Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Xikontsil 250 mg/5 ml 100 ml №1
Xikontsil 250 mg/5 ml 100 ml №1
Nomi | Narx | |||||
Хиконцил 250 мг/5 мл 100 мл №1 (V35948##2004) |
UZS 39 400
Stokda yetarli (8)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Амоксициллин
Страна производитель
Словения
Дозировка
250 мг/5 мл 100 мл
Производитель
Krka d.d.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Порошок для приготовления раствора для приема внутрь
Ko'rsatmalar
- Xalqaro patentlanmagan nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Dozalash tartibi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Savdo nomi Xikontsil
Xalqaro patentlanmagan nomi
amoksitsillin
Dori shakli
suspenziya tayyorlash uchun kukun, 250 mg/5 ml
Tarkibi
5 ml suspenziya (1 o‘lchov qoshiq) quyidagilarni saqlaydi
Faol modda 250 mg amoksitsillin, bu 287 mg amoksitsillin trigidratiga to‘g‘ri keladi.
Yordamchi moddalar natriy benzoati, suvsiz trinatriy sitrati, suvsiz limon kislotasi , aspartam, talk, limon xushbo‘yi, shaftoli-o‘rik xushbo‘yi, apelsin xushbo‘yi, guar,kremniy dioksidi.
Ta'rifi
Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun oqdan biroz sarg‘ish rangligacha bo‘lgan, meva hidili kukun.
Ichga qabul qilish uchun tayyor suspenziya kerakli miqdordagi tozalangan suvda suyultirish yo‘li bilan tayyorlangan - oqdan biroz sariq rangligacha, meva hidili.
Farmakoterapevtik guruhi
Tizimli ishlatish uchun mikroblarga qarshi preparatlar. Keng ta'sir doirasiga ega penitsillinlar.
ATX kodi J01CA04.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Keng ta'sir doirasiga ega yarimsintetik penitsillinlar guruhi antibakterial bakteritsid kislotaga chidamli vosita. Transpeptidazani ingibirlaydi, peptidoglikanning (xujayra devorini tayanch oqsili) sintezini bo‘linish va o‘sish davrida buzadi, bakteriyalarning lizisini chaqiradi. Aerob grammusbat bakteriyalar Staphylococcus spp. (penitsillinaza ishlab chiqaradigan shtammlaridan tashqari), Streptococcus spp. Listeria monocytogenes, Entorococcus faecalis va aerob grammanfiy bakteriyalar Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitides, Haemophilus influenzae, Escherichia coli, Shigella spp., Salmonella spp., Helicobacter pylori ga nisbatan faol. -laktamaza ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlar amoksitsillinning ta'siriga chidamli.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi – tez, yuqori (90%), ovqat qabul qilish so‘rilishga ta'sir ko‘rsatmaydi, me'daning kislotali muhitida parchalanmaydi. Ichga 250 mg va 500 mg dozada qabul qilinganida, maksimal kontsentratsiyasi – muvofiq 5 mkg/ml va 10 mkg/ml. Peroral qabul qilinganidan keyin maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti 1-2 soat. Katta taqsimlanish hajmiga ega – plazmada, bronxial sekretda (yiringli bronxial sekretda taqsimlanishi sust), jigarda, limfa tugunlarida, bachadonda, tuxumdonlarda, burun oldi bo‘shliqlarida, plevral va peritoneal suyuqliklarda, so‘lakda va ko‘z yoshi suyuqligida, siydikda, teri po‘rsildoqlarining ichidagisida, o‘pka to‘qimasida, ichakning shilliq qavatida, o‘rta quloq va burunoldi bo‘shliqlar suyuqligida, suyaklarda, yog‘ to‘qimasida, o‘t pufagida (o‘t-safrodagi kontsentratsiyasi plazmadagidan 10 marta ortiq - safro yo‘llarining me'yoriy o‘tkazuvchanligida), homila to‘qimalarida yuqori kontsentratsiyalarda aniqlanadi. Doza 2 marta oshirilganida kontsentratsiya ham 2 marta oshadi. Amniotik suyuqlikda va kindik tomirlarida amoksitsillinning kontsentratsiyasi homilador ayolning qon plazmasidagi darajasining taxminan 50% ni tashkil qiladi. Gematoentsefalik to‘siqdan yomon o‘tadi, miya pardalarini yallig‘lanishida (meningit) orqa miya suyuqligida plazmadagi darajasining 20% gacha oshadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 15-25%.
