Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Dropleks quloq tomchilari 15ml №1
Dropleks quloq tomchilari 15ml №1
Nomi | Narx | |||||
Дроплекс уш. капли 15мл №1 (307002341##2 045) |
UZS 53 000
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Феназон, лидокаин
Страна производитель
Турция
Дозировка
15 мл
Производитель
World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: Idol Ilac Dolum San. ve Tic. A.S., Турция по лицензии World Medicine Ilac San. ve Tic
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Ушные капли
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Dropleks, Dropleks
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Fenazon + Lidokain gidroxloridi,
Phenazone + Lidocaine hydrochloride
Dori shakli
quloq tomchilari.
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 45,52 mg fenazon, 11,38 mg lidokain gidroxloridi;
yordamchi moddalar natriy tiosulfati, 96% etanol, tozalangan suv, natriy gidroksidi, glitserin.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki biroz jigarrang-sarg‘ish rangli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Otologiyada qo‘llanadigan boshqa vositalar. Analgetiklar va anestetiklar.
ATX kodi S02DA30
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Dropleks – mahalliy qo‘llash uchun majmuaviy preparat. Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Preparatning ta'siri tarkibiga kiruvchi faol komponentlar – fenazon va lidokain gidroxloridi bilan ifodalanadi.
Fenazon – yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi ta'sirlarga ega bo‘lgan pirazol hosilasi.
Lidokain gidroxloridi – amid guruhidagi mahalliy anestetik.
Farmakokinetikasi
si
Nog‘ora pardaning shikastlanishidan tashqari bo‘lgan holatlarda, mazkur eritmaning tizimli so‘rilmasligi taxmin qilinadi.
Qo‘llanilishi
Nog‘ora parda shikastlanmagan o‘rta otitni mahalliy simptomatik davolash va og‘riq qoldirish uchun, shu jumladan
- o‘tkir ekssudativ o‘rta otit;
- grippdan keyingi asorat sifatidagi o‘rta otit;
- barotravmatik otitda qo‘llanadi;
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash
Dropleks mahalliy qo‘llaniladi, tashqi eshituv yo‘liga 4 tomchidan kuniga 2-3 marta tomiziladi.
Qo‘llash usuli
Sovuq eritma quloq suprasiga tegishidan saqlanish maqsadida, qo‘llashdan oldin flakonni kaftlarda ilitish kerak.
Dropleksni qo‘llash davomiyligi 10 kundan oshmasligi kerak, shundan so‘ng davolashni qaytadan ko‘rib chiqish talab etiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergiyalar, ta'sirlanish yoki tashqi eshituv yo‘lining giperemiyasi ko‘rinishidagi mahalliy reaktsiyalar paydo bo‘lish xavfi mavjud.
Shubha qilingan noxush reaktsiyalar xaqida xabarlar
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin gumon qilinayotgan nojo‘ya reaktsiyalari haqida xabar berish muhim hisoblanadi. Patsiyentda dori vositasiga jiddiy noxush reaktsiyalar aniqlanganida yoki mazkur bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida, Milliy farmakonazorat tizimiga muvofiq xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- fenazonga, lidokainga yoki preparatnin yordamchi komponentlaridan biron-biriga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik;
- kelib chiqishi shikastlanishga yoki nnfektsiyaga bog‘liq bo‘lgan nog‘ora pardani perforatsiyasida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan klinik jihatdan ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zaro ta'sir haqidagi ma'lumotlar mavjud emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qo‘llashdan oldin nog‘ora pardani butunligiga ishonch hosil qilish zarur.
Nog‘ora parda perforatsiyasi kuzatilganida qo‘llansa, preparat o‘rta quloq a'zolari bilan kontaktga kirishib, asoratlar keltirib chiqarishi mumkin.
Preparat doping-nazoratida musbat sinama berishi mumkin bo‘lgan faol komponent saqlashini sportchilar inobatga olishlari kerak.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Nog‘ora parda shikastlanmagan sharoitda va preparat to‘g‘ri usulda qo‘llanganida fenazon va lidokainni tizimli so‘rilish ehtimoli past.
Zarurati bo‘lganida preparatni homiladorlik davrida yoki emizish davrida qo‘llash mumkin.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Dropleks avtomobilni boshqarish va psixomotor reaktsiyalarning yuqori tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida dozani oshirib yuborilishi kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli
Ko‘loq tomchilari 15 ml dan tiqin-tomchilagich va birinchi marta ochish halqasi bilan ta'minlangan buraladigan himoya qopqoqchasi bo‘lgan plastik flakonda.
1 flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Flakon ochilganidan so‘ng preparatni 28 kun davomida ishlatish mumkin.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqarilgan
“UORLD MEDITSIN ILACh SAN. VE TIDJ. A.Sh.”, TURKIYa
(15 Temmuz Max. Djami Yolu Djad. № 50 Gyuneshli Bagdjlar/Stambul)
“WORLD MEDICINE İLAÇ SAN. VE TİC. A.Ş.”, TURKEY
(15 Temmuz Mah. Cami Yolu Cad. No 50 Güneşli Bağcılar/İstanbul).
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
“Global Farm Medical” MChJ
O‘zbekiston Respublikasi, Tashkent sh., Yunusobod tumani, Chinobod ko‘ch., 1 uy.
Tel. (99871) 212 02 13
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.