Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Panzinorm Forte 20 000 tab. №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Панкреатин
Страна производитель
Словения
Дозировка
20000
Производитель
КРКА d.d.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Panzinorm forte 20 000 (Panzynorm forte 20 000).
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Multienzim (multienzymes) (lipase, amylase, protease).
Dori shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 20000 TB YeF lipaza, 12000 TB YeF amilaza, 900 TB YeF proteaza enzim faolligiga ega cho‘chqa pankreatini;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, krospovidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, gipromelloza, metakril kislotasi va etilakrilat sopolimeri (11), trietilatsetat, titan dioksidi (E 171), tal'k, simetikon - emulsiya, vanilin aromatizatori, bermagot aromatizatori, makrogol 6000, natriy karmelloza va polisorbat 80.
Ta'rifi silliq, dumaloq, qavariq, oq yoki och-kulrang rangli plyonka qobiq bilan qoplangan xushbo‘y hidli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Ovqat hazm bo‘lishiga yordam beruvchi vositalar, shu jumladan ferment vositalar. Ferment preparatlari.
ATX kodi A09AA02.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Panzinorm forte 20 000 pankreatik fermentlar tanqisligini tiklaydi, katabolik metabolizmni oshiradi va maldigestiyaning klinik manzarasini yaxshilaydi. Faol enzimlar, pankreatik fermentlar ta'sir qiladigan ingichka ichakda ajralib chiqadi. Yuqori lipaz faollik pankreatik fermentlar yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan maldigestiyani davolashda muhim rol o‘ynaydi. Lipaza gidroliz yo‘li bilan yog‘larni yog‘ kislotalari va glitserolga parchalaydi, shunday qilib, ularni so‘rilishiga va yog‘da eruvchi vitaminlarni so‘rilishiga yordam beradi. Amilaza uglevodlarni dekstranlar va qandlargacha parchalaydi, proteaza esa oqsillarni parchalaydi. Panzinorm forte 20 000 ovqatning hamma turlarini o‘zlashtirilishini oshiradi va bemorning ovqatlanishini yaxshilaydi. Preparat steatoreyani oldini oladi yoki maldigestiya bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarni kamaytiradi.
Pankreatin surunkali pankreatitdagi og‘riqni kamayishiga yordam beradi. Bu xususiyati, taxmin qilinishicha, proteazalarning ta'siri bilan bog‘liq, ular me'da osti bezining o‘z fermentlari sekretsiyasini ingibitsiya qiladi. Bu samaraning mexanizmi xali oxirigacha aniq emas.
Farmakokinetikasi
Enzimlar - tabiiy birikmalar bo‘lib, ular ovqatni hazm bo‘lishini ta'minlaydilar. Tabletkalarning plyonka qobig‘i ularni me'da shirasining ta'siridan himoya qiladi. Enzimlar - bu oqsillar, ular organizmda sintez qilinadi, asosan ichakda autoliz va proteolizis yo‘li bilan faolsizlantiriladi va parchalanadi. Ovqat hazm qilish fermentlarining ahamiyatsiz qismi ahlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Me'da osti bezining tashqi sekretor faoliyatini yetishmovchiligi (surunkali pankreatit, mukovistsidoz va x.k.).
Me'da, ichak, jigar, o‘t pufagining surunkali yallig‘lanishli va degenerativ kasalliklari; ovqat hazm bo‘lishi, meteorizm, diareya bilan birga kechuvchi bu a'zolarning rezektsiyasi yoki nurlanishdan keyingi holat (majmuaviy davolash tarkibida).
Me'da-ichak yo‘llarining faoliyati normal bo‘lgan bemorlarda parhezdagi buzilishlarda ovqat hazm bo‘lishini yaxshilash uchun.
Qorin bo‘shlig‘ini rentgenografiya va UTT ga tayyorlashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Doza shaxsiy ravishda tanlanadi.
Davolash past dozalardan boshlanadi 1 tabletkadan kuniga uch marta ovqatini asosiy qabul qilish vaqtida qabul qilinadi. Agar pankreatik enzim yetishmovchilikning simptomlari saqlansa, doza asta-sekin oshirilishi mumkin. Odatdagi doza 1-2 tabletka ovqatni asosiy qabul qilishlar vaqtida (kuniga 3 marta) yetarli bo‘ladi. Agar zarurati bo‘lsa, unda yengil tamaddi vaqtida 1 tabletkadan qabul qilish mumkin. Dozalash yuqori bo‘lishi mumkin, shunga qaramay patsiyent simptomlarni oldini olish uchun zarur bo‘lgan eng kam dozani qabul qilishi kerak, bu ayniqsa mukovistsidoz bo‘lgan bemorlar uchun muhimdir.
Bolalar odatda kamroq dozalarga muxtoj bo‘ladilar.