Qisman (10-20%) nofaol metabolitlarni hosil qilib metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri – 1-1,5 soat. Buyraklar orqali 50-70% o‘zgarmagan holda naychalar ekskretsiyasi (80%) va kalavalar filtratsiyasi (20%) orqali, jigar bilan – 10-20% chiqariladi. Oz miqdorda ko‘krak suti bilan chiqariladi. Chala tug‘ilgan, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda yarim chiqarilish davri - 3,7-4 soat. Buyraklar faoliyatini buzilishida (kreatinin klirensi 15 ml/min) yarim chiqarilish davri 8,5 soatgacha oshadi. Amoksitsillin gemodializda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig‘lanish kasalliklari
• yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari (tonzillofaringit, sinusit, o‘tkir o‘rta otit);
• quyi nafas yo‘llarining infektsiyalari (o‘tkir bakterial bronxit, surunkali bronxitning zo‘rayishi, kasalxonadan tashqari pnevmoniya);
• siydik-jinsiy tizimining infektsiyalari (piyelonefrit, piyelit, sistit, uretrit, endometrit, servitsit; gonoreya);
• abdominal infektsiyalar (peritonit, xolangit, xoletsistit);
• me'da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi bo‘lgan bemorlarda Helicobacter pylori eradikatsiyasi (har doim boshqa preparatlar bilan majmuada);
• teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (saramas, impetigo, ikkilamchi infektsiyalangan dermatozlar);
• leptospiroz, listerioz;
• Layma kasalligi;
• me'da-ichak yo‘llarining infektsiyalari (enterokolit, qorin tifi, dizenteriya, salmonellez (ampitsillinga sezgir Salmonella typhi chaqirgan), salmonella tashuvchilik;
• og‘iz bo‘shlig‘i va yuqori nafas yo‘llaridagi jirrohlik muolajalarida bakterial endokarditni oldini olish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa penitsillinlarga, sefalosporinlarga, karbapenemlarga);
• infektsion mononukleoz, limfoleykoz;
• fruktozani tug‘ma o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza/galaktozaning kam so‘rilish sindromi yoki saxaroza—izomaltaza fermentining tanqisligi
Ehtiyotkorlik bilan allergik reaktsiyalar (shu jumladan anamnezdagi – bronxial astma, pollinoz), anamnezdagi me'da-ichak yo‘llarining kasalliklari (ayniqsa, antibiotiklarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan kolit), buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik va laktatsiya davri.
Homiladorlik va emizish davri
Preparatni homiladorlik vaqtida faqat ona uchun kutiladigan foyda, homila uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin.
Amoksitsillin oz miqdorda ko‘krak suti bilan chiqariladi, shuning uchun zarurati bo‘lganida preparatni laktatsiya davrida qo‘llash mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqat qabul qilishdan oldin yoki keyin.
Preparatning dozasi infektsiyani qo‘zg‘atuvchisining sezgirligiga va infektsion jarayonning lokalizatsiyasiga bog‘liq.
Kattalarga va tana vazni 40 kg dan katta bolalarga
Odatda 250-500 mg dan sutkada 3 marta yoki 500-1000 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi. Sinusitda, kasalxonadan tashqari pnevmoniyada va boshqa og‘ir infektsiyalarda 500 mg – 1000 mg dan sutkada 3 marta buyurish tavsiya qilinadi. Maksimal sutkalik doza – 6 g.
Tana vazni 40 kg dan kichik bolalarga
Odatda sutkada 20-40 mg/kg, 3 qabulga bo‘lingan yoki sutkada 25 mg-45 mg/kg hisobdan 2 qabulga bo‘lingan, buyuriladi. Chidamli Streptococcus pneumoniae chaqirgan infektsiyaning ehtimoli yuqori bo‘lgan hollarda, sutkada 80 mg/kg 3 qabulga bo‘lingan yoki sutkada
90 mg/kg 2 qabulga bo‘lingan yuqoriroq dozalarda tavsiya qilinadi. Bolalar uchun maksimal sutkalik doza – sutkada 100 mg/kg.
Xikontsilni 250 mg/5 ml suspenziya tayyorlash uchun kukunning taxminiy dozalari
Tana vazniSutkalik doza
10 kg dan kamsutkada 4-6 ml 3 qabulda
20 kg gachasutkada 4-8 ml 3 qabulda
30 kg gachasutkada 6-12 ml 3 qabulda
40 kg gachasutkada 8-16 ml 3 qabulda
Layma kasalligi (borrelioz)
Kattalar va tana vazni 40 kg dan katta bolalarga 500 mg-1000 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi. Tana vazni 40 kg dan kichik bolalarga - sutkada 50 mg/kg 3 qabulga bo‘lingan.
Me'da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi bo‘lgan bemorlarda Helicobacter pylori eradikatsiyasi (har doim boshqa preparatlar bilan majmuada)
Kattalarga 1000 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi bolalarga – sutkada 2 qabulga bo‘lingan 50 mg/kg dan.
Bakterial endokarditni oldini olish
Kattalarga jarrohlik aralashuvidan 1 soat oldin 3 g va muolajadan keyin 6 soat o‘tgach 1,5 g tavsiya qilinadi.
Bolalarga sutkada 50 mg/kg muolajadan oldin va sutkada 25 mg/kg muolajadan keyin tavsiya qilinadi.
Buyrak yetishmovchiligida
Buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi <10 ml/min va/yoki 0,16 ml/sek) - 12-24 soatdan keyin.
Ichga qabul qilish uchun suspenziyani tayyorlash
Suspenziyani tayyorlash uchun xona haroratidagi qaynatilgan suvni ishlatish kerak.
Suspenziyani tayyorlash flakonni o‘girish va kukun yumshashi uchun biroz silkitish kerak. so‘ngra flakonni ochish va flakonning taxminan to‘rtdan birigacha suv quyish kerak. Flakonni yopish va yaxshilab chayqatish kerak. Flakonni ochish va belgigacha suv quyish, flakonni yopish va yana chayqatish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan qusish, ko‘ngil aynishi, diareya, kam – stomatit, ezofagit, glossit, «jigar» transaminazalari faolligini o‘rtacha oshishi, disbakterioz, ta'mni o‘zgarishi, soxtamembranoz enterokolit, sariqlik (benzoatlar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda rivojlanish xavfini oshiradi).
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan qo‘zg‘alish, xavotirlik, uyqusizlik, ataksiya, ongni chalkashishi, xulqni o‘zgarishi, depressiya, periferik neyropatiya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; juda kam – gallyutsinatsiyalar va tirishishlar.
Allergik reaktsiyalar eshakemi, eritema, makulopapulez teri toshmasi, terini qichishishi, bronxospazm, angionevrotik shish, rinit, kon'yunktivit; kam – isitma, terini qizarishi, eritema, bo‘g‘imlarda og‘riqlar, eksfoliativ dermatit, ko‘pshaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), zardob kasalligi bilan o‘xshash reaktsiyalar; yakka hollarda – anafilaktik shok.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari neytropeniya, trombotsitopenik purpura, anemiya, eozinofiliya, leykopeniya.
Boshqalar taxikardiya, interstitsial nefrit, qin kandidozi, superinfektsiya (ayniqsa surunkali kasalliklari yoki organizmning chidamliligi pasaygan patsiyentlarda).
Og‘ir nojo‘ya samaralari kuzatilganda davolashni to‘xtatish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, kristalluriya, suv-elektrolit muvozanatini buzilishi (qusish va diareya oqibatida); tirishishlar, qo‘zg‘alish, ongni chalkashishi.
