Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
NOVEKS Ibuprofen susp. (Apelsin ta'mli) 15mg/5ml 120ml
NOVEKS Ibuprofen susp. (Apelsin ta'mli) 15mg/5ml 120ml
Nomi | Narx | |||||
Новэкс Ибупрофен-Апельсин сироп 15мг/5мл 120мл (1222001##1909) |
UZS 26 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Новэкс Ибупрофен-Апельсин сироп 15мг/5мл 120мл (1222001##1906) |
UZS 26 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ибупрофен
Страна производитель
Пакистан
Дозировка
15мг/5мл
Производитель
Herbion Pakistan Pvt. Ltd
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
NOVEKS Ibuprofen
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ibuprofen.
Dori shakli
suspenziya
Tarkibi
Har 5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi
faol modda 100 mg ibuprofen (BF);
yordamchi moddalar saxaroza, metilparaben, propilinparaben, natriy benzoati, limon kislotasi, ksantin kamedi, natriy saxarin, aerosil 200, tvin 80, sorbitol eritmasi, sariq bo‘yovchisi, aspartam, apelsin aromatizatori, tozalangan suv.
Ta'rifi to‘q sariq rangli, apelsin ta'mli, gomogen suspenziya
Farmakoterapevtik guruhi
nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita (NYAQV).
ATX kodi M01AE01
Farmakologik ta'siri
NYaQV, fenilpropion kislotasini hosilasi. Yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Ta'sir mexanizmi yallig‘lanish, og‘riq va isitmani patogenezida bosh rolni o‘ynaydigan prostaglandinlarning o‘tmishdoshi hisoblangan araxidon kislotasining metabolizmini asosiy fermenti-TSOG faolligini susaytirishi bilan bog‘liqdir. Og‘riq qoldiruvchi ta'siri ham periferik (bilvosita, prostaglandinlarni sintezini susaytirilishi orqali), ham markaziy mexanizm (markaziy va periferik nerv tizimida prostaglandinlarni sintezini ingibitsiya qilinishi bilan bog‘liq) bilan bog‘liq. Trombotsitlar agregatsiyasini susaytiradi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganda NOVEKS Ibuprofen me'da-ichak yo‘llaridan deyarli to‘liq so‘riladi. Ovqatni bir vaqtda qabul qilish so‘rilishni sekinlashtiradi.
Preparat jigarda metabolizmga uchraydi (90%). T1/2 2-3 soatni tashkil qiladi. Dozaning 80% siydik bilan asosan metabolitlar (70%), 10% - o‘zgarmagan holda, 20% ichak orqali metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
NOVEKS Ibuprofen keng xavfsizlik profili bilan birga kuchli isitma tushiruvchi, og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi hususiyatlarga ega.
Preparat quyidagi kasalliklarda
-yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari va boshqa buzilishlar bilan bog‘liq isitma;
-yuvenil revmatoid artrit;
-yumshoq to‘qimalarni yallig‘lanishi;
-travmatik yallig‘lanish va nospetsifik og‘riqlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga qabul qilinadi.
Doza bola tana vazniga bog‘liq.
Isitma va og‘riq sindromida preparatni 1 kg tana vazniga 5-10 mg dan sutkada 3-4 marta buyuriladi.
Maksimal sutkalik doza kg tana vazniga 30 mg dan oshmasligi kerak.
YoshiTana vazniDozasiMaksimal sutkalik doza
3-6 oylikdan boshlab
6-12 oylikdan boshlab
1-4 yoshdan boshlab
4-7 yoshdan boshlab
7-10 yoshdan boshlab
10-12 yoshdan boshlab 5 kg dan kam
6-10 kg
10-15 kg
15-20 kg
21-29 kg
30-40 kg50 mg (2,5 ml) kuniga 3 marta
50 mg (2,5 ml) kuniga 3-4 marta
100 mg (5 ml) kuniga3 marta
150 mg (7,5) kuniga 3 marta
200 mg (10 ml) kuniga 3 marta
300 mg (15 ml) kuniga 3 marta 150 mg
200 mg
300 mg
450 mg
600 mg
900 mg
Ko‘rsatilgan dozadan oshirilmasin.
Immunizatsiyadan keyingi isitmada
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni 50 mg (2,5 ml) dozada buyuriladi.
1 yoshdan katta bolalarga zarurat bo‘lganida 6 soatdan keyin preparatni xuddi shu dozada qayta buyurish mumkin. 24 soat davomida 5 ml dan ortiq qo‘llanmasin.
