Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Xepilor og‘iz bo‘shlig‘i uchun eritma 20ml
Xepilor og‘iz bo‘shlig‘i uchun eritma 20ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Гексетидин, холина салицилат, хлорбутанола гемигидрат
Страна производитель
Украина
Дозировка
20 мл
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Спрей для горла и полости рта
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Xepilor
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) geksetidin, 80% li xolin salitsilati, xlorbutanol gemigidrati
Dori shakli
og‘iz bo‘shlig‘i uchun eritma.
Tarkibi
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 100% moddaga qayta hisoblaganda 0,1 g geksetidin, 100% moddaga qayta hisoblaganda 0,5 g 80% li xolin salitsilati, 100% suvsiz moddaga qayta hisoblaganda 0,25 g xlorbutanol gemigidrati;
yordamchi moddalar 96% li etanol, natriy saxarini, polisorbat 20, propion kislotasi, limon moyi, anis moyi, mentol (levomentol), evkaliptol, tozalangan suv.
Ta'rifi tiniq yoki yengil tovlanuvchi, o‘ziga xos xushbo‘y hidli va spirt-anis ta'mli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Tomoq kasalliklarida qo‘llanadigan vositalar. Antiseptiklar.
ATX kodi R02AA20.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Preparatning ta'siri uchta faol ingrediyentlari bilan bog‘liq.
Antibakterial va zamburug‘larga qarshi faolligi.
Geksetidin mikroorganizmlarning grammusbat va grammanfiy shtammlariga, ham aerob, ham anaeroblarga nisbatan antibakterial ta'sirga ega.
Aerob shtammlarga nisbatan asosan bakteriostatik ta'sirga ega ekanligini, bakteritsid ta'siri esa kuchsiz ekanligini ta'kidlash lozim. Anaerob shtammlarga nisbatan esa geksetidin yaqqol bakteritsid ta'sirga ega.
Ta'sir mexanizmi tiamin bilan raqobatli ta'sirdan iborat geksetidinni tuzilishi mikroorganizmlarni o‘sishi uchun kerak bo‘lgan tiaminni tuzilishi bilan o‘xshash.
Yallig‘lanishga qarshi faollik.
Xolin salitsilati og‘riqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega. Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini davolash uchun.
Og‘riqni qoldiruvchi faolligini xlorbutanol ta'minlaydi. Otolaringologiyada (burunga tomchi, chayish) va stomatologiya amaliyotida (applikatsiyada va yuvishda) antiseptik sifatida qo‘llanadi.
Farmakokinetikasi
Faol moddalar og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida mustahkam joylashadi, u yerdan asta-sekin chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumning quyidagi angina, o‘tkir va surunkali tonzillit, faringit, laringit; gingivit, stomatit, aftoz yaralar kabi infektsion kasalliklarini va yallig‘lanish jarayonlarini mahalliy davolashda qo‘llanadi.
Stomatologik aralashuvlardan keyin og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Og‘iz bo‘shlig‘ini chayish uchun mahalliy vositasi sifatida qo‘llanadi.
Kattalarga va 6 yoshdan katta bolalarga og‘iz bo‘shlig‘ini bir marta chayish uchun eritmani o‘lchov stakaniga 10 ml li belgisigacha quyiladi va 50 ml iliq suvda eritiladi yoki 2 choy qoshiq preparatni ¼ stakan iliq suvda eritiladi. Sutkada 2 dan 4 martagacha chayiladi. Yutib yubormang. Davolash kursi -5 kundan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Immun tizimi tomonidan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan eshakemi, angionevrotik shish, laringospazm, bronxospazm.
Nerv tizimi tomonidan agevziya, disgevziya, ta'mni his qilishini 48 soat davomida o‘zgarishi (“shirinni” his qilish ikki marotaba “achchiqni” his qilishga o‘zgarishi mumkin).
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi a'zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan yo‘tal, hansirash, tomoqni qirilishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan og‘izni qurishi, disfagiya, so‘lak bezlarini kattalashuvi, yutinganda og‘riq.
Preparatni tasodifan yutib yuborilganda me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlari, eng avvalo ko‘ngil aynishi va qusish paydo bo‘lishi mumkin.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan allergik kontakt dermatit, teri reaktsiyalari (toshma).
