Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Xitoy
Производитель
A&D Company Japan
Chiqarillish shakli
Bilakdagi arterial bosimni o'lchash uchun avtomatik tonometr A&D UB-202 QQS haqida va yo'riqnoma
HURMATLI XARIDOR!
Yaponiyaning A&D Company, Limited (Ey end Di Kompani, Limited) kompaniyasi raqamli qon bosimi va yurak urish tezligi o‘lchagichini xarid qilganingiz uchun sizga minnatdorchilik bildiradi. Ishonchimiz komilki, ushbu qurilmaning sifati, ishonchliligi va afzalliklarini baholagan holda, siz mahsulotlarimizning doimiy foydalanuvchisi bo‘lib qolasiz.
• Qurilmani sotib olayotganda, kafolat kartasining to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiring, unda sotilish sanasi va savdo tashkilotining muhri aniq ko‘rsatilishi kerak.
• Qurilmani ishlatishdan oldin ushbu qo‘llanmani diqqat bilan o‘qib chiqing va kelgusida foydalanish uchun saqlab qo‘ying.
• Qurilmani ishlatishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.
• Agar displeyda hisoblagich ko‘rsatkichlari keltirilgan himoya plyonkasi bo‘lsa, uni olib tashlang.
Ushbu qo‘llanma UB modeli raqamli seriyasining qon bosimi va yurak urish tezligini o‘lchovchi quyidagi modellariga taalluqlidir UB-201,
,
.
Qurilmaning tavsifi va ishlashi
Qurilmaning mo‘ljallangan maqsadi
UV-201,UV-202,
– sistolik (yuqori), diastolik (pastki) bosim va yurak urish tezligi (puls) qiymatlarini o‘lchash uchun mo‘ljallangan avtomatik raqamli qurilma. Qurilma ostsillometrik o‘lchov uslubiga asoslangan va qon bosimi va yurak urish tezligini nazorat qilishning individual vositasi sifatida foydalanish hamda tibbiyot tashkilotlarida ushbu parametrlarni dinamik ravishda kuzatish uchun mo‘ljallangan.
KO‘RSATMALAR
Qon bosimi va yurak urish tezligini o‘lchash qurilmasi yurak-qon tomir tizimi diagnostikasi, profilaktikasi va nazoratida qo‘llaniladi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LGAN HOLATLAR
Bilak sohasidagi hali bitmagan teri qatlami yaralari mavjud bo‘lganda qurilmadan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
NOJO‘YA TA'SIRLAR
Qurilmada uning ishlatilishi bilan bog‘liq nojo‘ya ta'sirlar mavjud emas.
FOYDALANIShNING MUMKIN BO‘LGAN XATARLARI TO‘G‘RISIDA MA'LUMOT.
• Qurilmani ishlatishdan oldin foydalanish bo‘yicha qo‘llanmani diqqat bilan o‘qib chiqing.
• Qurilma suvga chidamli emas. Qurilma korpusiga suv tushishiga yo‘l qo‘ymang.
• Qurilmani qayta ishlatganda uning toza ekanligiga ishonch hosil qiling.
• Tebranma aritmiyaga chalingan ba'zi odamlarda ushbu qurilmani qo‘llash mumkin bo‘lmasligi mumkin. Mutaxassis bilan maslahatlashing.
TIBBIY ASBOBNING BOLALARDA QO‘LLANILISH IMKONIYATLARI VA XUSUSIYATLARI BO‘YICHA KO‘RSATMA
Qurilma faqat kattalar foydalanishi uchun mo‘ljallangan. Qurilmani yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga yoki yosh bolalarga ishlatmang.
TIBBIY ASBOBDAN FOYDALANISH SHARTLARI VA POTENTSIAL ISTE'MOLCHILAR HAQIDA MA'LUMOT
Qurilma qon bosimi va yurak urish tezligini nazorat qilishning individual vositasi sifatida foydalanish uchun uyda, shuningdek ushbu parametrlarning dinamik kuzatuvini o‘tkazish uchun tibbiyot muassasalarida foydalanishga mo‘ljallangan.