Davolashni davomiyligi preparatni isitma tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan ortiq, og‘riq qoldiruvchi sifatida - 5 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas.
Agar isitma (tana haroratini oshishi) saqlanib tursa, u holda shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Preparatni ishlatish qoidasi
Suspenziyani iste'mol qilishdan oldin yaxshilab chayqatish kerak. Suspenziyani aniq dozalash uchun flakon bilan birga o‘lchov stakanchasi ilova qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya ta'sirlar kam kuzatiladi, ammo quyidagi nojo‘ya samaralar paydo bo‘lishi mumkin
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan tez-tez – ko‘ngil aynishi, anoreksiya, qusish, epigastriyada diskomfortni his qilish, diareya, me'da-ichak yo‘llarining eroziv yarali shikastlanishlari rivojlanishi mumkin; uzoq muddat qo‘llanganda jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lishi mumkin.
MNT va periferik nerv tizimi tomonidan tez-tez - bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, qo‘zg‘alish, ko‘rishni buzilishi.
Qon yaratish tizimi tomonidan uzoq vaqt qo‘llanganda anemiya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz bo‘lishi mumkin.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan uzoq vaqt qo‘llanganda buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lishi mumkin.
Allergik reaktsiyalar tez-tez - terida toshma, Kvinke shishi, kam hollarda-aseptik meningit (ko‘pincha autoimmun kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda), bronxospastik sindrom.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Me'da-ichak yo‘llarining zo‘rayish bosqichidagi eroziv yarali shikastlanishlari;
-ko‘rish nervi kasalliklari;
-aspirin triadasi;
-qon yaratilishini buzilishi;
-buyrak va/yoki jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari;
-ibuprofenga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
NOVEKS Ibuprofen preparati va antikoagulyantlar bir vaqtda qo‘llanganda oxirgilarning ta'siri kuchayishi mumkin.
NOVEKS Ibuprofenni birga qo‘llaganda qonda dioksid, fenitoin, metatreksat va litiyning kontsentratsiyasini oshiradi.
NOVEKS Ibuprofen preparatini diuretiklar va antigipertenziv vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda oxirgilarning samarasi susayishi mumkin. NOVEKS Ibuprofen birga qo‘llanganda mineral kortikosteroidlar va glyukortikoidlarning nojo‘ya samaralarini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar va buyrakning yondosh kasalliklarida, surunkali yurak yetishmovchiligida, davolashni boshlashdan oldin dispeptik simptomlarda, bevosita jarrohlik aralashuvlarini o‘tkazishdan oldin, anamnezida me'da ichak yo‘llaridan qon ketishiga va me'da ichak yo‘llaridan qon ketishiga va me'da ichak kasalliklariga ko‘rsatma bo‘lganida, NYaQV ni qabul qilish bilan bog‘liq allergik reaktsiyalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Davolash jarayonida jigar va buyrak faoliyatini, periferik qon manzirasini muntazam nazorat qilish zarur.
Homiladorlikda va emizishda qo‘llanilishi
Noveks Ibuprofenni homiladorlikning III uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlikning I va II uch oyligida qo‘llanishi faqat ona uchun kutiladigan foyda, homila uchun mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina oqlangan.
Noveks Ibuprofen ko‘krak suti bilan oz miqdorda chiqariladi. Laktatsiya davrida og‘riqlarda va sisitmada (sutkada 800 mg dan ortiq) qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish to‘g‘risidagi masalani hal qilish lozim.
Buyrak faoliyatini buzilishida qo‘llanilishi
Buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlarida qo‘llanmaydi. Preparatni 3 oylikdan 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda anamnezida buyrak kasalliklari bo‘lganida ehtiyotkorlik bilan va faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, quloqlarni shang‘illashi, metabolik atsedoz, koma, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, arterial bosimini pasayishi, bradikardiya, taxikardiya.
Davolash me'dani yuvish (faqat qabul qilingandan keyin 1 soat davomida) faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish, ishqoriy suyuqlik, jadallashtirilgan diurez simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Preparat 120 ml dan qaxrabo rangli, qalpoqchali, bolalardan himoyalash uchun qulfcha bilan ta'minlangan shisha flakonda; 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va o‘lchov stakanchasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yorug‘likdan va namlikdan himoyalang.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptsiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
HERBION PHARMA
Xerbion Pakistan (Pvt) Ltd.
Pokiston
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
100016, Toshkent sh., Yashnabod tumani, Alimkent 1-tor ko‘ch., 33 a
Tel/faks 294 59 84, 294 59 86.
E-mail info/pk@herbion.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.