Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Korvitin in'ektsiya uchun 0,5 №1
Korvitin in'ektsiya uchun 0,5 №1
Nomi | Narx | |||||
Корвитин пор, лиоф.д/ин 0,5 №1 (0140823##1882) |
UZS 120 900
Stokda yetarli (8)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Корвитин пор, лиоф.д/ин 0,5 №1 (0140823##1889) |
UZS 120 900
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Корвитин пор, лиоф.д/ин 0,5 №1 (0070423##1974) |
UZS 125 300
Stokda yetarli (20)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Корвитин
Страна производитель
Украина
Дозировка
0,5 г
Производитель
Борщаговский ХФЗ
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Лиофилизат для приготовления раствора для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Korvitin®
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) kvertsetinning povidon bilan majmuasi bo‘lgan korvitin;
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat.
Tarkibi
1 flakon quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar kvertsetinning povidon bilan majmuasi bo‘lgan 0,5 g korvitin, u quyidagicha tayyorlanadi kvertsetin (100% quruq moddaga hisoblanganda) - 0,05 g, 7100-11000 molekulyar massali povidon (suvsiz moddaga hisoblanganda) - 0,45 g;
yordamchi moddalar natriy gidroksidi.
Ta'rifi quruq, g‘ovak, och-sariqdan to yashil tusli sariq rangligacha bo‘lgan gigroskopik massa.
Farmakoterapevtik guruhi
kapillyarlarni barqarorlashtiruvchi vosita.
ATX kodi S05SX.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Preparatning tarkibiga kiruvchi kvertsetin erkin radikalli jarayonlarga ta'sir qiluvchi va xujayrada azot oksidi va proteinazalarni biosinteziga javob beruvchi, fosfolipidlarning degradatsiyasida ishtirok etuvchi turli fermentlarning (fosfolipazalar, fosfogenazalar, siklooksigenazalarning) faolligini modulyatori hisoblanadi. Kvertsetinning membranotrop fermentlarga susaytiruvchi ta'siri va eng avvalo 5-lipoksigenazaga, LTC4 va LTV4 leykotriyenlarning sintezini tormozlanishida aks etadi. Shu bilan bir qatorda kvertsetin endotelial xujayralarida azot oksidining darajasini dozaga bog‘liq holda oshiradi, bu uni yurakning ishemik va reperfuzion shikastlanishlarida kardioprotektor ta'sirini tushuntiradi. Preparat shuningdek antioksidant va immunomodulyatorlik xususiyatlarni namoyon qiladi, sitotoksik superoksid anionni ishlab chiqarilishini kamaytiradi, limfotsitlarning subpopulyatsion tarkibini faollashishini normallashtiradi va ularni faollik darajasini pasaytiradi. Yallig‘lanishga qarshi IL-1β, IL-8 sitokinlarni ishlab chiqarilishini tormozlab, preparat miokardning nekrozga uchragan hajmini kamayishiga va reparativ jarayonlarni kuchayishiga yordam beradi.
Preparatning himoya qilish ta'sir mexanizmi shuningdek trombotsitlarda xujayra ichida kaltsiy kontsentratsiyasini oshishini va agregatsiyani faollashishini bartaraf qilishi, trombogenez jarayonlarini tormozlashi bilan ham bog‘liq.
Preparat regional qon aylanishini va mikrotsirkulyatsiyani qon tomirlarning tonusini sezilarli o‘zgarishisiz, mikrotomirlarning reaktivligini oshirib tiklaydi.
Korvitin® ishemik shikastlanishlarda serebral gemodinamikani me'yorlashtiradi, ishemik insultda miya qon oqimining asimmetriya koeffitsiyentini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Sog‘lom ko‘ngillilar ishtrokidagi klinik tadqiqotlar
Korvitin® preparatining terapevtik samaradorligi kvertsetin (erkin, umumiy, kon'yugatsiyalangan) va uning faol metabolitlarining (erkin, umumiy va kon'yugatsiyalangan izoramnetinning) farmakologik samaralari bilan bog‘liq. Erkin kvertsetin yuborilganidan keyin 20 minut davomida 32,5% kon'yugatsiyaga uchraydi. Izomentin 25-30 minut davomida 70% ga kon'yugatsiyaga uchraydi. Umumiy va erkin kvertsetinning Tmax- 0,25 soatni, erkin izoramnetinning Tmax- 0,27 soatni tashkil qiladi.
