Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Izo-Mik sprey 1,25 mg / doza 300 doz 15ml
Izo-Mik sprey 1,25 mg / doza 300 doz 15ml
Nomi | Narx | |||||
Изо-Мик спрей 1,25мг/доза 300 доз 15мл (110321##1919) |
UZS 76 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Изо-Мик спрей 1,25мг/доза 300 доз 15мл (110321##2026) |
UZS 76 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Изосорбида динитрат
Страна производитель
Украина
Дозировка
1,25 мг/доза, 300 доз
Производитель
ООО НПФ "Микрохим"
Форма выпуска
Спрей назальный
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Izo-Mik®
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) izosorbid dinitrati
Dori shakli
dozalangan sublingval sprey
Tarkibi
1 flakon quyidagilarni saqlaydi
Faol modda 0,375 g suvli izosorbid dinitrati (100% izosorbid dinitratiga qayta hisoblanganda) (1 doza sprey 1,25 mg izorsorbid dinitratini saqlaydi).
Yordamchi moddalar makrogol-400 (polietilenoksid-400); 96% li etanol.
Ta'rifi tiniq rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
kardiologiyada qo‘llanadigan periferik vazodilatator (antianginal vosita).
ATX kodi C01DA08.
Farmakologik xususiyatlari
Izo-Mik asosan vena qon tomirlariga ta'sir qiluvchi periferik vazodilatatordir (qon tomirlarni kengaytiruvchi vositadir). Preparatning ta'siri yurakka bo‘lgan oldyuklama (periferik venalarni kengayishi va yurakning o‘ng bo‘lmachasiga qonni oqib kelishini kamayishi) va keyingi yuklamani (umumiy periferik qon tomirlar qarshiligini kamayishi) kamayishi, shuningdek yurakning toj tomirlarini bevosita kengaytiruvchi samarasi hisobiga miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini pasayishi bilan bog‘liq. Qon bilan ta'minlanishi pasaygan sohalarda yurakning toj tomirlari bo‘ylab qon oqimini qayta taqsimlanishiga yordam beradi. Preparat qo‘llanganida stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda jismoniy yuklamalarga tolerantlikni oshishi kuzatiladi. Yurak yetishmovchiligida preparat oldyuklamani kamayishi hisobiga miokardga bo‘lgan yuklamani kamayishiga yordam beradi. Kichik qon aylanish doirasida qon bosimini pasaytiradi; Izo-Mik qo‘llanganida stenokardiya xurujlari 2-3 minut davomida bartaraf bo‘ladi, samarasi taxminan 1 soat davom etadi.
Farmakokinetikasi
Og‘iz bo‘shlig‘iga purkalganida preparat tez so‘riladi va 2-5 minutdan keyin gemodinamik va antianginal ta'sirni ko‘rsatishni boshlaydi (ya'ni stenokardiya hurujini bartaraf bo‘lishi preparat qabul qilinganidan so‘ng 2-5 minutdan keyin kuzatiladi, bu preparatning sublingval shakllarini ishlab chiqarilishining o‘ziga xosligi bilan bog‘liq). Plazmada faol moddaning maksimal kontsentratsiyasiga 5-6 minutdan keyin erishiladi. Izo-Mik preparati purkalganidan so‘ng maksimal samarasi 10-15 minutga kelib kuzatiladi. Preparatning terapevtik ta'sirini davomiyligi 60-120 minutni tashkil etadi. Bu dori shakli – qisqa muddatli ta'sirga ega. Izosorbid dinitratining yarim chiqarilish davri 5 soatni tashkil qilgan faol metabolit izosorbid-5-mononitrati, shuningdek yarim chiqarilish davri 2,5 soatni tashkil qilgan izosorbid-2-mononitratini hosil qilib metabolizmga uchraydi. Preparat sublingval qo‘llanganida izosorbid dinitratining yarim chiqarilish davri 1 soatni tashkil etadi. Yarim chiqarilish davri preparat kurs davomida qo‘llanganida uzayadi. Yuborilgan bir martalik dozasining 80% dan 100% gacha qismi 24 soat davomida siydik bilan asosan metabolitlar shaklida chiqariladi. Preparatning bu dori shakli izosorbid dinitratining tabletkalari ichga qabul qilinganida tizimli biokiraolishligi yomon bo‘lgan bemorlarda muhim ahamiyatga ega.
Qo‘llanilishi
Stenokardiya xurujlarini oldini olish va davolash; o‘tkir miokard infarkti; o‘tkir chap qorincha yetishmovchiligi.
Qo‘llash usuli va dozalari
0,05 ml hajmdagi preparatning bir dozasida 1,25 mg izosorbid dinitrati saqlanadi. Sprey bilan nafas olmasdan, til ostiga purkaladi. Stenokardiya xurujlarini bartaraf qilish uchun individual tavsiyalar bo‘lmaganida yoki hurujni rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan jismoniy va emotsional zo‘riqishdan oldin, spreyni 30 sekund oraliq bilan 1-2 marta purkash kerak, bu vaqtda burun orqali bilan nafas olish kerak. O‘tkir miokard infarktida va o‘tkir yurak yetishmovchiligida 1-3 marta purkashdan boshlanadi. 5 minut davomida samarasi kuzatilmasa, shifokorning nazorati ostida takroran purkash mumkin. Agar bemorning holatini yaxshilanishi kuzatilmasa, navbatdagi 10 minut davomida arterial bosimni jiddiy nazorati ostida takroran purkash mumkin. Stenokardiya hurujlarini oldini olish uchun preparat odatda 1-2 purkashdan sutkada 3-4 marta buyuriladi. Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda aniqlanadi. Nitratlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqoriroq bo‘lganida Izo-Mik 10 mg yoki 20 mg li tabletkalarni ishlatish tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ko‘pincha davolanishni boshida preparatni qabul qilinganidan keyin odatda bir necha kundan so‘ng o‘tib ketadigan bosh og‘rig‘i (“nitratlar oqibatidagi bosh og‘rig‘i”) paydo bo‘lishi mumkin.
Preparat birinchi marta ishlatilganida yoki dozasi oshirilganida ba'zida (1-10% patsiyentlarda) arterial bosimni pasayishi va/yoki tananing holati o‘zgartirilganida bosh aylanishi kuzatiladi. Bu uyquchanlik, yurak urishlari sonini reflektor oshishi va holsizlik hissi bilan kechishi mumkin. Arterial bosim sezilarli pasayganida preparatni zudlik bilan bekor qilish kerak. Agar bu simptomlar o‘z-o‘zidan o‘tib ketmasa, tegishli choralarni ko‘rish kerak (patsiyentning boshini pastga va oyoqlarini yuqoriga ko‘targan holda gorizontal holatga keltiriladi; aylanayotgan qon hajmini oshiradigan preparatlar yuboriladi).
Kam hollarda (1% dan kam hollarda) ko‘ngil aynishi, qusish, shuningdek terini qizarishi va allergik reaktsiyalar (masalan, toshma) rivojlanishi mumkin, ba'zida ular yetarlicha og‘ir darajada bo‘ladi. Ayrim hollarda eksfoliativ dermatit kuzatiladi. Juda kam hollarda Stivens-Djonson sindromi rivojlanishi mumkin.
Organik nitratlar ishlatilganida ko‘ngil aynishi, qusish, bezovtalik hissi, teri rangini oqarishi va kuchli terlash bilan kechuvchi og‘ir gipotenziv reaktsiyalar haqida xabarlar berilgan. Juda kam hollarda kollaps (ba'zida pulsni sekinlashishi bilan kechadi) rivojlanishi mumkin. Arterial bosim ancha pasayganida juda kam hollarda stenokardiya simptomlari kuchayishi mumkin.
Nitratlarni ta'siri oqibatida, ehtimol sfinkterni bo‘shashishi bilan bog‘liq bo‘lgan jig‘ildon qaynashi haqida bir qancha ma'lumotlar mavjud.
Preparat og‘izga purkalganida patsiyentlar tilni biroz achishishini his qilishlari mumkin. Spreyni ishlatilishi alveolyar zonalarga qon oqimini nisbiy qayta taqsimlanishi tufayli gipoventilyatsiya oqibatidagi vaqtinchalik gipoksemiyani chaqirishi mumkin. Bu yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda miokardni vaqtinchalik gipoksiyasiga olib kelishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni quyidagilarda qo‘llash mumkin emas
-izosorbid dinitratiga, boshqa nitrat birikmalariga, preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda;
-o‘tkir qon tomir yetishmovchiligi (shok, qon tomir kollapsi);
-kardiogen shokda, tegishli choralar yordamida chap qorinchaning yakuniy diastolik bosimini to‘g‘rilash imkoni bo‘lmaganida;
-og‘ir darajadagi gipotenziyada (sistolik bosim 90 mm.sm.ust. dan past);
-gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiyada;
-konstriktiv perikarditda;
-yurak tamponadasi;
-anemiya;
-bolalar.
Nitratlar bilan davolash vaqtida fosfodiesteraza ingibitorlari (masalan, sildenafil) ni qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa vazodilatatorlar, kaltsiy kanallarining blokatorlari, beta-adrenoblokatorlar, tritsiklik antidepressantlar, etanol va etanol saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida izosorbid dinitratining gipotenziv ta'siri kuchayadi. Simpatomimetiklar (adrenalin, efedrin, noradrenalin, naftizin, mezaton) izosorbit dinitratining antianginal ta'sirini pasaytirishi mumkin. Sildenafil bilan bir vaqtda qo‘llanganida og‘ir darajadagi arterial gipotenziya va miokard infarktini rivojlanish xavfi kuzatiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Miyada qon aylanishini buzilishlari, aortal va/yoki mitral stenozi bo‘lgan patsiyentlar; ortostatik gipotenziyaga moyilligi bo‘lgan patsiyentlar; turli qon tomir havzalarida arterial bosimni pasayishi fonida rivojlanadigan ishemiya simptomlari bo‘lgan bemorlarni davolash uchun preparat ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Davolanish vaqtida, ayniqsa doza asta-sekin oshirilgan hollarda, arterial bosim va yurak qisqarishlar sonini nazorat qilish kerak. Preparatning yuqori dozalarini tez-tez qabul qilish “nitrat” ga tolerantlikni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Izosorbid dinitratiga bo‘lgan tolerantlikni yengish uchun (nitratlarni bekor qilish imkoni bo‘lganida) preparatning dozasi yoki qabul qilishlar sonini oshirmaslik, 24-36 soat davomida uni qabul qilishdan saqlanish, bu vaqtda uni boshqa antianginal vositalarga o‘zgartirish, so‘ngra esa davolashni odatdagi dozalarda monoterapiya holida yoki boshqa preparatlar bilan birga davom ettirish tavsiya etiladi. Preparat muntazam ravishda qabul qilinganida 4-6 haftadan so‘ng tanaffus qilish tavsiya etiladi. Davolanishni boshida “nitratli” bosh og‘rig‘ini rivojlanishini preparatning dozasini asta-sekin oshirish yoki validol va nonarkotik analgetiklar (atsetilsalitsil kislotasi, paratsetamol, analgin, kaptopril) ni buyurish bilan oldini olish mumkin. Preparat bilan davolanish vaqtida alkogol iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.
Izo-Mik preparatini homiladorlik va emizish davrida faqat ona uchun kutilgan foyda homila yoki bola uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin.
Bolalar.
Pediatriya amaliyotida preparatni qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Transport vositalarini boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish xususiyati
Davolanish vaqtida transport vositalarini boshqarish va boshqa potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarish tavsiya etilmaydi, chunki izosorbid dinitrati muntazam
qo‘llanganda diqqatni jamlash qobiliyati va psixomotor reaktsiyalar tezligi pasayadi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi oqibatida barcha organik nitratlar qo‘llangandagi kabi, qon tomir tonusini boshqarilishning ortostatik buzilishlari va reflektor taxikardiya yuz berishi mumkin. Buning oqibatida bosh og‘rig‘i, holsizlik, bosh aylanishi, yurakni urib ketishi, ko‘ngil aynishi, qusish, arterial gipertenziya va qotib qolish holatlari kuzatilishi mumkin. Metgemoglobin hosil bo‘lishi mumkin, bu taxipnoe, xavotirlik hissi, xushni yo‘qolishi, yurakni to‘xtab qolishi bilan kechadi. Davolash choralari asosan qon bosimini oshirishga qaratilishi kerak, xususan, arterial bosim biroz pasayganida, patsiyentni yotqizish va oyoqlarini yuqoriga ko‘tarish kifoyadir. Og‘irroq hollarda, kollaptoid holatlarda shokka qarshi choralarni o‘tkazish kerak. Aylanayotgan qon hajmini tiklash kerak (qon o‘rnini bosuvchi vositalar yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasi infuziya qilinadi); og‘ir hollarda noradrenalin va/yoki dopaminni infuziya qilish mumkin. Metgemoglobin hosil bo‘lganida, shifokor patsiyentning holatini og‘irligiga qarab, metgemoglobinemiyani davolash uchun quyidagi antidotlarni buyurishi mumkin, S vitamini – 1 g og‘iz orqali qabul qilinadi; metilen ko‘ki –1% eritma 50 ml gacha vena ichiga yuboriladi; toluidin ko‘ki – avval 1 kg tana vazniga 2-4 mg faqat vena ichiga yuboriladi; kislorod bilan davolash (zarurat bo‘lganida), gemodializ.
Chiqarilish shakli
15 ml dan flakonlarda.
Saqlash sharoiti
30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Mikroxim” IIChF MChJ
93000, Lugans vil., Rubejnoye sh., Lenin ko‘ch., 33, Ukraina
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.