Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Smekta susp. tayyorlash uchun kukun apelsin ta'mli 3g №30
Smekta susp. tayyorlash uchun kukun apelsin ta'mli 3g №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Смектит диоктаэдрический
Страна производитель
Франция
Дозировка
3г
Производитель
Бофур Ипсен Фарма, Франция
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Порошок для приготовления суспензии для приёма внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Smekta®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) diosmektit
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun.
Tarkibi
Bir paketcha (3 g) quyidagilarni saqlaydi
faol modda dioktaedrik smektit (diosmektit) - 3 g;
yordamchi moddalar glyukoza monogidrati, natriy saxarini, apelsin aromatizatori, vanilin aromatizatori.
Ta'rifi suspenziyani tayyorlaganda biroz apelsin hidli, oqdan biroz och-sariq rangligacha bo‘lgan kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
diareyaga qarshi vosita.
ATX kodi A07VS05
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Smekta® tabiiy yo‘l bilan olingan preparat bo‘lib, adsorbtsiya qiluvchi ta'sir ko‘rsatadi. Shilliq to‘siqni barqarorlashtiradi, shilliqning glikoproteidlari bilan polivalent bog‘lar hosil qiladi, shilliqning miqdorini oshiradi, uning gastroprotektor xususiyatlarini (xlorid kislotaning vodorod ionlariga, safrodagi tuzlar, mikroorganizmlar va ularning toksinlariga salbiy ta'siriga nisbatan) yaxshilaydi.
Selektiv sorbtsion xususiyatlarga ega, bu uning diskoid-kristall tuzilishi bilan tushuntiriladi; me'da-ichak yo‘llarining bo‘shliqlaridagi bakteriyalar va viruslarni adsorbtsiya qiladi. Smekta®radioshaffof preparat bo‘lib, ahlat rangini o‘zgartirmaydi, terapevtik dozalarda fiziologik ichak tranziti vaqtiga ta'sir qilmaydi.
Farmakokinetikasi
Dioktaedrik smektit me'da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi, o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
-bolalar va chaqaloqlarda oral regidratatsiya bilan kompleksda va kattalarda o‘tkir diareya
-surunkali diareya
-gastritda, me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida, kolitda jig‘ildon qaynashi, qorin dam bo‘lishi va qorinda diskomfort hissini simptomatik davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
O‘tkir diareyani davolash
Bolalar
1 yoshgacha kuniga 2 paketchadan 3 kun davomida, so‘ngra kuniga 1 paketchadan buyuriladi.
1 yoshdan katta kuniga 4 paketchadan 3 kun davomida, so‘ngra kuniga 2 paketchadan buyuriladi.
Kattalar
O‘rtacha kuniga 3 paketcha.
Amaliyotda davolash kursining boshida (birinchi 3 kun davomida) sutkalik doza ikki marta oshirilishi mumkin.
Boshqa ko‘rsatmalar
Bolalar
1 yoshgacha kuniga 1 paketcha buyuriladi.
1 yoshdan 2 yoshgacha kuniga 1-2 paketcha buyuriladi.
2 yoshdan katta kuniga 2-3 paketcha buyuriladi.
Kattalar
O‘rtacha kuniga 3 paketcha.
Qo‘llash usuli
Ichga buyuriladi. Paketchaning ichidagisi bevosita iste'mol qilinishidan oldin eritilishi kerak.
Bolalar
Paketchaning ichidagisi bolalar butilkasida (50 ml) eritiladi va kun davomida bir necha qabul qilishga taqsimlanadi yoki biron bir yarim suyuq mahsulot (bo‘tqa, pyure, kompot, bolalar ozuqasi) bilan aralashtiriladi.
Kattalar
Paketchaning ichidagisi ½stakan suvda eritiladi.
Qabul qilish uchun eng yaxshi vaqt – ovqat qabul qilishlar orasida, ezofagitda – ovqatdan keyin buyuriladi.
Tavsiya qilingan davolash kursi 3-7 kun.
Nojo‘ya ta'sirlari
Tez-tez qabziyat (bunday hollarda dozani pasaytirib, davolashni davom ettirish mumkin).
Tez-tez emas ichakni dam bo‘lishi, qusish.
Eshakemi, toshma, qichishish yoki angionevrotik shishni o‘z ichiga oluvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari to‘g‘risida xabarlar bo‘lgan.
Shuningdek qabziyatni og‘irlashishi to‘g‘risida xam xabar berilgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik
- fruktozani o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparat bir vaqtda qabul qilinayotgan dori vositalarning so‘rilish tezligi va/yoki darajasini kamaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Smekta®va boshqa dori vositalarni qabul qilish orasidagi interval 1-2 soatni tashkil qilishi kerak.
Anamnezida og‘ir surunkali qabziyatlari bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
O‘tkir diareyasi bo‘lgan bolalarga, suvsizlanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun preparat oral regidratatsion eritmani oldindan qabul qilish bilan kompleksda qo‘llanishi lozim.
Kattalarda o‘ziga xos xolatlardan tashqari hollarda, regidratatsiya zarur hisoblanmaydi.
Oral yoki vena ichiga yuboriladigan regidratatsion eritma bilan regidratatsiya davomiyligi kasallikning kechishi, patsiyentning yoshi va o‘ziga xos xususiyatlariga qarab buyuriladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin.
Dori vositasini transport vositalarini yoki potentsial xavli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirini o‘ziga xosligi.
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari nojo‘ya ta'sirlar kuchayishi mumkin.
Davolash simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun alyumin folga va polietilen bilan laminatsiya qilingan qog‘oz paketchalarga joylangan.
10 yoki 30 paketchadan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
BOFUR IPSEN Indastri, Fransiya
28100 DREUX, France
Qayd etish guvohnomasining egasi
IPSEN Farma, Fransiya
Mahsulotning (tovarning) sifati bo‘yicha iste'molchilardan Qozog‘iston Respublikasida e'tirozlarniqabul qiluvchi tashkilot
IPSEN PHARMA (IPSEN FARMA) AJ ning QR vakolatxonasi
050040 Almati sh., Al-Farobiy pr., 45, 2 of.
Tel./faks 8 (727) 2646448. 2646620, 2646715
Elektron pochta manzili aigul.ismagulova@ ipsen.kz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.