Foydalanuvchi shartnomasi
Kelishuv (bitim) shartlari (Ommaviy Oferta)
1. Atamalar va tushunchalar.
1.1. Ushbu Ofertada, agar kontekstda boshqa narsa talab etilmasa, quyida keltiriladigan atamalar quyidagi ma’nolarga ega va uning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi:
Sotuvchi — “ABV” MChJ (Yuridik manzili: O‘zbekiston Respublikasi,Toshkent sh., _______ ko‘chasi), H/r: ___________, Bank ______, MFO ______)
Xaridor — ommaviy ofertani ushbu oferta shartlarida ma’qullagan, farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan lisenziyaga ega har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs
Internet-dorixona — “ABV” MChJ Sotuvchisining http://www.pharmaclick.uz internet manzili bo‘yicha joylashgan rasmiy internet-dorixonasi. Ushbu shartnoma doirasida Internet-dorixona va Dorixona muassasasi tushunchalari, shuningdek http://www.pharmaclick.uz internet manzili va http://www.pharmaclick.uz dan hosilalar teng kuchga ega hisoblanadi va oferta konteksti bo‘yicha bir xil talqin qilinadi.
Tovar — dorixonalarda sotish uchun ruxsat etilgan, Pharmaclick internet dorixona sahifalarida grafik tasvirlar yoki fotografiyalar shaklida joylashtirilgan har qanday tovar, shu jumladan dori vositalari, tibbiy maqsadlar uchun mo’ljallangan buyumlar, sanitariya va gigiena predmetlari, davolash maqsadidagi oziqa, mineral suvlar, shuningdek davolash-kosmetika mahsulotlari, biologik faol qo’shimchalar va hokazo.
Oferta – Sotuvchining nomuayyan shaxslar doirasiga Sotuvchining ushbu shartnomada ko’rsatilgan shartlarida va Internet-dorixona shartlarida uzoqdan (masofadan) turib tovarlarning chakana oldi-sotti shartnomasini (bundan keyin ”Shartnoma”) tuzish bo’yicha yuborgan ochiq taklifi.
Aktsept – Xaridorning ushbu Oferta (Shartnoma) shartlarini to’liq va so’zsiz qabul qilishi.
Buyurtma – elektron hujjat bo’lib, Xaridor tanlagan tovar, uning narxi, yetkazib berish manzili, Xaridorning ismi-sharifi yoki nomi, Xaridorning aloqa qilish uchun malumotlari va ushbu elektron hujjat shaklida ko’zda tutilgan boshqa malumotlar haqidagi axborotdan iborat bo’ladi.
Elektron hujjatlar aylanmasi – saytdan foydalanishda elektron to’lovlar va/yoki pul o’tkazmalarining axborot vositachisi tomonidan tashkil etilgan Sotuvchi, Xaridor va Operator/provayder o’rtasidagi elektron hujjatlar bilan almashinish tizimi.
Elektron hujjatlar - buyurtmalar, to’lov hisobvaraqlari, reklamatsiyalar, e’tirozlar va Tomonlarning ushbu shartnoma shartlarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarning boshqa turlari.
Tovar cheki - Yetkazib beruvchining Sotuvchiga uning shaxsiy kabinetida taqdim etadigan yoki Sotuvchiga Tovar uchun haq to‘langandan so‘ng beriladigan hujjat.
2. Umumiy qoidalar.
2.1. Ushbu ommaviy Oferta (bundan keyin - Shartnoma) “ABV” MChJning yuridik salohiyatga va “ABV” MChJ bilan ushbu ofertada belgilangan shartlarda Tovarning oldi-sotti shartnomasini tuzish uchun zarur vakolatga ega bo‘lgan har qanday jismoniy va yuridik shaxsning manziliga yuborilgan rasmiy taklifi hisoblanadi va shartnomaning barcha muhim shartlarini o‘z ichiga oladi.