Erkin kvertsetinning T1/2 – 1,08 soatni, erkin izoramnetinning T1/2 – 0,18 soatni tashkil qiladi, umumiy kvertsetinning, kon'yugatsiyalangan kvertsetinning, umumiy izoramnetinning kon'yugatsiyalangan izoramnetinning va kvertsetin va izoramentinning yig‘indi kontsentratsiyasi ancha yuqori (6,92; 6,90; 4,39; 4,40; 5,80 soat) bo‘ladi. Bunda kvertsetin va uning metabolitlarini Kel teskari proportsional qiymatlarni ko‘rsatadi. Cmax ning eng yuqori ko‘rsatkichi kvertsetin va izoramnetinning yig‘indi kontsentratsiyasida qayd qilingan va 3870,9 ng/ml ni tashkil qilgan, Cmax ning eng past ko‘rsatkichi erkin izoramnetinda kuzatilgan (251,6 ng/ml). Korvitin® parenteral yuborilganidan keyin preparat siydik bilan kvertsetin va izoramnetin kon'yugatlari ko‘rinishida chiqariladi.
Shunday qilib, preparatning FK-parametrlari quyidagilar deb hisoblash mumkin
SmaxTmaxAUC0-1AUC0-AUC0-t(%)KelT1/2
3870,90,254136,84595,990,875,236,92
Qo‘llanilishi
• Koronar qon aylanishini o‘tkir buzilishlarida va miokard infarktida majmuaviy davolash.
• Dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligida majmuaviy davolash.
• Miya qon aylanishini o‘tkir ishemik buzilishlarini (ishemik insult, tranzitor ishemik xurujlar) va bosh miyaning surunkali ishemik kasalliklarini majmuaviy davolash.
• Qorin aortasi va periferik arteriyalarning obliteratsiyalovchi aterosklerozi bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolashda reperfuzion sindromini davolash va oldini olishda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Eritmani tayyorlash
Eritma ikki bosqichda tayyorlanadi
1bosqich preparatni birinchi marta eritish uchun 0,9% li natriy xloridi eritmasi
15 ml miqdorda shprits bilan Korvitin® flakoniga yuboriladi, flakonni liofilizatsiyalangan kukun to‘liq erigunicha silkitiladi.
2bosqich hosil bo‘lgan eritma 0,9% natriy xloridi eritmasi bo‘lgan idishga o‘tkaziladi. Tayyor eritmaning umumiy hajmi, ko‘rsatmalarga ko‘ra – 50-100 ml ni tashkil qiladi.
1,0 g Korvitin® ni yuborish kerak bo‘lganida ikki flakondagi eritilgan preparat (15 ml dan ikkita) natriy xloridi eritmasi bo‘lgan idishga o‘tkaziladi, tayyor eritmaning umumiy hajmi 50-100 ml.
Boshqa eritmalar va preparatlar bilan aralashtirilmasin! Avval boshqa dori vositalari uchun qo‘llanilgan vena ichiga yuborish uchun shprits va tizim (sistema) lar qo‘llanilmasin. Korvitin® bevosita qo‘llash oldidan eritilishi kerak! 100 ml dan ortiq hajmdagi erituvchini qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki erituvchining hajmi oshishi bilan tayyorlangan eritmaning barqarorligini kamayishining potentsial havfi oshadi.
Majmuaviy davolashda Korvitin® ni qo‘llash sxemasi
Ko‘rsatma1 sutka23 sutka45 sutka6 kundan 10 kungacha (10-kunni ham qo‘shib
O‘tkir miokard infarkti (1nchi yuborish uchun eritmaning hajmi 50 ml; 15-20 minut davomida yuborilsin)
1-nchi yuborish – 0,5 g gospitali-zatsiyadan keyin;
2-nchi yuborish – 0,5 g
2 soat o‘tgach;
3-nchi yuborish – 0,5 g oxirgi yuborishdan keyin 12 soat o‘tgach12 soatlik interval bilan 0,5 g dan sutkada ikki marta0,5 g sutkada bir marta
Dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi (1nchi yuborish uchun eritmaning hajmi 50100 ml; 15-20 minut davomida yuborilsin)1-nchi yuborish – 1,0 g gospitali-zatsiyadan keyin;
2-nchi yuborish – 0,5 g
12 soat o‘tgach12 soatlik interval bilan 0,5 g dan sutkada ikki marta0,5 g sutkada bir marta
O‘tkir ishemik
insult (1nchi yuborish uchun eritmaning hajmi 50100 ml; 15-20 minut davomida yuborilsin)1-nchi yuborish – 0,5 g gospitali-zatsiyadan keyin;
2-nchi yuborish – 0,5 g
2 soat o‘tgach;
3-nchi yuborish – 0,5 g oxirgi yuborishdan keyin 12 soat o‘tgach12 soatlik interval bilan 0,5 g dan sutkada ikki marta0,5 g sutkada bir marta0,5 g sutkada bir marta
Qorin aortasi va periferik arte-riyalarning oblite-ratsiyalovchi atero-sklerozi bo‘lgan bemorlarni xirur-gik davolashda reperfuzion sindromi (1nchi yuborish uchun eritmaning hajmi 100 ml; 15-20 minut davomida yuborilsin)1-nchi yuborish – 0,5 g aorta qisqichini yechishdan 10 minut oldin, 2-nchi yuborish – 0,5 g
