Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Immunokta ®, tabl. 500 mg
Immunokta ®, tabl. 500 mg
Nomi | Narx | |||||
Иммунокта®, табл. 500мг, стрип №10х2 (021221##1843##) |
UZS 72 900
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Иммунокта®, табл. 500мг, стрип №10х2 (021221##1854) |
UZS 72 900
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Иммунокта®, табл. 500мг, стрип №10х2 (021221##1947) |
UZS 72 900
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Иммунокта®, табл. 500мг, стрип №10х2 (021221##1977) |
UZS 72 900
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Инозин пранобекс
Страна производитель
Россия
Дозировка
500 мг
Производитель
ООО ВИОКТА
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Immunokta®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) metizoprinol
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 500 mg metizoprinol (inozin pranobeks),
yordamchi moddalar povidon, magniy stearati, makkajo‘xori kraxmali.
Ta'rifi dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli, bir tomonida riskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
viruslarga qarshi vosita.
ATX kodi J05AX05.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Faol modda inozin pranobeks (13 molyar nisbatdagi inozin va 1-dimetilamino-2-propanol bilan 4-atsetamidobenzoy kislotasi tuzining kompleksi) bevosita viruslarga qarshi va immunomodulyatsiyalovchi ta'sir namoyon qiladi. Viruslarga qarshi ta'siri viruslar bilan shikastlangan xujayralarning ribosomalari bilan bog‘lanishi bilan bog‘liq, bu virus i-RNK sintezini sekinlashtiradi (transkriptsiya va translyatsiyani buzilishi) va viruslarning RNK- va DNK-genom replikatsiyasini susayishiga olib keladi. Immunomodulyatsiyalovchi samarasi T-limfotsitlarga ta'siri (tsitokinlar sintezini faollashishi) va makrofaglarning fagotsitar faolligini oshishi bilan bog‘liq. Inozin pranobeks pre-T-limfotsitlar differentsirovkasiga, ularning limfokinlar hosil qilish qobiliyatiga, T-xelperlar va T-supressorlar subpopulyatsiyasilari orasidagi nisbatga (CD4/CD8 immunoregulyator indeks tiklanadi) ta'sir qiladi. Inozin pranobeks limfotsitlar tomonidan interleykin-2 ishlab chiqarilishini oshiradi va limfoid to‘qimalarda bu interleykinlar uchun retseptorlar ekspressiyasiga yordam beradi; makrofaglarning fagotsitar faolligini rag‘batlantiradi, davolashning birinchi kunidanoq organizmda antitela ishlab chiqaruvchi xujayralarni oshishiga olib keladi. Shuningdek interleykin-1 sintezi, mikrobitsidlik, membrana retseptorlari ekspressiyasi va limfokinlar va xemotaksik omillarga javob berish qobiliyatini rag‘batlantiradi. Gerpetik infektsiyada inozin pranobeksni qo‘llash gerpesga qarshi spetsifik antitelalarni hosil bo‘lishini tezlashishi, klinik ko‘rinishlarning yaqqolligi va qaytalanishlar tez-tezligini kamayishiga olib keladi. Stenokardiyasi va surunkali qon aylanishini yetishmovchiligi bo‘lgan keksa patsiyentlarda qo‘llash mumkin.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi. Ichga qabul qilingandan keyin me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Ovqat qabul qilish inozin pranobeksni so‘rilishiga va uning qondagi farmakokinetikasi proportsionalligiga ta'sir qilmaydi. Qon plazmasidagi faol moddaning (inozin pranobeks) Cmax 1-2 soatdan keyin aniqlanadi. Farmakologik ta'siri taxminan 30 minutdan keyin namoyon bo‘ladi va 6 soatgacha davom etadi.
Metabolizmi. Tez metabolizmga uchraydi. Faol komponent inozin pranobeks ayrim hollarda qon zardobida darajasi oshishi mumkin bo‘lgan siydik kislotasini hosil bo‘lishi bilan endogen purin nukleotidlariga o‘xshab metabolizmga uchraydi. Buning natijasida siydik chiqarish yo‘llarida siydik kislotasi kristallari hosil bo‘lishi mumkin. Ta'sir etuvchi moddaning yordamchi komponentlari oksidlangan va glyukuron hosilalarigacha (N-N-dimetilamino-2-propranolon N-oksidgacha, paraatsetamidobenzoat esa – o-atsilglyukuronidgacha) metabolizmga uchraydi. Organizmda kumulyatsion samarasi aniqlanmagan.
Chiqarilishi. Inozin pranobeksning yarim chiqarilish davri (T1/2) 50 minutni tashkil etadi. Ta'sir etuvchi moddaning faol va yordamchi komponentlari o‘zgarmagan ko‘rinishda va metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Faol komponent va uning metabolitlarining organizmdan chiqarilishi 24-48 soat davomida amalga oshadi.
