Fosfotsineo ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun granulalar 3g №1
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Yoʻriqnoma: Fosfotsineo ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun granulalar 3g №1
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
FosfotsineoTa'sir etuvchi modda (XPN): fosfomitsin trometamoli
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun granulalarTarkibi
1 paket quyidagilarni saqlaydi:faol modda: 3 g fosfomitsinga ekvivalent bo‘lgan fosfomitsin trometamol – 5,631 g,
Ta'rifi
oq yoki deyarli oq kristall kukunFarmakoterapevtik guruhi
Fosfon kislotasi xosilalari guruhi antibiotigi. UroantiseptikATX kodi: J01XX01
Farmakologik xususiyatlari
Antibakterial va bakteritsid xususiyatga ega.Farmakodinamika
Keng ta'sir doirasiga ega atibakterial vosita.Ko‘pchilik grammanfiy, shu jumladan Pseudomonas aeruginosa, Escherichia coli, Proteus mirabilis, Klebsiella pneumoniae, va grammusbat mikroorganizmlarga: Staphylococcus spp. (v t.ch. Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis), Streptococcus spp. (shu jumladan Streptococcus faecalis) nisbatan faol.
Ta'sir mexanizmi bakteriyalarni xujayra devorini birinchi bosqich sintezini bostirilishi bilan bog‘liq. Fosfoenol piruvatni strukturali analogi hisoblanib, N-atsetil-glyukozamino-3-O-enolpiruvil-transfera fermenti bilan raqobatli o‘zaro ta'sirga kirishib, natijada ushbu fermentni spetsifik tanlangan va qaytmas ingibitsiya qilinishi yuz beradi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishiIchga qabul qilingandan keyin me'da-ichak yo‘llarida tez so‘riladi. 3 g dozada bir martalik ichga qabul qilinganda biokiraolishligi 34-65% tashkil qiladi. Cmax 2-2,5 soatdan keyin erishiladi va 22-32 mkg/ml tashkil qiladi.
Taqsimlanishi va metabolizmi
Fosfomitsin trometamoli plazma oqsillari bilan bog‘lanmaydi, organizmda fosfomitsin va tramadolga dissotsiyalanadi (antibakterial xususiyatga ega emas) va ortiq metabolizmga uchramaydi, asosan siydikda to‘planadi.
3 g bir martalik dozada qabul qilinganda siydikda yuqori kontsentratsiyalarga erishiladi (1053 dan 4415 mg/l gacha), siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalarini odatdagi ko‘pchilik qo‘zg‘atuvchilari uchun 99% ga bakteritsid. MChK (128 mg/l tashkil qiladi) 24-48 soat davomida siydikda tutib turiladi (bir kurs davolashni taklif qiladi).
Chiqarilishi
Plazmada T1/2 – 4 soat. Buyrak orqali (95% gacha) siydikda yuqori kontsentratsiyalarda xosil bo‘lishi bilan taxminan 5% - safro bilan o‘zgarmagan xolda chiqariladi.
Alohida klinik xolatlar farmakokinetikasi
Buyrak faoliyati o‘rtacha pasayishi bo‘lgan (KK>80 ml/min) patsiyentlarda, shu jumladan keksa shaxslarda uni fiziologik pasayishi, fosfomitsin T1/2 biroz uzayadi, ammo siydikdagi kontsentratsiyasi terapevtik darajada qoladi.
Qo‘llanilishi
- o‘tkir bakterial sistit;- bakterial sistitni qaytalanuvchi o‘tkir xurujlari;
- spetsifik bo‘lmagan bakterial uretrit;
- homiladorlarda simptomsiz massiv bakteriuriya;
- siydik yo‘llarini operatsiyadan keyingi infektsiyalari;
- jarroxlik aralashuvlarida va transuretral diagnostik tadqiqotlarda siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalarini oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni oldindan bir stakan suvda eritib ichga qabul qilinadi.Kattalarga preparat 3 g dan sutkada 1 marta buyuriladi. Davolash kursi 1 kunni tashkil qiladi. Zarurat bo‘lganda (og‘ir yoki qaytalanuvchi infektsiyalarda, keksa shaxslarga) 3 g dozada 24 soatdan keyin preparatni qayta qabul qilish mumkin.
Profilaktik maqsadda jarrohlik aralashuvlarida siydik yo‘llarini infektsiyalanishida, transuretral tadqiqotlar muolajasida preparatni 3 g dozada aralashuvdan 3 soat oldin va birinchi qabuldan 24 soatdan keyin 3 g qabul qilinadi.
5 yoshdan katta bolalarga preparat 2 g dozada faqat bir marta buyuriladi. Preparat buyurilayotganda buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga dozani pasaytirish va qabul qilish orasidagi intervalni oshirish kerak.
Qabul qilishdan oldin granulalarni 1/3 stakan suvda eritiladi. Preparatni sutkada 1 marta och qoringa ovqatdan 2 soat oldin yoki keyin (uyqudan oldin qo‘llash afzalroq), oldindan qovuqni bo‘shatib qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Fosfomitsina trometamoli yaxshi o‘zlashtiriladi. Kam hollarda namoyon bo‘ladigan nojo‘ya ta'sirlar quyidagi tomonlardan:
- ovqat hazm qilish tomonidan: ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, diareya
- boshqalar: terida toshma, allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
- fosfomitsinga yuqori sezuvchanlik
- yaqqol buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi kamida minutiga 10 ml)
- 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Metoklopramid bilan bir vaqtda qo‘llanganda qon plazmasida va siydikda fosfomitsin kontsentratsiyasi pasayishi mumkin (ushbu kontsentaratsiya tavsiya etilmaydi).
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni ertalab och qoringa yoki ovqatdan 2 soatdan keyin qabul qilish kerak, chunki ozuqa preparatni so‘rilishini ushlab qoladi.Homiladorlik va laktatsiya
Agar ona uchun kutiladigan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan xollarda homiladorlarda Fosfotsinni qo‘llash mumkin, va mutaxassis kuzatuvi ostida amalga oshiriladi.
Fosfomitsin juda kam kontsentratsiyalarda ko‘krak suti orqali chiqariladi. Fosfotsinni laktatsiya davrida qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish xavfi minimal darajada.Davolash: jadallashgan diurez.
Chiqarilish shakli
Bir markirovka qilingan paketdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
2 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.Ishlab chiqaruvchi
Northeast Pharmaceutical Group Shenyang №1 Pharmaceutical Co., LtdManzili
Xitoy, Shenьyan sh., Ekonomik va texnologik rivojlangan xudud, Kunьmin ko‘ch. 8
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“Mu Lin' Sen'” MChJ, Toshkent sh., O‘zbekiston Respublikasi, Durmon yo‘li ko‘ch., 31-A uy.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.