Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Dekasan eritmasi 0,2mg/ml 2ml №10
Dekasan eritmasi 0,2mg/ml 2ml №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Декаметоксин
Страна производитель
Украина
Дозировка
0,2 мг/мл
Производитель
ООО "Юрия Фарм", Украина
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Раствор
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Dekasan®
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) dekametoksin
Dori shakli
eritma
Tarkibi
1 ml eritma saqlaydi 0,2 mg dekametoksin;
yordamchi moddalar natriy xloridi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
antiseptik va dezinfektsiyalovchi vositalar.
ATX kodi D08A.
Farmakologik xususiyatlari
Dekasan® mikrob hujayrasining sitoplazmatik membranasida (TSPM) to‘planadi va membrana lipidlarining fosfatid guruhlari bilan birikadi, mikroorganizmlarning SPM ni buzib, mikroblarga qarshi, zamburug‘larga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Dekametoksin stafilokokklar, streptokokklar, difteriya va ko‘k yiring tayyoqchasi xamda kapsulali bakteriyalarga nisbatan yaqqol bakteritsid ta'sirga, achitqilarga, achitqisimon zamburug‘larga, epidermofitiya, trixofitiya, mikrosporiya, eritrazma qo‘zg‘atuvchilariga, mog‘or zamburug‘larining ayrim turlariga (asperigillar, penitsillinlar) nisbatan fungitsid ta'sirga, trixomonadalar, lyambliyalarga nisbatan protistotsid, viruslarga nisbatan virusotsid ta'sirga ega. Antibiotiklarning ta'siriga chidamli mikroorganizmlarga nisbatan yuqori faol. Uzoq muddat qo‘llanganida mikroorganizmlarning dekametoksinga chidamli shakllarini hosil bo‘lishi sekin yuz beradi va preparatning samarali kontsentratsiyalarini oshirmaydi. Bakteriostatik (fungistatik) kontsentratsiyalari uning bakteritsid (fungitsid), virusotsid, protistotsid kontsentratsiyalari bilan o‘xshash. Preparat bilan davolash jarayonida antibiotiklarga rezistent mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligi oshadi.
Preparat shilliq qavatlari, shikastlanmagan teri orqali va jarohat yuzasidan deyarli so‘rilmaydi.
Qo‘llanilishi
Terining yiringli bakterial va zamburug‘li kasalliklari, mikrobli ekzema, yumshoq to‘qimalarning yiringli-yallig‘lanish shikastlanishlari (abstsesslar, karbunkullar, flegmonalar, furunkulalar, yiringli jarohatlar, panaritsiylar); stomatologik kasalliklarni (stomatitlar, yarali-nekrotik gingivit, zo‘rayish bosqichidagi I-II darajali parodontozning distrofik-yallig‘lanish shaklini) davolash.
Shuningdek o‘pka abstsessida, bronxoektatik kasallikda, o‘pkaning yiring bilan asoratlangan kistoz gipoplaziyasida, surunkali bronxitni zo‘rayishi bosqichida, surunkali tonzillitda, anginada, stofilokokklar va difteriya tayyoqchalarini tashuvchanlikda, yarali kolitda, paraproktitda qo‘llanadi.
Ginekologiya amaliyotida - qin shilliq qavatining kandidozini, mikrobli kelib chiqishga ega bo‘lgan genitaliyning yallig‘lanish kasalliklarini davolash, tug‘ruq yo‘llarini tug‘ruqdan oldingi sanatsiyasi, tug‘ruqdan keyingi endometritni davolash uchun qo‘llanadi.
Bemorlarni tekshirish, tibbiy muolajalarni va kichik jarrohlik aralashuvlarini o‘tkazish vaqtida tibbiyot xodimlarining qo‘llarini va rezina qo‘lqoplarni gigiyenik dezinfektsiyasida, metall, rezina, polimer materiallar va shishadan tayyorlangan tibbiy asboblar va diagnostik qurilmalarni sterilizatsiyasidan oldin dezinfektsiya qilishda ishlatiladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Terining yiringli va zamburug‘li shikastlanishlarida, yiringli jarohatlarda eritma yuvish uchun va primochka ko‘rinishida qo‘llanadi. Proktit va yarali kolitni davolash uchun preparatning iliq eritmasini ho‘qna ko‘rinishida 50-100 ml dan sutkada 2 marta, o‘tkir yallig‘lanish belgilari to‘liq yo‘qolgunicha yuboriladi. Surunkali paraproktitda oqmalar 3-4 sutka davomida Dekasan® bilan har kuni yuviladi. Kattalarda qovuqni yuvish uchun dekametoksin eritmasi tozalangan suv bilan oldindan 17 nisbatda suyultirilganidan keyin 500-600 ml dozada qo‘llanadi (davolash kursi 7-20 marta yuvishdan iborat).