Nojo‘ya ta'sirlari
Panzinorm forte 20 000 preparati bilan davolash jarayonida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar
Tekshirishlar
-kam pankreatik fermentlarning juda yuqori dozalari giperurikemiya va giperurikozuriya chaqirishi mumkin.
Me'da-ichak yo‘llari (MIY) tomonidan buzilishlar
-kam yuqori dozalari ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, ichni suyuq kelishi yoki qabziyat, terini perioral yoki perianal ta'sirlanishini chaqirishi mumkin;
-juda kam pankreatik fermentlarning katta dozalarini (bir kg tana vazniga har kuni 10000 TB YeF dan ko‘proq) qabul qilayotgan mukovistsidozi bo‘lgan ayrim bemorlarda, chambar ichak va ileotsekal bo‘limning strikturasi aniqlangan (fibrozli kolonopatiya).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
-juda kam o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (xususan, toshma, qichishish, shuningdek nafas yo‘llarining obstruktsiyasi kuzatilishi mumkin).
Nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lgan hollarda davolashni to‘xtatish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Panzinorm forts 20 000 ni cho‘chqa proteinlariga yoki preparatning har qanday boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
O‘tkir pankreatiti yoki surunkali pankreatitni zo‘rayishi bo‘lgan patsiyentlar Panzinorm forte 20 000 ni qabul qilmasliklari kerak.
Mukovistsidozi bo‘lgan 15 yoshgacha patsiyentlarga preparatni buyurish mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Pankreatik fermentlar folat kislotasini so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi. Shunday samaraga ega bo‘lgan (bikarbonat va simetidin kabi) preparatlar bir vaqtda qo‘llanganda, va pankreatik fermentlarning yuqori dozalari bilan davomli davolashda, vaqti-vaqti bilan qon zardobida folatlarning kontsentratsiyasini nazorat qilish va/yoki folat kislotasi yetishmovchiligini kompensatsiya qilish kerak.
Pankreatik fermentlar temirni so‘rilishini pasaytirishi mumkin, lekin bu o‘zaro ta'sirning klinik ahamiyati aniqlanmagan.
Panzinorm forte 20 000 tabletkalarining kislotaga chidamli qobig‘i o‘n ikki barmoq ichakda parchalanadi. Agar o‘n ikki barmoq ichakda rN sezilarli darajada past bo‘lsa, pankreatik fermentlar o‘z vaqtida ajralib chiqmaydi. N2 retseptorlarining ingibitorlari va “proton pompasi” ingibitorlari bilan yondosh davolash, pankreatik fermentlarning ta'sirini kuchaytiradi, bu Panzinorm forte 20 000 ning pastroq dozalarini buyurish imkonini beradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tabletka qobig‘i og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini faol pankreatik fermentlari tomonidan shikastlanishini oldini oladi va fermentlarni me'da shirasining ta'siridan himoya qiladi. Tabletkalarni butunligicha yutish va ularni chaynamaslik kerak.
Mukovistsidozi bo‘lgan oz sonli bemorlarda pankreatik fermentlarning yuqori dozalarini (tana vazniga kuniga lipaza bo‘yicha 10000 XB YeF dan ko‘proq) qo‘llash, chambar ichak va yo‘g‘on ichakning ileotsekal bo‘limining strikturalarini rivojlanishiga olib keladi. Agar Panzinorm forte 20 000 qabul qilayotgan bemorda ichak tutilishi simptomlari paydo bo‘lsa, mumkin bo‘lgan sabab sifatida fibroz kolonopatiyani ko‘rish kerak.
Bolalarda qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan.
Preparatning yordamchi moddalari xaqida maxsus ma'lumot
Panzinorm forte 20 000 laktoza saqlaydi. Laktozani o‘zlashtiraolmaslik muammolar, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi kabi, kam uchraydigan muammolari bo‘lgan patsiyentlar preparatni qabul qilmasliklari kerak.
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik va laktatsiya davrida zararli ta'siri xaqida ma'lumotlar yo‘q. Fermentlar me'da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi, shunga qaramay, xavf istisno qilinmaydi. FDA tasnifiga muvofiq homiladorlikda pankreatin S kategoriyasiga kiritilgan. Agar potentsial foyda xavfni oqlasa qo‘llash ko‘rsatilgan.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri aniqlanmagan.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi tizimli intoksikatsiya chaqirishi yuzasidan dalillar yo‘q.
Simptomlari. Dozani oshirib yuborilishini ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, giperurikemiya va giperurikozuriya, perianal ta'sirlanish va faqat mukovistsidozi bo‘lgan bemorlarda - fibroz kolonopatiyani chaqirishi mumkin.
Davolash. Doza oshirib yuborilgan hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish, yaxshi gidratatsiyani ta'minlash, simptomatik davolashni o‘tkazish tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda.
1, 3 yoki 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Berish tartibi
Shifokor retseptisiz beriladi.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.