Siz to’lovning uch xil turidan birini tanlashingiz mumkin:
Naqd pul orqali to’lov
Naqd pul orqali to'lovni tanlaganda, siz kurerning kelishini kutasiz, unga tovar uchun to’lovni berasiz. Kuryer zarar yetkazilganligini, belgilangan shartlarga muvofiqligini tekshirish mumkin bo'lgan tovarlarni olib keladi. Xaridor tovarga biriktirilgan hujjatlarni imzolaydi, pulini to'laydi va chakni oladi.
Naqd pul bilan to’lashni, shuningdek, Dorixonadan o’zi olib ketishda ham amalga oshirish mumkin.
Naqdsiz to'lov
Savatdagi buyurtmani ro'yhatdan o'tkazishda Siz naqd pulsiz to'lov turini tanlashingiz mumkin. Biz PayMe va Click to'lov tizimlari orqali OnLine kartalarini (UzCard) qabul qilamiz. Xarid uchun to'lovni amalga oshirishda Siz ASSIST tizimi serveriga yo'naltirilasiz, bu yerda kartaning raqamini, muddati va egasining nomini kiritishingiz kerak.
Sizga quyidagi hollarda avtorizatsiya qilishni rad etishlari mumkin:
-
bankingiz 3D-Secure texnologiyasi bilan ishlamasa;
-
kartada xarid uchun yetarli mablag’ bo’lmasa;
-
bankda internet to’lov xizmati mavjud bo’lmasa;
-
ma’lumotlarni kiritish vaqti tugagan bo’lsa;
-
ma’lumotlarda xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lsa.
Bunday hollarda avtorizatsiyani amalga oshirish uchun 20 daqiqadan so’ng yana urinib ko’rishingiz mumkin, bunda boshqa kartadan foydalanishingiz yoki ushbu muammoni hal qilish uchun bankingizga murojaat qilishingiz mumkin. Naqdsiz to’lovdan Dorixonadan buyurtmani o’zi olib ketishda foydalanishingiz mumkin.