Qo‘llanilishi
-I tip yoki IItip oddiy gerpes virusi chaqirgan teri va shilliq qavatlar infektsiyalari (oddiy gerpes), shuningdek Varicella zoster virusi chaqirgan kasalliklar (suvchechak va o‘rab oluvchi temiratki).
-Anogenital soha papillomovirus infektsiyalari, o‘tkir uchli kondiloma, kimyoviy, SO2-lazerli, krio va elektrokoagulyatsion destruktsiya bilan davolashga qo‘shimcha sifatida.
-Nimo‘tkir sklerozlovchi panentsefalit.
-Gripp va boshqa O‘RK davolash.
-Immun tizimi susaygan patsiyentlarda virusli infektsiyalar chaqirgan immuntanqisligi holatlarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Immunokta® sutkada 3-4 marta teng vaqt oralig‘ida ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan ichga qabul qilinadi. Zarurati bo‘lganida tabletkani chaynash mumkin. Aspiratsiya xavfi tufayli, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Immunokta® tabletkasini qo‘llashdan oldin maydalash va/yoki ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlikda eritish kerak. Davolash davomiyligi kasallikning xarakteri, og‘irlik darajasi, qaytalanishlar tez-tezligi va boshqalarga bog‘liq. Davolash kursi o‘rtacha 5-14 kunni tashkil etadi. Zarurati bo‘lganida 7-10 kunlik tanaffusdan keyin davolash kursini takrorlash mumkin. Tanaffuslar va samarani bir maromda saqlab turuvchi dozada davolash 1 oydan 6 oygacha davom etishi mumkin.
Preparatning tavsiya etilgan dozalari va qo‘llash sxemalari
-Labial gerpes, suvchechak va o‘rab oluvchi temiratkikattalar – 2 tabletkadan sutkada 3-4 marta; bolalar – 50 mg/kg hisobi bilan sutkalik doza 3-4 marta qabul qilishda 10-14 kun davomida (simptomlar yo‘qolguncha) buyuriladi.
-Genital gerpes o‘tkir davrda 2 tabletkadan sutkada 3 marta 5-6 kun davomida; remissiya davrida samarani bir maromda ushlab turuvchi doa – 2 tabletkadan (1000 mg) sutkada 1 marta – 6 oygacha buyuriladi.
-Odam papillomavirusi chaqirgan infektsiyalar 2 tabletkadan sutkada 3 marta, davolash kursi – 14-28 kun; krioterapiya yoki SO2-lazerli davolash bilan birga – 2 tabletkadan sutkada 3 marta 5 kun davomida, 1 oy interval bilan 3 kurs buyuriladi.
-Nimo‘tkir sklerozlovchi panentsefalit 50-100 mg/kg hisobidan sutkalik doza 6 marta qabul qilishda (har 4 soatda) 8-10 kun davomida; 8-kunlik tanaffusdan keyin yengil kechishida qo‘shimcha yana 1-3 kurs, og‘ir kechishida – 9 kursgacha buyuriladi.
-Gripp, paragripp, o‘tkir respirator virusli infektsiyalar kattalar – 2 tabletkadan sutkada 3-4 marta; bolalar – sutkalik doza tana vazniga 50 mg/kg hisobidan 3-4 marta qabul qilishda 5-7 kun davomida, zarurati bo‘lganida davolashni davom ettirish yoki 7-8 kundan keyin takrorlash kerak. O‘tkir respirator virusli infektsiyalari eng yuqori samaradorlikka erishish uchun davolashni kasallikning birinchi simptomlari yoki kasallikning birinchi sutkalaridan boshlagan afzal. Odatda preparat simptomlar bartaraf etilgandan keyin yana 1-2 kun qabul qilinadi.
-Immuniteti susaygan patsiyentlar (majmuaviy davolash) kattalar – 2 tabletkadan sutkada 3-4 marta, davolash kursi 2 haftadan 3 oygacha; bolalar – 50 mg/kg hisobidan sutkalik doza 3-4 marta qabul qilishda 21 kun davomida (yoki xuddi shunday tanaffuslar bilan 7-10 kunlik 3 kurs) buyuriladi.
Immuntanqisligi holatlarini muvofiqlashtirishda davolash kursi davomiyligi 3 haftadan 9 haftagachani tashkil etishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya reaktsiyalar tez-tezligini aniqlash tez-tez (≥1% va <10%), ba'zida (≥0,1% va <1%).