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini shikastlanishida 25-50 ml dan applikatsiya yo‘li bilan 10-15 minut davomida, yoki chayish (100-150 ml bilan) yordamida davolanadi. Parodontozni zo‘rayishi bosqichidagi I-II darajali distrofik-yallig‘lanish shaklini patologik cho‘ntaklarni iliq eritma (50-70 ml) bilan yuvish, yoki milkdagi yallig‘lanish holatlari yo‘qolgunicha applikatsiya qilish yo‘li bilan davolanadi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kandidozli shikastlanishi, yarali-nekrotik gingiviti bo‘lgan bemorlarga sutkada 4 marta og‘izni chayish uchun (100-150 ml) 5-10 kun davomida buyuriladi.
Bodomchalar kandidozini, surunkali tonzilitni davolash tanglay osti bodomchalarining lakunalarini yuvish yo‘li bilan o‘tkaziladi (yuvishga 50-75 ml ishlatiladi).
Stafilokokklar, difteriya tayoqchasini tashuvchilarni sanatsiyasi tomoqni chayish, lakunalarni yuvish, burun-halqumni, bodomchalarni yuvish yo‘li orqali o‘tkaziladi. Lakunalar kunora 3-5 marta yuviladi.
O‘pka abstsessida, bronxoektatik kasallikda, o‘pkaning yiring bilan asoratlangan kistoz gipoplaziyasida, zo‘rayish bosqichidagi surunkali bronxitda Dekasan® endobronxial yuboriladi
- mikrotraxeostoma orqali 25-50 ml dan kuniga 1-2 marta, transnazal kateter orqali
5-10 ml dan kuniga 1 marta;
- ultratovush ingalyatsiyasi usuli orqali 5-10 ml dan kuniga 1-2 marta;
- traxeobronxial daraxtni 100 ml hajmda yuvish.
Davolash davomiyligi 2-4 hafta.
Qin shilliq qavatining mikrobli, zamburug‘li va trixomonadali shikastlanishlarini davolash uchun Dekasan® sprintsevaniye ko‘rinishida (38°S isitilgan 50-100 ml preparat kuniga 3 marta) qo‘llanadi. Tug‘ruq yo‘llarini ham tug‘ruqdan oldin bir marta xuddi shunday sanatsiya qilinadi. Tug‘ruqdan keyingi endometritni davolash bachadon bo‘shlig‘ini iliq preparat bilan (150-200 ml) sutkada 2 marta yuvish bilan amalga oshiriladi.
Qo‘llarning terisini va rezina qo‘lqoplarni zararsizlantirish dezinfektsiya qilinishi kerak bo‘lgan oldindan yuvilgan yuzaga 5-10 ml preparatni 5 minut davomida butun yuza bo‘ylab teng taqsimlab surtish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Tozalangan tibbiy asboblar, naychalar va jihozlar 30 minutga eritmaga tushirish yo‘li bilan dezinfektsiya qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Yakka hollarda shaxsiy o‘ta yuqori sezuvchanlik bo‘lishi mumkin. Bunday shaxslarda preparat qo‘llanganidan keyin terida toshmalar, achishish, terini qurishi va qichishishi va boshqa allergik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin, endobronxial yuborilganda esa to‘sh ortida qizish hissi paydo bo‘ladi, u muolaja tugaganidan so‘ng 20-30 minut o‘tgach mustaqil o‘tib ketadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga shaxsiy o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Farmatsevtik dekametoksin kationli sirt taranglik faolligiga ega moddadir, shuning uchun u sovun va boshqa anion birikmalar bilan nomutanosib.
Farmakodinamik dekametoksin antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dekametoksin Dekasan® da qo‘llanadigan kontsentratsiyada toksik ta'sirlarga ega emas. Dekasan® preparatini uzoq muddat qo‘llanishi hech qanday toksik reaktsiyalarni chaqirmaydi. Ishlatishdan oldin preparatni 38°S gacha isitish ta'sir samarasini oshiradi. Yallig‘lanish jarayonlarida va terini ta'sirlanishida preparat 11 yoki 12 nisbatda suyultiriladi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi yuzasidan maxsus ehtiyotkorliklar yo‘q.
Bolalar. Preparatni bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati. Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'siri yuzasidan maxsus ehtiyotkorliklar yo‘q.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
.
So‘rilmasligi sababli dozani oshirib yuborilishi kuzatilmaydi.
Chiqarilish shakli
200 ml, 400 ml dan shisha flakonlarda.
1000 ml dan polimer konteynerlarda.
2 ml dan bir dozali konteynerlarda; 10 konteynerdan o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Yuriya-Farm» MChJ
Ukraina, 18030, Cherkassi sh., Verbovetskiy ko‘ch., 108
Tel./faks 281-01-01.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.