Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Натрия цитрат
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Hindiston
Dozasi
5,6 г
Производитель
Kusum Healthcare Pvt. Ltd
Chiqarillish shakli
Katariya klyukva aromati granulalari №6 sashe 5, 6gr haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Katariya
Ta'sir etuvchi modda (XPN) natriy sitrati
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun granulalar
Tarkibi
Xar bir sashe quyidagilarni saqlaydi
faol modda natriy sitrati 4 g;
yordamchi moddalar saxaroza, natriy saxarini va klyukva ta'm qo‘shimchasi 191121.
Ta'rifi oqdan deyarli oq ranggacha sochiluvchan klyukva ta'mli granulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Urologik kasalliklarda qo‘llanadigan boshqa dori vositalari.
ATX kodi G04BX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Natriy sitrati metabolizmga uchrab sistitda kuzatiladigan dizuriyani regressiyasiga yordam beruvchi bikarbonatga aylanadi. Siydikni ishqoriylanishini chaqirib, kislotaliligini kamaytiradi
Farmakokinetikasi
Aniqlanmagan.
Qo‘llanilishi
Ayollarda sistit simptomlarini yengillashtirishda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ayollarda qo‘llanilishi
Bir sashe ichidagisi bir stakan suvda eritiladi.
1 sashedan sutkada 3 marta 48 soat davomida ichga qabul qilinadi.
Tayyorlangan eritmani darhol ishlatish kerak.
Erkaklarda va bolalarda qo‘llanilishi
Tavsiya etilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
MedDRA muvofiq tez-tezligi keltirilgan
Juda tez-tez (≥1/10);
Tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha);
Tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha);
Kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha);
Juda kam hollarda (<1/10000),
Noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo‘yicha baholanishi mumkin emas).
Immun tizim tomonidan buzilishlar juda kam hollarda -teri toshmalari.
Me'da-ichak tizimi tomonidan buzilishlar juda kam hollarda- qorindagi og‘riq.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Natriy sitrati va preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari, arterial gipertenziya, kam tuzli parhezdagi buyrak kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda va past tuzli diyetada bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agarda davolash boshlanganidan keyin 2 kun o‘tgach kasallik simptomlari saqlanib tursa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Ko‘rsatilgan dozadan oshmasligi kerak.
Tarkibi
da saxaroza saqlaydi. Fruktoza o‘zlashtiraolmasligining kam nasliy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar, glyukoza-galaktoza malabsorbsiya sindromi yoki saxaroza-izomalьtaza yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar bu dori preparatini qabul qilmasliklari kerak.
Preparat bir dozasida 939 mg natriy saqlaydi. Bu natriy cheklangan parxezdan so‘ng bemorlarda ko‘rib chiqilishi kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Transport vositalari va boshqa xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Tasiri yo‘q.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborish hollarida simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
Natriy sitrat granulalari to‘rt qavatli laminatsiya qilingan folьgali sashelarga joylangan.
Xar bir sashe paketda 5,6 g granulalar, 6 dona sashedan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
Manzili
Plot No. M-3, Indore Special Economic Zone, Phase-II, Pithampur, Dist.-Dhar, Madhya Pradesh-454774, Hindiston.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.