2.2. Iste’molchilarning huquqlarini muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadi.
3. Shartnoma predmeti va Tovarning narxi.
3.1. Sotuvchi tovarlarni beradi, Xaridor esa ularni qabul qilib oladi va ushbu shartnomada ko‘rsatilgan shartlarda haqini to‘laydi. Buyurtirilgan Tovarlarga egalik huquqi Tovar haqiqatda Xaridorga berilgan va u Tovarning to‘liq qiymatini to‘lab bo‘lgan vaqtdan boshlab Xaridorga o‘tadi. Tovarning tasodifan nobud bo‘lish va shikastlanish xavfi Tovar Xaridorga haqiqatda berilgan vaqtdan boshlab Xaridorga o‘tadi.
3.2. Tovarlarning narxlari shak-shubhasiz bir tomonlama belgilanadi va http://www.pharmaclick.uz internet manzili bo‘yicha internet-do‘kon sahifalarida ko‘rsatiladi.
3.3. Tovar narxi O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi - so‘mda ko‘rsatiladi. Narxlar shuningdek shartli birliklar va /yoki xorijiy valyutada ham ko‘rsatilishi mumkin, ular O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining haq to‘lanayotgan sanadagi kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi - so‘mda to‘lanadi.
3.4. Muayyan tovarga shartnoma tuzish to‘g‘risidagi taklif tovarning Sotuvchi internet-saytida turish muddati davomida amal qiladi.
3.5. Tovar saytda internet-dorixonaning mulki hisoblanadigan grafik tasvirlar-namunalar orqali taqdim etilgan.
3.6. Monitorlarning texnik tavsiflari turlichaligi munosabati bilan Tovarning rangi saytda bevosita taqdim qilinganidan farq qilishi mumkin.
3.7. Tovarning tashqi ko‘rinishi saytda tavsiflanganidan farqlanishi mumkin.
3.8. Internet-dorixona menejeri Xaridorning iltimosiga ko‘ra (telefon orqali yoki elektron pochta vositasida) zarur va Xaridor nuqtai nazaridan tovarni sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilishi uchun yetarli bo‘lgan axborotni taqdim etishi shart.
4. Shartnomani tuzish vaqti.
4.1. Ushbu Shartnomaning matni (O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasi 2-qismi va 426-moddasiga muvofiq) ommaviy oferta hisoblanadi.
4.2. Xaridor tomonidan ushbu ofertani maqullash asosida tuziladigan Shartnoma qo’shilish shartnomasi hisoblanadi, Xaridor unga hech qanday istisnolarsiz va/yoki qo’shimcha shartlarsiz qo’shiladi.
4.3. Xaridorning buyurtma rasmiylashtirish fakti Xaridorning ushbu Shartnoma shartlarini qabul qilganligining so‘zsiz fakti hisoblanadi. Sotuvchining Internet-dorixonasidan tovar olgan (tovar buyurtmasini rasmiylashtirgan) Xaridor Sotuvchi bilan ushbu Shartnoma shartlarida munosabatga kirishgan shaxs sifatida qaraladi.
5. Tomonlarning huquq va majburiyatlari.
5.1. Sotuvchining majburiyatlari:
5.1.1. Ushbu Shartnoma tuzilgan vaqtdan boshlab ushbu shartnoma shartlari va amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda Xaridor oldidagi barcha majburiyatlarning to‘la bajarilishini ta’minlash. Sotuvchi ushbu Shartnomaning 9-bandida ko‘rsatilgan yengib bo‘lmas darajadagi kuchli vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi.
5.1.2. Xaridorning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berish va amaldagi qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda ularning mahfiyligini ta’minlash.
5.2. Sotuvchi quyidagi huquqlarga ega:
5.2.1. Ushbu Shartnoma, Tovar narxlari va boshqa bog’liq xizmatlarga Tariflarni, tovarga haq to’lash va etkazib berish usullari va muddatlarini http://www.pharmaclick.uz internet manzilida joylashgan internet-do’konning sahifalarida joylashtirgan holda bir tomonlama o’zgartirish. Barcha o’zgartirishlar elon qilinganidan so’ng darhol kuchga kiradi va bunday elon qilingandan so’ng Xaridor etiboriga yetkazilgan deb hisoblanadi.
5.2.2. Xaridor bilan telefon orqali muzokaralarini yozib olish. Sotuvchi: axborotdan ruxsatsiz foydalanishga urunishlar va/yoki uning buyurtmalarni bajarishga bevosita aloqador bo‘lmagan shaxslarga berilishining oldini olish; bunday faktlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish.
