Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Дермазол крем 20мг/г 15г (1003867##2 406) |
UZS 36 400
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Дермазол крем 20мг/г 15г (1003867##2 407) |
UZS 36 000
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Дермазол крем 20мг/г 15г (1003867##2 408) |
UZS 36 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Кетоконазол
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Hindiston
Dozasi
15 g
Производитель
Kusum Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Amanta Healthcare Ltd
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Krem
Dermazol kremi 20mg/g 15g haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Dermazol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ketokonazol
Dori shakli
krem
Tarkibi
Har bir gramm krem quyidagilarni saqlaydi
faol modda ketokonazol USP - 20 mg;
yordamchi moddalar propilenglikol', setostearil spirti, setomakrogol 1000, oq yumshoq parafin, och suyuq parafin, dinatriy edetati, suvsiz natriy sul'fiti, polisorbat 80 va tozalangan suv.
Ta'rifi oq rangli, bir xil krem.
Farmakoterapevtik guruhi
sirtga qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi preparatlar. Imidazol va triazol hosilalari. Ketokonazol.
ATX kodi D01AC08
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Ketokonazol kremi dermatofit va achitqi zamburug‘lari tomonidan chaqirilgan infektsiyalarda, shuningdek terining Malassezia spp. bilan bog‘liq xolatlarida kuzatiladigan teri qichishishni juda tez bartaraf etadi. Simptomatik yaxshilanishi, sog‘ayishning birinchi belgilari paydo bo‘lgunicha kuzatiladi.
Ketokonazol – dermatofitlar Trichophyton spp, Epidermophyton floccosum va Microsporum spp., xamda achitqi zamburug‘lar, shuningdek Malassezia spp. va Candida spp.larga nisbatan zamburug‘larga qarshi faollik ko‘rsatadi. imidazoldioksolanning sun'iy hosilasidir
Farmakokinetikasi
2% li Dermazol kremini maxalliy qo‘llaganda ketokonazolni kontsetratsiyasi qonda aniqlanmagan.
Krem kattalarga teriga surtish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llanilishi
Sezgir mikroorganizmlar chaqirgan teri va tirnoqlarning zamburug‘li infektsiyalarini davolash
• silliq terining mikozi
• trixofitiya
• qo‘l va tirnoqlar epidermofitiyasi
• chov epidermofitiyasi
• silliq teri mikrosporiyasi
• onixomikoz
• kandidamikoz
• kepaklanuvchi temiratki
• seboreyali dermatit
• balanopostit, vulьvovaginitda qo‘llanadi.
Dermatomikozlarni rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lgan patsiyentlarda dermatomikozlarni oldini olishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ketakonazol kremi kattalarda qo‘llanadi.
Teri kandidozi, teri dermatomikozi, qo‘l va oyoq epidermofitiyalari, chov epidermofitiyalari va kepaklanuvchi temiratkida Dermazol kremni terining shikastlangan yuzasiga kuniga 1 yoki 2 marta surtish tavsiya etiladi.
Seboreyali dermatitda Dermazol krem kasallikning og‘irlik darajasiga qarab shikastlangan sohaga 1 yoki 2 marta surtiladi. Kasallikning barcha simptomlari bartaraf etilgandan keyin kamida bir necha hafta davomida yoki mikologik tekshiruvlar natijalari manfiy bo‘lmagunigacha davolashni davom ettirish kerak.
Dermatofitiyani davolashning odatdagi kursi 2-6 hafta (chov epidermofitiyasida – 2-4 hafta), kandidomikozlarda – 2-3 hafta, kepaklanuvchi temiratkida – 2-3 haftani tashkil qiladi. Agar 4 hafta davolagandan keyin yaxshilanish kuzatilmasa, shifokorga murojaat etish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Quyidagi jadvalda Ketokonazol kremini klinik tadqiqotlar vaqtida yoki postmarketing tadqiqotlar vaqtida qo‘llanganda aniqlangan nojo‘ya samaralar keltirilgan. Uchrash tez-tezligi toifasini ko‘rsatish uuchun quyidagi konventsiya qo‘llaniladi
Juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000). Noma'lum (klinik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha baholab bo‘lmaydi).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dermazol 2% kremi anamnezida ketokonazolga yoki tarkibiga kiruvchi moddalarga yuqori sezuvchanlik bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dorilarning o‘zaro ta'sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlari o‘tkazilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dermazol 2% kremini oftalьmologik maqsadlarda qo‘llash mumkin emas.
Maxalliy qo‘llanadigan kortikosteroidlar bilan birga qo‘llanganda maxalliy qo‘llanadigan kortikosteroidlar bilan uzoq muddatli davolash to‘xtatilgandan so‘ng, kortikosteroidni bekor qilish samarasini oldini olish uchun, maxalliy qo‘llanadigan kortikosteroidning o‘rtacha miqdorini ertalab ishlatishni va Dermazol 2% kremini kechqurun qo‘llashni davom ettirish tavsiya etiladi, 2-3 xafta davomida mahalliy qo‘llaniladigan kortikosteroid bilan davolashni asta-sekin to‘xtatiladi.
Xomiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Xomiladolik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash yuzasidan yetarli va yaxshi nazorat qilingan ma'lumotlar yo‘q. Bor bo‘lgan cheklangan ma'lumotlar ketokonazolni maxalliy qo‘llaganda xomiladorlikni kechishiga yoki xomila/chaqaloqni sog‘lig‘iga zarari yo‘qligidan dalolat beradi. Xayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar ketokonazolni reproduktiv toksikligini ko‘rsatgan dozasi, maxalliy qo‘llagandagi dozaga relevant emas.
2% Dermazol kremini sirtga qo‘llangandan keyin plazmadagi ketokonazol konttsentratsiyasi aniqlanmagan. Homiladorlik va laktatsiya davrida 2% Dermazol kremini qo‘llash bilan bog‘liq xavflar aniqlanmagan.
Avtotransportni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Dermazol 2% kremi avtotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlarni ishlatish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Mahalliy qo‘llanganda
Xaddan ziyod ko‘p qo‘llanilishi terini qizarishi, shish va achishishga olib kelishi mumkin, ular davolash to‘xtatilgandan keyin o‘tib ketadi.
Ichga tushganda
To‘satdan yutib yuborilgan hollarda simptomatik va samarani bir maromda tutib turuvachi choralar ko‘rilishi kerak.
Chiqarilish shakli
15 g yoki 30 g dan alyumin tubalarda. 1 tuba tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoitlari
Quruq yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Muzlatilmasin!
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
Manzili
SP-289(A), RIICO Industrial Area, Chopanki, Bhiwadi, Dist. Alwar (Rajasthan) Hindiston.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.