Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Lordes sirop 2.5 mg/5 ml flakonlarda 100 ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Дезлоратадин
Страна производитель
Турция
Дозировка
2,5 мг/5 мл
Производитель
Nobel-Pharmsanoat,ИП, Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Lordes
Ta'sir etuvchi modda (XPN) dezloratadin
Dori shakli
sirop
5 ml sirop tarkibi
faol modda 2,500 mg dezloratadin;
yordamchi moddalar propilenglikol, suvsiz limon kislotasi, natriy sitrati, natriy benzoati, dinatriy edetat, saxaroza, sorbitol (70%), Sunset Yellow bo‘yog‘i, Tutti Frutti AG 7322 aromatizatori, tozalangan suv.
Ta'rifi
Olov rangli, spetsifik xidli, shaffof suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruxi Allergiyaga qarshi vositalar.
ATX koddi R06AX27
Farmakologik xususiyatlari
Dezloratadin (desloratadine) sedativ ta'sirga ega bo‘lmagan gistamin retseptori antagonisti bo‘lib, uzoq muddatli ta'sirga ega. Preparat periferik H1-retseptorlarga tanlab antagonistik ta'sir ko‘rsatadi. Preparat qabul qilingandan so‘ng periferik gistamin H1-retseptorlarini tanlab bloklaydi, chunki ta'sir etuvchi modda markaziy nerv tizimiga kira olmaydi.
Preparat in vitro tadqiqotlarida antiallergik xususiyatlarni ko‘rsatdi. Bularga quyidagilarni susaytirishi kiradi
• odam mastotsitlari/ bazofillaridan yallig‘lanishga qarshi sitokininlarni, shu jumladan IL-4, IL-6, IL-8 va IL-13 ni ajralib chiqishini;
• P-selektinning adgezion molekulalarini endoteliy hujayralariga ekspressiyasini;
• RANTES kabi yallig‘lanishni ta'minlash xemokinlarni ajralib chiqishini;
• polimorfyadroli neytrofillar tomonidan faollashtirilgan superoksidli anionini ishlab chiqarilishini;
• eozinofillarni adgeziyasi i xemotaksisini;
• R-selektin kabi adgeziya molekulalarini ekspressiyasini;
• gistamin D2 prostaglandinni va S4 leykotriyenni IgE – ga bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarilishini;
• o‘tkir allergik bronxospazmni (hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda) susaytiradi.
Sirop shaklidagi preparatning xavfsizligi uchta pediatrik tadqiqotlarda tasdiqlangan. 1 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar preparatnikuniga 1,25 mg (1 dan - 5 yoshgacha bo‘lganlar) yoki 2,5 mg (6 dan - 11 yoshgacha bo‘lganlar) qabul qilishgan. Dezloratadinni tavsiya qilingan dozalarda qabul qilinganda pediatrik patsiyentlarning plazmasidagi preparatning kontsentratsiyalari katta yoshdagilarning parametrlari bilan bir hil bo‘lgan. Shuning uchun, kattalarda va pediatrik patsiyentlarda allergik rinitlar/surunkali idiopatik eshakemini kechishi va dezloratadinning xususiyatlari o‘xshashligini hisobga olib, katta patsiyentlardagi preparatning samaradorligi bo‘yicha ma'lumotlarni pediatrik populyatsiyaga tadbiq qilish mumkin.
Markaziy nerv tizimiga qiyinchilik bilan o‘tadi.
Allergik riniti bo‘lgan kattalarda va o‘smir patsiyentlarda preparat (sirop shaklida) aksirish, burun oqishi, ko‘zlarni qichishishi, og‘rishi, ko‘zni yoshlanishi va qizarishi, shuningdek tanglayni qichishishi kabi simptomlarni yengillashtirishda samaradorligini ko‘rsatdi.
Simptomlarni 24 soat davomida samarali susaytiradi, mavsumiy allergik rinitlarni kechishini, surunkali idiopatik eshakemining nafaqat simptomlarini, balki bu kasallikning boshqa shakllarini kechish og‘irligini yengillashtiradi.
Uzoq muddatliklinik tadqiqotda 20 mg gacha bo‘lgan preparat 14 kun mobaynida qo‘llanilganda yurak-tomir tizimiga nisbatan statistik yoki klinik axamiyatli samara kuzatilmagan.
Farmakokinetikasi
Dezloratadin plazmada preparat kabul qilingandan keyin 30 minutdan so‘ng aniqlanadi. Organizmda yaxshi so‘riladi, maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) taxminan 3 soat o‘tgach erishiladi. To‘planish darajasi yarim chiqarilish davri (T1/2) va kuniga bir marta qabul qilish bilan mos keladi. Dezloratadinning biokiraolishligi 5 mg dan 20 mg gacha bo‘lgan diapazondagi dozaga proportsionaldir.
O‘rta darajada (83% - 87 %) plazmada proteinlari bilan bog‘lanadi. Preparatni 5 mg dan 20 mg gacha bo‘lgan dozalarda kuniga bir marta 14 kun davomida qabul qilinganda, uning organizmda klinik ahamiyatli to‘planishi kuzatilmagan.
