Sizdan dori-darmonlarni qanday sotib olsam bo'ladi?
Biz — internet-dorixonamiz, shuning uchun dorilarni sayt orqali sotamiz. Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sayt orqali sotib olish mumkin. Sizga kerakli dorini toping, uni savatchaga soling va buyurtmani rasmiylashtirishga o'ting. Dori preparatlarini sotib olish bizning filiallarimizda ham mavjud.
Buyurtmani qanday rasmiylashtirish mumkin?
Agar siz avval boshqa internet-do'konlardan biror narsa buyurtma qilgan bo'lsangiz, bu yerda ham xuddi shunday bo'ladi. Siz qidiruv yoki katalog orqali kerakli dorilarni izlaysiz, ularni savatchaga qo'shasiz, buyurtma haqida ma'lumot ko'rsatasiz va to'lov xizmatlari orqali to'laysiz. Sizga buyurtmangiz qabul qilinganligi haqida SMS-xabar keladi, va buyurtma sizga yo'lda bo'lganda yoki Buyurtmani olib ketish nuqtasiga yetkazilganda yana bittasi keladi. Agar sizga yordam kerak bo'lsa, biz doim aloqadamiz, telefon orqali.
Buyurtmani menga uyga yoki ofisga olib kelib bera olasizmi?
Bizning xizmatimiz retseptsiz beriladigan preparatlarni yetkazib beradi, retsept bilan beriladigan dorilarga kelsak, Qonun talab qiladiki, bunday dorilarni mijozlarga farmatsevtik ta'limga ega kuryerlar olib borishi kerak, retsept bilan beriladigan dorilar esa faqat dorixona binosida berilishi kerak. Shunga qaramay, retseptli dorilarni yetkazib berish bizning rejalarimizga kiradi — buni qonunchilik ruxsat bergan zahoti yo'lga qo'ymoqchimiz.
Buyurtmani qanday to'lash mumkin?
Bizda Payme, Click orqali to'lov ishlaydi — bu eng yirik to'lov xizmatlari. Kelajakda biz yangi to'lov usullarini joriy qilamiz.
Saytda ro'yxatdan o'tish shartmi? Nega sizga mening telefonim va pochtam kerak?
Shart emas. Siz saytda ro'yxatdan o'tmasdan ham buyurtma bera olasiz, lekin ma'lumotlaringizni saqlab qo'ysangiz, ularni qayta to'ldirishga to'g'ri kelmaydi — sayt hammasini o'zi bajaradi. Ro'yxatdan o'tgan holda buyurtmalar holati va tarixini kuzatib borish, shuningdek ular uchun bonuslar olish mumkin bo'ladi. Telefoningizga buyurtmani tasdiqlovchi SMS-xabar yuboramiz.
Tovar yaroqsiz holatda chiqdi. Dorilarni qanday qaytarsam bo'ladi?
Shunday bo'lgani uchun afsusdamiz. Ammo biz tovarni qaytarib ololmaymiz: qonunchilik sotilgandan keyin dorilarni almashtirish va qaytarishni taqiqlaydi. Shuning uchun sizdan buyurtmalaringizni doim joyida tekshirishingizni so'raymiz.
Sifatiga shubham bor. Oddiy dorixonada qadoqni, yaroqlilik muddatini ko'rish mumkin. Sizlarda-chi?
Dori haqidagi batafsil ma'lumotni biz saytda, preparat sahifasida joylashtiramiz: qo'llanma, faol modda, ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarilgan mamlakat, dozalash va saqlash shartlari. Siz dori haqidagi ma'lumotni sotib olishdan oldin diqqat bilan o'rganib chiqishingiz mumkin. Agar preparat bo'yicha savollaringiz bo'lsa, bizning provizorlarimiz sizga yordam berishga tayyor.
Nega sizlarda narxlar oddiy dorixonalardagidan pastroq? Bu qalbaki emasmi?
Aslo unday emas. Biz tekshirilgan yetkazib beruvchilar bilan ishlaymiz, faoliyatimiz esa Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan litsenziyalangan. Biz uchun dori buyurtma qilayotganingizda sizning ishonchingiz va xotirjamligingiz juda muhim, shuning uchun sizni qiziqtirgan har qanday ma'lumotni taqdim etishga tayyormiz: sertifikatlar, litsenziyalar va ruxsatnomalar.
Savolim bor. Siz bilan qanday bog'lansam bo'ladi?
Suhbatlashishdan mamnun bo'lamiz! Bizning operatorlarimiz aloqada:
+998 (78) 113-13-00 raqami orqali,
info@pharmaclick.uz manzili orqali,
ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali.