Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Karnilev ichga qabul qilish uchun eritma 1 g /10 ml 10 ml №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Левокарнитин
Страна производитель
Греция
Дозировка
1 г/10 мл 10 мл
Производитель
Spey Medical Ltd, Великобритания произведено: HELP S.A.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Раствор для приёма внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Karnilev
Ta'sir etuvchi modda (XPN) levokarnitin
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun eritma
Tarkibi
Bir ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 100 mg levokarnitin;
yordamchi moddalar olma kislotasi, metilparaben, propilparaben, natriy saxarinat digidrati, apelьsin aromatizatori, tozalangan suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz (sarg‘ishgacha) suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
aminokislotalar va ularning hosilalari.
ATX kodi A16AA01.
Farmakologik ta'siri
Farmakodinamika
si
Levokarnitin (L-karnitin) – V guruhi vitaminlariga yaqin tabiiy modda hisoblanadi. Sitoplazmadan mitoxondriylarga xujayra membranasi orqali yog‘ kislotalarini tashuvchisi sifatida moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etadi, u yerda bu kislotalar ko‘p miqdorda ATF shaklida metabolik energiya hosil bo‘lishi bilan beta-oksidlanish jarayoniga uchraydi. Organizmda karnitin yetishmovchiligida mushak to‘qimalarida (skelet mushaklari, miokardda) lipidlarni to‘planishi yuz beradi, bu ularning qisqaruvchanlik faolligini izdan chiqaradi. Oqsil va yog‘ almashinuvini, tiroksinning qisman antagonisti bo‘lib, gipertireozda yuqori asosiy almashinuvni normallashtiradi, qonda ishqoriy zahirasini tiklaydi, ketokislota hosil bo‘lishini va anaerob glikolizni susaytiradi, laktoatsidoz darajasini kamaytiradi, shuningdek jismoniy faollikni oshiradi va jismoniy yuklamalarni o‘zlashtirishni oshiradi, bunda glyukogenni kamroq sarflanishini va jigarda va mushaklarda uning zahirasini oshishiga olib keladi. Levokarnitin anabolik ta'sir ko‘rsatadi, me'da shirasi sekretsiyasini rag‘batlantiradi, oqsillar va uglevod molekulalarini parchalanishini sekinlashtiradi. Ortiqcha tana vaznini kamaytiradi va mushaklarda yog‘ miqdorini kamaytiradi. Neyrotrofik ta'sir ko‘rsatadi, apoptoz rivojlanishini tormozlaydi, shikastlanish sohasini chegaralaydi va nerv to‘qimasining strukturasini tiklaydi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganda me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi (80%) so‘riladi. Smax ga 3 soatdan keyin erishiladi. Terapevtik kontsentratsiyasi 9 soat davomida saqlanadi. Qon plazmasidan jigarga, miokardga, skelet mushaklariga kiradi. Buyraklar orqali, asosan atsil efirlari ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
• uzoq vaqt gemodializ olayotgan va quyidagi simptomlari – doimiy yaqqol mushak spazmlari, miopatiya, mushak massasini kamayishi, skelet mushaklarini kuchsizligi, gipotenziya simptomlari, anemiya, uni buyraklarda reabsorbtsiyasini buzilishi (SBE) bo‘lgan patsiyentlarda kartinni ikkilamchi yetishmovchiligi – tug‘ma (organik atsiduriya), orttirilgan alimenter karnitin tanqisligi (malьabsorbtsiya, ichak kasalliklari);
• ishemik kardiomiopatiyada miokardda metabolizmni buzilishlari (miokardda energiya manbai sifatida yog‘ kislotalarini utilizatsiyasi juda jadal amalga oshadi, shuning uchun u L-karnitinga juda muhtoj, uni qo‘llagandan keyin qisqarishlar kuchini oshishi, mushaklar keyingi degeneratsiyasini oldini olish, EKG normallashishi kuzatiladi);
• stenokardiya, o‘tkir miokard infarkti, kardiogen shok oqibatidagi yaqqol gipoperfuziya holati;
• markaziy va periferik nerv tizimini shikastlanishi, respirator distress-sindromi, psixomotor rivojlanishni buzilishlari, tirishishlar, ataksiya, piramid buzilishlar, ko‘zlarni harakatlantiruvchi nervlar tomonidan buzilishlar (tashqi oftalьmoplegiya, ptoz va boshqalar);
• jigarni shikastlanishi (avj olib boruvchi gepatomegaliya, jigar fibrozi, jigar yetishmovchiligi ko‘rinishlari), buyraklarni shikastlanishi (Fankoni triadasi, fosfaturiya, glyukozuriya, aminoatsioduriya), endokrin buzilishlar (o‘sishni kechikishi, gipoglikemiya), eshitishni buzilishi (neyrosensor karlik), ko‘rishni buzilishlari (ko‘ruv nervlari atrofiyasi, ko‘z to‘r pardasining pigmentli degeneratsiyasi, katarakta), me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar bilan kechuvchi polinevropatiya;
• ishtahani pasayishi, tana vaznini kamayishi, kattalarda va bolalarda ozish bilan kechuvchi kasalliklar va holatlar;
• nerv anoreksiyasi (nevrogen anoreksiya) va ruhiy kasalliklardagi jismoniy ozish, distsirkulyator va jarohat entsefalopatiyasi;
• tashqi sekretor yetishmovchilik bilan yetishmovchilik bilan kechuvchi surunkali pankreatit;
• sekretor funktsiyasi yetishmovchilik bilan kechuvchi surunkali gastrit;
• tug‘ruqdagi jarohat va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar asfiksiyasi;
• oziqlanish reflekslari susaygan (sust emish), gipotrofiya, gipotoniya va adinamiyasi bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, chala tug‘ilgan va muddatida tug‘ilgan chaqaloqlar; yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress-sindromi, to‘liq parenteral oziqlantirishda bo‘lgan chala tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish;
• yangi tug‘ilan chaqaloqlar sariqligi;
• og‘ir kasalliklar va jarroxlik aralashuvlaridan keyingi rekonvalestsentsiya davrida;
• bolalarda va 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda o‘sishni kechishi va tana vazni tanqisligi, bolalarda va 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda tireotoksikozning yengil shakllari;
• teri kasalliklari (psoriaz, seboreyali ekzema, o‘choqli sklerodermiya va diskoid qizil yugurik) da majmuaviy davolash tarkibida;
• davomli jadal sport mashqlari yoki boshqa yuqori yuklamalar (anabolik va adeptogen sifatida), ish qobiliyati, chidamlilikni oshirish va toliqishni kamaytirish uchun;
• ekzogen-konstitutsional semizlikda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun eritma.
Ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar qabul qilinadi sutkalik dozasi patsiyentning yoshi va tana vazniga bog‘liq – 0 oylikdan 6 oylikkacha 50 mg/kg, 6 oylikdan 1 yoshgacha – 100 mg/kg (1 ml eritma), 1 yoshdan 5 yoshgacha – sutkada 1000 mg tavsiya etiladi. 5 yoshdan oshgan bolalarga sutkada 2000 mg. Kattalarga patologiyaning og‘irlik darajasi va shifokor tavsiyasiga ko‘ra 2 g dan 4 g gacha buyuriladi.
Stenokardiya va infarktdan keyingi holat shifokor tavsiyasiga ko‘ra kuniga 2 g dan 6 g gacha (20 ml dan 60 ml gacha preparat).
Karnilev preparatini 50 ml qaynatilgan, sovutilgan suv, choy, kiselь, kompot, sharbat bilan suyultirish, shuningdek shirin taomlarga qo‘shimcha sifatida qabul qilish mumkin. Davolash kursi – 1 oy.
Nerv anoreksiyasi sindromida kattalarga 2 g dan sutkada 2 marta buyuriladi. Qo‘llash davomiyligi 1-2 oy.
Sekretor funktsiyasini pasayishi bilan kechuvchi surunkali gastriti va tashqi sekretor yetishmovchiligi bilan kechuvchi surunkali pankreatiti bo‘lgan patsiyentlarda ishtahani rag‘batlantirish va tana vaznini oshirish uchun Karnilev preparati 500 mg sutkalik dozada sutkada 2 marta buyuriladi. Davolash davomiyligi 1-1,5 oy.
Teri kasalliklarini davolaganda bir martalik doza sutkada 2 marta 1 g ni tashkil qiladi. Davolash davomiyligi 2-4 hafta.
Davomli jismoniy yuklamalarda sutkada 2-3 marta 1-2 g dan nonushta va tushlikdan 30 minut oldin buyuriladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga emizishdan 30 minut oldin bir martalik dozada (4-10 tomchi) sutkada 2 marta buyuriladi, sutkalik doza – 50-100 mg/kg. Tug‘ruq jarohati va asfiksiyasi bo‘lgan bolalarda hayotining birinchi kunidan yoki 5 kunidan va keyinchalik 2-6 hafta davomida buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Epigastral sohada og‘riq hissi, dispeptik ko‘rinishlar, mushak kuchsizligi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Glyukokortikosteroidlar preparatni to‘qimalarda to‘planishiga olib keladi.
Preparatni qabul qilishdan oldin, patsiyent boshqa preparatlarni qabul qilayotganligi haqida shifokorni ogohlantirish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Karnilev ko‘nikishni chaqirmaydi, chunki odam organizmi uchun tabiiy eritma hisoblanadi. Glyukozani o‘zlashtirilishi oshganida, Karnilev preparatini insulin yoki gipoglikemik peroral preparatlarni qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarga yuborish gipoglikemiya chaqirishi mumkin. Shuning uchun gipoglikemik davolashni darhol boshqarish uchun bunday patsiyentlarda qonda glyukozaning darajasini doimiy nazorat qilish kerak.
Buyrak funktsiyasini yaqqol buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda Karnilev preparatining yuqori dozalarini uzoq vaqt peroral qilish potentsial toksik metabolitlar, trimetilamin (TMA) va trimetilamin-M-oksid (TMAO) kontsentratsiyalarini oshishini chaqirishi mumkin, chunki ushbu metabolitlar odatda siydik bilan chiqariladi. Bunday hollarda siydik, nafas va ter ajralmalari yoqimsiz hidga ega bo‘ladi.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Karnitinning primar tizimli tanqisligi bo‘lgan homilador ayollar uchun jiddiy oqibatlarni e'tiborga olib, karnitin bilan davolashni to‘xtatgan holatlarda ona uchun bo‘lgan xavf, homila uchun nazariy xavfdan yuqori.
Levokarnitin ko‘krak sutining normal komponenti hisoblanadi. Levokarnitinni emizish vaqtida qo‘llash haqida ma'lumotlar yo‘q.
Transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborganda toksiklik haqidagi ma'lumotlar yo‘q. Levokarnitinning yuqori dozalari diareya chaqiradi. Qabul qilishning birinchi xaftasi davomida va qabul qilinayotgan dozani har bir oshirgandan keyin preparatni o‘zlashtiraolinishi nazorat qilinadi.
Dozani oshirib yuborilishi
ni davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
10 ml dan rangsiz shisha flakonda. 10 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Savdo belgisining va qayd etish guvohnomasining egasi
SPEY MEDICAL Ltd.
London, Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi
HELP S.A., Attika, Gretsiya
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar)ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
Toshkent sh., Yunusobod tumani,
S-6, 92/2
Tel. +99871 2356501
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.