Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Lamizil Derm gel 1% 15 gr
Lamizil Derm gel 1% 15 gr
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тербинафин
Страна производитель
Швейцария
Дозировка
1% 15 г
Производитель
Novartis Consumer Health SA
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Крем для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Lamizil®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) terbinafin
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun 1% li krem
Tarkibi
1 g krem quyidagilarni saqlaydi
faol modda 1 g terbinafin gidroxloridi;
yordamchi moddalar 30% li natriy gidrooksid eritmasi, benzil spirti, sorbit stearati, setil palmitati, stearil spirti, setil spirti, polisorbat 60, izopropil miristati, tozalangan suv.
Ta'rifi oq bir xil yoki deyarli bir xil, kuchsiz o‘ziga xos hidli yaltiroq krem.
Farmakoterapevtik guruhi
zamburug‘larga qarshi vosita.
ATX kodi D01AE15.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Mahalliy qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi keng ta'sir doirali faollikka ega preparat. Kichik kontsentratsiyalarda terbinafin dermatofitlar (Trychophyton rubrum, T. mentagrophytes, T. verrucosum, T. violaceum, T. tonsurans, Microsporum canis, Epidermophyton floccosum), mog‘or (asosan C. albicans) va ayrim dimorf zamburug‘larga nisbatan fungitsid ta'sir ko‘rsatadi. Achitqi zamburug‘lariga nisbatan faolligi, turiga qarab, fungitsid yoki fungistatik bo‘lishi mumkin.
Terbinafin zamburug‘larda kechadigan sterollarning biosintezini erta bosqichlarini spetsifik tarzda o‘zgartiradi. Bu ergosterolning tanqisligi va hujayra ichida skvalenning to‘planishiga olib keladi, bu esa zamburug‘ hujayrasini o‘limini chaqiradi.
Terbinafinning ta'siri zamburug‘ning hujayra membranasida joylashgan skvalenepoksidaza fermentini ingibitsiya qilish yo‘li bilan amalga oshadi.
Terbinafin odamda sitoxrom R450 tizimiga va mos ravishda gormonlar yoki boshqa dori vositalarning metabolizmiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganida so‘rilishi - 5% dan kam, ahamiyatsiz darajada tizimli ta'sir ko‘rsatadi. Terbinafin mahalliy qo‘llanilganidan so‘ng terining muguz qavatida to‘planadi. Terbinafin 7 kun mobaynida sirtga qo‘llanilganida fungitsid kontsentratsiyasi terini muguz qavatida yana keyingi 7 kun davomida aniqlanadi.
Qo‘llanilishi
Terining zamburug‘li infektsiyalari, oyoq panjalarining dermatomikozi (tinea pedis yoki oyoq panjasi «zamburug‘i»), chov dermatomikozi (tinea cruris), Trichophyton (shu jumladanT. rubrum, T. mentagrophytes, T. verrocosum, T. violaceum), Microsporum canis va Epidermophyton floccosum kabi dermatofitlar tomonidan chaqirilgan tananing silliq terisi mikozlari (tinea corporis).
Asosan Candida (masalan, Candida albicans) turi tomonidan chaqirgan terining achitqili infektsiyalari, xususan bichilishda.
Pityrosporum orbiculare (shuningdek, Malassezia furfur nomi ostida ma'lum bo‘lgan) tomonidan chaqirilgan rangbarang temiratkida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga buyuriladi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar.
Kremni surtishdan oldin shikastlangan sohalarni yaxshilab tozalash va quritish lozim. Kremni yupqa qilib, shikastlangan teriga va uning atrofi sohalariga sutkada bir yoki ikki marta surtiladi va yengil ishqalanadi. Bichilish bilan kechadigan (sut bezlarining ostidagi, barmoqlar orasidagi, dumbalar orasidagi, chov sohasidagi) infektsiyalarda, krem surtiladigan sohalarni, ayniqsa kechasiga yotishdan avval doka bilan yopish mumkin.
