Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Dialipon infuziya uchun eritma 3% 10 ml №5 Farmak
Nomi | Narx | |||||
Диалипон р-р д/и 3% 10мл №5 Фармак (10623##1869) |
UZS 101 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тиоктовая кислота
Страна производитель
Украина
Дозировка
3% 10 мл
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инфузий
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Dialipon
Ta'sir etuvchi modda (XPN) tioktat kislotasi (thioctic acid)
Dori shakli
infuziya uchun eritma.
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 58,382 mg alfa-lipoy kislotasining meglyumin tuzi, bu 30 mg alfa-lipoy kislotasiga to‘g‘ri keladi;
yordamchi moddalar meglyumin (N-metilglyukamin), polietilenglikol 300 (makrogol 300), in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi sariq rangli tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.
ATX kodi A16A X01.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Tioktat kislotasi – vitaminlarga o‘xshagan modda bo‘lib, organizmda hosil bo‘ladi va α-ketokislotalarning oksidlanishli dekarboksillanishida koferment vazifasini bajaradi. Qandli diabeti chaqirgan giperglikemiya qon tomirlarining matritsa proteinlarida glyukozani to‘planishiga va avj oluvchi glikozirlanishning yakuniy mahsulotlarini hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu jarayon endonevral qon oqimini kamayishiga va nerv tolalarini shikastlovchi erkin kislorodli radikallarni hosil bo‘lishini oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan endonevral gipoksiyaga/ishemiyaga, shuningdek periferik nervlarda glutation kabi antioksidantni kamayishiga olib keladi. Kalamushlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda tioktat kislotasi, streptozototsin tomonidan chaqirilgan qandli diabet keltirib chiqargan biokimyoviy jarayonga xuddi shunday tarzda ta'sir qilgan, bunda avj oluvchi glikozirlanishning yakuniy mahsulotlarini hosil bo‘lishi kamaygan, endonevral qon oqimi yaxshilangan, diabetik jarayon bilan shikastlangan nerv tolalarida erkin radikallarga antioksidantning ta'siriga o‘xshab ta'sir qluvchi glutationning fiziologik miqdori oshgan. Eksperimentlarda kuzatiladigan bu samaralar tioktat kislotasi periferik nervlarning faoliyatini yaxshilashi mumkinligidan dalolat beradi. Bu polineyropatiyada o‘rin tutuvchi sensor buzilishlarga taalluqli bo‘lib, achishish hissi, og‘riq, jimirlash yoki «chumolini o‘rmalashi» hissi kabi dizesteziya, paresteziya ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin. Diabetik polineyropatiyani simptomatik davolash uchun tioktat kislotasini qo‘llash samaradorligini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotda, paresteziyalar, achishish hissi, jimirlash va og‘riq kabi tekshirilayotgan simptomlarga tioktat kislotasining ijobiy ta'sir samarasi to‘g‘isidagi ma'lumotlar tasdiqlandi.
Farmakokinetikasi
Tioktat kislotasi ko‘proq darajada jigar orqali «birinchi o‘tish» samarasiga uchraydi. Tizimli biokiraolishligida ahamiyatli darajadagi individual o‘zgarishlar o‘rin tutadi. Tioktat kislotasi yon zanjirini oksidlanish va kon'yugatsiyaga uchrash yo‘li bilan biotransformatsiyaga uchraydi, uning metabolitlarini 80-90% buyrak orqali chiqariladi.Tioktat kislotasining yarim chiqarilish davri 25 minutni, qon plazmasidagi umumiy klirensi esa – 10-15 ml/minut/kg ni tashkil qiladi. 600 mg tioktat kislotasining 30-minutli infuziyasidan so‘ng uning qon plazmasidagi miqdori taxminan 20 mkg/ml ni tashkil qiladi. Siydikda chiqarilgan intakt moddaning juda oz miqdorigina aniqlanadi.
Qo‘llanilishi
Diabetik polineyropatiyada paresteziyalarda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Doza va davolash davomiyligini shifokor shaxsiy ravishda belgilaydi.