Davolash simptomatik – me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir, tuzli surgi vositalari, suv-elektrolit muvozanatni tutib turish uchun dori vositalari, gemodializ.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
Quyidagilar bilan birga qo‘llanganida
-antatsidlar, glyukozamin, surgi vositalari, ovqat, aminoglikozidlar bilan– amoksitsillinni so‘rilishi sekinlashadi va pasayadi;
-askorbin kislotasi bilan-amoksitsillinni so‘rilishi oshadi;
-bakteritsid antibiotiklar (shu jumladan aminoglikozidlar, sefalosporinlar, sikloserin, vankomitsin, rifampitsin bilan) - sinergid ta'sir ko‘rsatadi;
-klavulan kislotasi bilan - amoksitsillinning ta'siri oshadi;
-bakteriostatik preparatlar (xloramfenikol, linkozamidlar, tetratsiklinlar, sulfanilamidlar) bilan – antagonistik ta'sir;
-bilvosita antikoagulyantlar bilan (ichak mikroflorasini bostirib, K vitaminining sintezini va protrombin indeksini kamaytiradi) - antikoagulyantlarningsamaradorligini oshiradi;
-estrogen saqlovchi peroral kontratseptivlar, metabolizmi jarayonida paraaminobenzoy kislotasini hosil qiluvchi vositalar, etinilestradiol bilan – «shiddatli» qon ketish xavfi, keltirilgan preparatlarning samaradorligi kamayadi;
-diuretiklar, allopurinol, oksifenbutazon, fenilbutazon, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, naychalar sekretsiyasini bloklovchi preparatlar - amoksitsillinning kontsentratsiyasini oshiradi;
-allopurinol bilan - teri toshmasining rivojlanishi xavfini oshiradi;
-metotreksat bilan- klirensi kamayadi va metotreksatning toksikligi oshadi;
-digoksin bilan – digoksinning so‘rilishi kuchayadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Kurslik davolashda qon yaratish a'zolari, jigar va buyraklar faoliyatini nazorat qilish kerak.
Uzoq muddat qo‘llanganida superinfektsiya, kandidozni rivojlanish hollari bo‘lishi mumkin (ayniqsa, vulvovaginal kandidoz).
Og‘ir, to‘xtovsiz diareya hollarida, ular soxtamembranoz kolitga ishora qilishi mumkin, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Bakteriyemiyali bemorlarni davolashda bakterioliz reaktsiyasi (Yarish-Gerksgeymer reaktsiyasi) rivojlanishi mumkin.
Penitsillinlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda sefalosporin antibiotiklari bilan qarama-qarshi allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Yengil kursli davolash fonida diareyani davolashda ichak peristaltikasini pasaytiruvchi diareyaga qarshi preparatlardan saqlanish kerak, kaolin- yoki attapulgit saqlovchi diareyaga qarshi vositalarni ishlatish mumkin. Og‘ir diareyada shifokorga murojaat qilish kerak.
Davolashni kasallikning klinik belgilari yo‘qolganidan keyin yana 48-72 soat davom ettirish kerak.
Estrogen saqlovchi peroral kontratseptivlar va amoksitsillin bir vaqtda qo‘llanganida iloji boricha boshqa yoki qo‘shimcha kontratseptsiya usullarini ishlatish kerak.
Dozalash tartibi
ni to‘g‘rilash zarur («
Qo‘llash usuli va dozalari
» bo‘limiga qarang). Ichga qabul qilish uchun 5 ml suspenziyada 2,7 g saxaroza saqlanadi, shuning uchun ichga qabul qilish uchun suspenziyani tayyorlash uchun Xikontsil kukunini tug‘ma fruktozani o‘zlashtiraolmasligi, glyukoza/galaktozani kam so‘rilish sindromi yoki saxaroza-izomaltaza fermentining tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish tavsiya qilinmaydi.
Avtomobilni yoki boshqa mexanik vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta'siri Avtomobilni yoki boshqa mexanik vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun, 250 mg/5 ml.
Birinchi ochish nazorati bo‘lgan plastmassa qopqoqli to‘q shisha flakonlarda. Bir flakon plastik o‘lchov qoshiq va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!
Flakonni zich yopilgan holdasaqlash kerak.
Yaroqlilik muddati
Ichga qabul qilish uchun suspenziyani tayyorlash uchun kukun - 3 yil.
Tayyorlangan suspenziya +2oS dan +8oS gacha bulganharoratda 14 kun davomidayaroqli.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan keyin ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
KRKA, d.d., Novo mesto, Shmaryeshka sesta 6, 8501 Novo mesto, Sloveniya

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.