Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Lyugs 20 ml
Nomi | Narx | |||||
Люгс 20 мл (10224##2 278) |
UZS 18 300
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Йод
Страна производитель
Украина
Дозировка
1% 20 мл
Производитель
ООО «ГКП« Фармацевтическая фабрика ».
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Раствор для местного и наружного пременения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Lyugs
Ta'sir etuvchi modda (XPN) yod
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun eritma.
Tarkibi
100 mg preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda yod - 1 g;
yordamchi moddalar kaliy yodidi, evkalipt nastoykasi (etanol saqlaydi), glitserin, tozalangan suv.
Ta'rifi qizil-qo‘ng‘ir rangli, yod va evkalipt hidli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Tomoq kasalliklarida qo‘llanadigan preparat. Antiseptiklar.
ATX kodi R02AA20.
Farmakologik xususiyatlari
Preparat grammusbat va grammanfiy bakteriyalar, shu jumladan steptokokklar, stafilokokklar, ichak tayoqchasiga antimikrob ta'sir ko‘rsatadigan yod saqlaydi. Mikroblarga qarshi ta'sir mexanizmi oqsil molekulalarining N-guruhlari bilan o‘zaro ta'sir qilishi oqibatida oqsilni denaturatsiyaga uchrashida namoyon bo‘ladi.
Farmakokinetikasi
Yod organizmdan asosan buyrak orqali, qisman – me'da-ichak yo‘llari, ter va sut bezlari orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Tomoq va halqumning yallig‘lanish kasalliklarini (tonzillit, faringit, anginalar, glossit, aftoz stomatit) majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Purkagich yuqoriga qaratib o‘rnatiladi, eritma purkagichga kelib tushishi va bosilgandan so‘ng sepilishi uchun qalpoqchasi 1-2 marta bosiladi. So‘ngra purkagich og‘iz bo‘shlig‘iga2-3 sm kiritiladi, og‘iz berkitiladi, xavo tutib turiladi va qalpoqchasi 2 marta shunday bosiladiki, birinchisi o‘ng tomonga, boshqasi chap tomonga sepiladi. Preparat ovqat qabul qilgandan so‘ng sutkada 1-2 marta qo‘llanadi (kamida 6 soat tanaffus bilan). Qo‘llashning davomiyligi kasallikni kechish og‘irligiga, shuningdek yondosh davolashning xarakteriga bog‘liq.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatni uzoq vaqt qo‘llanishi yodizm (tumov, eshakemi, Kvinke shishi, ko‘z yoshini oqishi, so‘lak ajralishi, terida toshma, mushak kuchsizligi, tormozlanish) ga olib kelishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Yod va preparatning boshqa komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik. Qalqonsimon bezning giperfunktsiyasi, dekompensatsiyalangan yurak, buyrak, jigar yetishmovchiligi, radioaktiv yod bilan tekshirish va davolash (tekshirish yoki davolashdan 2 hafta oldingi va keyingi davrda).
Ehtiyotkorlik choralari
Preparat ichga qabul qilish uchun mo‘ljallanmagan. Preparatni yutishdan va/yoki nafas bilan olish mumkin emas. Laringitda laringospazm bo‘lishi mumkinligi sababli, tuberkulezda, gemorragik diatezlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Ko‘zlarga tushishiga yo‘l qo‘yilmasin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Vodorod peroksidi eritmasi va boshqa antiseptik vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanilmasin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilmasin.
Bolalar.
8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llanilmasin.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish xususiyatlari.
Noma'lum.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Yodizm (tumov, eshakemi, Kvinke shishi, ko‘z yoshni oqishi, so‘lak ajralishi, terida toshma, mushak kuchsizligi, tormozlanish) rivojlanishi mumkin.
Davolash. Preparatni qo‘llashni to‘xtatish va simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
20 ml dan konteynerda yoki mexanik purkagichi bo‘lgan flakonda, №1 o‘ramda.
Saqlash sharoiti
25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili.
«DKP «Farmatsevticheskaya fabrika» MChJ.
Ukraina, 12430, Jitomir viloyati, Jitomir tumani, Stanishovka, Korolyov ko‘ch., 5 uy.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.