Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Streptotsid tab. 300mg №10 Radiks
Streptotsid tab. 300mg №10 Radiks
Nomi | Narx | |||||
Стрептоцид таб. 300мг №10 Radiks (060523##1629) |
UZS 3 600
Stokda yetarli (45)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Стрептоцид таб. 300мг №10 Radiks (060523##1631) |
UZS 3 600
Stokda yetarli (46)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Стрептоцид таб. 300мг №10 Radiks (060523##1652) |
UZS 3 400
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Стрептоцид таб. 300мг №10 Radiks (060523##1679) |
UZS 3 400
Stokda yetarli (9)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Сульфаниламид
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
300 мг
Производитель
Radiks,НПП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Streptotsid
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Sulfanilamid
Dori shakli
Tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol modda Streptotsid – 300 mg.
Yordamchi moddalar kartoshka kraxmali, kaltsiy stearin kislotasi yoki stearin kislota yoki magniy stearin kislotasi.
Ta'rifi Oq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Antibakterial sintetik vosita (sulfanilamidlar).
ATX kodi J01EB06
Farmakologik xususiyatlari
Keng spektrli mikroblarga qarshi ta'sir doirasiga ega. Patogen kokklarga, ichak tayoqchasiga, shigella, vabo vibrioniga, klostridiyga, kuydirgi chaqiruvchilarga, difteriyaga, kataral pnevmoniyaga, inflyuentsga, o‘latga shuningdek xlamidiyalarga, aktinomitsetlarga, toksoplazmoz chaqiruvchilarga nisbatan aktiv faollikka ega. Bakteriostatik ta'sir qiladi. Ta'sir mexanizmi paraaminobenzoy kislotasiga konkurent antogonistligi va digidropteroasintetaza fermentini susayishiga raqobatli ta'sir qilishi bilan bog‘liq. Bu degidrofoliy kislotasi keyin tetragidrofoliy kislotasi sintezini buzilishi natijasida nuklein kislotalar sintezini buzilishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Me'da-ichak yo‘lidan yaxshi so‘riladi va nisbatan tez chiqariladi. Plazmada maksimal kontsentratsiyaga 2-3 soatdan keyin erishiladi. Plazma albuminlari bilan qisman bog‘lanadi. Gematoentsefalik to‘siqdan, yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi, badanni seroz bo‘shliqlarida yig‘iladi. Plazmada dori kontsentratsiyasini 50% ga pasayishi 8-20 soatdan keyin yuz beradi. Jigarda atsetillashish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Asosan buyrak orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Anginani, saramas yallig‘lanishini, sistitni, piyelitni, enterokolitni davolashda tavsiya qilinadi. Jarohat infektsiyasi, teri va shilliq qavat infektsion kasalliklarini oldini olish va davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, chaynamasdan, yetarli miqdorda suyuqlik ichib (1 stakan) qabul qilinadi.
Kattalarga bir ichishda 0,5-1 g dan kuniga 5-6 marta; jami sutkasiga 3-6 g; 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 0,05-0,1 g. bir ichishda, 2 dan 5 yoshgacha 0,2-0,3 g dan, 6 yoshdan 12 yoshgacha 0,3-0,5 g dan buyuriladi. Kattalar eng yuqori doza uchun bir ichishda – 2 g., sutkada – 7 g buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Bosh og‘rishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, sianoz, allergik reaktsiyalar, leykopeniya, eozinofiliya, trombotsitopeniya, gipoprotrombinemiya, agranulotsitoz, paresteziyalar, taxikardiya holatlari bo‘lishi mumkin. Kam hollarda nevrotoksik reaktsiya, ko‘rish qobiliyatini buzilishi uchrashi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Qon yaratuvchi tizimning kasalliklari, nevrozlar, Bazed kasalligi mavjudligida qo‘llanmaydi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligida, glyukozo-6-fosfatdegidrogenazaning yetishmasligida, homiladorlikning I va II uch oyligida emizish davrida, sulfanilamidlarga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash man etiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Uzoq vaqt davolanganda qon tarkibi ko‘rinishini, buyrak va jigar faoliyatini nazorat qilish tavsiya etiladi. Buyrak faoliyati buzilganda dori ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Davolanish davrida iste'mol qilinadigan suyuqlik hajmini ko‘paytirish lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
0,3 g va 0,5 g dan, tabletkalar 6 yoki 10 donadan kontur uyasiz o‘ralarda.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda caqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“RADIKS” IICHK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100054, Lutfiy ko‘ch, 50.
tel 273-92-31, faks 273-80-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.