5.2.3. Shartnomani bajarish bo‘yicha o‘zining huquq va majburiyatlarini Xaridor bilan kelishmagan holda uchinchi shaxslarga berish.
5.3. Xaridorning majburiyatlari:
5.3.1. Shartnomani tuzish vaqtigacha Shartnomaning mazmuni va shartlari, Sotuvchi tomonidan internet-dorixonada taklif etilayotgan Tovarning narxlari bilan, shuningdek http://www.pharmaclick.uz internet-manzili bo‘yicha joylashgan internet-do‘kon sahifalaridagi boshqa shartlar bilan tanishish.
5.3.2. Sotuvchining Xaridor oldidagi o’z majburiyatlarini bajarishi uchun Xaridor uni xaridor sifatida aniq identifikatsiyalash va tovar etkazib beriladigan hollarda Xaridorga u buyurtma qilgan tovarni yetkazib berish uchun zarur barcha malumotlarni xabar qilishi kerak.
5.3.3. Ushbu shartnoma shartlarida buyurtma qilingan tovar va uni yetkazib berish haqini to’lash.
5.3.4. Nizolarning oldini olish uchun buyurtmani rasmiylashtirishda Sotuvchi tomonidan o’zining internet-saytida taklif etilgan axborot bilan tanishish.
5.3.5. Internet-saytda buyurtirilgan tovardan tadbirkorlik maqsadlarida foydalanmaslik.
6. Tovarni yetkazib berish
6.1. Tovarni Xaridorga yetkazib berish “To’lov to’g’risida” va “Yetkazib berish to’g’risida” bo’limlarida kelishilgan shartlarda faqat Toshkent shahri chegarasida amalga oshiriladi.
7. Tovarlarni qaytarish va almashtirish shartlari
7.1. Tegishli sifatdagi tovarlar.
7.1.1. Xaridor buyurtirilgan tegishli sifatdagi tovarni sababini tushuntirmagan holda istalgan vaqtda: uni olgunicha, tovar kuryer bilan etkazib berilgan vaqtda rad etish huquqiga ega. O’zbekiston Respublikasining 26.04.1966 yildagi “Dori vositalarini va tibbiy maqsadlarga mo’ljallangan buyumlarni chakana sotish tartibi to’g’risida”gi Nizomga muvofiq dorixonalardan sotilgan dori vositalari va tibbiy maqsadlar uchun mo’ljallangan buyumlar qaytarib olinmaydi va ular shu kabi boshqa vositalarga almashtirilmaydi.
7.1.2. Quyidagi hollarda yetkazib berilgan buyurtmadan va unga haq to‘lashdan bosh tortish mumkin:
- yetkazib berilgan tovar buyurtma qilingan tovarga muvofiq emas;
- o‘ramining butunligi buzilishi natijasida tovar shikastlangan;
- o‘ramining joylash xarakteriga va yuborish shartlariga nomuvofiqligi natijasida tovar shikastlangan (harorat rejimlari bo‘yicha talablardan tashqari).
Tovar faqat yetkazib berish vaqtida qaytarilishi mumkin.
Agar tovar butunligining buzilishi oqibatida shikastlangan va Xaridor uning haqini to‘liq hajmda to‘lab bo‘lgan hollarda Sotuvchi o‘z hisobidan xuddi shunday tovarni taqdim etishi shart.
7.2.2. Sifati tegishlicha bo‘lmagan tovar 7.1.2-bandda ko‘rsatilgan usulda qaytariladi.
7.2.3. Tovarni qaytarish to‘g‘risidagi arizada Xaridor qaytarayotgan tovarning aynan qanday nuqsoni borligi ko‘rsatilishi zarur.
8. Haq to‘lash usullari.
8.1. Xaridor quyidagi usullar bilan haq to‘lashi mumkin:
— bank plastik kartasi bilan haq to‘lash (ONLINE);
— naqd pul bilan haq to‘lash;
— turli to‘lov tizimlari orqali haq to‘lash (agar bu vaqtda www.pharmaclick.uz haqiqiy saytida bu ko‘zda tutilgan bo‘lsa).
