Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Trental tab. 400mg №20
Trental tab. 400mg №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Пентоксифиллин
Страна производитель
Индия
Дозировка
400 мг
Производитель
Sanofi Aventis
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Trental® 400
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) pentoksifillin
Dori shakli
ta'siri uzaytirilgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka saqlaydi
Faol modda pentoksifillin – 400 mg
Yordamchi moddalar povidon (polivinilpirrolidon), gietelloza (gidroksietiltsellyuloza), talk, magniy stearati.
Qobiq tarkibi gipromelloza (gidroksipropilmetiltsellyuloza), benzil spirti, titan dioksidi, tal’k, makrogol (polietilenglikol) 6000.
Ta'rifi Ikki tomoni qavariq, uzunchoq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tabletkalarning bir tarafida “ATA” gravirovkasi bor.
Farmakoterapevtik guruhi
Pereferik qon aylanishini davolash uchun vositalar (tomirlarni kengaytiruvchi vosita).
ATX kodi S04AD03.
Farmakologik xususiyatlari
Trental 400 eritrotsitlarning patologik o‘zgargan deformatsiyalanuvchanligiga ta'siri, trombotsitlar agregatsiyasiga ingibirlashi va qonning yuqori qovushqoqligini kamaytirishi hisobiga qonning reologik hususiyatlarini yaxshilaydi. Trental 400 qon ta'minlanishi buzilgan sohalardagi ozuqa mikrotsirkulyatsiyasini yaxshilaydi.
Faol modda sifatida Trental 400 tarkibida ksantin hosilasi bo‘lmish – pentoksifillinni saqlaydi. Uning ta'sir mexanizmi fosfodiesterazani ingibirlash hamda silliq mushak tomirlarining hujayralarida va qonning shaklli elementlarida sAMF ni to‘planishi bilan bog‘liqdir.
Yengil miotrop tomirni kengaytiruvchi ta'sirga ega bo‘lib, pentoksifillin biroz tomirlarning umumiy pereferik qarshiligini kamaytiradi va koronar tomirlarni biroz kengaytiradi.
Trental 400 bilan davolash miyada qon aylanishi buzilishlari simptomatikasi yaxshilanishiga olib keladi.
Periferik arteriyalarning okklyuzion shikastlanishda (masalan, o‘zgaruvchan cho‘loqlikda) davolanish harakat masofasini uzayishi, oyoq mushaklarining tungi tirishishi va tinch holatdagi og‘riqlarning bartaraf etilishi bilan namoyon bo‘ladi.
Farmakokinetikasi
Peroral qabul qilgandan keyin pentoksifillin tez va deyarli to‘liq so‘riladi.
Pentoksifillin deyarli to‘liq so‘rilganidan keyin metobolizmga uchraydi. Mutloq biokiraolishligi 19±13% ni tashkil qiladi. Asosiy faol metaboliti 1-(5-gidroksigeksil)-3,7-dimetilksantin (metabolit I) qon plazmasida pentoksifillinning kontsentratsiyasidan ikki marta yuqori kontsentratsiyasiga ega.
Peroral qabul qilingandan keyin pentoksifillinning yarim chiqarilish davri 1,6 soatni tashkil etadi.
Pentoksifillinning deyarli to‘liq metabolizmga uchraydi va 90% da ko‘prog‘i buyrak orqali konyugirlanmagan suvda eriydigan metabolitlar shaklida chiqariladi. Metabolitlarni chiqarilishi buyraklar faoliyati buzilgan bemorlarda sekinlashadi. Jigar faoliyati buzilgan bemorlarda pentoksifillinning yarim chiqarilish davri uzayadi va mutloq biokiraolishligi ortadi.
Qo‘llanilishi
Periferik qon aylanishini aterosklerotik buzilishi (masalan, o‘zgaruvchan cho‘loqlik) diabetik angiopatiya, trofik buzilishlar (masalan, boldir trofik yaralari va gangrena).
Miya qon aylanishini buzilishlari (tserebral ateroskleroz asorati masalan diqqatni jamlanishini buzilishi, bosh aylanishi, xotirani yomonlashishi kabi) ishemik va insultdan keyingi holatlar.