Qurilmani ishlatishdan avval, shu jumladan ehtimoliy qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘yicha diplomli tibbiyot mutaxassisi (masalan, shifokor - kardiolog) bilan maslahatlashish va keyin qo‘llanmani diqqat bilan o‘qib chiqishingiz lozim.
O‘lchov natijalariga ko‘ra o‘zingiz mustaqil tashxis qo‘ymang va o‘zingizni davolashni boshlamang. Natijani baholash va davolanish uchun doimo shifokoringizga murojaat qiling.
Qurilmani atmosferada ingalyatsion anestetiklar kabi yonuvchan gazlar mavjud bo‘lgan muhitda ishlatmang. Bu portlashga olib kelishi mumkin.
Qurilmani yuqori bosimli kislorod kamerasi yoki kislorod chodiri kabi kislorod kontsentratsiyasi yuqori muhitda ishlatmang. Bu yong‘in yoki portlashga olib kelishi mumkin.
FUNKTSIONAL XUSUSIYATLAR
UB-201
• Katta uch satrli displey
• 13,5-21,5 sm li manjet
• Bitta tugma orqali oddiy boshqaruv
• Intellitronics tonometrini intellektual boshqarish tizimi Sizning bosimingiz xususiyatlariga muvofiq kerakli damlash darajasini mustaqil ravishda aniqlaydi
• 13,5-21,5 sm li manjet
• 90 ta o‘lchov uchun xotira
• O‘rtacha bosimni avtomatik hisoblash
• Aritmiya indikatori
• Foydalanish qulayligi uchun qurilmadagi va manjetdagi matnlar rus tilida yozilgan.
• Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) shkalasi bo‘yicha bosim diagnostikasi
• Uch satrli displey
• Intellitronics tonometrini intellektual boshqarish tizimi Sizning bosimingiz xususiyatlariga muvofiq kerakli damlash darajasini mustaqil ravishda aniqlaydi.
• Ikki foydalanuvchiga 60 ta o‘lchov uchun xotira

• o‘lchov paytida qo‘lni to‘g‘ri holatining ko‘rsatkichi
• Foydalanish qulayligi uchun qurilmadagi va manjetdagi matnlar rus tilida yozilgan
• To‘rt satrli displey
• Taqvim va soat
XAVFSIZLIK CHORALARI
UB raqamli seriyasi qon bosimi va yurak urish tezligi ko‘rsatkichini o‘lchash qurilmasi tibbiy asbob bo‘lib, uni ishlatishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish kerak.
• Hech qanday o‘zgarishlar yoki modernizatsiyalarga yo‘l qo‘ymang. Bu qurilmaning noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin.
• Qurilma tushib ketishi yoki zarba tegishiga yo‘l qo‘ymang. Bu unga zarar yetkazishi mumkin.
• Ushbu qurilmani televizorlar, mikroto‘lqinli pechlar, uyali telefonlar, rentgen nurlantiruvchilari yoki kuchli elektromagnit maydonga ega boshqa qurilmalar yonida ishlatmang. O‘lchov natijalari yanglish bo‘lishi mumkin. Shuning uchun o‘lchash vaqtida bunday qurilmalardan kamida 3,3 m masofani saqlash kerak.
• Qurilmani yuqori harorat manbalariga yaqin joyda ishlatmang yoki joylashtirmang. Qurilmani uzoq vaqt davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ostida qoldirmang, chunki bu korpusning deformatsiyalanishiga olib kelishi mumkin.
• Agar qurilma uzoq vaqt ishlatilmaydigan bo‘lsa, elektrolitlar oqishining oldini olish uchun ta'minot elementlarni chiqarib oling.
• Qurilmaning shikastlanish xavfini kamaytirish uchun uni namlik ta'sirida qoldirmang.
• Qon bosimini tez-tez o‘lchash qon oqimidagi interferentsiyalar tufayli og‘riq hissini keltirib chiqarishi mumkin. Qurilmaning ishlashi takroriy o‘lchashlar tufayli uzoq vaqt davomida qon aylanishini to‘xtatib qo‘ymayotganligiga ishonch hosil qiling.
• Yoqilgan qurilmani qarovsiz qoldirmang.
