Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Antral tab 0,2gr №30
Antral tab 0,2gr №30
Nomi | Narx | |||||
Антраль таб 0,2гр №30 (160323##1896) |
UZS 62 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Антраль таб 0,2гр №30 (160323##1903) |
UZS 62 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Антраль
Страна производитель
Украина
Дозировка
0,2 г
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Antral
Ta'sir etuvchi modda (XPN) antral
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda quruq moddaga qayta hisoblaganda 100 mg (0,1 g) yoki 200 mg (0,2 g) antral;
yordamchi moddalar og‘ir magniy karbonati, kartoshka kraxmali, krospovidon, mikrokristall sellyuloza, povidon, polisorbat, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, kaltsiy stearati, Opadry II 85 G18490 white, Opadry II 85 G25557 red.
Ta'rifi dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq yuzali, to‘q qizil rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
gepatoprotektor preparatlar
ATX kodi A05VA
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Antral gepatoprotektor preparatlar guruhiga kiradi. Turli genezli o‘tkir va surunkali gepatitlar, jigar sirrozini davolashda samarali, astenovegetativ buzilishlarni kamayishiga yordam beradi, ishtaha, uyquni yaxshilaydi, dispepsik ko‘rinishlarni kamaytiradi. Kursli qo‘llanganida preparat qonda bilirubin, γ-globulinlar, xolesterin, protrombin indeksi, transaminazalar faolligini (AlAT i AsAT) va ishqoriy fosfatazalarning miqdorini normallashtiradi. Antral o‘ziga xos uzoq muddatli yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi ta'sirga ega. Klinika oldi tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, Antral jigarni o‘tkir, o‘tkir osti va surunkali shikastlanishi sharoitlarida turli ksenobiotiklar va ularning majmualari tomonidan gepatotoksinlar ta'siri oqibatlarini susayishiga, gepatotsitlarda reparativ jarayonlarni faollashishiga va jigarning struktur-funktsional holati ko‘rsatkichlarini normallashiga yordam beradi. Preparat qonda va to‘qimalarda lipidlarning perekisli oksidlanish jarayonlarini ingibitsiya qiladi, organizmning antioksidant tizimlarining faolligini bir maromda tutib turadi, jigar strukturasi va gepatotsitlar membranalarining barqarorligini ta'minlaydi. Antral nisbatan zararsiz farmakologik vosita bo‘lib, organizmni a'zo va tizimlarining faoliyatini buzmaydi, unda to‘planish xususiyatlari, immunotoksik, mahalliy ta'sirlantiruvchi, allergen, ultserogen, embriotoksik, teratogen ta'sirlar yo‘q.
Farmakokinetikasi
Qonda preparatni maksimal to‘planishi 3-4 soatdan keyin aniqlanadi, yarim chiqarilish davri – 4-5 soat. Preparat siydik va ahlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Antral kattalar va bolalarda quyidagi kasalliklarni davolash uchun qo‘llaniladi turli etiologiyali (virusli, alkogolli, medikamentozli, toksik) o‘tkir va surunkali gepatitlar; jigarning yog‘li distrofiyasi va sirrozi; o‘t pufagi, taloq, me'da osti bezining yallig‘lanishli kasalliklari; postxoletsistektomik sindrom (o‘t pufagi olib tashlanganidan keyin).
Turli etiologiyali toksinlar alimentar toksinlar, dori vositalari, kimyoterapiya, nur bilan davolashning salbiy ta'sirlari natijasida kelib chiqqan jigar kasalliklarini oldini olish uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Antral ovqatdan keyin, sutkada 3 marta ichga qabul qilish uchun buyuriladi
– kattalar va 10 yoshdan katta bolalarga – bir qabulga 200 mg; jigar sirrozida davolashning birinchi haftasida – bir qabulga 400 mg dan, so‘ngra 2-3 haftada – bir qabulga 200 mg dan;
– 4-10 yoshdagi bolalar (shu jumladan jigar sirrozida) – bir qabulga 100 mg dan.
Davolashning davomiyligi kasallikning xarakteri va og‘irlik darajasiga bog‘liq. O‘rtacha davolash kursi 3-4 haftani tashkil qiladi. 3-4 haftadan keyin davolash kursini takrorlash kerak.
Bolalar.
Preparat 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat umuman bemorlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. Antral qo‘llanganida yakka hollarda holsizlik, bosh aylanishi, dispepsik ko‘rinishlar, ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i, diareya bo‘lishi mumkin, ular preparat bekor qilinganidan keyin o‘tib ketadi.
Allergik reaktsiyalar, shu jumladan teri toshmalari, eshakemi, angionevrotik shish, terini qizarishi va qichishish bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik. Buyraklarning chiqarish funktsiyasini buzilishlarida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antral antibakterial, detoksitsiyalovchi, safro haydovchi, vitamin preparatlari bilan yaxshi mutanosib, bu uni davolash majmualariga qo‘shish imkonini beradi. Jigar sirrozi bo‘lgan patsiyentlarda Antral bir vaqtda qo‘llanganida steroid va sitostatik preparatlarning faolligiga ta'sir ko‘rsatmaydi; davolashning samaradorligini keyinchalik kamayishisiz steroidlarning avvalgi dozasini kamaytirishiga (50-70% gacha) yo‘l qo‘yiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Antralni ovqatdan 20-30 minutdan keyin, yetarli miqdordagi suv yoki sut bilan qabul qilish tavsiya qilinadi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.
Preparatni qo‘llash tajribasi cheklanganligi sababli homiladorlik yoki emizish davrida buyurish tavsiya qilinmaydi.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Ta'sir qilishiga doir ma'lumotlar yo‘q, ammo haydovchilar va murakkab mexanizmlarning operatorlari bosh aylanishini rivojlanish ehtimolini hisobga olishlari kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishida nojo‘ya reaktsiyalari paydo bo‘lishi va kuchayishi mumkin.
Preparatning yuqori dozalari tasodifan qabul qilinganida me'dani yuvish va (zarurati bo‘lgan hollarda) simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
10 tabletkalardan blisterda. 3 blisterdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga qutida..
Saqlash sharoiti
Original o‘ramda 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach preparat qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Farmak» AJ. Ukraina, 04080, Kiyev sh., Kirillovskaya ko‘chasi, 63.
Ishlab chiqaruvchi
joylashgan joyi va uning faoliyatini amalga oshirish manzili.
Ukraina, 04080, Kiyev sh., Kirillovskaya ko‘chasi, 74.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tiroz (taklif) larni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
"Farmak" AJ ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi.
100170 O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo-Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘ch.12a, 1/2
HYPERLINK "mailtoinfo@farmak.ua" info@farmak.ua
Tel +998 (71) 235-77-13, +998 (71) 235-67-05
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.