Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Bepanten Plyus krem 30 g
Bepanten Plyus krem 30 g
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Декспантенол, хлоргексидин
Страна производитель
Германия
Дозировка
5%+0,5%
Производитель
Bayer Consumer Care AG, Швейцария произведено: GP Grenzach Produktions GmbH
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Крем для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Savdo nomi
Bepanten® Plyus.
Dori shakli
Sirtga qo‘llash uchun krem.
Ta'rifi
Deyarli oq rangli, kuchsiz hidli, tiniq bo‘lmagan, bir xil krem.
Farmakoterapevtik guruhi
Antiseptik vositalar. D08AC52
Tarkibi
Ta'sir etuvchi moddalar 50 mg/g dekspantenol, 5 mg/g xlorgeksidin digidroxloridi
Yordamchi moddalar DL-pantolakton, setil spirti, stearil spirti, yumshoq oq parafin, suyuq parafin, lanolin (E913), makrogol stearati, tozalangan suv.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Dekspantenol – Bepanten Plyusning faol komponenti bo‘lib, teri xujayralarida pantotenat kislotasiga tez aylanadi va vitamin kabi ta'sir qiladi. Mahalliy qo‘llanganda dekspantenol pantotenat kislotasiga nisbatan tezroq so‘riladi.
Pantotenat kislotasi hayot uchun muhim bo‘lgan koenzim A ning komponenti hisoblanadi, atsetilkoenzim A ko‘rinishida har bir xujayra metabolizmida asosiy rol o‘ynaydi. Pantotenat kislotasi epiteliy hosil bo‘lishi uchun va shikastlangan teri va shilliq qavatini bitishi uchun zarur.
Xlorgeksidin digidroxloridi – antiseptik, grammusbat bakteriyalarga, ayniqsa ko‘pincha terining infektsion kasalliklarini qo‘zg‘atuvchisi hisoblangan Staphylococcus aureus ning sezgir shtammlariga nisbatan bakteritsid ta'sirga ega.
Xlorgeksidin digidroxloridi grammanfiy patogen mikroorganizmlarga nisbatan kamroq darajada faol. Pseudomonas va Proteus ning ayrim turlari xlorgeksidinga chidamlidir. U kuchsiz zamburug‘larga qarshi ta'sir ko‘rsatadi va viruslarga qarshi faollik namoyon etmaydi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Dekspantenol shikastlangan teri orqali tez so‘riladi. Teri xujayralarida dekspantenol pantotenat kislotasiga tez aylanadi va endogen pantotenat kislotasining zahirasini to‘ldiradi.
Kattalarda xlorgeksidinni shikastlanmagan teri orqali so‘rilishi xususida ma'lumotlar yo‘q. Go‘daklarning terisiga xlorgeksidin glyukonatning 4% li eritmasi surtilganda uning qondagi kontsentratsiyasi past bo‘lgan (1 mkg/ml).
Taqsimlanishi
Pantotenat kislotasi qon plazmasi oqsillari bilan (s β-globulin va albumin bilan) bog‘lanadi. Sog‘lom katta odamlarda qondagi uning kontsentratsiyasi muvofiq ravishda taxminan 500–1000 mkg/ml ni, qon zardobida esataxminan 100 mkg/ml ni tashkil qiladi.
Xlorgeksidin teri orqali juda oz darajada so‘rilishi tufayli, uni a'zo va to‘qimalarda taqsimlanishi haqida ma'lumot ko‘p emas. Xlorgeksidin (300 mg) peroral yuborilganda sog‘lom katta odamdagi qon plazmasida 0,2 mkg /ml li maksimal darajasiga 30 minutdan keyin erishiladi.
Chiqarilishi
Pantotenat kislotasi organizmdan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Peroral qabul qilingandan keyin 60-70% siydik bilan, qolgan qismi ahlat bilan chiqariladi.