Ko‘zning to‘r pardasi va ko‘zning tomir qavatidagi qon aylanishini buzilishi otoskleroz, ichi quloq tomirlarining degenerativ jarayonlari buzilishi va eshitish qobiliyatini pasayishi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat dozasi bemorning shaxsiy xususiyatlariga mos ravishda shifokor tomonidan belgilanadi.
Odatdagi doza Trental 400 sutkada ikki va uch marta bir tabletkani tashkil qiladi. Maksimal sutkalik dozasi – 1200 mg. Preparatni ovqatlanish vaqtida va ovqatlanishdan so‘ng darhol yetarli miqdordagi suyuqlik bilan butunligicha chaynamasdan qabul qilinadi.
Buyrak faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi 30 ml/min dan past bo‘lganida) bo‘lgan patsiyentlarda dozasi sutkada 1-2 tabletkagacha pasaytirilishi mumkin.
Jigarni og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda shaxsiy o‘zlashtira olmaslikni hisobga olgan holda, dozani kamaytirish zarur.
Arterial bosimi past patsiyentlarda, shuningdek xavf guruhiga kiruvchi bemorlarda (yurak ishemik kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda yoki bosh miya qon tomirlarining gemodinamik ahamiyatli stenozlari bo‘lgan patsiyentlar) davolashni kichik dozalar bilan boshlash mumkin. Bunday holatlarda dozasi faqat asta-sekin oshiriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Trental yuqori dozalarda ishlatilganida, quyidagi nojo‘ya samaralar paydo bo‘lishi mumkin
nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, xavotirlik, uyquni buzilishi, tirishishlar;
teri va teri osti yog‘ qoplamlari tizimi tomonidan yuz terisini qizarishi, yuz va ko‘krak qafasining yuqori qismiga “qon oqib kelishlari”, shishlar, tirnoqlarning yuqori sinuvchanligi;
ovqat hazm qilish tizimi tomonidan kserostomiya, anoreksiya, ichak atoniyasi, bosim tuyg‘usi va me'da sohasida og‘irlikni sezish, ko‘ngil aynashi, qusish, diareya;
yurak-qon tomir tizimi tomonidan taxikardiya, aritmiya, kardialgiya, stenokardiyani avj olishi, arterial bosimni pasayishi;
gemostaz va qon yaratish a'zolari tizimi tomonidan leykopeniya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, me'da, ichak, shilliq qavatlar va teridan qon ketish holatlari gipofibrinogenemiya;
sezgi a'zolari tizimi tomonidan ko‘rishni buzilishi, skatoma;
allergik reaktsiyalar qichishish, terini qizarishi, eshakemi, angionevrotik shish, anafilaktik shok.
Juda kamdan-kam hollarda aseptik meningit, miya qopqog‘i ichki xolestazi va «jigar» transaminazalari, ishqoriy fosfatazaning faolligi oshishi kuzatiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Quyidagi patsiyentlarda Trental 400 ni qo‘llash mumkin emas
●pentoksifillin boshqa metilksantinlar yoki har qanday yordamchi vositalariga yuqori sezuvchanlik;
●ko‘p miqdordagi qon ketish holatlari;
●ko‘zning to‘r pardasidagi keng tarqalgan qon quyulishlar;
●bosh miyadagi qon quyulishlar;
●o‘tkir miokard infarkti;
●18 yoshgacha bo‘lganlar;
●homiladorlik, laktatsiya davrida.
Ehtiyotkorlik bilan quyidagi patsiyentlarda qo‘llaniladi
●og‘ir yurak aritmiyalari (aritmiyalarni og‘irlashish xavfi);
●arterial gipotenziya (arterial bosimni yanada pasayishi xavfi "
Qo‘llash usuli va dozalari
" bo‘limiga qarang);
●surunkali yurak yetishmovchiligi;
●me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi;
●buyrak faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi 30 ml/min dan past bo‘lganida), to‘planish xavfi va nojo‘ya samaralarini rivojlanishining yuqori xavfi ("
Qo‘llash usuli va dozalari
" bo‘limiga qarang);
●jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari (to‘planish xavfi va nojo‘ya samaralarini rivojlanishining yuqori xavfi ("
Qo‘llash usuli va dozalari
" bo‘limiga qarang);
●yaqinda o‘tkazilgan jarrohlik muolajalaridan keyingi holat;
●qon ketishiga bo‘lgan yuqori moyillik, masalan, antikoagulyantlar qo‘llanilishi natijasida va qon quyultirish tizimi buzilishlarida (og‘ir qon ketishlarni rivojlanish xavfi).
