Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
| Nomi | Narx | |||||
| Зипелор спрей 1,5мг/мл 30мл фл (141025##2809) |
UZS 56 400
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Бензидамин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Ukraina
Dozasi
1,5мг/мл 30мл
Производитель
Фармак
Chiqarillish shakli
Tomoq va og‘iz bo‘shlig‘i uchun sprey
Zipelor spreyi 1,5 mg/ml 30ml fl haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- O‘rami
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Zipelor
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Benzidamin
Dori shakli
Og‘iz bo‘shlig‘i uchun sprey
Tarkibi
1 ml sprey quyidagilarni saqlaydi
faol modda benzidamin gidroxloridi – 1,5 mg;
yordamchi moddalari 96% etanol, glitserin, metilparaben (E 218), natriy saxarini, natriy gidrokarbonati, polisorbat 20, yalpiz aromatizatori, tozalangan suv.
Ta'rifi o‘ziga xos yalpiz hidli, rangsiz tiniq suyuqlik.
Farmakologik guruhi stomatologiyada qo‘llash uchun vosita. Og‘iz bo‘shlig‘iga mahalliy qo‘llash uchun boshqa vositalar.
ATX kodi A01AD02
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Benzidamin og‘riq qoldiruvchi va ekssudatsiyaga qarshi xususiyatlarga ega bo‘lgan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat hisoblanadi.
Klinik tadqiqotlar vaqtida benzidamin og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqda kuzatiladigan mahalliy qo‘zg‘atuvchi patologik jarayonlardagi simptomlarni yengillashtirish uchun samarali ekanligini ko‘rsatgan. Bundan tashqari benzidamin og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatiga yallig‘lanishga qarshi va mahalliy og‘riqni qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning shilliq qavati orqali so‘rilishi, haqiqatdan inson qon plazmasida benzidaminni o‘lchangan miqdorining mavjudligi bilan isbotlangan. Biroq bu qandaydir tizimli farmakologik samara ko‘rsatish uchun yetarli emas. Preparatni chiqarilishi asosan buyraklar orqali, ko‘pincha faolsiz metabolitlar shaklida yoki kon'yugatsiya birikmalar ko‘rinishida yuz beradi.
Mahalliy qo‘llanganida yallig‘langan to‘qimalarda benzidaminni samarali kontsentratsiyaning to‘planishi, uning shilliq pardalar ichiga kirish qobiliyati tufayli erishilishi isbotlangan.
Qo‘llanilishi
Og‘iz–xalqumning ta'sirlanish va yallig‘lanishlarida simptomatik davolash; gingivit, stomatit, faringitda yuzaga kelgan og‘riqlar; stomatologiyada tish oldirishdan keyin yoki profilaktika maqsadida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘llashdan oldin albatta nebulayzerni o‘rnatish kerak.
Pompani bosganda spreyning 1 dozasi - 0,17 ml ni saqlovchi aerozolь hosil bo‘ladi, bu 0,255 mg benzidamin gidroxloridiga to‘g‘ri keladi.
Dozalashlar
Kattalarga 4-8 purkashlar sutkada 2-6 marta buyuriladi.
Bolalarga (6-12 yosh) 4 purkashlar sutkada 2-6 marta buyuriladi.
Bolalarga (4-6 yosh) har 4 kg tana vazniga 1 purkash. Maksimal doza 4 purkashga ekvivalent sutkada 2-6 marta buyuriladi.
Tavsiya etilgan dozalardan oshirilmasin.
Bolalar
Preparatni 4 yoshdan katta bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Noxush reaktsiyalar uchrash tezligi paydo bo‘lishi bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥ 1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥ 1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); uchrash tezligi noma'lum (etarli ma'lumotlar asosida baholashni imkoni bo‘lmadi).
Har bir guruhda noxush samaralar uchrash tezligi bo‘yicha jiddiyligining kamayish tartibi ko‘rsatilgan.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan kam hollarda – og‘izda achishish, og‘izni qurishi; uchrash tezligi noma'lum - og‘iz bo‘shlig‘ida gipesteziya, ko‘ngil aynishi, qusish, tilning shishi va rangining o‘zgarishi, ta'mni buzilishi.
Immun tizimi tomonidan kam hollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, uchrash tezligi noma'lum - anafilaktik reaktsiyalar.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi a'zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan juda kam hollarda – laringospazm; uchrash tezligi noma'lum – bronxospazm.
Teri va teri osti klechatkasi tomonidan tez-tez emas – yorug‘likka sezuvchanlik, juda kam hollarda – angionevrotik shish; uchrash tezligi noma'lum - toshma, qichishish, eshakemi.
Nerv tizimi tomonidan uchrash tezligi noma'lum - bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i kuzatilish mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ta'sir etuvchi moddaga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
O‘zaro ta'siri o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘rganilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar uzoq vaqt qo‘llanilganda sezuvchanlik yuzaga kelsa, davolashni to‘xtatish va tegishli davolashlar buyurishi uchun shifokorga murojaat qilish kerak.
Ayrim patsiyentlarda lunj/tomoq shilliq qavatida yaralar jiddiy patologik jarayonlarni keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga simptomlari kuchaygan yoki 3 kun davomida pasaymagan yoki tana harorati ko‘tarilgan yoki boshqa simptomlari yuzaga kelgan patsiyentlar, bunday holatlarda terapevtga yoki stomatologga maslahat uchun murojaat qilishlari kerak.
Benzidaminni atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarga yuqori sezuvchanlikligi bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Preparatni qo‘llash bronxial astmasi bo‘lgan yoki anamnezida bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlarda bronxospazmni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday patsiyentlar albatta bundan ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak.
Sportsmenlar uchun etil spirti saqlovchi dori vositalarini qo‘llash, antidoping sinamasiga ijobiy natija berishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Homilador ayollarda va emizikli ayollarda benzidaminni qo‘llash bo‘yicha hozircha tegishli yetarli ma'lumotlar yo‘q. Ushbu vositani ko‘krak sutiga o‘tish xususiyatlari o‘rganilmagan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar ushbu vositani homiladorlik va laktatsiya davrida ta'siri haqida qandaydir xulosa qilish uchun yetarli emas.
Odam uchun potentsial xavfi noma'lum.
Zipelor preparatini homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Dori vositasini tavsiya etilgan dozalarda qo‘llaganda transportni boshqarish qobiliyatiga va va mexanizmlar bilan ishlashga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Mahalliy qo‘llaganda benzidaminning dozasini oshirib yuborilishi haqida xabar bo‘lmagan. Biroq ma'lumki, benzidamin ichga katta dozalarda (ushbu dori vositasi dozasidan yuz marta ko‘p bo‘lishi mumkin) tushganda, ayniqsa bolalarda, qo‘zg‘aluvchanlik, tirishishlar, tremor, ko‘ngil aynishi, ko‘p terlash, ataksiya, qusishni keltirib chiqaradi. Bunday o‘tkir dozani oshirib yuborilishi darhol me'dani yuvishni, suv elektrolit muvozanatni buzilishlarini davolash va adekvat gidratatsiyani simptomatik davolashni talab etadi.
Chiqarilish shakli
30 ml dan flakonda. 1 flakondan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga qutida.
Saqlash sharoitlari
Original o‘ramda 25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
2 yil.
O‘rami
da ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin preparat qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.