• Homilador ayollarda klinik tekshiruvlar o‘tkazilmagan. Homiladorlik vaqtida qurilmadan foydalanmang.
• Agar sizda ilgari mastektomiya o‘tkazilgan bo‘lsa, iltimos, qurilmadan foydalanishdan avval shifokoringizga murojaat qiling.
• Bolalarga qurilmadan o‘zlari foydalanishiga yo‘l qo‘ymang va qurilmani bolalar olishi mumkin bo‘lgan joyda qoldirmang.
• Bir vaqtning o‘zida ta'minot elementlariga va bemorgategmang.
• Ayrim komponentlarning nosozlik holatlarida, manjet karkasi qizib ketishi va noto‘g‘ri ishlashga olib kelishi mumkin.
• Qurilmada o‘zingiz ta'mirlashingiz mumkin bo‘lgan qismlar mavjud emas. Qurilmani qismlarga ajratmang. Hech qachon nosoz qurilmani ishlatmang, agar biron bir nosozlik aniqlansa, «EY end DI RUS» xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
• Qurilmaga faqat to‘plamga kiritilgan yoki ishlab chiqaruvchi ushbu qurilmalar uchun maxsus taklif qilingan butlovchilardan foydalaning.
• Qurilmaning asosiy bloki suv o‘tkazmaydigan emas. Asosiy blokga suyuqlik tushishiga yo‘l qo‘ymang, qurilmani suvga botirmang.
• Qurilmani gaz, kislorodning ochiq manbalari yoki aerozolli purkagichlar ishlatilgan joyda ishlatmang.
• Bolalar va imkoniyati cheklangan kishilarning qurilmadan mustaqil ravishda foydalanishlariga yo‘l qo‘ymang.
• Qurilmadan shifokor ko‘rsatmalariga muvofiq va foydalanish qo‘llanmasiga (ko‘rsatmalariga) amal qilgan holda foydalaning.
• Agar qurilma buzilgan bo‘lsa, uni ishlatmang. Agar qurilmadan foydalanganda nosozlik yoki sog‘lig‘ingiz yomonlashganini aniqlasangiz, uni darhol o‘chirib qo‘ying.
• Avtotransport vositasi harakatlanayotganda qurilmadan foydalanmang.
• Ta'minot elementlari o‘rnatishda, albatta, qutblarini to‘g‘ri joylashtiring.
• Yangi va eski ta'minot elementlarini birgalikda ishlatmang.
• Qurilmani bilakda boshqa tibbiy jihozlar biriktirilgan taqdirda, ular bilan birga ishlatmang. Bu qurilmaning to‘g‘ri ishlashiga xalaqit berishi mumkin.
• Qo‘lida qon aylanishi yetarli bo‘lmagan odamlar tibbiy muammolarga duch kelmaslik uchun qurilmadan foydalanishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.
TIBBIY ASBOBNING ISHLASHI VA ULARNING XUSUSIYATLARIGA ASOSLANGAN TAMOYILLARNING TAVSIFI
UB seriyasi qurilmalarining ishlash printsipi siquvchi manjetdagi havo bosimi pasayganda bemorning yurak urishi to‘lqini signalining parametrlarini dasturiy tahliliga asoslanadi. Pulsning tezligi sistolik bosimni aniqlash vaqtidan diastolik bosimni aniqlash vaqtigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida manjetdagi havo bosimining pulsatsiyalanish chastotasi bilan belgilanadi. Qon bosimi va yurak urish tezligini o‘lchash avtomatik ravishda amalga oshiriladi, o‘lchov natijalari qurilmaning displeyida raqamli shaklda namoyon bo‘ladi.
UB seriyasi qurilmalarida havo bosimi kompressor yordamida avtomatik ravishda manjetga kiritiladi va manjetdan tashqariga chiqariladi.
