Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Genferon Layt vaginal va rektal suppozitoriylar. 250000 XB №10
Genferon Layt vaginal va rektal suppozitoriylar. 250000 XB №10
Nomi | Narx | |||||
Генферон Лайт вагинальные/ректальные суппозитории 250000МЕ №10 (65271123##1998) |
UZS 82 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Интерферон альфа-2b, таурин
Страна производитель
Россия
Дозировка
250000МЕ
Производитель
Биокад,ЗАО,Россия
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Суппозитории
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Genferon® Layt
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) interferon alfa-2b + taurin&.
Dori shakli
vaginal va rektal suppozitoriylar.
Tarkibi
Muvofiq ravishda 125000 XB + 5 mg, 250000 XB + 5 mg dozali 1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar odam rekombinant interferon alfa-2b – 125000 XB, 250000 XB; taurin – 0,005 g;
yordamchi moddalar “qattiq yog‘”, dekstran 60000, makrogol 1500, polisorbat 80, emulgator T2, natriy gidrotsitrati, limon kislotasi, tozalangan suv – 0,8 g massali suppozitoriy olinguncha yetarli miqdorda.
Ta'rifi O‘tkir uchli silindrik shaklli, oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli suppozitoriylar, ko‘ndalang kesimida bir xil. Kesilganda havoli o‘zak yoki voronkasimon chuqurlik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakologik guruhi immunomodulyator vosita, interferonlar.
ATX kodi L03AB05.
Farmakologik xususiyatlari
GENFERON® LAYT – uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning ta'siriga bog‘liq majmuaviy preparatdir. Mahalliy va tizimli ta'sir ko‘rsatadi.
GENFERON® LAYT preparatining tarkibiga gen injeneriyasi yo‘li orqali odam interferon alfa-2b geni kiritilgan Escherichia coli bakteriyasi tomonidan ishlab chiqarilgan odam rekombinant interferon alfa-2b kiradi.
Interferon alfa-2b viruslarga qarshi, immunomodulyator, antiproliferativ va antibakterial ta'sir ko‘rsatadi. Viruslarga qarshi samarasi viruslarning replikatsiyasini ingibitsiya qiluvchi xujayra ichidagi bir qator fermentlarni faollashtirishiga bog‘liq. Immunomodulyator ta'siri birinchi navbatda immun tizimining xujayraga bog‘liq reaktsiyalarini kuchayishida namoyon bo‘ladi, bu viruslar, xujayra ichki parazitlari va o‘smali transformatsiyaga uchragan xujayralarga nisbatan immun javobning samaradorligini oshiradi. Bu CD8+ T-killerlar, NK-xujayralar (tabiiy killerlar) ni faollashishi, V-limfotsitlarni differentsirovkasini kuchayishi va ular tomonidan antitelalarni ishlab chiqarilishi, monotsitar-makrofagal tizim va fagotsitozni faollashishi, shuningdek 1 tip gistomutanosiblikning asosiy kompleksining molekulasi ekspressiyasini oshishi hisobiga erishiladi, bu immun tizimi xujayralari tomonidan infektsiyalangan xujayralarni aniqlash imkoniyatini oshiradi. Interferon ta'siri ostida shilliq qavatning barcha qatlamlarida mavjud bo‘lgan leykotsitlarni faollashishi ularni patologik o‘choqni bartaraf etishdagi faol ishtirokini ta'minlaydi; bundan tashqari, interferon ta'siri tufayli sekretor immunoglobulin A ni ishlab chiqarilishini tiklanishiga erishiladi. Antibakterial samarasi interferon ta'siri ostida kuchayadigan immun tizimi reaktsiyalariga bog‘liq.
