Bor surtmasi 5% 30gr
3 700 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Bor surtmasi 5% 30gr
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
5% li Bor surtmasiTa'sir etuvchi modda (XPN): Borat kislotasi
Dori shakli
surtmaTa'rifi
oq yoki och-sariq rangli, hidsiz surtma.Farmakoterapevtik guruxi: Antiseptik va dezinfektsiyalovchi vositalar.
Farmakologik xususiyatlari
Preparat antiseptik va pedikulyozga qarshi ta'sirga ega.Qo‘llanilishi
Antiseptik va pedikulyozga qarshi vosita sifatida qo‘llaniladi.Qo‘llash usuli va dozalari
Surtma boshning sochli qismiga 10-15-25 g dan (sochni quyuqligi va uzunligi, zararlanishning darajasiga qarab) surtiladi va 20-30 minutdan keyin iliq oqava suvda sovun yoki boshqa yuvuvchi vositalar yordamida yuviladi.Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatni uzoq vaqt qo‘llanganda va dozasi oshirib yuborilganda, shuningdek buyrak faoliyati buzilganda o‘tkir va surunkali toksik reaktsiyalar (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, toshma, bosh og‘rishi, ongni chalkashuvi, tutqanoq, oliguriya, shok) paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Buyrak faoliyati buzilganda, bolani emizishdan oldin sut bezlariga ishlov berish, homiladorlikda, preparatga yuqori sezuvchanlikda, kichik yoshdagi bolalarda (shu jumladan chaqaloqlar) qo‘llash mumkin emas. Preparatni tananing katta yuzalariga surtish mumkin emas.Maxsus ko‘rsatmalar
Terini o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarida surtmani sochli joylarga surtish mumkin emas. Surtmani ko‘zga tushishidan saqlanish lozim.Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
10, 15, 20, 25, 30, 40, 50 g dan tubalarda va 20, 25, 30, 40, 50, 100 g yoki 1 kg dan bankalarda.Saqlash sharoiti
Salqin va yorug‘likdan himoyalangan joyda 25oS dan yukori bulmagan xaroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
2 yil.Dorixonalardan berish tartibi
RetseptsizIshlab chiqaruvchi
«Remedy» MChJ QK O‘zbek-Buyuk Britaniya QK, Toshkent sh., 100034, Qora-Qamish ¼ mavzesi,2B uy, tel.: (998 71) 248 86 77.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.