Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Vetnam
Dozasi
0,1% 15 мл
Производитель
Данафа Фармасьютикал Джойнт
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Zvezdochka NOZ, nazal sprey 0.1%, 15ml (nds) haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
"Zvezdochka NOZ”
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ksilometazolin
Dori shakli
nazal sprey
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda ksilometazolin gidroxloridi – 1,0 mg;
yordamchi moddalar benzalkoniy xlorid 0,1 mg; natriy digidrofosfat digidrat 0,84 mg;
dinatriy gidrofosfat dodekagidrat 1,5 mg; natriy xlorid 1,0 mg; dinatriy edetat
digidrat 0,5 mg; tozalangan suv 1,0 ml gacha.
Ta'rifi tiniq rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Antikongestiv vosita — vazokonstriktor (al'fa-
adrenomimetik).
ATX kodi RO1AA07
Farmakologik xususiyatlari
Al'fa-adrenostimulyatorlar burun soxasidagi qon tomirlari shilliq qavatini kengaytiruvchi, shilliq qavatini giperemiyasini va shishini bartaraf etadi.
Rinitda burundan nafas olishni yengillashtiradi.
Ta'siri bir necha minutdan keyin boshlanadi va bir necha soat davom etadi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganda deyarli so‘rilmaydi, plazmadagi kontsentratsiyasi shunchalik kamki uni keyinchalik analitik usul bilan aniqlash mumkin emas.
Qo‘llanilishi
O‘tkir allergik rinit; rinit ko‘rinishidagi (tumov), sinusit, pollinoz kabi o‘tkir resparator kasalliklarni simptomatik davolash (O‘RK); yevstaxiit, o‘rta otit (burun halqumini shilliq qavatini shishini kamaytirish uchun). Bemorni burun yo‘llarini diagnostik muolajalariga tayyorlash uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Intranazal. Kattalarga va 6 yoshdan oshgan bolalarga xar bir burun yo‘liga kuniga 3 marta 1 marta sepish uchun; sutkada 3 martadan ortiq qo‘llash tavsiya etilmaydi. Davolash davomiyligi — shifokor maslaxatsiz 7 kundan ortiq emas. Peraparatni yuborish vaqtida flakonni rpurkagich tepaga qaratib turish tavsiya etiladi, sepilgandan keyin burun orqali yengil nafas olish tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Halqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlari bo‘yicha nojo‘ya ta'sirlar ular rivojlanish tez-tezligiga muvofiq quyidagicha tasniflangan
Mahalliy reaktsiyalar tez-tez — qo‘llanilgan joyida achishish. Preparatni tarkibiga kiruvchi benzalkoniy xlorid, burun bo‘shlig‘ini va bronxospazmni shilliq qavatini ta'sirlanishini chaqirishi mumkin.
Immun tizimi tomonidan tez tez emas — o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (angionevrotik shish, terida toshma, qichishish).
Me'da-ichak yo‘llari tizimi tomonidan kam xollarda - qusish.
Nerv tizimi tomonidan tez-tez — ko‘ngil aynishi, kam xollarda — bosh og‘rig‘i, juda kam xollarda – xavotirlik, uyquchanlik, charchoqlik, paresteziya, gallyutsinatsiyalar va tirishish (asosan bolalarda).
Ko‘rish a'zolari tomonidan buzilishlar juda kam xollarda – ko‘rishni xiraligi.
Yurak-qon tomirlari tizimi tomonidan kam xollarda — yurak urishi xis qilish, taxikardiya, arterial bosimni oshishi; kam xollarda – aritmiya.
Nafas tizimi tomonidan tez-tez – ta'sirchanlik va yoki burun bo‘shlig‘ini quruqligi, achishish, burunda sanchiqlar, aksirish, xalqumning shilliq qavatini gipersekretsiyasi; tez tez emas – burun shilliq qavatini shishishini kuchayib ketishi (reaktiv giperemiya), burundan qon ketishi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan simptomlar paydo bo‘lsa preparatni qo‘llashdan to‘xtating va shifokorga murojaat eting.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni komponentlariga yuqori sezuvchanlik, arterial gipertenziya, taxikardiya, yaqqol ateroskleroz, glaukoma, atrofik rinit, bosh miya qobig‘iga jarroxlik aralashuvlari (anamnezida), transsfenoidal' gipofizektomiyadan keyingi xolat, gipertireoz, homiladorlik; monoaminooksidazalar va tri- va tetratsiklik antidepressantlar ingibitorlari bilan bir vaqtda davolash (jumladan ularni bekor qilingandan keyin 14 kun davri davomida), arterial bosimni oshiruvchi boshqa mahalliy qon tomirlarni kengaytriuvchi vositalar (dekongestantlar) va boshqa dori preparatlari; burun oldi shilliq qavatini yoki teri kasalliklarini yallig‘lanishi, bolalar yoshi (6 yoshgacha).