UB seriyali qurilmalar asosiy blok va siquvchi manjetdan iborat. Siquvchi manjet - bu bilakka mahkamlash uchun ilgakka ega pnevmatik kameradir. Asosiy blokning old panelida suyuq kristalli raqamli displey ekrani, yoqish/o‘chirish tugmasi joylashgan. Suyuq kristalli raqamli displeyda o‘lchov natijalari (sistolik, diastolik qon bosimi va yurak urish tezligining ketma-ket indikatsiyasi); xizmat ma'lumotlari (manjet bosimining joriy qiymati, o‘lchovdagi xato haqidagi xabar, ta'minot elementining quvvat darajasi belgisi va boshqalar) ko‘rsatiladi
TEXNIK XUSUSIYaTLARI
O‘lchash usuliOstsillometrik
Qon bosimini o‘lchash diapazoni, mm, simob ustuni 20 dan
280 gacha
Manjetdagi havo bosimini o‘lchashda ruxsat etilgan mutlaq xatolik chegaralari, mm simob ustuni. ±3
Yurak urishi tezligini o‘lchash diapazoni, yurak urishi soni/daq 40 dan 200 gacha
Yurak urishi tezligini o‘lchashda ruxsat etilgan nisbiy xatolik chegaralari, % ± 5
Quvvatlanish manbai AAA elementi, kuchlanish 3 V (2 x 1,5 V)
Ta'minot manbaining xizmat muddati Yangi ishqorli ta'minot elementlari +10°C dan +40°C gacha bo‘lgan haroratda 300 ga yaqin o‘lchash uchun yetarli
Ovoz signalining balandligi, dBA, ko‘pi bilan 40
Asosiy blok og‘irligi (ta'minot elementisiz, manjet bilan), g, ± 10%UB-201 82,0
102,0
104,0
Asosiy blokning gabarit o‘lchamlari (manjet bilan, KxBxG), mm, ± 10%UB-201 62,5x56x70
64x68x72
55,5x87,5x72
Manjetning bilakni qamrash uzunligi, sm 13,5 dan 21,5 gacha
Manjetning og‘irligi (ta'minot elementlarisiz qurilmada), g, ± 10%UB-201 82,0
102,0
104,0
Manjetning umumiy o‘lchamlari± 10% UB-201 300x59
300x70
315x59
G‘ilofning gabarit o‘lchamlari(KxBxG), mm, ±10%
80x80x76
69x93x79
G‘ilof og‘irligi, g, ±10%
53
65
Xotira, makc UB-201 30 ta o‘lchash
90 ta o‘lchash
2 ta yacheyka x 60 ta o‘lchash
Shartlari foydalanishda saqlashda
Harorat +10°S dan +40°C gacha –20°S dan +60°C gacha
Namlik 85% dan ko‘p emas 95% dan ko‘p emas
Bosim 70 kPa dan 106 kPa gacha 70 kPa dan 106 kPa gacha
Elektr xavfsizligi Elektr toki urishidan himoya qilish turi - BF turi
Ichki quvvat manbaiga ega mahsulot.
Tasniflash O‘zDSt R MEK 60601-1-2010 bo‘yicha elektr xavfsizligi sinfi ichki quvvat manbaili tibbiy asbob.
Yuqori kislorod tarkibli muhitda foydalanish uchun yaroqliligi qo‘llash mumkin emas, mahsulot yuqori kislorod tarkibli muhitda foydalanish uchun mo‘ljallanmagan. Ishlash tartibi davomli ish rejimi. O‘zDSt R YeK 60601-1-2010 ga muvofiq ishchi qism turi BF turi.
Ichki quvvat manbaili mahsulot. O‘zDSt 14254-2015 IP20 fa muvofiq qobiq bilan ta'minlanadigan himoya darajasi
Modelь Dasturiy ta'minot versiyasi va sanasi
Xavfsizlik sinfi
UB-201
WW4-F/2007.05 2017 yil maydan
WW7-D 2013/12 2013yil dekabrdan
A07770401003 2017 yil avgustdan B B B
A&D Company Ltd., 3-23-14, Higashi-Ikebukuro, Toshima-ku, Tokyo, 170-0013, Japan/EY end DI Kompani Limited, 3-23-14, Xigashi-Ikebukuro, Toshima-ku, Tokio, 170-0013, Yaponiya

UB-202
,
UB-505

Ishlab chiqaruvchi