Jadal paresteziyalarda preparatni sutkada 10 ml dan 20 ml gacha dozada vena ichiga yuborish tavsiya qilinadi, bu sutkada 300-600 mg tioktat kislotasiga muvofiq keladi. Infuziya uchun eritmani davolashning boshlang‘ich bosqichida 2-4 hafta davomida qo‘llash kerak. Ampula ichidagi moddani 0,9% li natriy xloridi eritmasining 250 ml da suyultirish va vena ichiga yuborish kerak, ayni paytda infuziya davomiyligi kamida 30 minutni tashkil etishi kerak. Ta'sir etuvchi moddani yorug‘likka sezuvchanligini nazarda tutib, infuziya uchun eritmalarni bevosita yuborishdan oldin tayyorlash va yorug‘lik ta'siridan, masalan alyumin folga yordamida himoya qilish kerak. Tayyorlangan infuziya uchun eritmani yorug‘lik ta'siridan himoya qilingan sharoitlarda 6 soat davomida saqlash mumkin.
Keyinchalik davolash uchun tioktat kislotasini saqlovchi Dialipon preparatining peroral shakllarini sutkada 300-600 mg dozada qo‘llash kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nerv tizimi tomonidan ta'm sezishni o‘zgarishi yoki buzilishi, bosh og‘rig‘i, qizish hissi, kuchli terlash, nafasni qiyinlashishi, bosh miya ichki bosimini oshishi, bosh aylanishi, tirishishlar, ko‘rishni buzilishi va ko‘zni ikkita ko‘rishi. Ko‘pchilik hollarda barcha ko‘rsatilgan ko‘rinishlar mustaqil o‘tib ketadi.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan vena ichiga tez yuborilganda mustaqil o‘tib ketuvchi ko‘ngil aynishi, qusish diareya, qorinda og‘riq kuzatilgan,
Qon yaratish tizimi tomonidan shilliq qavatlariga/teriga petexial qon quyilishlari, trombotsitopatiya, trombotsitlar faoliyatini buzilishi, gipokoagulyatsiya, gemorragik toshma (purpura), tromboflebit kuzatilgan.
Metabolizmni buzilishi glyukozani o‘zlashtirilishini yaxshilanishi oqibatida ayrim hollarda qonda qand darajasi pasayishi mumkin, buning natijasija gipoglikemiyaga o‘xshash bosh aylanishi, ko‘p terlash, bosh og‘rig‘i, ko‘rishni buzilishi kabi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin.
Immun tizimi tomonidan terida toshmalar, eshakemi, qichishish, ekzema, shuningdek anafilaktik shokkacha rivojlanishi mumkin bo‘lgan tizimli reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan vena ichiga tez yuborilganida mustaqil o‘tib ketuvchi yurak sohasida og‘riq, taxikardiya kuzatilgan.
Boshqalar yuborish joyida reaktsiyalar, holsizlik.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Tioktat kislotasiga yoki preparatning biror-bir boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tioktat kislotasi metallarning ion komplekslari bilan (masalan sisplatin bilan) reaktsiyaga kirishadi, shuning uchun preparat sisplatinning samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Tioktat kislotasi qandlarning molekulalari bilan (masalan levulyoza eritmasi bilan) reaktsiyaga kirishib, qiyin eruvchi kompleks birikmalarni hosil qiladi.
Tioktat kislotasi metall xelatori hisoblanadi, shuning uchun uni metallar bilan (masalan temir va magniy preparatlari bilan) qo‘llash mumkin emas.
Tioktat kislotasi insulin va/yoki boshqa diabetga qarshi vositalarning qandni pasayitiruvchi ta'sirini kuchayitirishi mumkin, shuning uchun ayniqsa tioktat kislotasi bilan davolashni boshida qonda qand miqdorini muntazam nazorat qilish lozim. Gipoglikemiya simptomlarini paydo paydo bo‘lishini oldini olish uchun, ayrim hollarda insulin va/yoki oral diabetga qarshi vositalarning dozasiga tuzatish kiritish zarurati tug‘ilishi mumkin.