Taurin metabolik jarayonlar va to‘qimalar regeneratsiyasini normallashtirishga yordam beradi, membranalarni barqarorlashtiruvchi va immunomodulyator ta'sirga ega. Kuchli antioksidant bo‘lib, taurin ortiqcha miqdorini to‘planib qolishi patologik jarayonlar rivojlanishiga olib keluvchi kislorodning faol shakllari bilan bevosita o‘zaro ta'sirlashadi. Taurin preparatni qo‘llashning terapevtik samarasini kuchaytirib, interferonning biologik faolligini saqlab qolishga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Preparat rektal yuborilganda interferonning yuqori biokiraolishligi (taxminan 80%) kuzatiladi, shu sababli ham mahalliy, ham yaqqol tizimli immunomodulyatorlik ta'siriga erishiladi; intravaginal qo‘llanilganida infektsiya o‘chog‘idagi yuqori kontsentratsiyasi va shilliq qavat xujayralarida fiksatsiyasi tufayli, yaqqol mahalliy viruslarga qarshi, antiproliferativ va antibakterial samaraga erishiladi, bunday qin shilliq qavatining so‘rish qobiliyatining pastligi tufayli, tizimli ta'siri ahamiyatsiz bo‘ladi. Interferonning qon zardobidagi maksimal kontsentratsiyasiga preparat yuborilgandan 5 soatdan keyin erishiladi. α-interfenron chiqarilishining asosiy yo‘li bo‘lib buyrak katabolizmi hisoblanadi. Yarim chiqarilish davri 12 soatni tashkil qiladi, bu preparatni sutkada 2 marta qo‘llash zaruratini belgilaydi.
Qo‘llanilishi
- Majmuaviy davolash komponenti sifatida – bolalarda o‘tkir respirator virusli infektsiyalar va bakterial va virusli etiologiyali boshqa infektsion kasalliklarni davolash uchun.
- Shifokor tomonidan buyuriladigan va nazorat qilinadigan spetsifik davolash fonida bolalarda va ayollarda, shu jumladan homiladorlarda urogenital yo‘llarning infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ham vaginal, ham rektal qo‘llanishi mumkin. Yuborish usuli, dozasi va davolash kursining davomiyligi patsiyentning yoshi va aniq klinik holatga bog‘liq. Kattalarda va 7 yoshdan oshgan bolalarda GENFERON® LAYT bir suppozitoriyda interferon alfa-2b 250000 XB dozada qo‘llanadi. 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, shu jumladan emizikli bolalarda preparatni bir suppozitoriyda interferon alfa-2b 125000 XB dozada qo‘llash xavfsiz hisoblanadi. Homiladorlikning 13-40 haftasida bo‘lgan ayollarda preparat bir suppozitoriyda interferon alfa-2b 250000 XB dozada qo‘llanadi.
Tavsiya etiladigan dozalar va davolash tartiblari
• Bolalarda o‘tkir respirator virusli infektsiyalar va virusli etiologiyali boshqa o‘tkir kasalliklar Asosiy davolashga parallel holda 1 suppozitoriydan kuniga 2 marta 12 soatlik interval bilan 5 kun davomida rektal yuboriladi. Agar 5 kun davolashdan keyin kasallik simptomlari kamaymasa yoki yaqqolroq bo‘lsa, patsiyent shifokorga murojaat etishi kerak. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha 5 kunlik intervaldan keyin davolash kursini takrorlash mumkin.
• 7 yoshdan oshgan bolalarda virusli etiologiyali surunkali infektsion-yallig‘lanish kasalliklari Asosiy davolashga parallel holda 1 suppozitoriy (250000 XB) dan kuniga 2 marta 12 soatlik interval bilan 10 kun davomida rektal yuboriladi. So‘ngra 1-3 oy davomida – 1 suppozitoriydan kunora kechqurun rektal yuboriladi.
• Bolalarda urogenital yo‘llarining o‘tkir infektsion-yallig‘lanish kasalliklari Shifokor tomonidan buyuriladigan va nazoratlanadigan spetsifik davolash fonida 1 suppozitoriydan kuniga 2 marta 12 soatlik interval bilan 10 kun davomida rektal yuboriladi.
