Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tantum Verde sprey 0.255mg/doza 176doz 0.15% 30ml
Tantum Verde sprey 0.255mg/doza 176doz 0.15% 30ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бензидамин
Страна производитель
Италия
Дозировка
0,15% 30 мл
Производитель
Aziende Chimiche Riunite Angelini Francesco A.C.R.A.F. S.p.A.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Спрей для местного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tantum® Verde
Ta'sir etuvchi modda (XPN) benzidamin
Dori shakli
mahalliy qo‘llash uchun sprey.
Tarkibi
100 ml mahalliy qo‘llash uchun sprey quyidagilarni saqlaydi
faol modda benzidamin gidroxloridi – 0,15 g (30 ml bir flakonda 0,045 g muvofiq keladi);
yordamchi moddalar etanol 96%, glitserol, metilparagidroksibenzoat, mentol aromatizatori (shirin qo‘shimcha), saxarin, natriy gidrokarbonati, polisorbat 20, tozalangan suv.
Ta'rifi rangsiz, o‘ziga xos yalpiz hidli tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar.
ATX kodi A01AD02
Farmakologik xususiyatlari
Benzidamin nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat bo‘lib, indazollar guruhiga kiradi. Yallig‘lanishga qarshi va mahalliy og‘riqni qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, mikroorganizmlarning keng doirasiga qarshi antiseptik ta'sirga ega.
Preparatning ta'sir mexanizmi hujayra membranalarini barqarorlashishi va prostaglandinlarning sintezini ingibitsiya qilishi bilan bog‘liq.
Benzidamin mikroorganizmlarning membranalari orqali tez kirishi, keyingi hujayra tuzilmalarini shikastlanishi, metabolik jarayonlarni va hujayra lizisomalarini buzilishi hisobiga antibakterial va spetsifik antimikrob ta'sir ko‘rsatadi.
Candida Albicans ga nisbatan zamburug‘larga qarshi ta'sirga ega. Zamburug‘larning hujayra devorini va mitsetlarning metabolik zanjirlarining struktur modifikatsiyasinichaqiradi, shunday qilib ularning reproduktsiyasiga to‘sqinlik qiladi, bu benzidaminni infektsion etiologiyali og‘iz bo‘shlig‘ini yallig‘lanish jarayonlarida qo‘llashga asos bo‘ladi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganida preparat shilliq qavatlardan yaxshi so‘riladi va o‘zining yuzaki epitelial qavatlar orqali o‘tish xususiyati tufayli samarali kontsentratsiyaga yetib, yallig‘langan to‘qimalarga kiradi. Preparatni chiqarilishi asosan buyrak va ichak orqali metabolitlari yoki kon'yugatsiya mahsulotlari ko‘rinishida yuz beradi.
Mahalliy qo‘llash uchun dori shakllari tizimli ta'sirga ega emas.
Qo‘llanilishi
Ta'sirlanish va yallig‘lanish holatlar, jumladan og‘iz bo‘shlig‘ini og‘riqli sindromlari bilan birga va tomoq (masalan, gingivit, stomatit, faringit) ni simptomatik davolash, shuningdek tishlarni konservativ davolash va sug‘urishdan keyin qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
2-6 purkashlar kuniga 2-6 marta (har bir purkash 0,17 ml eritmaga ekvivalent).
Kattalarga 4-8 purkashlar kuniga 2-6 marta;
Bolalar (6-12 yoshlilarda) 4 purkash kuniga 2-6 marta;
Bolalar (6 yoshdan kichik) har 4 kg bola tana vazniga 1 purkash, maksimal doza – 4 purkash kuniga 2-6 marta buyuriladi.
Buyurilgan dozani oshirmang.
Kattalar, keksa yoshdagi bemorlar va 12 yoshdan oshgan bolalarga tomoqni yoki og‘iz bo‘shlig‘ini chayish uchun 15 ml dan preparat (o‘lchov stakancha beriladi) kuniga 2-3 marta ishlatiladi.
Preparatni tomoqni chayish qobiliyatiga ega 12 yoshdan kichik bolalarga buyurish mumkin.
- suyiltirilmagan eritma yallig‘lanish jarayonlarida chayish uchun ishlatiladi;
- suyultirilgan eritma (15 ml preparat va 15 ml suv o‘lchov stakanchada suyultiriladi) har kungi og‘iz va tomoqni gigiyenik chayish uchun ishlatiladi.
