Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Azilab susp. 100 mg /5 ml kardamon ta'mli 15 ml
Azilab susp. 100 mg /5 ml kardamon ta'mli 15 ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Азитромицин
Страна производитель
Индия
Дозировка
100 мг/5 мл
Производитель
Laborate Pharmaceuticals India Ltd, Mediwin
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Суспензия для приема внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Azilab®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) azitromitsin
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun suspenziya, 100 mg/5 ml.
Tarkibi
1 flakon quyidagilarni saqlaydi
faol modda azitromitsin (azitromitsin digidrati ko‘rinishida) – 100 mg;
yordamchi moddalar qalampir yalpiz aromatizatori, glitserin, sorbitol 70%, sariq quyosh shafaqi bo‘yovchisi, kardamon aromatizator, Neotam shirin ta'm beruvchi, natriy saxarinati, doshion, kansan kamedi, bronopol, metil gidroksibenzoati, propil gidroksibenzoati, suvsiz kolloid kremniy, mentol, saxaroza, tozalangan suv
Ta'rifi to‘q sariq rangli kardamon ta'mli suspenziya. Kardamon ta'mli.
Farmakoterapevtik guruhi
antibiotik (makrolidlar guruhi).
ATX kodi J01FA10
Farmakologik hususiyatlari
Azitromitsin keng ta'sir doirasiga ega antibiotik bo‘lib, makrolid antibiotiklarini yangi kichik guruhi – azalidlarning birinchi vakili hisoblanadi. Bakteriostatik ta'sirga ega, biroq yallig‘lanish o‘chog‘ida yuqori kontsentratsiyalarni hosil qilganida bakteritsid samara chaqiradi. Azitromitsin sezuvchan mikroorganizmlarda oqsillar sintezini susaytirib, grammusbat, grammanfiy, anaerob, hujayra ichidagi va boshqa mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlariga nisbatan faollik namoyon qiladi
Mycoplasma pneumoniae, Haemophilus ducreyi, Moraxella catarrhalis, Propionibacterium acnes, Gardnerella vaginalis, Actinomyces species, Bordetella pertussis, Borrelia burgdorferi, Mobiluncus species.
Haemophilus influenzae, Streptococcus pyogenes, Haemophilus parainfluenzae, Streptococcus pneumoniae, Legionella pneumophila, Streptococcus agalactiae, Neisseria meningitides, Streptococcus viridans, Neisseria gonorrhoeae, Streptococcus group C, F, G, Helicobacter pylori, Peptococcus species, Campylobacter jejuni, Peptostreptococcus, Pasteurella multocida, Fusobacterium necrophorum, Pasteurella haemolytica, Clostridium perfringens, Brucella melitensis, Bacteroides bivius, Bordetella parapertussis, Chlamydia trachomatis, Vibrio cholerae, Chlamydia pneumoniae, Vibrio parahaemolyticus, Ureaplasma urealyticum, Plesiomonas shigelloides, Listeria monocytogenes, Staphylococcus epidermidis, Staphylococcus aureus (*eritromitsinga – sezgir shtammlari);
Escherichia coli, Bacteroides fragilis, Salmonella enteritidis, Bacteroides oralis, Salmonella typhi, Clostridium difficile, Shigella sonnei, Eubacterium lentum, Yersinia enterocolitica, Fusobacterium nucleatum, Acinetobacter calcoaceticus, Aeromonas hydrophilia.
Farmakokinetikasi
Azitromitsin og‘iz orqali qabul qilinganida tez so‘riladi, bu uning kislotali muhitga chidamliligi va lipofilligi bilan ifodalanadi. Ichga bir marta qabul qilgandan so‘ng azitromitsinning 37% so‘riladi, va plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasi (0,41 μg/ml) 2-3 soatdan keyin qayd etiladi. Vd taxminan 31 l/kg ni tashkil qiladi. Azitromitsin nafas yo‘llari, urogenital tizimning to‘qimalari va a'zolari, prostata bezi, teri va yumshoq to‘qimalarga yaxshi o‘tadi va to‘qimani turiga qarab 1 dan 9 μg/ml ga yetadi. To‘qimalardagi yuqori kontsentratsiyasi (plazmadagi kontsentratsiyasiga nisbatan 50 marta yuqori) va davomli yarim parchalanish davri azitromitsinni plazma oqsillari bilan kam bog‘lanishi, shuningdek uni eukariotik hujayralarga o‘tishi va lizosomaning atrofidagi rN past bo‘lgan muhitda to‘planish xususiyati bilan ifodalanadi. Azitromitsinni lizosomalarda to‘planish xususiyati hujayra ichidagi qo‘zg‘atuvchilarni eliminatsiyasi uchun juda muhim. Fagotsitlar azitromitsinni infektsiya joylashgan joyga yetkazadilar, u yerda u fagotsitoz jarayonida ajralib chiqadi. Ammo fagotsitlardagi yuqori kontsentratsiyasiga qaramasdan, azitromitsin ularning faoliyatlariga ta'sir ko‘rsatmaydi. Terapevtik kontsentratsiyasi oxirgi dozasini ichga qabul qilgandan so‘ng 5-7 kun saqlanadi. Azitromitsinni qabul qilganda jigar fermentlarining faolligi tranzitor oshishi mumkin. Plazmadan dozasining yarmini chiqarilishi to‘qimalardagi dozasining yarmini 2-4 kun davomida kamayishini aks ettiradi. Preparatni 8 soatdan 24 soatgacha intervalda qabul qilgandan so‘ng yarim parchalanish davri 14-20 soatni tashkil qiladi, preparatni 24 soatdan 72 soatgacha intervalda qabul qilgandan so‘ng esa 41 soatni tashkil qiladi, bu Azilab®ni sutkada 1 marta qabul qilish imkonini beradi. Asosiy chiqarilish yo‘li – safro orqali. Taxminan 50% o‘zgarmagan holda, qolgan 50% 10 ta faol bo‘lmagan metabolitlari shaklida chiqariladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 6% buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari (bakterial faringit/tonzillit, sinusit, o‘rta otit)
quyi nafas yo‘llarining infektsiyalari (bakterial bronxit, interstitsial va alveolyar pnevmoniya, surunkali bronxitni zo‘rayishi)
teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (surunkali migratsiyalanuvchi eritema – Laym kasalligini boshlang‘ich bosqichi, saramas, impetigo, ikkilamchi piodermatozlar)
me'da va o‘n ikki barmoqli ichakning Helicobacter pylori chaqirgan infektsiyalari
urogenital yo‘llarining infektsiyalari (gonoreyali va gonoreyali bo‘lmagan uretrit va/yoki servitsit) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Azilab® peroral suspenziya holida sutkada 1 marta ovqatdan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin o‘lchov qoshig‘i yoki o‘lchov shpritsi yordamida qabul qilinadi.
