Tirnoqgul guli nastoykasi 25ml Radiks
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Tirnoqgul guli nastoykasi 25ml Radiks
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Tirnoqgul guli nastoykasiTa'sir etuvchi modda (XPN): tirnoqgul gullari (kalendula)
Dori shakli
nastoykaTarkibi
faol modda: tirnoqgul gullari (kalendula) (mayda kesilgan);yordamchi moddalar: tibbiy etil spirti 70%
Ta'rifi
sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangli, o‘ziga xos xidli, achchiqroq ta'mli, tiniq suyuqlik. Farmakoterapevtik guruhi: antiseptik, dezinfektsiyalovchi vositalar.ATX kodi: R02AA
Farmakologik xususiyatlari
Nastoykani ichilganda va sirtdan qabul qilinganda ham yallig‘lanishga qarshi, kapillyar qon tomir devorini mustahkamlovchi va yaralarni bitkazuvchi ta'sir ko‘rsatadi. Jigarni metabolizm, sekretor va chiqaruv faoliyatlarini oshiradi (safro tarkibi yaxshilanadi, bilirubinni va xolesterinni kontsentratsiyasi pasayadi), me'da-ichak yo‘lida reperativ jarayonini rag‘batlantiradi.Qo‘llanilishi
Sirtga: kuyganda, yiringli jarohatlarda, teri kesilganda tavsiya etiladi. Mahalliy: faringit, angina, og‘iz bo‘shlig‘i (gingivitlar, pioreya, paradontozni yallig‘lanish-distrofik shakli) va yuqori nafas yo‘llarini yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llanadi.Ichish uchun: me'da va 12 barmoq ichak yarasida, gastritda, o‘t qopi va safro chiqarish yo‘llari (asosiy davolash tarkibida) kasalliklarida tavsiya etiladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Jarohatlangan joyga sirtga surtiladi.Kuniga 3-5 marta (1 choy qoshiq 1 stakan suvga) chayish uchun mahalliy tavsiya etiladi.
Ichish uchun: 20 tomchidan, ovqatdan keyin, kuniga 3 mahal ichga qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin. Ichilganda og‘izda taxir maza, me'dada noxushlik va qorinda og‘riq sezish kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin.Chiqarilish shakli
20 ml, 25 ml, 40 ml, 50 ml dan flakonlarda va bankalarda.Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
“RADIKS” XIICHK,O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100054, Lutfiy ko‘ch, 50. tel: 273-92-31, faks: 273-80-58
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.