Fukortsin (Filukartsin) rangsiz 20ml (ZNF)
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Yoʻriqnoma: Fukortsin (Filukartsin) rangsiz 20ml (ZNF)
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
FukortsinTa'sir etuvchi moddalar (XPN): borat kislotasi + fenol + rezortsin + atseton+fuksin + etil spirti 96%.
Dori shakli
spirtli eritmaTarkibi
faol moddalar: fuksin – 4,0 g, borat kislotasi – 8 mg, fenol - 39 mg, atseton – 49 ml, rezortsin - 78 mg, etil spirti 96% - 96 ml. yordamchi modda: tozalangan suv 1000 ml gacha.Ta'rifi
rangsiz.Farmakoterapevtik guruhi
Antiseptik vosita.ATX kodi:D08A
Farmakologik xususiyatlari
Fukortsin antiseptik (mahalliy zararsizlantiruvchi) va zamburug‘larga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Preparat tarkibiga kiruvchi fenol teri va shilliq qavatlarni qo‘zg‘atadi va kuydiradi, ular orqali yengil so‘rilib qonga o‘tadi va katta dozalarda zaharli ta'sir qilishi mumkin. Zamburug‘larga qarshi va mikroblarga karshi samaraga ega, terini quritadi.Qo‘llanilishi
Teri qatlamlarining yiringli va zamburug‘li kasalliklarini, teridagi yuza jarohatlar, eroziyalar, yorilishlar va shilinishlarni davolashda qo‘llanadi.Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llash uchun, kerakli sohaga sutkada 2-4 marta surtiladi. Teriga ishlov berilgan soha quriganidan so‘ng, surtma va pastalar surtish mumkin.Nojo‘ya ta'sirlari
Fukortsin surtilgan joyda qisqa muddatli achishish va og‘riq hissi kuzatiladi, bular mustaqil o‘tib ketadi va preparatni bekor qilishni talab qilmaydi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Preparatning komponentlarini shaxsiy o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas.
Fukortsinni homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bilan ishlov berilgan terining sohalariga, preparat quriganidan keyin surtmalar va pastalar qo‘yish mumkin. Fenolning rezorbtiv ta'siri namoyon bo‘lishidan saqlanish uchun, preparatni terining katta yuzalariga qo‘ymaslik kerak. Preparat ichki kiyimlarni ifloslantirishi mumkin.Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun eritma 10 ml, 20 ml, 25 ml dan flakonlarda.Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
2 yilDorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
«ZIYO NUR FARM» X.K.Toshkent shaxar, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi 5/4, tel/faks: 287-62-22.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.