Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Xlorofillipt spirtli eritma 1% 100ml (VIFITEX)
Xlorofillipt spirtli eritma 1% 100ml (VIFITEX)
Nomi | Narx | |||||
Хлорофиллипт р-р спирт 1% 100мл (ВИФИТЕХ (041223##1998) |
UZS 17 300
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Хлорофиллипт р-р спирт 1% 100мл (ВИФИТЕХ (011223##2022) |
UZS 17 300
Stokda yetarli (10)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Хлорофиллипта экстракта густого
Страна производитель
Россия
Дозировка
1% 100мл
Производитель
ВИФИТЕХ,ЗАО,Россия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Xlorofillipt®
Dori shakli
ichga qabul qilish va maxalliy qo‘llash uchun spirtli eritma
Tarkibi
Eritmaning 1000 ml tarkibi
Faol modda
Xlorofilliptning antibakterial faolilikka
ega bo‘lgan quyuq ekstrakti- 10 g
1 ml muxitga 12,5 mkg kontsentratsiyada
Yordamchi moddalar
etil spirti 95% (etanol)- 1000 ml gacha
Ta'rifi Yashil rangli o‘ziga xos xidli tiniq suyuqlik. Saqlash jarayonida opalestsentsiya yoki cho‘kma paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
O‘simliklardan olinadigan mikroblarga qarshi vosita.
ATX kodi [D06BX]
Farmakologik xususiyatlari
Xlorofillipt - evkalipt barglaridan olinadigan xlorofillarning aralashmasi. Preparat antibakterial (bakteriostatistik va bakteritsid) ta'sirga ega, ayniqsa stafilokokklarga nisbatan, shu jumladan kislotaga chidamli shtammlariga nisbatan antibakterial ta'sirga ega. Yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Stafilokokklar, shu jumladan antibiotiklarga chidamli shtammlari chaqirgan infektsion-yallig‘lanish kasalliklar; kuyishlar, qo‘l-oyoqlarning uzoq vaqt bitmayotgan jaroxatlari va trofik yaralari; bachadon bo‘yni eroziyasi; operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish uchun, shuningdek stafilokokk tashuvchilikda ichakning sanatsiyasi uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga va maxalliy buyuriladi.
Kattalarda ichga qo‘llanganida 5 ml xlorofillipt 30 ml suvda suyultiriladi. Stafilokokk tashuvchilikda ichakning sanatsiyasi uchun va operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish uchun preparat kuniga 3 marta ovqatdan 40 minut oldin xar kuni 2-3 xafta davomida buyuriladi. Ichakning sanatsiyasida preparat shuningdek klizmada - 20 ml 1% li spirtli eritma 1 l suvda suyultirilib (1 klizma uchun doza) yuboriladi. Xlorofillipt bilan klizma xar 2 kunda qilinadi. Davolash kursi 10 muolajadan iborat.
Maxalliy qo‘llanganda (kuyishlar, qo‘l-oyoqlarning uzoq vaqt bitmayotgan jaroxatlari va trofik yaralari) xlorofilliptning spirtli 1% li eritmasi novokainning 0,25% li eritmasida 15 nisbatida suyultiriladi va eritma shimdirilgan doka bog‘lovlar ko‘rinishida ishlatiladi. Davolash kursi - 2-3 xafta.
Bachadon bo‘yni eroziyasini davolashda qinning va bachadon bo‘ynining qin qismining shilliq qavatini barcha burmalari oldindan tamponlar bilan quritiladi va bachadon bo‘yni kanaliga 110 nisbatida suyultirilgan spirtli xlorofillipt eritmasi surkaladi.
Muolaja xar kuni 10 kun davomida o‘tkaziladi, shundan keyin 2 xafta davomida bemor preparatning eritmasi bilan (1 osh qoshiq xlorofilliptning 1% li spirtli eritmasi 1 l suvda) purkab yuvish kerak. Eroziyaning epitelizatsiyasi to‘liq bo‘lmagan xolda, davolash kursini takrorlash kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Ichga qo‘llanganida - 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Jarohatda vodorod peroksidining qoldiqlari bo‘lganida xlorofillipt cho‘kmaga tushishini xisobga olish kerak. Shuning uchun jaroxat vodorod peroksidi bilan yuvilganidan keyin uning qoldiqlari natriy xloridining steril izotonik eritmasi bilan yo‘qotilishi kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tanlangan qo‘llash usulidan qat'iy nazar, xlorofilliptga sezuvchanlik aniqlanadi, buning uchun bemor 1 osh qoshiqda eritilgan 25 tomchi preparatni ichadi. 6-8 soatdan keyin allergiyaning belgilari (lablar, xalqum shilliq qavati va boshq. shishi) bo‘lmaganida preparatni qo‘llash mumkin.
Maxalliy qo‘llanganida (kuyishlar, qo‘l-oyoqlarning uzoq vaqt bitmayotgan jaroxatlari va trofik yaralari, bachadon bo‘yni eroziyasi) muolajalarni navbatma-navbat xlorofilliptning 2% li moyli eritmasini qo‘llash bilan o‘tkazish mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Maxsus o‘tkazilgan eksperimental tadqiqot natijalari, xlorofilliptni zaxarli emasligini va teratogen va embriotoksik xususiyatlarga ega emasligini ko‘rsatgan. Xomiladorlik va laktatsiya davrida, foyda va zarar nisbatini baxolab preparatni qo‘llash mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Nojo‘ya ta'sirlari kuchayishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Ichgaqabul qilish va maxalliy qo‘llash uchun 1% li spirtli eritma. 25, 50, 100 ml dan zarg‘aldoq shisha flakonlarda yoki 100 ml dan polietilentereftalat flakonlarda. Xar bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 20oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«VIFITEX» YOAJ
Manzili 142279, Moskva viloyati, Serpuxovskiy r-n, p. Obolensk, GNTS PM.
Tel.faks (495) 716-16-36, 716-15-90, 716-15-81.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.