8.2. Tovarga haq to‘lash usullari bo‘yicha yanada to‘liq axborot http://www.pharmaclick.uz internet manzili bo‘yicha joylashtirilgan internet-saytning “To‘lov to‘g‘risida”gi bo‘limida mavjud.
9. Fors-major.
9.1. Tomonlardan har biri, agar ushbu Shartnoma imzolanganidan keyin yuzaga kelgan yengib bo‘lmas kuch vaziyatlari sababli ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘zining majburiyatlarini to‘la yoki qisman bajara olmasa, bu bajara olmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladi. “Yengib bo‘lmas kuch vaziyatlari” favqulodda hodisalar yoki Tomonlar oldindan ko‘ra olmagan yoki o‘zida mavjud vositalar bilan oldini ololmagan vaziyatlarni bildiradi. Bunday favqulodda hodisalar va vaziyatlar o‘z ichiga quyidagilarni oladi, xususan: ish tashlashlar, suv toshqinlari, yong‘inlar, zilzilalar va boshqa tabiiy halokatlar, urushlar, harbiy harakatlar, O‘zbekiston Respublikasi yoki boshqa davlatlarning harakatlari, shuningdek Tomonlardan har birining ongli nazorati chegarasidan chiqadigan har qanday boshqa vaziyatlarni o‘z ichiga oladi. Amaldagi qonunchilikning yoki me’yoriy hujjatlarning Tomonlardan biror-biriga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan o‘zgarishlari yengib bo‘lmaydigan kuchli vaziyatlar sifatida qaralmaydi, lekin Tomonlarning har biriga ularning ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlaridan birortasini bajarish imkonini bermaydigan o‘zgartirishlar kiritilganida Tomonlarning ushbu Shartnomani bajarishini ta’minlash uchun Tomonlar darhol bu muammoni bartaraf etish bo‘yicha ish tartibiga taalluqli bo‘lgan qarorni qabul qilishi shart.
10. Tomonlarning javobgarligi.
10.1. Tomonlar ushbu Shartnoma shartlarini bajarmaganligi yoki tegishli tarzda bajarmaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
10.2. Internet-do‘konda joylashtirilgan barcha matnli axborot va grafik tasvirlarning qonuniy huquq egasi bo‘lib, ko‘rsatilgan axborot va tasvirlardan noqonuniy foydalanish amaldagi qonunchilikka muvofiq ta’qib qilinadi.
11. Boshqa shartlar.
11.1. Tomonlar ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarining bajarilmasligi yoki tegishli tarzda bajarilmasligi bilan bog‘liq barcha nizolarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga harakat qiladilar.
11.2. Muzokaralar mobaynida kelishuvga erishilmagan hollarda nizolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida hal qilinadi.
11.3. Internet-dorixonaning Ofertada havolalar keltirilgan qoida va shartlarini tushuntiruvchi bo‘limlari ushbu Ofertaning ajralmas qismi hisoblanadi.
11.4. Xaridor ushbu ofertani maqullab, xizmatlarning sifatini yaxshilashga yo’naltirilgan tadqiqotlar o’tkazish uchun, marketing dasturlari, statistik tadqiqotlar o’tkazish uchun, shuningdek Xaridor bilan aloqaning turli vositalari, shu jumladan, lekin cheklanmagan holda pochta orqali jo’natish, elektron pochta, telefon, faksimil aloqa, Internet tarmoǵi yordamida bevosita aloqalarni amalga oshirish yo’li bilan bozorda xizmatlarini siljitish uchun “ABV” MChJga o’zining shaxsiy malumotlarini, shu jumladan familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilish sanasi, jinsi, ish joyi va lavozimi, pochta manzili; uy, ish, mobil telefonlari, elektron pochta manziliga ishlov berish, shu jumladan, malumotlarni to’plash, tizimlashtirish, yig’ish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o’zgartirish), foydalanish, tarqatish, O’zbekiston Respublikasi hududida berish, shaxssizlantirish, bloklash, yo’q qilish, shuningdek ularni Sotuvchining kontragentlariga keyinchalik ishlov berish (jumladan shaxsiy malumotlarni) to’plash, tizimlashtirish, yig’ish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o’zgartirish), foydalanish, tarqatish, O’zbekiston Respublikasi hududida berish, shaxssizlantirish, bloklash, yo’q qilish) maqsadlarida berishga rozilik bildiradi va ruxsat etadi.