Yuqori va quyi nafas yo‘llarining infektsiyalari, teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (surunkali migratsiyalanuvchi eritemadan tashqari)
Bir kurs dozasi 30 mg/kg tashkil qiladi.
Davolashni ikkita sxemasi qo‘llanadi
1)tana vazniga 10 mg/kg kuniga bir marta 3 kun davomida;
2)birinchi kunida tana vazniga 10 mg/kg va 2-kundan 5-kungacha tana vazniga 5 mg/kg.
Preparat bolalarga tana vaznidan kelib chiqib buyuriladi
Tana vazniAzilab peroral suspenziya tayyorlash uchun kukun
100 mg/5 ml
5 kg2,5 ml (50 mg)
6 kg3 ml (60 mg)
7 kg3,5 ml (70 mg)
8 kg4 ml (80 mg)
9 kg4,5 ml (90 mg)
10-14 kg5 ml (100 mg)
Tana vazni 14 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga uzoq ta'sir qiluvchi suspenziya shaklini buyurish tavsiya etiladi.
Surunkali migratsiyalanuvchi eritema
Preparatning bir kurs dozasi 60 mg/kg tashkil qiladi 1-kunida 20 mg/kg dan va keyingi 2 dan 5-kungacha 10 mg/kg dan bir marta qabul qilinadi.
Me'da va o‘n ikki barmoqli ichakni Helicobacter pylori chaqirgan kasalliklari
Tana vazniga 20 mg/kg kuniga bir marta antisekretor vositalar va boshqa dori preparatlari bilan birga buyuriladi.
Preparatning dozasi o‘tkazib yuborilgan holda, uni darhol qabul qilish kerak, so‘ngra esa navbatdagi dozalari 24 soat interval bilan qabul qilinadi.
Qabul qilishdan oldin flakonning ichidagisi bir xil suspenziya hosil bo‘lgunicha yaxshilab chayqatiladi. Suspenziyani bevosita qabul qilgandan so‘ng og‘iz bo‘shlig‘ida qolgan suspenziyaning miqdorini yuvish va yutish uchun bolaga bir necha qultum suyuqlik beriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
qusish, diareya, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, meteorizm, qabziyat;
qonda jigar aminotransferazalari, bilirubin, eozonofillarning miqdorini tranzitor oshishi. Ko‘rsatkichlar davolash tugaganidan so‘ng 2-3 haftadan keyin normaga qaytadi;
xolestatik sariqlik, gepatit;
o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (qizarish, teri toshmasi, qichishish, angionevrotik shish, yorug‘likka sezuvchanlik).
Juda kam hollarda
ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz;
toliqish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ta'm va hid bilishni buzilishi, paresteziyalar, xushdan ketish, bezovtalik, asabiylik, uyqusizlik;
yurakni tez urishi, aritmiyalar;
artralgiya, interstitsial nefrit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-makrolid antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik;
-jigar va buyraklar faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlarida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antatsidlar Azilab® suspenziyasini so‘rilishini ahamiyatli darajada kamaytiradilar, shuning uchun preparatni bu preparatlarni qabul qilishdan bir soat oldin yoki ikki soat keyin qabul qilish kerak. Makrolid antibiotiklar digoksin, siklosporin, astemizol, triazolam, midazolam yoki alfentanil bilan o‘zaro ta'sir qiladi. Bu preparatlar bir vaqtda qabul qilinganida sinchkovlik bilan kuzatish tavsiya etiladi.
Azitromitsin sitoxrom R-450 bilan bog‘lanmaydi va shuning uchun teofillin, terfenadin, varfarin, karbamazepin, metilprednizolon va simetidin bilan o‘zaro ta'sir qilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Azilab® 100 mg/5 ml suspenziyasi bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Preparatni qo‘llash davomiyligi yo‘riqnomada ko‘rsatilgan muddatdan oshmasligi kerak. Azilab® preparatini jigar faoliyati buzilgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Azilab®ning dozasini oshirib yuborilishi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q. Makrolid antibiotiklarining dozalarini oshirib yuborilishi eshitishni vaqtinchalik yo‘qolishi, og‘ir darajadagi ko‘ngil aynishi, qusish va diareya bilan namoyon bo‘ladi. Bunday holatda qusishni chaqirish va zudlik bilan simptomatik davolash kerak.
Chiqarilish shakli
15 ml suspenziya RET jigarrang flakonda. 1 flakon o‘lchov qalpoqchasi bilan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
24 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
"Laborate Pharmaceuticals India Ltd", Hindiston.
Manzili
RAJBAN ROAD, PAONTA SAHIB H.O. E-11, INDL. AREA, PANIPAT-132103
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.