Qon ketishlar to‘g‘risidagi ma'lumotni olish uchun "
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
" bo‘limiga qarang.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Pentoksifillin arterial bosimni pasaytiruvchi dori vositalarni ta'sirini kuchaytiradi (AAF ingibitorlari, nitratlar).
Pentoksifillin qon ivish tizimiga ta'sir etuvchi dori vositalari (bevosita va vositali antikoagulyantlar, trombolitiklar), antibiotiklar (shu jumladan sefalosporinlar) ta'sirini ham kuchaytiradi.
Simetidin pentoksifillinning plazmadagi miqdorini oshiradi (nojo‘ya ta'sirlarni rivojlanish xavfi).
Boshqa ksantinlar bilan bir vaqtda qo‘llash haddan tashqari qo‘zg‘aluvchanligiga olib kelishi mumkin.
Pentoksifillinni qabul qilishda insulin yoki gipoglikemik preparatlarning qand miqdorini kamaytiruvchi ta'siri pentoksifillin yordamida kuchayishi mumkin (gipoglikemiyani rivojlanishining yuqori xavfi). Ba'zi patsiyentlarga qattiq nazorat qilish zarur.
Ba'zi bemorlarda pentoksifillinni teofillin bilan bir vaqtda qabul qilishni teofillinning miqdorini oshishiga olib keladi. Bu teofillin bilan bog‘liq nojo‘ya ta'sirlarni ko‘payishi yoki kamayishiga olib keladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolashni arterial bosimni nazorati ostida olib borish kerak.
Gipoglikemik vositalarni qabul qiluvchi qandli diabet bo‘lgan bemorlarda yuqori dozalar buyurish yaqqol gipoglikemiya chaqirishi mumkin (dozani to‘g‘rilash talab etiladi).
Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganda qon ivish tizimi ko‘rsatkichlarini alohida sinchkovlik bilan nazorat qilish zarur. Yaqinda jarrohlik muolajasini o‘tkazgan bemorlarda esa gemoglobin va gematokrit darajalarini muntazam nazorat qilish kerak.
Past yoki nostabil arterial bosimli bemorlarga yuborilayotgan doza kamaytirilgan bo‘lishi lozim.
Keksa yoshdagi bemorlarda dozani kamaytirish zaruriyati paydo bo‘lishi mumkin (biokiraolishligini oshishi va chiqarilish tezligini pasayishi).
Bolalarda pentoksifillinni qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi yetarlicha aniqlanmagan.
Chekish preparatning terapevtik samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Klinik manzarasi bosh aylanishi, ko‘ngil aynashiga qistov, arterial bosimni pasayishi, taxikardiya, aritmiya, teri qoplamlarini qizarishi, hushdan ketish, qaltirash, arefleksiya, tonik-klonik tirishishlar.
Agar yuqorida keltirilgan holatlar paydo bo‘lsa darhol shifokorga murojaat etish kerak.
Simptomatik davolash arterial bosimni va nafas faoliyatini tutib turishga alohida ahamiyat berish lozim. Tirishish xuruji diazepam yuborish bilan bartaraf etiladi.
Preparat dozasi oshirib yuborilishini birinchi belgilari (ko‘p terlash, ko‘ngil aynashi, sianoz) paydo bulishida preparatni qabul qilish darhol to‘xtatiladi. Bemor boshi va tanasining yuqori qismini pastroq holatga o‘tkaziladi. Nafas yo‘llarining erkin o‘tkazuvchanligi nazorat qilinadi.
Chiqarilish shakli
Ta'siri uzaytirilgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 400 mg.
10 tabletkadan PVX/alyumin folgali blisterda. 2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Sanofi Indiya Limited, Hindiston
54/A, Sir Mathuradas Vasanji Road, Chakala, Andheri (East), Mumbai-400093, India
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.