Immunokta® hatto uzoq vaqt qo‘llanilganida ham yaxshi o‘zlashtiriladi. Ko‘pincha inozin pranobeks metabolizmi chaqirgan qon zardobida va siydikda siydik kislotasining kontsentratsiyasini qisqa muddatli ahamiyatsiz oshishi kuzatiladi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan tez-tez – ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriyda og‘riq, transaminazalar va ishqoriy fosfotaza faolligini vaqtincha oshishi.
Dermatologik reaktsiyalar tez-tez – qichishish.
Markaziy nerv tizimi tomonidan tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik; ba'zida – uyquchanlik, uyqusizlik.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan ba'zida – poliuriya.
Suyak-mushak tizimi tomonidan tez-tez – bo‘g‘imlarda og‘riq.
Moddalar almashinuvi tomonidan tez-tez – podagrani zo‘rayishi, qon plazmasida siydik kislotasi darajasini oshishi.
Yuqorida sanab o‘tilgan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida qabul qilishni to‘xtatish va iloji boricha tezroq shifokorga murojaat etish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-podagra;
-siydik tosh kasalligi;
-III darajadagi og‘ir buyrak yetishmovchiligi;
-aritmiya;
-1 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
-homiladorlik;
-laktatsiya (emizish) davri;
-tayyor dori shaklining komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Immunodepressantlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida Immunokta®ning samaradorligi pasayishi mumkin. Ksantinoksidaza ingibitorlari va urikozurik vositalar (shu jumladan, diuretiklar) Immunokta®ni qabul qilayotgan patsiyentlarda qon zardobida siydik kislotasining darajasini oshishiga olib kelishi xavfiga olib kelishi mumkin.
Inozin pranobeksni zidovudin bilan birga qo‘llash qonda zidovudinning darajasini oshishi va uning yarim chiqarilish davrini uzayishiga olib kelishi mumkin. Bu inozin pranobeks bilan birga qo‘llanilganida zidovudinning pastroq dozalari buyurish va qabul qilish orasidagi intervallarni oshirish imkonini beradi.
Agar patsiyent boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar davolash kasallikning erta bosqichlarida (1-chi sutkada afzal) boshlansa viruslarga qarshi boshqa vositalar kabi Immunokta® o‘tkir virusli kasalliklarda samaraliroq ekanligini yodda tutish kerak. Uni monoterapiyada ham, antibiotiklar, viruslarga qarshi va boshqa etiotrop vositalar bilan majmuaviy davolashda ham qo‘llanadi.
14 kundan ortiq uzluksiz davolaganda qon zardobida va siydikda siydik kislotasining darajasini nazorat qilish, 21 kundan ortiq davolaganda – har oyda jigar va buyrak faoliyatini (transaminazalar faolligi, kreatinin darajasi), periferik qon tarkibini nazorat qilish kerak.
Immunokta®ni qon zardobida va siydikda siydik kislotasining darajasini oshishi mumkinligi tufayli giperurikemiyasi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish mumkin emas. Ushbu toifadagi patsiyentlarda dori vositasini qo‘llash zarurati bo‘lganida organizmda siydik kislotasining darajasini muntazam nazorat qilish kerak. Siydik kislotasi darajasini ahamiyatli oshishi bo‘lgan patsiyentlarda uning darajasini pasaytiruvchi vositalarni bir vaqtda qabul qilish tavsiya etiladi.
O‘tkir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda Immunokta® ning dozasini kamaytirish tavsiya etiladi, chunki inozin pranobeksning metabolizm jarayoni jigarda amalga oshadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan holatlarda preparatlarni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Bolalar. 1 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi.
Keksa yoshdagi patsiyentlar. Keksa yoshdagi patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi, dori vositasi kattalardagidek qo‘llanadi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida Immunokta®ni qo‘llash mumkin emas, chunki ushbu toifadagi patsiyentlarda uning xavfsizligi aniqlanmagan.
Transport vositalarini va boshqa murakkab mexanizmlarni boshqarish qobliyatiga ta'siri
Immunokta®ni qabul qilayotgan patsiyentlar uchun transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish yuzasidan maxsus qarshi ko‘rsatmalar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Inozin pranobeksning dozasini oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar aniqlanmagan. Dozani oshirib yuborilganda me'dani yuvish va simptomatik davolash tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar №10x2 stripda. 2 strip qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
haqida ma'lumot
“Farmtexnologiya” MChJ, 220024, Minsk sh., Korjenevskiy ko‘ch., 22.
Tel./faks +375 17 309 44 88
“Viokta” MChJ, Rossiya buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan
Yuridik manzili 129344, Moskva sh.,
Iskra ko‘ch., 31 uy, 1 korp., 7b ofis.
Telefon (faks) +7 (495) 133-03-40
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.