Nitroksolin tab. 0.05g №50 (Tatximfarmpreparati)
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Nitroksolin tab. 0.05g №50 (Tatximfarmpreparati)
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Nitroksolin.Ta'sir qiluvchi modda (XPN): nitroksolin.
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar.Bir tabletkaning tarkibi:
Faol modda: nitroksolin 50,0 mg
Yordamchi moddalar: sut qandi (laktoza), kartoshka kraxmali, aerosil (kolloid kremniy dioksidi), tal'k, kaltsiy stearati, qand (saxaroza), magniy karbonati asosi (magniy gidroksikarbonati), quyimolekulyar polivinilpirrolidon (povidon), titan dioksidi, tropeolin O, kislotali qizil 2S (azorubin bo‘yovchisi), asalari mumi.
Ta'rifi
zarg‘aldoqdan jigarrang-zarg‘aldoq rangligacha bo‘lgan, dumaloq, ikki tomonlama qavariq shaklli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Marmarlikka yo‘l qo‘yiladi. Ko‘ndalang kesimida uch qavat ko‘rinadi.Farmakoterapevtik guruhi
mikroblarga qarshi, protozoylarga qarshi vosita – oksixinolin.ATX kodi: J01XX07
Farmakologik xususiyatlari
Keng ta'sir doirasiga ega mikroblarga qarshi vositadir. Nitroksolin bakterial DNK sintezini selektiv ingibirlaydi va ham grammusbat mikroorganizmlarga: Staphylococcus spp. (shu jumladan, S.aureus), Streptococcus spp. (shu jumladan, beta-gemolitik streptokokklar, Streptococcus pneumoniae, Enterococcus faecalis), Corynebacterium diphtheriae, Bacillus subtilis ga; ham grammanfiy mikroorganizmlar: N.gonorrhoeae, E.coli, Proteus spp., Klebsiella spp., Salmonella spp., Shigella spp., Enterobacter spp. ga nisbatan ta'sir ko‘rsatadi. Nitroksolin shuningdek Mycobacterium tuberculosis, Trichomonas vaginalis, zamburug‘larning ba'zi turlari (Candida spp., dermatofitlar, mog‘or, chuqur mikozlarning ba'zi qo‘zg‘atuvchilari) ga nisbatan faol.Farmakokinetikasi
So‘rilishi – yuqori darajada. O‘zgarmagan holda buyrak orqali chiqariladi, bunda siydikda yuqori kontsentratsiyasi (100 mkg/ml va undan yuqori) aniqlanadi.Qo‘llanilishi
Nitroksolinga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan, asosan siydik-jinsiy yo‘llarining infektsion-yallig‘lanish kasalliklari (shu jumladan, piyelonefrit, uretrit, epididimit; prostata bezining infektsiyalangan adenomasi yoki kartsinomasi va boshqalar). Buyrak va siydik chiqarish yo‘llaridagi jarroxlik aralashuvlarida operatsiyadan keyingi davrda diagnostik va davolash muolajalari (kateterizatsiya, sistoskopiya) da infektsion asoratlarni oldini olishda qo‘llanadi.Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin, 0,1 g (2 tabletka) dan kuniga 4 marta, 2-3 hafta davomida buyuriladi. Zarurati bo‘lganida qabul qilishni intermittirlovchi sxema bo‘yicha – bir oyda 2 haftadan qabul qilib davom ettirish mumkin. Maksimal sutkalik dozasi – 0,8 g (16 tabletka).Maktab yoshidagi bolalar uchun o‘rtacha dozasi sutkasiga 0,2-0,4 g (4-8 tabletka) ni tashkil qiladi.
3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 4 marta qabul qilishga bo‘lingan holda sutkada 0,2 g (4 tabletka) doza buyuriladi.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llaridagi operatsiyalarda infektsiyalarni oldini olish uchun – 0,1 g (2 tabletka) sutkada 4 marta, 2-3 hafta davomida buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish (preparatni ovqatlanish vaqtida qabul qilish bilan oldini olish mumkin).
Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi.
Boshqalar: taxikardiya, ataksiya, bosh og‘rig‘i, paresteziyalar, polineyropatiya.
Laborator ko‘rsatkichlar: trombotsitopeniya, qon zardobida “jigar” transaminazalari va siydik kislotasi darajasini miqdorini oshishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- nitroksolinga yoki preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik,- xinolin qatori preparatlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik,
- katarakta,
- og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 20 ml dan kam),
- og‘ir jigar yetishmovchiligi,
- nevrit, polinevrit,
- homiladorlik va laktatsiya davri,
- glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi,
- 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (ushbu dori shakli uchun).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Nitroksolinni gidroksixinolinlar va ularning hosilalarini saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni to‘planishi kuzatilishi mumkin, shuning uchun ular preparatni shifokor nazorati ostida qabul qilishlari kerak.Jigar va buyrak faoliyatini qo‘shimcha tekshirishsiz davolash kursini 4 xaftadan ortiq buyurish mumkin emas.
Nitroksolin bilan davolash fonida siydik jadal sariq-qizil rangga bo‘yaladi.
Diqqatni jamlash qobiliyatiga ta'siri
Preparatni avtomobilni yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Nojo‘ya samaralarning yaqqolligini kuchayishi.Tavsiyalar: preparatni qo‘llashni to‘xtatish, shifokorga murojaat qilish.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 50 mg.10 qobiq bilan qoplangan tabletkadan kontur uyali o‘ramda.
2, 3, 4 yoki 5 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.Yaroqlilik muddati
4 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.Ishlab chiqaruvchi/E'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
“Tatximfarmpreparati” OAJ,
420091, Rossiya, Kazan sh., Belomorskaya ko‘ch., 260
(843) tel. 571-85-58; faks: 571-85-38
E-mail: marketing@tatpharm.ru
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.