Extiyotkorolik bilan
Emizikli davrida, ishemik yurak kasalligi (III-IV funktsional sinfi stenokardiyasi), prostata bezi giperplaziyasi, qandli diabet, feoxromotsitoma.
Adrenergik preparatlarini uyqusizlik, bosh aylanishi, aritmiya, tremor, arterial bosimni oshishi bilan bog‘liq yuqori sezuvchanlikda extiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Dorylarning o‘zaro ta'siri
Kseilometazolinni monoaminoksidaza ingibitorlari (shuningdek davolash bekor qilingandan keyin 14 kun davomida) bilan davolash uchun bir vaktda tri- va tetratsiklik antidepressantlar, boshqa mahalliy qon tomirlarini kengaytiruvi vositalar (dekongestantlar) va boshqa dori preparatlari qo‘llanilganda nomutanosib.
Ksilometazolin va monoaminooksida ingibitorlarini qo‘llanilganda (shu jumladan ularni qo‘llashni tugallangandan keyin 14 kun davomida) arterial bosimni oshishi va yurak urishini buzilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatamalar
Qo‘llashdan oldin burun bo‘shlig‘ini tozalash tavsiya etiladi.
Qo‘llashdan oldin nasos-dozatorni himoya qalpoqchasini yechish lozim. Barmoqlar bilan yengil bosib 2 sinovli seping (burunga emas), so‘ngra "
Qo‘llash usuli va dozalari
" bo‘limida ko‘rsatib o‘tilgandek burunga seping. Qo‘llangandan keyin nasos-dozatorni himoya qlpoqchasi bilan yoping.
Ksilometazolinni surunkali dozasini oshirib yuborilganda yoki o‘zog‘i bilan (7 kundan ortiq) qo‘llanilganda terapevtik samarasini (taxifilaksiyani) susayishini, shuningdek burun bo‘shlig‘ini shilliq qavatini (ozena) reaktiv giperemiyasi xavfini oshishi chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va emizikli davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Ksilometazolin ko‘krak sutiga o‘tadi. Emizikli davrida preparatni faqatgina emizikli davrida ona uchun potentsial foyda go‘dak xavfidan ustun bo‘lsagina qo‘llash mumkin.
Tibbiyotda qo‘llanilishiga doir dori preparatini taransport vositalariga, mexanizmlari bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Preparat transport vositalariga yoki mexanizmlarni boshqarish qobilyatiga ta'sir etmaydi.
Tavsiya etilgan dozadan oshirib uzoq vaqt qo‘llanilganda uning tizimli ta'sirini mustasno etish mumkin emas. Bunday xolatlarda extiyotkorlikka rioya etish tavsiya etiladi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari tana haroratini oshishi yoki pasayishi, isitma, taxikardiya, bradikardiya, arterial bosimni oshishi, ko‘p terlash, mioz, midriaz, nafasni buzilishi yoki apnoz, ongni chalkashishi.
Davolash simptomatik. Bexosdan ichga qabul qilinganda — me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash zarur.
Dozani oshirib yuborilganda statsionarda jadallashtirilgan davolash olib boriladi. Og‘ir xolatlarda – arterial bosimni pasaytirish uchun noselektiv al'fa-adrenoblokator, isitma tushiruvchi, i ntubatsiya va o‘pkani tabbiy ventelyatsiya olib boriladi.
Chiqarilish shakli
0,1% li nazal sprey.
15 ml dan purkagichi bilan va poliztilen himoya qalpoqli plastik flakonlarda. 1 plastik flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutilarga joylangan.
Saqlash sharoiti
30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugagach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
DANAFA FARMAS'YUTIKAL DJOYNT STOK KOMPANIYASI
V'etnam, Danang sh., Txan' Txe tumani, Zung Si Txan' Txe ko‘ch., 253 uy,
tel. +84 511760129.
Buyurtmachi va ro‘yxatdan o‘tkazilgan guvoxnomasining egasi
DANSON-BG OOD
2400, Bolgariya Respublika, Radomir sh., Otets Paiysiy ko‘ch. No26
tel. +35924519300.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.