Rostishan 100ml
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Rostishan 100ml
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
(25% quyuq suvli ekstrakt)1 Alstoniyamalabarskaya (kora) Alstoniascholaris API 20.00 mg
2 Dorivor imbir (ildizpoyalari) Zingiber officinale API 20.00 mg
3 Shoxlangan berxaviya
(o‘simlikning hamma qismlari) Boerhaaviadiffusa API 20.00 mg
4 Dorivor fillantus
(urug‘lari, barglari, po‘stlog‘i, gullari, mevalari) Emblicaofficinalis API 20.00 mg
5 Terminaliyaxebula (mevalari) Terminaliadhebula API 15.00 mg
6 Terminaliyabelerika
(mevalari) Terminaliabelerica API 15.00 mg
7 Boshoqli yalpiz (barglari) Menthaspicata API 10.00 mg
8 Xidli selderey (mevalari) Apiumgraveolens API 10.00 mg
9 Uzun qalampir (mevalari) Piperlongum API 10.00 mg
10 Nordon embeliya (mevalari) Embeliaribes API 10.00 mg
11 Tmin urug‘lari () Cuminumcyminum API 10.00 mg
QO‘LLASh BO‘YIChA YO‘RIQNOMA
ROSTIShAN
ROSTISHAN
Preparatning savdo nomi
RostishanDori shakli
siropTarkibi
Zarurati bo‘yicha xushbo‘ylashtirilgan siropsimon asos.Ta'rifi
och-jigarrang rangli siropFarmakoterapevtik guruhi
ishtahani oshiruvchi vosita.Farmakologik xususiyatlari
Rostishan o‘simlik siropi – o‘simliklardan olinadigan preparat, tarkibida qadimgi ayurvedik tibbiyot tizimida ma'lum bo‘lgan o‘simliklar saqlaydi.Bolalarda ishtaxani rag‘batlantiradi va ovqat xazm bo‘lishini yaxshilaydi, yel xaydovchi, spazmolitik, immunomodulyatsiya qilish ta'siriga ega.
Farmakokinetikasi
Farmakokinetika bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.Qo‘llanilishi
• chaqaloqlarda va bolalarda ovqat hazm qilish buzilishlarini davolash va bartaraf qilish uchun, ayniqsa bolalikda tishlar yorib chiqish jarayonida, shuningdek sog‘lom o‘sishiga yordam beradi.• normal ishtaxani va ichak faoliyatini ta'minlash uchun
• meteorizmni kamaytirish uchun yel haydovchi sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qo‘llanadi.Kuniga ikki-uch marta qabul qilish kerak.
Bolalar: 1-2 ch.q. (5 ml dan 10 ml gacha) kuniga 3 marta yoki shifokor ko‘rsatmasiga binoan.
24 soat davomida uch dozadan ko‘p bermang. Tibbiy ko‘rsatmalardan tashqari, 3 oylikkacha bo‘lgan bolalarga berish mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Tavsiya etilgan dozalarda o‘simlik siropi qo‘llanganda nojo‘ya samaralar kuzatilmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yoki uning alohida komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.Homiladorlik va laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik vaqtida, laktatsiya davrida, bolalar va keksalarda:Tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi sababli homilador ayol qo‘llashdan saqlanishi kerak. Emizikli ayollarda xavfsiz qo‘llash mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi xollari kuzatilmagan, lekin agar sirop yuqori dozalarda qabul qilinganda biron-bir odatdagi bo‘lmagan reaktsiyalar yuz bergan bo‘lsa shifokor bilan maslahatlashing.Chiqarilish shakli
100 ml flakon.Saqlash sharoiti
Salqin, quruq va qorong‘i joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarish sanasidan boshlab 3 yil davomida qo‘llang.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
ISSHAAN HEALTHCARE PVT. LTD.F-52, Promzona, Xaridvar
Uttrakxand. Hindiston.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.