Davolash kursi
- og‘iz bo‘shlig‘i va LOR-a'zolarining yallig‘lanish kasalliklari (turli etiologiyali)
4 kundan 15 kungacha.
- odonto-stomatologik patologiyada 6 kundan 25 kungacha.
- operativ aralashuvlar va travmalardan keyin (tonzillektomiya, jag‘larni sinishi);
4 kundan 7 kungacha.
Preparatni uzoq muddat davomida qo‘llashda, shifokorning maslahati kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Mahalliy reaktsiyalar og‘izni qurishi, og‘iz bo‘shlig‘ida uvishish, achishish hissi;
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi;
Juda kam hollarda laringospazm;
Tez-tez emas yorug‘likka sezuvchanlik;
Juda kam hollarda angionevrotik shish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni har qanday komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tantum® Verde preparatining boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatga ega o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ushbu preparatni qo‘llash, ayniqsa uzoq muddatli davolashda, sezuvchanlik reaktsiyalarini chaqirishi mumkin. Bunday holatlarda davolashni to‘xtatish va muvofiq davolashni aniqlash uchun shifokorga murojaat qilish kerak.
Cheklangan sondagi bemorlarda og‘iz-tomoq yara shakli yanada jiddiy patologiya belgilari hisoblanishi mumkin. Agar simptomlar 3 kundan yuqori saqlansa, patsiyent aniq holatga qarab o‘z shifokori yoki stomatolog bilan maslahatlashishi shart.
Benzidaminni qo‘llash salitsil kislotaga yoki NYaQP (nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar) ga yuqori sezuvchanlik holatlarida tavsiya etilmaydi.
Anamnezida bronxial astmasi bo‘lgan bemorlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi, chunki ushbu guruh patsiyentlarida bronxospazm yuzaga kelishi mumkin.
Tantum® Verde preparati allergik reaktsiyalarni (jumladan sekinlashgan turini) chaqiruvchi metilparagidroksibenzoatni saqlaydi.
Sport bilan shug‘ullanuvchi patsiyentlar uchun etil spirti saqlovchi dori preparatlarini qo‘llash, ayrim sport federatsiyalarining o‘rnatilgan me'yorlariga muvofiq qonda alkogol saqlanishi doping testiga ijobiy natija berishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya
Har qanday dori vositalarini qabul qilishdan oldin o‘z shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Zarurati bo‘lganida Tantum® Verde preparatini faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha xavf va foyda nisbati muvofiq ravishda individual baholangandan so‘ng ishlatish mumkin.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Preparat avtotransportni boshqarish qobiliyatiga va boshqa yuqori diqqatni talab qiluvchi faoliyat turlariga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Juda kam hollarda qo‘zg‘aluvchanlik, konvulsiya, ko‘p terlash, ataksiya, tremer va qusish kabi, bolalarda benzidaminni tavsiya etilgan dozalaridan taxminan 300 marta oshirilgan dozalarda peroral qabul qilgandan so‘ng dozani oshirib yuborish simptomlari kuzatiladi.
O‘tkir dozani oshirib yuborish hollarida faqat simptomatik davolash o‘tkazish mumkin; qusishni chaqirish bilan me'dani tozalash yoki me'dani yuvish kerak, bunda bemor tutib turuvchi davolash va adekvat gidratatsiyani ta'minlash bilan shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishi zarur.
Chiqarilish shakli
- 30 ml eritma pompa va yig‘iluvchi kanyulali siquvchi moslama bilan ta'minlangan oq rangli polietilen flakonda.
- 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Aziyende Kimike Riunite Anjelini Franchesko A.K.R.A.F.S.p.A.”/
Aziende Chimiche Riunite Angelini Francesco – A.C.R.A.F. S.p.A.
Manzili Viale Ameliya 70, Rim, Italiya/Viale Amelia, 70, Rome (RM), Italy
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositasini sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
«MEDPHARMEXPERT» MChJ
O‘zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent sh., Yunusobod tumani, Niyozbek yo‘li ko‘chasi, 1-uy.
«Evraziya» BK, 5-qavat, 3-ofis
Tel 234-50-27; +998 90 188-56-37
Ye-mail medpharmexpert@gmail.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.