Davolashning o‘rtacha davomiyligi
Tovon dermatomikozi (barmoqlararo soha)1 hafta kuniga 1 marta
Tovon dermatomikozi (mokasin turi)2 hafta kuniga 2 marta
Chov dermatomikozi, tananing silliq terisini mikozlari1 hafta kuniga 1 marta
Terini achitqili infektsiyalari (teri kandidozi)1 hafta kuniga 1-2 marta
Rangbarang temiratka2 hafta kuniga 1-2 marta
Klinik ko‘rinishlarining yaqqolligini kamayishi odatda davolashning birinchi kunlari namoyon bo‘ladi. Muntazam davolanmaslik holatlarida yoki davolash muddatidan oldin to‘xtatilganida, infektsiyaning qaytalanishini xavfi bor. Agar bir-ikki hafta davolashdan keyin yaxshilanish belgilari qayd etilmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Keksa yoshdagi shaxslarda lamizil kremini dozalash tartibi
Yuqorida keltirilganlardan farq qilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat surtilgan joylarda qizarish, qichishish yoki achishish hissi, terini ishqorlanishi, og‘riq va ta'sirchanlik paydo bo‘lishi mumkin, biroq ushbu ko‘rinishlar sababli preparat bilan davolashni to‘xtatish kam hollarda talab etadi. Unchalik jiddiy bo‘lmagan nojo‘ya ko‘rinishlarni kam hollarda paydo bo‘ladigan allergik reaktsiyalar (masalan, tarqoq toshmalar va/yoki qizarish, eshakemi, angionevrotik shish, qayta allergik reaktsiya) dan farqlash kerak, bu davolashni to‘xtatishni talab etadi. Kam hollarda zamburug‘ infektsiyalarini zo‘rayish holatlari kuzatilishi mumkin.
Hatto yuqorida eslatib o‘tilmagan noxush ko‘rinishlar paydo bo‘lgan holatda, davolovchi shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Terbinafinga yoki preparatning tarkibiga kiradigan nofaol ingrediyentlarningbiron-biriga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Lamizil kremning dorilar bilan qanday bo‘lmasin o‘zaro ta'sirlari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Lamizil kremi faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Uni ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim, chunki u ta'sirlanishni chaqirishi mumkin. Preparat ko‘zga tasodifan tushganida, ularni darhol oqar suv bilan yuvish kerak, ta'sirlanishning turg‘un ko‘rinishlari rivojlanganida shifokor bilan maslahatlashish lozim. Lamizil kremi tarkibidagi setil spirti va stearil spirtini saqlashi, surtilgan joyda terini ta'sirlanishini chaqirishi mumkin.
Preparatni bolalarda qo‘llanilishi
Lamizil kremini 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tajribasi cheklangan. Shu bilan birga, 12 gacha bo‘lgan bolalarda ushbu preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Eksperimental tadqiqotlarda terbinafinning teratogen xususiyatlari aniqlanmagan. Hozirgi vaqtgacha Lamizil qo‘llanganida qanday bo‘lmasin rivojlanish nuqsonlari to‘g‘risida xabar berilmagan. Biroq, agarda homilador ayollarda Lamizilni qo‘llashning klinik tajribasi juda cheklanganligi tufayli, uni faqat jiddiy ko‘rsatmalarga ko‘ra qo‘llash kerak.
Terbinafin ko‘krak suti bilan chiqariladi. Emizish davrida Lamizil kremini qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Lamizil kremi avtomobillarni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir etmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborish hollari to‘g‘risida xabar berilmagan. Agarda Lamizil kremi tasodifan ichga qabul qilinsa, huddi Lamizil tabletkalarining dozasi oshirib yuborilganidek nojo‘ya ta'sirlarning (bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, epigastriyada og‘riq va bosh aylanishi) rivojlanishini kutish mumkin.
Davolash faollashtirilgan ko‘mir, zarurati bo‘lganida - samarani bir maromda ushlab turuvchi simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
15 g yoki 30 g dan himoya memranasi bilan laminirlangan tuba va polipropilen qopqoqcha. Tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Saqlash sharoiti
300S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Novartis Konsyumer Xels SA, Shveytsariya. Manzil Ryu de Letraz, p/q 269, 1260 Nion, Shveytsariya.
Novartis Consumer Health SA, Switzerland. Route de l’Etraz, Case postale 269, 1260 Nyon, Switzerland.
Moskvadagi vakolatxonasi
123317, Moskva, Presnenskaya nab., 10
Tel. (495) 969-21-65, faks (495) 969-21-66
ye-mail consumerhealth@novartis.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.