11.5. Xaridor Sotuvchi va Sotuvchining kontragentlariga malumotlar bazasini boshqarishning avtomatlashgan tizimlari, shuningdek Sotuvchining topshirig’i bo’yicha maxsus ishlab chiqilgan boshqa dasturiy vositalar yordamida Xaridorning shaxsiy malumotlariga ishlov berishga rozilik bildiradi va ruxsat etadi. Bunday tizimlar bilan ishlash operator tomonidan belgilangan algoritm bo’yicha (malumotlarni to’plash, tizimlashtirish, yiǵish, saqlash, aniqlashtirish, foydalanish, bloklash, yo’q qilish) amalga oshiriladi. Ishlov berishning foydalaniladigan usullari (qo’shilgan, lekin cheklanmagan holda): pochta kodlarini kodlar bazasi bilan avtomat tarzda solishtirib chiqish, ko’chalar/aholi punktlari nomlarining yozilishini avtomat tarzda solishtirib chiqish, Xaridor bilan telefon, pochta orqali aloqa qilish yo’li bilan yoki Internet tarmoqlari orqali aloqa yordamida malumotlarni aniqlashtirish, bazani belgilangan mezonlar bo’yicha segmentlash. Xaridor, agar bu ushbu ofertada ko’rsatilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lsa, Sotuvchi tomonidan olingan uning shaxsiy malumotlari uchinchi shaxslarga berilishi mumkinligiga rozilik bildiradi, Sotuvchi bunday shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida, bunday uchinchi shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasining shaxsiy malumotlarning mahfiyligi va ularga ishlov berishda shaxsiy malumotlarning xavfsizligini taminlash to’ǵrisidagi qonunchiligi talablariga rioya qilingan holda ularga Xaridorning shaxsiy malumotlariga ishlov berishni topshirishi mumkin. Xaridorning yuqorida ko’rsatilgan malumotlarini berishda Sotuvchi Xaridorning shaxsiy malumotlarini olayotgan shaxslarni bu malumotlar mahfiyligi va ular qaysi maqsadlarda berilgan bo’lsa ulardan faqat shu maqsadlarda foydalanish mumkinligi to’g’risida ogohlantiradi va bu shaxslardan ushbu qoidalarga rioya etishni talab qiladi.
11.6. Xaridor Sotuvchining nomiga pochta manzili orqali tegishli yozma so‘rovni jo‘natib, Sotuvchidan o‘zining shaxsiy ma’lumotlari, ularga ishlov berilishi va foydalanilishi to‘g‘risidagi to‘liq axborotni so‘rab olish, shuningdek noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni chiqarib tashlash yoki to‘g‘rilash/to‘ldirishni talab qilish huquqiga ega. Xaridorning o‘z shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berish uchun bergan roziligi muddatsiz hisoblanadi va Sotuvchining pochta manziliga yozma ariza yuborish yo‘li bilan qaytarib olinishi mumkin
12. Kafolat shartlari
OOO «ABV» barcha sotilayotgan tovarlarga muvofiqlik sertifikatlari, gigiyenik va Tovarning haqiqiyligi va sifatini tasdiqlovchi boshqa zaruriy hujjatlar mavjudligini kafolatlaydi.
Xaridor sayt menejeridan Tovarning (aslligi) haqiqiyligi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlarni so‘rash huquqiga ega.
13. Boshqa shartlar.
13.1. Tomonlar ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarining bajarilmasligi yoki tegishli tarzda bajarilmasligi bilan bog‘liq barcha nizolarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga harakat qiladilar.
13.2. Muzokaralar mobaynida kelishuvga erishilmagan hollarda nizolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida hal qilinadi.
13.3. Internet-dorixonaning Ofertada havolalar keltirilgan qoida va shartlarini tushuntiruvchi bo‘limlari ushbu Ofertaning ajralmas qismi hisoblanadi.Text here....