Umumiy buzilishlar va mahalliy ko‘rinishlar Mahalliy reaktsiyalar-tishlarni va til rangini qaytuvchan o‘zgarishi, shilliq qavatni sezuvchaniligi, xususan –achishish, karaxtlanish hissi, til va/yoki og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini ta'sirlanishi (og‘riq, qizib ketish hissi, qichishish), sezuvchanlikni pasayishi, shilliq qavatini paresteziyasi, yallig‘lanish, pufakchalar, shilliq qavatida yaralarni paydo bo‘lishi, tekkan joyida shish, burun/tomoq shilliq qavatini qurishi.
Biron-bir nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Atrofik faringit. Bronxial astma yoki ularning o‘ta yuqori sezuvchanligi bilan bog‘liq bo‘lgan nafas yo‘llarining boshqa kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antiseptik saqlovchi preparatlar (boshqa antiseptik dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri bo‘lishi mumkin) bilan birga qo‘llanmasin. Geksetidin boshqa ishqoriy eritmalar bilan faolsizlantirilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalr
Preparat etanol saqlaganligi tufayli uni qo‘llanganda yutib yubormaslik, ko‘zga tushishidan saqlanish, jigar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Preparatani tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlargaehtiyotkorlik bilanqo‘llash lozim.
Preparat bolalarda tutqanoq bo‘sag‘asini kamaytirishi va tirishishlarni chaqirishi mumkin.
Alleregiyasi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilanqo‘llash lozim.
Levomentol bo‘lganligi tufayli bolalarda laringospazmni paydo bo‘lish xavfi mavjud.
Preparatni uzoq vaqt qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki bakteriyalar va zamburug‘larni tarqalish xavfi bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqda tabiiy mikrob-muvozanati o‘zgarishi mumkin.
Bakterial infektsiyaning umumiy klinik belgilari paydo bo‘lganida, umumiy antibakterial davolash ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
Agar simptomlar 5 kundan ortiq davom etsa va/yoki tana harorati yuqori bo‘lsa, yallig‘lanish kuchaysa preparat bilan davolashni to‘xtatish va davolash taktikasini o‘zgartirish lozim.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi
Geksetidinni odamlarda yo‘ldosh orqali kirishi va ko‘krak suti bilan chiqarilishi to‘g‘risida tekshirishlar yo‘q, shuning uchun preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Bolalar
Preparatni 6yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llanmaydi.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligigi ta'sir qilish qobiliyati
Preparat etanol saqlaydi. Haydovchilarga preparatni qo‘llangandan keyin 30 minut davomida avtomobilni boshqarish tavsiya qilinmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Xepilor og‘iz bo‘shlig‘i uchun eritmasi etil spirtini saqlaganligi va uni yetarli miqdorda so‘rilishi sababli alkogolli intoksikatsiya paydo bo‘lishi mumkin.
Agar preparatni ko‘rsatma bo‘yicha qo‘llansa, Xepilor og‘iz bo‘shlig‘i uchun eritmasidagi geksetidinning kontsentratsiyasi toksik hisoblanmaydi.
O‘tkir alkogolli intoksikatsiyani paydo bo‘lish ehtimoli juda kam.
Agar bola preparatni ahamiyatli darajadagi dozasini yutib yuborgan bo‘lsa, etil spirtini saqlanganligi sababli alkogolli intoksikatsiya paydo bo‘lishi mumkin.
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasiga olib kelgan geksetidinni haddan ziyod qo‘llash hollari yo‘q.
Davolash simptomatik. Bolani flakon ichidagini yutib yuborgan hollarda darhol shifokorga murojaat qilish lozim. Yutib yuborilgandan keyin 2 soat davomida me'dani yuvishni o‘tkazish imkoniyatini va alkogolli intoksiktsiyabelgilarini bartaraf qilish choralarini ko‘rib chiqish kerak.
Chiqarilish shakli
100 ml dan flakonda, 1 flakondan qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin!
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Farmak” JAJ
Ukraina, 04080, Kiyev sh.,Frunze ko‘ch., 74.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.