Xlorgeksidin teri orqali deyarli so‘rilmaydi. Xlorgeksidin peroral yuborilganda organizmdan ahlat bilan deyarli to‘liq chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Terining infektsiyalanish xavfi mavjud bo‘lgan kichik jarohatlar, shilingan, kesilgan, tirnalgan, kuygan, chaqqan joylari kabi yuza shikastlanishlarida qo‘llaniladi.
Kichik invaziv jarroxlikda mahalliy antiseptik vosita sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kremni oldindan tozalangan jarohat yuzasiga yoki yallig‘langan teri sohalariga sutkada bir yoki, ehtiyojga ko‘ra, bir necha marta surtiladi.
Zarurati bo‘lganida bog‘lovlarni qo‘llash mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Quyida keltirilgan noxush samaralar spontan ma'lumotlar asosida ko‘rsatilgan, ularning har birini uchrash tez-tezligini aniq aniqlash mumkin emas.
Immun tizimi, teri va teri osti to‘qimalari tomonidan
-allergik reaktsiyalar, shu jumladan terining allergik reaktsiyalari kontakt dermatit, allergik dermatit, qichishish, eritema, ekzema, toshma, eshakemi, terini ta'sirlanishi, pufakchali toshma;
-o‘ta yuqori sezuvchanlik, anafilaktik reaktsiyalar, muvofiq laborator va klinik ko‘rinishlar bilan, shu jumladan astma simptomlari bilan kechuvchi anafilaktik shok, yengil darajadan o‘rtacha darajagacha terini shikastlanishlari, nafas yo‘llari, me'da-ichak yo‘llari, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi.
Yuqorida keltirilgan nojo‘ya reaktsiyalar, shuningdek ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan reaktsiyalar paydo bo‘lgan hollarda, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokor bilan maslaxatlashish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dekspantenol va/yoki xlorgeksidinga yoki preparatning komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Quloqning teshilgan nog‘ora pardasiga surtish mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Bepanten Plyus katta dozalarda ham yaxshi o‘zlashtiriladi, dozani oshirib yuborilish xavfi yo‘q. Og‘izga tasodifan tushgan hollarda ham, hech qanday maxsus choralarni ko‘rish talab etilmaydi. Tasodifan ko‘zga tushsa, biroz qichishtirishi mumkin, bu suv yoki fiziologik eritma bilan yuvilganda bartaraf bo‘ladi.Terining zararlangan bir sohasiga preparat tez-tez ko‘p marta qo‘llanganida terini ta'sirlanishiga olib kelishi mumkin.
Ogohlantirish choralari
Preparatni terining katta jarohat sohalariga qo‘llash mumkin emas, preparat terining kichik jarohatlari uchun mo‘ljallangan.
Kremni quloqqa, ko‘zga yoki shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak.
Bepanten Plyus preparatini infektsiyalanish ehtimoli yuqori bo‘lmagan terini ta'sirlanishiga (masalan, quyosh nuridan kuyish) ishlov berish uchun qo‘llash tavsiya etilmaydi
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
Xlorgeksidin yuvuvchi sovun moddalar va boshqa anion birikmalar bilan nomutanosib.
Bepanten Plyusni boshqa antiseptiklar bilan, ularning o‘zaro ta'sirini oldini olish uchun bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi (ta'sir antagonizmi yoki inaktivatsiya).
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik va laktatsiya davrida kremni qo‘llashni cheklash zarurati haqidagi dalillar yo‘q.
Avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Saqlash sharoiti
25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin.
Chiqarilish shakli
30 g tuba. Tuba ilova-varaqasi bilan karton qutiga joylangan.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
/buyurtmachi-firma nomi, manzili
Bayer Konsyumer Ker AG,
Peter Merian-Shtrasse 84, 4052 Bazel, Shveytsariya
GP Grentsax Produktsions GmbX,
Emil-Barell-Shtrasse 7, D-79639 Grentsax-Vilen, Germaniya
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“SINOMED”
O‘zbekiston Respublikasi, 100017, Toshkent sh.,
S-5, kottedj 155,
Tel. +99871 244 96 00
Faks +99871 244 95 47
E mail info@sinomed.uz

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.