamitsin va amikatsindan tashqari), xloramfenikol, tiamfenikol, linkomitsin, klindamitsin, izoniazid, sikloserin, novobiotsin, rifampitsin, nalidikson kislotasi va pipemid kislotasi (oraliq chidamlilik) va metronidazol.
Farmakokinetikasi
Enterojermina preparati Bacillus clausii sporalarining 4 shtammlarini saqlaydi, ular so‘rilmaydi, bevosita ichakda ta’sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
- Ichak disbakteriozi va keyinchalik endogen avitaminozni davolash va oldini olish.
- antibiotiklar yoki ximioterapiya vaqtida o‘zgargan ichakning mikrob florasini tiklash uchun ad’yuvant davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash
Kattalar kuniga 1 paketcha.
Qo‘llash usuli
Kukunni bevosita og‘izda so‘lak bilan eritish mumkin va suv yoki boshqa suyuqlik bilan qabul qilish talab etilmaydi.
Ushbu dori vositasi faqat peroral qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Nojo‘ya ta’sirlari
Ushbu preparat bilan davolash vaqtida quyidagi noxush samaralar kuzatilgan, ular MedDRA tasnifiga muvofiq a’zolar tizimi va quyidagi tez-tezlik ko‘rsatkichlariga muvofiq tasniflangan juda tez-tez (1/10); tez-tez (1/100,<1/10); tez-tez emas (1/1.000,<1/100); kam xollarda (1/10.000,<1/1.000); juda kam xollarda (<1/10.000); Noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida tez-tezlikni baholab bo‘lmaydi). Bakteriyemiya, septitsemiya va sepsis (immuniteti susaygan yoki kasallikning og‘ir shakli bo‘lgan patsiyentlarda).O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan toshma, eshakemi va angionevrotik shish.
Taxmin qilingan nojo‘ya reaksiyalar haqida xabar berishTibbiyot hodimlaridan quyidagi manzil bo‘yicha hisobotning milliy tizimi orqali har qanday gumon qilgan nojo‘ya reaksiyalar haqida xabar berish so‘raladi
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Faol moddaga yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta’siriO‘zaro ta’sirlar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
Antibiotikoterapiya vaqtida antibiotikning bitta va keyingi dozasini qabul qilish o‘rtasida buyurish tavsiya etiladi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik davriHomiladorlik vaqtida Enterojermina preparati faqat, agar ona uchun potensial foyda potensial xavfdan, shu jumladan homila uchun xavfdan yuqori bo‘lsagina qo‘llash mumkin.
Emizish davri Enterojermina preparati emizish davrida faqat, agar ona uchun potensial foyda potensial xavfdan, shu jumladan emizikli bola uchun xavfdan yuqori bo‘lgan holatlardagina qo‘llanishi kerak.
FertillikOdam fertilligiga Enterojermina preparatining ta’siri haqida ma’lumotlar mavjud emas.
Avtotransportni boshqarganda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaganda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati Enterojermina preparati avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
haqida xabar berilmagan.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Opella Healthcare Italy S.r.l.,Italiya
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e’tiroz (taklif)larni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“STADA SUBSIDIARY” MCHJ CHEK, 100060, O‘zbekiston Respublikasi,
Toshkent sh., Taras Shevchenko ko‘ch., 21 A.tel. (+99878) 140 35 81,
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.