• Homiladorlarda urogenital yo‘llarining infektsion-yallig‘lanish kasalliklari
Shifokor tomonidan buyuriladigan va nazoratlanadigan spetsifik davolash fonida 1 suppozitoriy (250000 XB) dan kuniga 2 marta 12 soatlik interval bilan 10 kun davomida vaginal yuboriladi.
• Ayollarda urogenital yo‘llarining infektsion-yallig‘lanish kasalliklari
Shifokor tomonidan buyuriladigan va nazoratlanadigan spetsifik davolash fonida 1 suppozitoriy (250000 XB) dan kuniga 2 marta 12 soatlik interval bilan 10 kun davomida vaginal yoki rektal (kasallikning xarakteriga qarab) yuboriladi. Surunkali shakllarida 1 suppozitoriydan xaftada 3 marta 1-3 oy davomida yuboriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat bemorlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. Juda kam hollarda (tez-tezligi 10000 holatdan 1 tadan kamroq) allergik reaktsiyalar rivojlanishi haqida alohida xabarlar mavjud. Ushbu ko‘rinishlar qaytuvchandir va yuborish to‘xtatilgandan 72 soatdan keyin yo‘q bo‘ladi. Shifokor bilan maslahatlashgandan keyin davolashni davom ettirish mumkin.
Hozirgi vaqtgacha og‘ir yoki hayot uchun xavfli nojo‘ya ko‘rinishlar kuzatilmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Interferon va preparatning tarkibiga kiruvchi bosh moddalarni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik.
Homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Allergik va autoimmun kasalliklarni zo‘rayishi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
GENFERON® LAYT majmuaviy davolash komponenti sifatida samaraliroq. Antibakterial, fungitsid va viruslarga qarshi preparatlar bilan birga qo‘llanilganida o‘zaro ta'sirini kuchayishi kuzatiladi, bu yuqori yig‘indi terapevtik samaraga erishishni ta'minlaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
GENFERON® LAYT diqqatni jamlash va tezkor reaktsiyalarni (transport vositalari, mashina qurilmalari va boshqalar) talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarishga ta'sir qilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikning 13-40 xaftasida bo‘lgan ayollarda GENFERON® LAYT preparatining samaradorligi va xavfsizligi klinik tadqiqotlarda isbotlangan. Homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Laktatsiya davrida qo‘llash bo‘yicha cheklovlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
GENFERON® LAYT preparatining dozasini oshirib yuborilishi holatlari qayd etilmagan. Shifokor tomonidan buyurilgan suppozitoriy sonidan ko‘proq suppozitoriylarni bir vaqtda to‘satdan yuborilgan hollarda keyingi yuborishlarni24 soatga kechiktirish, shundan keyin davolashni buyurilgan sxemada davom ettirish mumkin.
Chiqarilish shakli
Vaginal va rektal suppozitoriylar, 125000 XB + 5 mg va 250000 XB + 5 mg.
5 suppozitoriydan alyumin folga yoki polivinilxlorid plyonkali kontur uyali o‘ramda.1 yoki 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
2°S dan 8°S gacha bo‘lgan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz – vaginal va rektal suppozitoriylar, 125000 XB + 5 mg.
Retsept bo‘yicha - vaginal va rektal suppozitoriylar, 250000 XB + 5 mg.
Ishlab chiqaruvchi
“BIOKAD” YoAJ, Rossiya, 198515, Sankt-Peterburg sh., Petrodvortsoviy tumani, Strelna p., Svyazi ko‘ch., 34 uy, Lit.A.
Ishlab chiqarilgan
“BIOKAD” YoAJ
Rossiya, Moskovskaya vil., Krasnogorskiy tumani., Petrovo-Dalneye q.,
telefon (495) 992-66-28; faks (495) 992-82-98 e-mail biocad@biocad.ru
Preparatga reklamatsiyani ishlab chiqaruvchining manziliga yuborilsin.
Noxush reaktsiyalar haqidagi ma'lumot quyidagi manzilga yuborilsin safety@biocad.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.