Nomutanosiblik. Dialipon in vitro sharoitida metallarning ion komplekslari bilan (masalan, sisplatin bilan) ta'sirga kirishadi, shuning uchun preparat ularning samarasini susaytirishi mumkin. Dialipon qandlar bilan qiyin eruvchi kompleks birikmalarni hosil qiladi. Shuning uchun Dialiponning infuzion eritmasi glyukoza, fruktoza, Ringer eritmalari bilan nomutanosib. Preparat SH-guruhi yoki disulfid ko‘prikchalari bilan reaktsiyaga kirishadigan birikmalarni saqlovchi eritmalar bilan nomutanosibdir. Preparatni suyultirish uchun faqat 0,9% li natriy xloridi eritmasini ishlatish lozim.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarni davolashda glikemiyani tez-tez nazorat qilish kerak. Ayrim hollarda gipoglikemiyani oldini olish uchun qandni pasaytiruvchi vositalarning dozasiga tuzatish kiritish lozim.
Polineyropatiyani davolash vaqtida regeneratsiya jarayonlari tufayli, “chumoli yurishi” xissi bilan bo‘lgan paresteziya bilan birga kechuvchi sezuvchanlikni qisqa muddatli kuchayishi yuz berishi mumkin.
Alkogolni doimo iste'mol qilish polineyropatiyani rivojlanishining xavf omili hisoblanadi va u Dialiponning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun preparat bilan davolanish vaqtida alkogolni iste'mol qilishdan saqlanish tavsiya qilinadi.
Preparat yorug‘likka sezuvchandir, shuning uchun ampulalarni o‘ramidan faqat bevosita ishlatishdan oldin olish kerak.
Tioktat kislotasining preparatlarini vena ichiga yuborish uchun ma'lum bir cheklov keksalik yoshi (75 yoshdan oshganlar) hisoblanadi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.
Tegishli klinik ma'lumotlar yo‘qligi tufayli, tioktat kislotasini homiladorlikda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Tioktat kislotasini ko‘krak sutiga o‘tishi o‘tishi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q, shuning uchun uni emizish davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Bolalar.
Dialiponni bolalar va o‘smirlarga, preparatni ushbu toifa patsiyentlarda qo‘llashning klinik tajribasi yo‘qligi tufayli, buyurish tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish xususiyati
Preparatni qo‘llash vaqtida avtotransport vositalarini boshqarishda yoki diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka amal qilishg lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganda ko‘ngil aynashi, qusish, bosh og‘rig‘i bo‘lishi mumkin. Tioktat kislotasini 10 g dan 40 g gacha bo‘lgan juda yuqori dozalarda alkogol bilan birga qo‘llanganda, o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir intoksikatsiya kuzatilgan. Zaharlanishning klinik manzarasi boshida psixomotor qo‘zg‘alish yoki ongni buzilishi bilan boshlanib, keyinchalik tarqalgan tirishish xurujlari va laktoatsidozni rivojlanishi bilan kechadi. Intoksikatsiya oqibatida gipoglikemiya, shok, rabdomioliz, gemoliz, disseminatsiyalangan qon tomir ichki qon ivishi, suyak ko‘migining depressiyasi va ko‘p a'zolarda yetishmovchilik hollari yuz berishi mumkin.
Davolash. Jiddiy intoksikatsiyaga shubha tug‘ilganida (tioktat kislotasining miqdori tana vazniga > 80 mg/kg) darhol gospitalizatsiya qilish va umum qabul qilingan choralarni o‘tkazish (masalan qusishni chaqirish, me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash) kerak. Yoyilgan tirishish xurujlarini, laktatatsidozni va bemorning hayotiga xavf tug‘diruvchi intoksikatsiyaning boshqa oqibatlarini davolash uchun jadal davolashning zamonaviy tamoyillariga tayanish va simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Hozirgi vaqtgacha tioktat kislotasini jadal chiqarilishi doirasida gemodializni, gemoperfuziya yoki gemofiltratsiya usullarini qo‘llash maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
10 ml yoki 20 ml dan ampulada, 5 yoki 10 ampuladan qutida.
5 ampuladan blisterda; 1 yoki 2 blisterdan qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Farmak” OAJ
Ukraina, 04080, Kiyev sh., Frunze ko‘ch., 63.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.