Dezloratadin ekstensiv ravishda organizmda metabolizmga uchraydi; ichga qabul qilingan dozaning faqat bir qismigina siydik bilan (<2%) va axlat bilan (<7%) chiqariladi. Dezloratadinning metabolizmini asosiy yo‘li – glyukuronid bilan bog‘lanib, 3-ON-dezloratadinni vujudga kelishi bilan 3 pozitsiyada gidroksillanishi hisoblanadi. Preparat keyin glyukuronidli birikma ko‘rinishida organizmdan chiqariladi. T1/2 20 dan 30 soatgachani (o‘rtacha 27 soat) tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
• allergik rinit (aksirmoq, burun oqishi, burun bitishi, qichishishi, ko‘z yosh oqishi va qizarishi, tanglay qichishishi);
• sezonli va surunkali pollinoz (gul va gul changiga nisbatan allergiya);
• allergodermatozlar, kuchli qichishish va shish bilan kechadigan;
• eshakemi (surunkali, idiopatik turlarida);
• simptomatik qichishishni davolashda.
Qo‘llash usuli va dozalari
Siropni 6 dan 11 oylikkachabo‘lgan bolalarga 2 ml (1,0 mg) dozada kuniga bir marta.
1 yoshdan 5 yoshgachabo‘lgan bolalarga 2,5 ml (1,25 mg) kuniga bir marta.
6 yoshdan 11 yoshgachabo‘lgan bolalar 5 ml (2,5 mg) kuniga bir marta qabul qilish tavsiya qilinadi.
Kattalar va o‘smirlar (12 yosh va undan katta) siropni 10 ml dan (5 mg) kuniga bir marta qabul qiladilar.
Buyrak va jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlar
Buyrak va jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan kattalar uchun farmakokinetik ma'lumotlar asosidaboshlangich doza sifatida 5 mg kunora kabul qilish tavsiya qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
JSST ma'lumotiga ko‘ra, nojo‘ya ta'sirlar rivojlanish tezligi bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); kam (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kamdan-kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam (<1/10000); noma'lum – mavjud ma'lumotlarga ko‘ra uchrash soni aniqlashni imkoniyati yo‘q.
Ruhiyat tomonidan juda kam – gallyutsinatsiya.
Nerv tizimi tomonidan juda kam - bosh aylanishi, uyquchanlik, uyqusizlik, psixomotor giperaktivlik, tirishish.
Yurak-qon tomirlari tomonidan juda kam – taxikardiya, yurak urib ketishi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan juda kam – qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, dispepsiya, diareya.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan juda kam – jigar fermentlari miqdorini oshishi, bilirubin miqdorini oshishi, gepatit.
Tayanch-harakat tizimi tomonidan juda kam – mialgiya.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidan buzilishlar juda kam – allergik reaktsiyalar (bo‘lishi mumkin anafilaksiya, angionevrotik shish, hansirash, qichishish, toshma va krapivnitsa).
NOXUSh REAKTSIYaLAR KUZATILGANDA ShIFOKORGA MUROJAAT QILING!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- homiladorlik va laktatsiya davri;
- 6 oylikkacha bo‘lgan bolalar;
Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Klinik tadqiqotlarda preparatni eritromitsin yoki ketokonazol bilan birga qabul qilinganda dori preparatlari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta'sirlari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Buyrak va jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar uchun tegishli dozani tanlash tavsiya qilinadi.
Sirop shaklidagi preparat Ye110 bo‘yovchi saqlaydi, u allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Preparatning xomiladorlik davrida qo‘llanilishi bo‘yicha FDAtasnifiga binoan Lordes (dezloratadin) preparati homilaga ta'siriga ko‘ra “C” toifaga kiradi.
Dezloratadin homiladorlik paytida qo‘llanganda xavfsizligi to‘g‘risida yetarli klinik tekshiruvlar yo‘qligi sababli qo‘llash uchun qarshi ko‘rsatma hisoblanadi.
Dezloratadin ko‘krak suti orqali o‘tadi, shuning uchun emiziklilarda dezloratadin qarshi ko‘rsatma hisoblanadi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qabul qilgandan so‘ng avtotransport vositalarini yoki diqqat-e'tiborni jamlashni talab qiluvchi ishni bajarishda (masalan, potentsial xavfli bo‘lgan mexanizmlar bilan ishlashda) ehtiyotkor bo‘lish lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilari nojo‘ya ta'sirlari belgilarini kuchayishi.
Davolash organizmdan so‘rilmagan ta'sir etuvchi moddalarning chiqarib tashlash bo‘yicha standart usullar simptomatik va tutib turuvchi davolash.
O‘tkazilgan klinik tadqiqotlarida 45 mg gacha bo‘lgan ko‘p martalik dozalarda (klinik dozadan 9 marta katta) klinik ahamiyatli ta'sir kuzatilmagan.
Gemodializda organizmdan chiqarilmaydi.
Chiqarilish shakli
«Lordes», sirop 2,5mg/5ml, flakonlarda 60 ml dan, komplektida o‘lchov qoshiqchasi yoki o‘lchov stakanchasi tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Flakonni ilk ochilganidan keyingi saqlash muddati 6 oy.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Nobel İlaç Sanayii ve Ticaret A.Ş.”
Turkiya, Dyuzdje shahri, Sandjaklar Max, Eski Akchakodja ko‘chasi, 299
MChJ “NOBEL PHARMSANOAT” ChEK
uchun ishlab chiqarilgan
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
MChJ “NOBEL PHARMSANOAT” ChEK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘chasi, 5 “A” Tel (99871) 207 99 00; Faks (99871) 207 99 01; E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.