12 soat o‘tgach12 soatlik interval bilan 0,5 g dan sutkada ikki marta12 soatlik interval bilan 0,5 g dan sutkada ikki marta
Nojo‘ya ta'sirlari
Vena ichiga tez yuborilganida yoki organik nitratlar bilan majmuada yuborilganida vaqtinchalik o‘rtacha arterial gipotenziya paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek quyidagi nojo‘ya reaktsiyalari ham aniqlangan
• markaziy nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, tilni uvishishi, tremor, titrash, quloqlarda shovqin, qo‘zg‘alish yoki umumiy holsizlik;
• allergik reaktsiyalar toshmalar, shuningdek urtikar toshmalar, qichishish, anafilaktik shok;
• boshqalar yuzni qizarishi, to‘sh orqasida og‘riq, nafasni qiyinlashishi, yuborish joyida o‘zgarishlar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Kvertsetinga va/yoki preparatning boshqa komponentlariga shaxsiy sezuvchanlik;
• Rvitamin faolligi bo‘lgan preparatlarga yuqori sezuvchanlik;
• yaqqol arterial gipotenziyada qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Korvitin® organik nitratlar bilan majmuada arterial gipotenziyani chaqirishi mumkin. Preparatni fibrinolitiklar bilan bir vaqtda qo‘llash trombolitik davolashning samarasini oshishiga olib keladi.
Korvitin® preparati uchun glyukoza, reopoliglyukin va boshqa eritmalar erituvchi sifatida qo‘llanilmasin.
Preparat antianginal, aritmiyaga qarshi, antitrombotik va fibrinolitik vositalari bilan majmuada qo‘llanadi.
Preparat
• askorbin kislotasining preparatlari bilan birga qo‘llanganda samaralarni kuchayishikuzatiladi;
• nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar bilan birga qo‘llanganda ultserogen ta'sir pasayishi bilan birga, oxirgilarning yallig‘lanishga qarshi ta'siri kuchayadi;
• digoksin bilan birga qo‘llanganda digoksinning qon zardobidagi maksimal kontsentratsiyasi va “kontsentratsiyavaqt”egri chizig‘i ostida umumiy maydoni oshadi;
• siklosporin bilan birga qo‘llanganda siklosporinning biokiraolishligi va qondagi kontsentratsiyasi oshadi;
• paklitaksel bilan birga qo‘llanganda oxirgisining metabolizmiga ta'sir ko‘rsatadi;
• verapamil bilan birga qo‘llanganda oxirgisining biokiraolishligi oshadi;
• tamoksifen bilan birga qo‘llanganda oxirgisining biokiraolishligi oshadi, metabolizmi va chiqarilishi pasayadi.
Nomutanosiblik
Korvitin® preparati uchun glyukoza, reopoliglyukin eritmalarini erituvchi sifatida qo‘llanilmasin. Erituvchi sifatida faqat natriy xloridining 9% eritmasi qo‘llaniladi. Korvitin® preparatini boshqa dori vositalarining eritmalari bilan bir vaqtda yuborish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Vena ichiga tomchilab yuboriladi. Preparat antianginal, aritmiyaga qarshi, antitrombotsitar va fibrinolitik vositalari bilan majmuada qo‘llanadi. Korvitin®preparatini boshqa dori vositalarining eritmalari bilan bir vaqtda yuborish mumkin emas!
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.
Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Preparatni emizish davrida qo‘llash zarurati tug‘ilsa, emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi.
Bolalar.
Preparatni bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Korvitin®ni avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish xususiyati yuzasidan ma'lumotlar tushmagan.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Korvitin®ning dozasini oshirib yuborilish hollari ta'riflanmagan. Nojo‘ya reatsiyalarni ko‘rinishlari oshishi mumkin.
Chiqarilish shakli
5 flakondan kassetada, 1 kasseta penalda.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda original o‘ramda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Preparatning eritmasi 50 ml natriy xloridining 9% eritmasida eritilganida 25°S da 12 soat davomida, 100 ml da 6 soat davomida stabilligini saqlaydi.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Nauchno-proizvodstvenniy sentr» Borsh'agovskiy ximiko-farmatsevticheskiy zavod» jamoa aktsionerlik jamiyati.
Ukraina, 03134, Kiyev sh., Mir ko‘ch., 17
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.